ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MOD
ERN SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1254
GAP BOʻLAKLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Sattorova Nafosat Qobil qizi
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1 – bosqich 103– guruhi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15491730
Annotasiya. Gap tarkibidagi oʻzaro tobe bogʻlanishda boʻlgan soʻzlardan bittasi tobe
boʻlak ikkinchisi hokim boʻlak vazifasini bajaradi. Tobe boʻlak hokim boʻlakka bogʻlanib hokim
boʻlak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap boʻlagi nomi bilan yuritiladi.
Gapda soʻzlar oʻzaro grammatik munosabatga kirishib gap boʻlaklarini hosil qiadi. Gap
boʻlaklari vazifasini mustaqil soʻzlargina bajaradi.Har bir boʻlagi boshqa gap boʻllaklari bilan
boʻlgan grammatik munosabatlariga koʻra belgilanadi, ya’ni har bir gap boʻlagi oʻzi
munosabatga kirishgan soʻz bilan ma'lum sintaktik aloqada boʻladi. Quyidagilar gap boʻlaklari
turlarini belgilashda eng asosiy xususiyat boʻla olmaydi: 1) soʻzlarning qaysi turga mansubligi;
2) soʻzlarning qaysi soʻroqqa javob boʻlishi; 3) soʻzlarning gap ichida joylashish tartibi; 4)
soʻzlarning qanday qoʻshimchalar olishi.
Kalit soʻzlar: Gap boʻlaklari, soʻz, toʻldiruvchi, ega, kesim.
Abstract. Among the words in a subordinate relationship in a sentence, one acts as a
subordinate clause and the other as a dominant clause. The subordinate clause is connected to
the dominant clause and performs the syntactic function required by the dominant clause. This
function is called a part of speech. In a sentence, words enter into a grammatical relationship
with each other and form parts of speech. Only independent words perform the function of parts
of speech. Each part is determined by its grammatical relationship with other parts of speech,
that is, each part of speech has a certain syntactic relationship with the word with which it
enters into a relationship. The following cannot be the most basic characteristics in determining
the types of parts of speech: 1) the type of words; 2) the answer to which question the words are;
3) the order of the words in the sentence; 4) what suffixes words take.
Keywords: Parts of speech, word, complement, possessive, participle.
Аннотация. Среди слов в предложении, находящихся в подчиненных отношениях,
одно из них выступает в роли придаточного предложения, а другое — в роли
главенствующего. Придаточное предложение связано с главенствующим предложением и
выполняет синтаксическую функцию, требуемую главенствующим предложением. Эта
функция называется частью речи. В речи слова вступают в грамматические отношения
друг с другом, образуя части речи. Функцию частей речи выполняют только
самостоятельные слова. Каждая часть речи определяется ее грамматической связью с
другими частями речи, то есть каждая часть речи имеет определенную синтаксическую
связь со словом, с которым она вступает в связь. Следующие признаки не могут быть
важнейшими при определении типов частей речи: 1) тип слов; 2) на какой вопрос
отвечают слова; 3) порядок слов в предложении; 4) какие суффиксы принимают слова.
Ключевые слова: Части речи, слово, дополнение, притяжательный падеж,
причастие.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MOD
ERN SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1255
KIRISH.
Har bir gap boʻlagi boshqa gap boʻlaklari bilan boʻlgan grammatik munosabatiga koʻra
belgilanadi, ya’ni har bir gap boʻlagi oʻzi munosabatga kirishgan soʻz bilan ma’lum sintaktik
aloqada boʻladi, gap boʻlaklarini belgilishda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik
munosabatdir. Masalan, Abituriyentlar soʻzini olaylik. Bu soʻz ot soʻz turkumiga mansub, -lar
koʻplik qoʻshimchasini olib kimlar? soʻrogʻiga javob boʻlmoqda, lekin bu gapda turlicha
sintaktik munosabtda boʻladi. Masalan, Eng koʻp kitob varaqlaydiganlar abituriyentlardir
(kesim). Abituriyentlar oʻqishga kirish uchun dastavval maqsadli reja tuzib olishlari kerak (ega).
Yildan yilga abituriyentlarning soni koʻpayib bormoqda (qaratqich aniqlovchi). Abituriyentlarga
ham oʻqish oson emas (vositali toʻldiruvchi). Abituriyentlarni qabul qilishni boshladik (vositasiz
toʻldiruvchi). Sizni bir abituriyent qiz kutmoqda (sifatlovchi aniqlovchi).
Gapning barcha boʻlaklari bir xil mavqega ega boʻlmaydi. Mavqeyiga ko‘ra gapning
boʻlaklari 2 xildir.1) gapning bosh boʻlaklari; 2) gapning ikkinchi darajali boʻlaklari. Gapning
bosh boʻlaklari gapning asosini tashkil qilgan boʻlaklardir. Ularga kesim va ega mansub.
Gapning ikkinchi darajali boʻlaklari bosh boʻlaklardan biriga ergashib ularni aniqlab,
toldirib, izohlab keladigan boʻlaklardir. Toʻldiruvchi, aniqlovchi va hol ikkinchi darajali
boʻlaklar hisoblanadi.Ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan aniqlanadi.
MUHOKAMA QISMI:
Gap boʻlaklari va ularning turlari. Ega, kesim, toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol.
EGA kesim bilan bogʻlanib, kim? nima? qayer? singari soʻroqlarga javob boʻluvchi, gap
kesimining qoʻshimchalaridan anglashib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi boʻlak
egadir. Gapning kim yoki nima haqida ekanini anglatgan gapning bosh boʻlagi ham ega sanaladi.
Ega kesimga egashib, kesimda ifodalangan belgi harakat-holatning bajaruvchisini
koʻrsatadi. Ega kesimdan keyingi boʻlak sanaladi.
Eganing ifodalanishi:
1. Ot bilan: Karim dars tayyorladi.
2. Olmosh bilan: Biz muzeyga bordik.
3. Sifatdosh bilan: Oʻqigan oʻqdan oʻzar.
4. Sifat bilan: Yaxshilar koʻpaysin yomonlar qolmasin.
5. Ravish bilan: Koʻpi ketdi, ozi qoldi.
6. Son bilan: Ikkisi yaxshi oʻqiydi.
7. Taqlid so‘z bilan: Uzoqdan nimaningdir shitir-shitiri eshitildi.
8. Undov so‘z bilan: Uning dod-voyi yetti mahallaga yetdi.
9. Modal so‘z bilan: Bor soʻzlaydi, yoʻq oʻylaydi.
10. Harakat nomi bilan: Oʻqimoq koni foyda.
11. Ibora bilan:(ibora gap egasi boʻlishi uchun uning tarkibidagi soʻnggi soʻz harakat
nomi shaklida yoki sifatdoshning -gan qoʻshimchalari yoki egalik shakli bilan qoʻllangan
boʻlishi lozim). Qavogʻidan qor yogʻish yaxshi odat emas.
12. Kengaygan birikma bilan: Otlarning otxonaga olib oʻtilmagani Zayniddinni
taajjublantirdi.
13. Ba’zan chiqish kelishigidagi soʻz bilan: Menda bu kabi koʻylakdan bor.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MOD
ERN SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1256
KESIM Bosh boʻlakalar orasida kesim gapni yuzaga keltiruvchi gap markazi boʻlib u
1)tasdiq-inkor 2)zamon 3)mayl (modal) 4)shaxs -son maʼnolarini bildiradi. Gapda kesimgina
boshqa boʻlaklarga nisbatlanmagan holda aniqlanadi, chunki uning kesim ekanini kesimlik
shakllari koʻrsatib turadi. Shuning uchun uni gap tarkibidan topish qiyinchilik tugʻdirmaydi.
Kesim qaysi turkumdagi soʻzlar bilan ifodalanishiga koʻra 2 xil boʻladi: 1. Fe’l kesim
2. Ot kesim
Fe’l kesim nima qilmoq? nima bo‘lmoq? soʻroqlariga javob boʻladi va oʻzining quyidagi
vazifaviy shakllari bilan ifodalanadi:
1. Sof fe’l bilan: Salima maktabdan keldi.
2. Sifatdosh bilan: Bola oʻqigan.
3. Ravishdosh bilan: Uy egasi daturxonni mehmon oldiga yozguncha Nafosat ham
barkashni oib keldi. -guncha qoʻshimchasini olgan ravishdoshgina kesim bo‘lib kelishi mumkin.
Ot kesim bu oʻrinda ot soʻzi keng ma’noda qoʻllanib otdan boshqa ba’zi mustaqil soʻzlar
ham gapda kesim boʻlib kelganda shu nom bilan ataladi. Fe’ldan boshqa soʻz turkumlari (ot,
sifat, son, olmosh, ravish, taqlid soʻz) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan
ifodalangan kesim ot kesim.
TOʻLDIRUVCHI gapning fe’l bilan ifodalangan biror boʻlagiga boshqaruv yoʻli bilan
bogʻlangan kimni? nimani? qayerni? kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? nima
uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida? kim bilan? nima bilan? kabi soʻroqlariga javob
boʻluvchi ikkinchi darajali boʻlakka toʻldiruvchi deyiladi.
Toʻldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat bilan bogʻlangan
predmetni bildirgani tufayli ot, olmosh va otlashgan soʻzlar bilan ifodalanadi. Toʻldiruvchi
doimo gapning kesimi bilan bogʻlanadi. Agar u bogʻlangan soʻz kesim boʻlib shakllanmagan
boʻlsa, ana shu soʻz bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap boʻlagi vazifasida keladi.
Shunday qilib, toʻldiruvchilar kesimga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanish bogʻlanmasligiga
koʻra ikki guruhga boʻlinadi:
1) Mustaqil toʻldiruvchilar, 2)Nomustaqil toʻldiruvchilar.
Toʻgʻridan toʻgʻri kesimga bogʻlanib keluvchi toʻldiruvchilar mustaqil toʻldiruvchilar
sanaladi. Kesim vazifasida kelmagan fe’lga tobe bogʻlanib kelgan toʻldiruvchilar nomustaqil
toʻldiruvchiar deyiladi. Toʻldiruvchi hokim boʻlakka kelishik qoʻshimchalari yoki koʻmakchilar
yordamida bogʻlanadi. Tushum kelishigidagi toʻldiruvchi doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga
bogʻlanadi.
Toʻldiruvchi 2 ga boʻlinadi.
1)Vositasiz toʻldiruvchi
2)Vositali toʻldiruvchi
1. Vositasiz toʻldiruvchi tushum kelishigidagi soʻz bilan ifodalanadi. Belgili, belgisiz va
qisqargan tushum kelishigi shakllari bilan ifodalangan toʻldiruvchi vositasiz toʻldiruvchi
sanaladi: Farhod toshlarni xuddi sariyogʻ kesganday kesdi.
2. Vositali toʻldiruvchi joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklari, shuningdek, ot soʻz
turkumiga bilan, uchun, orqali, xususida, toʻgʻrisida ko’makchilarini qoʻshish orqali ifodalanadi:
Aziz bilan oʻqishga ketdik.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MOD
ERN SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1257
ANIQLOVCHI narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga
qarashliligini bildirib, gapning ot bilan ifodalangan boʻlagini aniqlab kelgan ikkinchi darajali
boʻlak aniqlovchi deyiladi. U qanday? qaysi? nechanchi? qancha? kimning? nimaning?
qayerning? soʻroqlaridan biriga javob boʻladi. Aniqlovchi aniqlagan (bogʻlangan) boʻlak
aniqlanmish hisoblanadi. Aniqlovchi gapning barcha bo’laklarini aniqashtirib kelishi mumkin.
Aniqlovchi ega, ot, kesim, aniqlovchi, toʻldiruvchi va holga bogʻlanadi: 1.Bahaybat
samalyot (ega) yerga ohista qoʻndi.
2. Salimjon a’lochi oʻquvchi (ot kesim)
3. Ilgʻor ishchilarga (toʻldiruvchi) mukofotlar topshirildi.
4. Mehnat faxriylari bilan yangi bogʻda (hol) uchrashdik.
5. Tadbirkor insonning (aniqlovchi) ishchilariga havasing keladi.
Aniqlovchilarning bir xil narsa-buyumning belgisi (rangi, miqdori, mazasi, hajmi) ni
bidirsa, boshqa xili narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini bildiradi yoxud boshqa
tomondan nomlaydi. Shunga koʻra aniqlovchilar 3 ga boʻlinadi:
1. Sifatlovchi aniqlovchi;
2. Qaratqich aniqlovchi;
3. Izohlovchi aniqlovchi.
1. Sifatlovchi aniqlovchi hokim boʻlakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib
qanday? qanaqa? qaysi? qancha? nechta? Soʻroqlariga javob bo’ladi. Fe’l ot, sifat, ravish, taqlid
soʻz va olmoshar bilan ifodalangan va hokim soʻzda egalik qoʻshimchalari boʻlishini talab
etmaydigan aniqlovchilar sifatlovchi aniqlovchilardir: Mustaqil O’zbekiston, qizil gul, mohir
qo’llar, kuzgi bugʻdoy. Aniqlovchi aniqlagan (bogʻlangan) boʻlak aniqlanmish hisoblanadi.
Aniqlovchi narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmini bildiradi. Shu bilan birga
aniqlovchi ega, ot kesim, toʻldiruvchi, hol va aniqlovchiga bogʻlanib keladi.
2. Qaratqich aniqlovchi hokim boʻlakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga
qarashli ekanini bildirib kimning? nimaning? qayerning? singari soʻroqlariga javob bo‘ladi.
Qaratqich aniqlovchi so‘z birikmalarining asosiy belgisi tobe soʻzning hokim soʻzdan
egalik qoʻshimchalari bilan kelishini talab qilishdir: Maktabimizning toʻgaragi, hunar maktabi.
Qaratqich aniqlovchi doimo aniqlanmishga bogʻlanadi. Ana shu belgisi bilan tushum
kelishigini olgan toʻldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishigidagi toʻldiruvchi doimo fe’l orqali
ifodalangan kesimga bogʻlanadi: Olmaning bargi olmani yedim.
Qaratqich aniqlovchilar qaralmish bilan munosabatga kirishganda turlicha shakllanadi:
Qaratqich va qaqaralmish belgili keladi: Daraxtning bargi.
Qaratqich belgisiz, qaralmish belgili keladi: Drektor xonasi.
Qaratqich belgili, qaralmish belgisiz keladi: Bizning xona.
Qaratqich va qaralmish belgisiz keladi: Oʻrik danak, yongʻoq magʻiz.
Qaratqich ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh va harakat nomi bilan ifodalanadi.
3. Izohlovchi aniqlovchi aniqlanmishning millati, jinsi, kasb-kori, nasl-nasabi, unvoni,
laqabi, yoshi, qarindoshligi kabi qoʻshimcha belgilarni tasvirlovchi aniqlovchilardir. Izohlovchi
predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlab keladi. Masalan; akademik Quvondiqova
Ruxshona, Sanjar soatsoz kabi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MOD
ERN SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1258
Aniqlovchi soʻz birikmalarining izohlovchi-izohlanmish turida izohlovchi va
izohlanmishning oʻrnini almashtirish ma’noga ham, soʻz birikmasidagi soʻzlararo
munosabatlarga ham ta’sir etmaydi. Ayol hamshira birikmasida ayol izohlovchi, hamshira
izohlanmish bo‘lsa, hamshira ayol birikmasida hamshira izohlovchi, ayol izohlanmish.
Izohlovchi aniqlovchining bir turi boʻlib, u shaxs yoki narsani boshqacha nom bilan
aniqlaydi. Izohlovchilar koʻpincha ot soʻzlar bilan ifodalanadi: erkak oʻqituvchi, rus muhandis,
shaxmatchi Temurbek, drektor Zarifa Allayorova, vazir Qobil Aslanov, professor T. Sattorov.
Izohlovchining ma’nolari:
1. Unvon, amal: Kapitan Islomov soʻzladi.
2. Mashgʻulot, kasb: Oshpaz Shukur, gulchi Nizom va duradgor Vahobjonlar yetib
kelishdi.
3. Yosh, jins, qarindoshlik: Oʻsha kuni Latofat bilan Sobir amaki foydali nasihatar
qildilar.
4. Laqab: Jalil sovuq va Islom pismiqning aksiyalarini eshitdik.
5. Taxallus: Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek yirik nasriy asarlar muallifidir.
HOL koʻproq kesimga bogʻlanib, undan anglashilgan ish-harkatning oʻrnini, paytini,
holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan ikkinchi darajali boʻlak.
Hollar qanday? qanday qilib? qay tarzda? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? nega?
nima uchun? qancha? kabi soʻroqlarning biriga javob boʻladi. Shunga koʻra, oʻrin holi, payt holi,
ravish holi, daraja-miqdor holi, sabab holi va maqsad holi farqlanadi. Hol ravish kelishik
shaklidagi va koʻmakchili otlar, olmoshlar, sifat, son, taqlid soʻz va fe’lning xoslangan shakllari
bilan ifodalanishi mumkin. Bir mustaqil soʻz bilan ifodalangan hol soda, kengaygan birikma
bilan ifodalangan hol murakkab hol hisoblanadi.
Holning 6 ta turi mavjud. Ravish (tarz, vaziyat, holat) holi. Asosan holat ravishlari bilan
(asta, sekin, tez, yayov, piyoda, chindan, qoʻqqisdan, jim, majburan, eskicha, mardlarcha,
qatorasiga) ifodalanib qanday? qanday qilib? qay holda? qay ahvolda? qay tarzda? qay yoʻsinda?
qay ravishda? Singari soʻroqlardan biriga javob boladi. Ravish holi kesimga bitishuv yo‘li
bilan bogʻlanishi mumkin. Ravish holi quyidagicha ifodalanadi:
1)
Holat ravishi bilan: Siz uning ortidan sekin poylab borasiz.
2)
Ravishdosh bilan: U shoshib gapirardi.
3)
Sifat bilan: Bolalarim yaxshi yarashibdi.
4)
Koʻmakchili otlar bilan: Tolib e’lonni diqqat bialn oʻqidi.
5)
Taqlid soʻzlar bilan: Kumushning koʻzidagi yosh duv-duv toʻkildi.
6)
Olmosh bilan: Notiq shunday gapirdiki, yigʻilganlarning hammasi qoyil qolishdi.
Oʻrin holi. Qayerga? qayerdan? qayerda? soʻroqlaridan biriga javob boʻlib, quyidagicha
ifodalanadi:
1)
Oʻrin ravishi bilan: Askarlar olgʻa intildilar.
2)
Ot bilan: Samarqandda xalqaro anjuman tashkil etdi.
3)
Olmosh+ot va makon-zamon (joʻnalish, oʻrin-payt va chiqish) kelishiklari bilan: U
qayerga boradi?
Oʻrin holi o‘zi ergashgan soʻzga boshqaruv yoʻli bilan bogʻlanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MOD
ERN SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1259
Payt holi. Qachon? qachongacha? qachondan beri? qay vaqt? kabi soʻroqlardan biriga
javob boʻlib quyidagicha ifodalanadi:
1)
Payt ravishi bilan: Avval, soʻng, keyin, oldin soʻzlari alohida soʻroqqa javob boʻlib,
asosan, yakka holda, gap boshida kelsa payt ravishiga tegishli boʻladi. Agar ot, olmosh, sifatdosh
harakat nomidan keyin kelib, ular bilan birga yaxlit soʻroqqa javob boʻlsa, eng muhimi alohida
soʻroqqa javob boʻla olmasa vazifadosh koʻmakchi vazifasida kelgan hisoblanadi: Avval oʻyla,
keyin soʻyla.
2)
Makon-zamon kelishiklarini olgan payt otlari bilan: U tongda keldi.
3)
Buyon, beri, soʻng, sayin, boʻylab, davur, qadar kabi koʻmakchili otlar bilan: Bundan
buyon mening aytganim boʻladi.
4)
Son va sonli birikmalar bilan: U darsga soat sakkiz yarimda keladi.
5)
Ravishdosh yoki ravishdoshli birikmalar bilan: Rahim choy ichib biroz dam olgach yana
yer chopishga kirishib ketdi.
6)
Harakat nomi blan: Shaxbozni ketishida koʻrdim.
7)
Sifatdosh bilan: Qochayotganida tutib oldim.
Payt holi oʻzi ergashgan soʻzga boshqaruv yoʻli bilan bogʻlanadi.
Miqdor-daraja holi. Qancha? nechta? necha marta? qay darajada? soʻroqlaridan biriga javob
boʻlib, quyidagicha ifodalanadi:
1)
Miqdor-daraja ravishi bilan: U juda koʻp oʻqiydi.
2)
Takror soʻzlar bilan: Shu yil sholi hosili yaxshi boʻlgani uchun ham qop-qop oldik.
3)
Koʻmakchili ot bilan: Bobom guruchni qopi bilan oldi.
Miqdor-daraja holi oʻzi ergashgan soʻzga bitishuv yoʻli bilan bogʻlanadi.
Sabab holi. Nimaga? nima uchun? nima sababdan? nima sababli? qay vajdan? soʻroqlariga
javob boʻlib, quyidagicha ifodalanadi:
1)
Sabab ravishi bilan: Uning onasi noilojlikdan bordi.
2)
Chiqish kelishigi shaklidagi otlar bilan: Daraxt shoxlari shamoldan egilardi.
1)
Koʻmakchili otlar bilan: Oʻrtadagi mehr-oqibat sababli ular uzoqda boʻlishiga qaramay
har yili bir-birinikiga kelib turishardi.
Sabab holi oʻzi tobelangan soʻzga boshqaruv yoʻli bilan birikadi.
Maqsad holi. Nima uchun? nima maqsadda? nima qigani? soʻroqlaridan biriga javob boʻladi
va quyidagicha ifodalanadi:
1)
Maqsad ravishi bilan: Men bu ishni atayin qildim.
2)
Maqsad ravishdoshi bilan: Togʻga doʻlana tergani ketdi.
3)
Koʻmakchili otlar bilan: Biz vatan deb jangga kiramiz.
4)
Joʻnalish kelishigi qoʻshimchasini olgan ish otlari bilan: Akam kurortga dam olishga
ketdi.
Maqsad holi oʻzi bogʻlangan soʻzga boshqaruv yoʻli bilan birikadi.
XULOSA.
Gap boʻlaklari gapning mazmunini toʻliq ifodalashda ishtirok etadigan asosiy sintaktik
birliklardir. Har bir boʻlak ega, kesim, toʻldiruvchi, aniqlovchi va hol - oʻziga xos vazifaga ega
boʻlib, ular birgalikda gapni grammatik va mantiqiy jihatdan mukammal shakllantiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MOD
ERN SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1260
Bu boʻlaklarni toʻgʻri aniqlash va ishlatish nafaqat tili ravon, fikri aniq gap tuzishga, balki
yozma va ogʻzaki nutqni boyitishga ham yordam beradi. Ayniqsa, ona tiini chuqur oʻrganishda
gap boʻlaklarini puxta egallash til madaniyatini shakllantirishda muhum ahamiyat kasb etadi.
Shu boisdan, har bir oʻquvchi gap boʻlaklarini puxta oʻzlashtirishi, ularning vazifasi va
oʻrnini anglab yetish lozim.
REFERENCES
1.
Nargiza Erkaboyeva Yosh kuch, Toshkent 2021. 488-502-b.
2.
8-sinf ona tili darsligi, Toshkent - 2019, 80-88-b.
3.
Anvar Baxranov, Bahodir Shamsiyev, Toshkent 2014. 272-281-b.
4.
Arxiv.uz sayti.
5.
Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 1-jild Madvaliyev A. tahriri ostida -T; Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2006. 624-b.
6.
Rasulov R “Umumiy tilshunoslik” - Toshkent Fan - 2007. 255-b.
