Authors

  • Sabrina Abdullayeva
  • Nigina Abdusodiqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92211

Keywords:

Psixologik-pedagogik individual yondashuv bezorilik motivatsiya taʼlim-tarbiya psixologik muhit o‘zlashtirish.

Abstract

Mazkur ishda bezorilikka moyil va oʻzlashtirishi sust oʻquvchilar bilan ishlashning psixologik-pedagogik jihatlari yoritilgan. Tatqiqotda bunday oʻquvchilarning xulq-atvori, oʻzlashtirish darajasining past boʻlish sabablari va ularning jamoadagi ijtimoiy moslashuvi muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, ularni ijobiy yoʻnaltirish, darsga qiziqishini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish hamda individual yondashuv asosida taʼlim-tarbiya jarayoniga faol jalb etish boʻyicha samarali usullar koʻrib chiqiladi. Ushbu mavzu boʻyicha olib borilgan ishlar maktab psixologi, sinf rahbari va ota-onalar hamkorligini talab etadi. Ish natijalari bezorilik holatlarini kamaytirish va oʻzlashtirish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1250

BEZORILIKKA MOYIL VA O‘ZLASHTIRISHI SUST BO‘LGAN BOLALAR USTIDA

ISHLASH

Abdullayeva Sabrina Jamshid qizi

Abdusodiqova Nigina Samandar qizi

Samarqand davlat unversiteti Urgut filiali 1-kurs talabalari.

sabrinaabdullayeva703@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15491586

Annotatsiya. Mazkur ishda bezorilikka moyil va oʻzlashtirishi sust oʻquvchilar bilan

ishlashning psixologik-pedagogik jihatlari yoritilgan. Tatqiqotda bunday oʻquvchilarning xulq-
atvori, oʻzlashtirish darajasining past boʻlish sabablari va ularning jamoadagi ijtimoiy
moslashuvi muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, ularni ijobiy yoʻnaltirish, darsga qiziqishini
oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish hamda individual yondashuv asosida taʼlim-tarbiya
jarayoniga faol jalb etish boʻyicha samarali usullar koʻrib chiqiladi. Ushbu mavzu boʻyicha olib
borilgan ishlar maktab psixologi, sinf rahbari va ota-onalar hamkorligini talab etadi. Ish
natijalari bezorilik holatlarini kamaytirish va oʻzlashtirish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: Psixologik-pedagogik, individual yondashuv, bezorilik, motivatsiya, taʼlim-

tarbiya, psixologik muhit, o‘zlashtirish.

Аннотация. В данной работе рассматриваются психолого-педагогические

аспекты работы с учащимися, склонными к травле и имеющими низкую успеваемость. В
исследовании анализируется поведение таких студентов, причины их низкого уровня
успеваемости, проблемы их социальной адаптации в обществе. Также будут
рассмотрены эффективные методы их позитивного наведения, повышения интереса к
уроку, повышения мотивации и активного вовлечения в образовательный процесс на
основе индивидуального подхода. Работа над этой темой требует сотрудничества
школьного психолога, классного руководителя и родителей. Результаты работы будут
способствовать снижению уровня травли и повышению уровня мастерства.

Ключевые слова: Психолого-педагогический, индивидуальный подход, буллинг,

мотивация, воспитание, психологическая среда, мастерство.

Abstract. This work covers the psychological and pedagogical aspects of working with

students prone to bullying and with poor learning. The study analyzes the behavior of such
students, the reasons for the low level of learning, and the problems of their social adaptation in
the team. It also considers effective methods for positively directing them, increasing their
interest in the lesson, increasing their motivation, and actively involving them in the educational
process based on an individual approach. The work carried out on this topic requires the
cooperation of a school psychologist, class teacher, and parents. The results of the work serve to
reduce bullying and increase the level of learning.

Keywords: Psychological and pedagogical, individual approach, bullying, motivation,

education, psychological environment, learning.


Kirish.

Zamonaviy taʼlim tizimida bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olish muhim

masalalardan biridir. Ayniqsa, bezorilikka moyil va oʻzlashtirishi sust boʻʿlgan bolalar bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1251

ishlash taʼlim-tarbiyada alohida yondashuvni talab etadi. Bunday bolalar koʻpincha oʻz his-
tuygʿularini toʻgʻri ifoda etolmasligi yoki ijtimoiy muhitga moslashishda qiyinchiliklarga duch
kelishadi. Ularning rivojlanishidagi toʻsiqlarni aniqlash va yengib oʻtishda psixologik –
pedagogik yondashuvlar, individual reja asosida olib borilgan tarbiyaviy ishlar muhim ahamiyat
kasb etadi. Ushbu mavzu aynan shu toifadagi bolalar bilan samarali ishlash usullari, ularning
salbiy xulq-atvorini ijobiy tomonga yoʻnaltirish va oʻquv faoliyatini yaxshilash imkoniyatlarini
yoritib beradi.

Bezorilikka moyillik koʻpincha oilaviy muhit, atrof-muhitning salbiy taʼsiri, shuningdek,

bolalarning psixologik holati bilan bogʻliq boʻladi. Oʻzlashtirishi sust bolalar esa koʻpincha
motivatsiyaning pastligi, e’tiborning tarqoqligi yoki individual oʻquv ehtiyojlarining eʼtibordan
chetda qolishi tufayli orqada qoladilar. Ta’lim mussasalarida bunday bolalar bilan ishlashda
faqatgina jazo yoki tanbeh bilan emas.

Bunday yondashuv oʻqituvchi va psixologlarning hamkorlikda ishlashini bolaning xatti-

harakatlarini sabablarini chuqur tahlil qilishni va unga mos individual dastur ishlab chiqishni
talab etadi. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlik, maktab va oilaning oʻzaro aloqasi bolaning
ijtimoiylashuvi va muvaffaqiyatli moslashuvi uchun muhim omildir.

Mazkur ishda bezorilikka moyil va oʻzlashtirishi sust boʻlgan bolalar bilan ishlashning

samarali usullari, pedagogik-psixologik yondashuvlar hamda ijobiy natijalarga olib keluvchi
stategiyalar yoritiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR:

Bezorilikka moyil va oʻzlashtirishi sust boʻlgan bolalar ustida ishlash boʻyicha

adabiyotlarda turlicha tahlil qilinadi. Ba’zi adabiyotlarda psixologlar turlicha tahlil qiladi.

Vigotskiy bolaning rivojlanishida oʻqituvchi va tengdoshlarining ta’sirini chuqur

oʻrganadi. Bezorilikka moyil bolalarning xulqi koʻpincha ijtimoiy aloqlarning natijasi sifatida
talqin qilinadi. U “yaqin rivojlanish zonasi" nazaryasi orqali oʻqituvchining faol ishtiroki bilan
bolaning ichki imkoniyatlarini ochib beradi. Vigotskiy bolani faqat mustaqil bajara olgan
ishlarga qarab emas, balki, kattalar yoki tajribaliroq tengdoshlari yordamida bajara oladigan
ishlariga qarab baholash kerakligini taʼkidlaydi. Bu- bolaning yaqin rivojlanish zonasidir.

A. A. Rean zamonaviy rus psixologi boʻlib, ijtimoiy psixologik muammolar, ayniqsa

bolalar oʻsmirlar xulq-atvori , zoʻravonlik, bezorilik va ta’lim muhitidagi salbiy omillar haqida
chuqur tadqiqotlar olib borgan. Reanning fikriga koʻra bezorilik bolalarning atrof- muhitga
(maktab ,oila jamoa)psixologik jihatdan toʻgʻri moslasha olmasligidan kelib chiqadi . Bu xatti-
harakatlar bolaning ichki muammolari – eʼtiborga ehtiyoj, oʻzini ifoda eta olmaslik, stress,
tajovuzkorlik kabi holatlar bilan bogʻliq.

M. Nazarova – Oʻzbekistonlik pedagog-olim boʻlib, pedagogik diagnostika, ta’limda

muammoli xulq va sust oʻzlashtiruvchi bolalar bilan ishlash masalalariga bagʻishlangan bir
qancha ilmiy uslubiy ishlar muallifidir. M. NAzarovaning ta’kidlashicha muammoli xulq
(bezorilik, tajovuzkorlik, sustlik) bolalarning nafaqat psixologik, balki, pedagogik, ijtimoiy va
madaniy muhit bilan oʻzaro aloqasidan kelib chiqadi. Bunday bolalar bilan oʻqituvchi,
psixolog, ota-ona va sinfdoshlar birgalikda ishlashi kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1252

Ushbu adabiyotlar tahlili asosida mazkur maqolada psixologik tarbiya masalasiga

integrativ yondashuv taklif etiladi. Har bir tajriba va nazariyada bolaning ichki olami, ruhiyati va
tarbiyasini anglab olishga da’vat etadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA:

Bezorilikka moyil va oʻzlashtirishi sust boʻlgan oʻquvchilar bilan ishlas davomida

psixologik-pedagogik bir nechta tadqiqotlar oʻtkazildi:

Birinchidan, bezorilik va sust oʻzlashtirishning asosiy sabablari –oilaviy muhit,

oʻqituvchi bilan salbiy munosabat, psixologik beqarorlik, oʻzini past baholash va ijtimoiy-
emotsional rivojlanishdagi kechikishlar bilan bogʻliqligi tasdiqlandi.

Ikkinchidan, muammoli oʻquvchilar bilan ishlashda individual yondashuvning ahamiyati

–Vegotskiyning “Yaqin rivojlanish zonasi” nazaryasiga asoslanib, bolaga imkoniyat berilsa va
toʻgʻri yoʻnaltirilsa, u oʻz salohiyatini namoyon qila olishi koʻrsatiladi.

Uchinchidan, motivatsiyani oshirish –sust oʻzlashtiruvchi bolalar uchun oʻyinli, interaktiv

usullar, ijobiy ragʿbat va muvaffaqiyatni his qilish imkoniyati ularni oʻquv faoliyatiga ijobiy
ta’sir koʻrsatdi.

Toʻrtinchidan, bezorilikni kamaytirish yoʻllari –ijtimoiy-emotsional koʻnikmalarni

rivojlantirish jamoaviy ishga jalb qilish, yetakchilik faoliyatini ijobiy tomonga yoʻnaltirish orqali
tajovuzkor xulqni kamaytirish mumkinligi aniqlandi.

Beshinchidan, Oʻqituvchining roli-M. Nazarova va A.A .Rean ta’kidlaganidek,

oʻqituvchi bolaga shunchaki bilim emas, balki ijtimoiy-psixologik yordam beruvchi shaxs
sifatida yondashganda, xulqdagi salbiy holatlar bartaraf etiladi.

Bunday bolalar bilan ishlashda faqatgina intizomli choralar emas, balki chuqur

psixologik, pedagogik tahlil va moslashtirilgan metodik yondashuvlar muhim ahamiyatga ega.
Har bir bolani oʻziga xos xususiyatini hisobga olgan holda yondashilsa, ijtimoiy moslashuv,
bilim olish sifati va xulq-atvorda sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga erishish mumkin.

XULOSA.

Bezorilikka moyil va oʻzlashtirishi sust boʻlgan bolalar bilan ishlash ta’lim jarayonida

dolzarb masalalardan biridir. Ularning muammoli xulqi koʻpincha oilaviy muhit, psixologik
omillar, oʻqituvchining yondashuvi va sinf muhitiga bogʻliq boʻladi. Ilmiy va nazariy manbalar
asosida shuni aytish mumkinki:

˚ Har bir bola individual yondashuv va qoʻʿllab-quvvatlovchi pedagogik muhitga muhoj;
˚ Diagnostika, ijtmoiy –emotsional tarbiya va motivatsiyaga asoslangan metodlar

samarali hisoblanadi;

˚ Oʻqituvchining bagʻrikeng, tushunuvchi va ijtmoiy yoʻnaltiruvchi pozitsiyasi muhim rol

oʻynaydi .

Demak, bu toifadagi oʻquvchilar bilanishlashda sabr, tizimlilik va ilmiy yondashuv asosiy

omillardan biridir. Toʻgʻri tashkil etilgan tarbiya va ta’lim orqali ularning ijtmoiy moslashuvi va
bilim oʻzlashtirishini sezilarli darajada yaxshilash mumkin.

REFERENCES

1.

Виготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. — Москва:
Педагогика, 1991.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1253

2.

Реан А.А. Психология девиантного поведения школьников. — Санкт-Петербург:
Питер, 2010.

3.

Назарова М. Pedagogik diagnostika asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2016.

4.

Jalolov J. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent: Fan va
texnologiya, 2012.

5.

Abduqodirov A. O‘zlashtirishi sust o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi. — Samarqand:
Navoiy nomidagi samDU nashriyoti, 2019.

6.

Shoumarov H., Karimov I. Yosh va pedagogik psixologiya. — Toshkent: O‘qituvchi,
2005.

7.

G‘ulomov S. va boshqalar. Umumiy pedagogika. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2014.

8.

Xudoyberganova D. Psixologik xizmat ko‘rsatish nazariyasi va amaliyoti. — Toshkent:
Fan va texnologiya, 2017.

9.

Adizova N. Muammoli bolalar psixologiyasi. — Qarshi: Nasaf nashriyoti, 2020.

10.

Farhodxo‘jayev A. O‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi va muomala madaniyati. —
Toshkent: Ilm Ziyo, 2018.

References

Виготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. — Москва: Педагогика, 1991.

Реан А.А. Психология девиантного поведения школьников. — Санкт-Петербург: Питер, 2010.

Назарова М. Pedagogik diagnostika asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2016.

Jalolov J. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2012.

Abduqodirov A. O‘zlashtirishi sust o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi. — Samarqand: Navoiy nomidagi samDU nashriyoti, 2019.

Shoumarov H., Karimov I. Yosh va pedagogik psixologiya. — Toshkent: O‘qituvchi, 2005.

G‘ulomov S. va boshqalar. Umumiy pedagogika. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2014.

Xudoyberganova D. Psixologik xizmat ko‘rsatish nazariyasi va amaliyoti. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.

Adizova N. Muammoli bolalar psixologiyasi. — Qarshi: Nasaf nashriyoti, 2020.

Farhodxo‘jayev A. O‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi va muomala madaniyati. — Toshkent: Ilm Ziyo, 2018.