Authors

  • Zarina Kuchkorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92217

Keywords:

Shoikrom Shone'mat Xadicha Umri xola montyor qoʻy suti.

Abstract

Ushbu maqolada Oʻtkir Hoshimov serqirra ijodkor, taniqli davlat arbobi, roman va qissalar muallifi hisoblanadi. Uning asarlarida hayotiy boʻlgan masalalar va urush vaqtida boʻlgan barcha qiyinchiliklar tasvirlangan. “Urushning soʻnggi qurboni” bu asarda ham urush vaqtida odamlarning qanday qiyinchilik koʻrgani, nimalar yetishmasligi ochiq tasvirlab berilgan. Hozirgi kun bilan bogʻlasak, hozirda ham zoʻravonliklar, tahdidlar davom etmoqda. Asar bizni tinchlikka undovchi kuch desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1261

O‘TKIR HOSHIMOVNING “URUSHNING SOʻNGGI QURBONI” ASARINI HOZIRGI

DAVR BILAN MOSLASHISHI

Kuchkorova Zarina Ikromjon Qizi

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali

Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1 – bosqich 103– guruhi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15491901

Annatatsiya. Ushbu maqolada Oʻtkir Hoshimov serqirra ijodkor, taniqli davlat arbobi,

roman va qissalar muallifi hisoblanadi. Uning asarlarida hayotiy boʻlgan masalalar va urush
vaqtida boʻlgan barcha qiyinchiliklar tasvirlangan. “Urushning soʻnggi qurboni” bu asarda
ham urush vaqtida odamlarning qanday qiyinchilik koʻrgani, nimalar yetishmasligi ochiq
tasvirlab berilgan. Hozirgi kun bilan bogʻlasak, hozirda ham zoʻravonliklar, tahdidlar davom
etmoqda. Asar bizni tinchlikka undovchi kuch desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.

Kalit soʻzlar: Shoikrom, Shone'mat, Xadicha, Umri xola, montyor, qoʻy suti.
Аннотация. В данной статье Откир Хошимов представлен как многогранный

творческий человек, известный государственный деятель, автор романов и рассказов. В
его произведениях изображены жизненные проблемы и все трудности, с которыми
сталкивались люди во время войны. В произведении "Последняя жертва войны" также
показаны страдания людей, их нехватка в чем-либо, тоска и муки. Если провести
параллели с современностью, то можно увидеть, что насилие и угрозы продолжают
существовать и сегодня. Это произведение можно считать мощным призывом к миру, и
в этом нет преувеличения.

Ключевые слова: Шоикром, Шонемат, Хадича, Умри хола, монтажёр, молоко.
Abstract. In this article, O'tkir Hoshimov is presented as a versatile creative individual, a

prominent public figure, and the author of novels and short stories. In his works, he depicts life
issues and all the difficulties people faced during the war. In the work "The Last Victim of the
War," the struggles of people, their lack of resources, longing, and suffering are portrayed. If we
relate this to the present day, we can see that violence and threats continue to exist. This work
can be seen as a powerful call for peace, and there is no exaggeration in this.

Keywords: Shoikrom, Shonemat, Khadicha, Umri khola, editor, milk.

Kirish.

“Urushni soʻnggi qurboni” asarida bir kishining hayoti emas, balki butun jamiyatning

hayoti tasvirlangan, ularning azob chekkani qiyinchilik koʻrganlari, ularning ezgulikka va
tinchlikka umid bogʻlagani aks ettiriladi. Har bir insonning tinchlikka intilish harakati va bu qora
kunlardan, sogʻinch azobidan qutilish maqsadida harakat qilishgan. Oʻtkir Hoshimovning bu
asarini hozirgi kun bilan bogʻlasak, insonning gumanistik qadriyatlarini adolatli izlanishlar
tarixiy xotiralarni saqlaydi. Bu asarda bugungi kuning siyosiy, ijtimoiy va madaniy holatlarini
tahlil qilishga imkon beradi.

Muhokama qismi

“Urushning soʻnggi qurboni” asari nafaqat tarixiy voqealarga asoslangan hikoya, balki

insoniy fojiasi, adolatsizlik va falsafiy oʻylar bilan chuqur aks ettirilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1262

Hikoyada tasvirlangan urush fojiasi – bu butun insoniyatning umumiy fojiasi hisoblanadi.
Bu asardagi qahramonlar taqdirida ezgulik va zulm, umid va umidsizlik, kurash va taslim

boʻlish kabi qarama - qarshiliklar ham mavjud. Asar qahramonlari orqali oldingi va keyingi
davrlar xalqalarining hayoti, sabr - toqati, ma'naviy kuchi diniy eʼtiqodi ishonchli tasvirlangan.
Hozirgi kunda ham dunyoning turli hududlarida urushlar adolatsizlik va inson huquqlarining
buzilishi davom etmoqda. Hozir bizni oʻz tariximizdan saboq olishga, adolat, kenglik va tinchlik
yoʻlida yashashga undaydi. “Urushning soʻnggi qurboni” hikoyada obrazlar portreti ham oʻziga
xosdir. ‘‘Urushning soʻnggi qurboni” hikoyasiga oʻxshamas xarakterli qahramonlardan tashkil
topgan. Barcha obrazlarning o‘z tashvishlari, oʻy-fikrlari, qiyinchiliklari mavjud. Lekin, bu
insonlarni barchasini gʻam-qaygʻulari ildizida urush yotadi. Baxtdan, tabassum qilishdan
toʻxtamaydigan yuzlarga, qaytib kulishiga izn bermagan, bir kunda qora sochlarni oqartirgan-
urush. Bu hikoya qahramonlari ham urush boʻlishini va guldek oilalariga putur yetishini hech
oʻylab koʻrishmagan. Asar boshlanishi ham asarning voqealar rivoji qanday bo‘lishi haqida bir
oz ma’lumot berilgan. Asarning boshidayoq salbiy holatlar tasvirlangan, barcha narsalar asardagi
voqealar rivoji ijobiy ketmasligiga ishora qilardi.

Asarning asosiy gʻoyalari:

1. Adolat va gumanizm: asar muallifi urush va zoʻravonlikka qarshi insoniylikni, mehr

oqibatni, adolatni ifodalaydi

2. Urushning daxshati: Urush orqali muallif urush faqat qurolli tuqnashuv emas, balki

insoniyat ruhining yemirilishi ekanligini koʻrsatadi.

3. Diniy sabr va iroda: Asar qahramonlari diniy sabr va iymoni bilan zulimga qarshi

kurashadi. Bu ularning ichki kuchi va bardoshini koʻrsatadi. Asardagi bosh qahramonlar -
Shoikrom, Shone’mat, Umri xola va Xadicha. Shoikrom oilaning katta farzand bo’ladi.
Shone’mat boʻlsa oilaning kichik farzandi ya’ni Shoikromning ukasi bo’ladi. Xadicha
Shoikromning xotini, Umri xola esa Shoikromning onasi bo‘ladi. Shoikromning otasi erta
olamdan ko‘z yumgan va Shone’matni Shoikrom va Umri xola ikkasi katta qilishgan. Urush
boshlanganda barcha oiladan erkaklarni urushga olib ketishgan. Lekin bu oiladan hech kim
urushga bormagan. Shoikromni toʻqimachilik kombinatida montyor yetishmasligi sababli olib
qolishdi. Shone'mat bo‘lsa sil kasaliga chalinganligi sababli urushga joʻnatilmadi. Qarangki,
urush shuncha uzoqda boʻlsa ham uning sovugʻi bu oilani ham chetlab o‘tmagan. Qimmatchilik,
qahatchilik sababli xalq och qoldi oʻgʻrilar koʻpaydi. Hattoki, odam oʻldirib uyidagi narsalarini
olib chiqib ketadigan odamlar ham paydo boʻldi. Bu urush qanchadan qancha odamlarni yer
qariga olib ketdi va yana qanchadan qancha odamlarni iymonini oʻldirdi. Urush paytida har bir
inson oʻzini oʻylaganligini shu asar orqali yaqqol koʻramiz. Shunchalik darajada insonlar
imkonsiz qolganki, oʻz yaqinlaridan yuz oʻgirish darjasiga ham borishgan. Bu juda achinarli
holat, lekin bu ishlar uchun u insonlar ham aybdor emas. Barchasiga urush aybdor-Urush
Urush!!!

Noming oʻchsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko’p xonadonda
Ota nomli buyuk shodlik kam.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1263

Xadicha oʻzi qurumsoq boʻlgan, urush boshlangan keyin yanada bu hislati oshdi deb

ta'riflangan. Lekin oʻylab qarasak ona boʻlish osonmi uch bolani boqish kerak ayniqsa urush
yillarida. Bu asarda Umri xola obrazi orqali yozuvchi barcha xokisor, mehribon onalarni ta'riflab
bergan. Shone’mat oʻlishini bilsada bolasi uchun jon-jahdi bilan kurashadi. Uni tuzalib ketishi
uchun kim nima desa sinab koʻradi. Umri xolani birdan bir niyati oʻgʻlini yana sogʻlom koʻrish
edi. Lekin urush tufayli oziq-ovqat tanqis edi. Umri xola oʻgʻlini tuzalishi uchun Shoikromning
hovlisidagi qulupnayni qoʻy sutiga almashtira boshlaydi. Oziq-ovqat kam paytda barcha oʻz
oilasini, bolalarini oʻylaydi. Shoikrom ham ataylab emas, jahl ustida qulupnay ariqchasiga tok
simini tashlab qoʻyadi.

Xulosa

Bu asarda bugungi kunda ham asarning gʻoyalari muhimdir. Urushlar, inson

huquqlarining paymol boʻlishi adolatsizliklar, etnik nizo hamon dunyoning turli burchaklarida
davom etmoqda. Hikoyada bizning oʻtmishdagi xatolardan saboq olishga, tinchlik va adolat
uchun kurashishga, insoniyatning eng oliy qadriyatlarini himoya qilishga chaqiradi. Hozirgi
davrda, biz yana shunday qiyinchiliklar va ijtimoiy muammolarga duch kelayotganimizda, bu
hikoyada bizga tarixni unutmaslik va har bir insonni hurmat qilish zarurligini eslatib turadi.

Hozirgi kunda bizni tinchlikka, adolatga va gumanizmga bo‘lgan ehtiyojni anglashga

chaqiradi.

REFERENCES

1.

Sinf darsligi oltinchi sinf adabiyoti: Toshkent 2017 -yil 147- 157- bet.

2.

Sinf darsligi beshinchi sinf adabiyoti: Toshkent 201-yil 132-135- bet

3.

Bahoriddinova Shahzoda “ Umum ta’lim maktablarida O‘tkir Hoshimov hikoyalari tahlili,
“Bitiruv malakaviy ishi, Toshkent 2018

4.

Tafakkur.net, Toshkent 2017

5.

www.herald.kokanduni.uz



References

Sinf darsligi oltinchi sinf adabiyoti: Toshkent 2017 -yil 147- 157- bet.

Sinf darsligi beshinchi sinf adabiyoti: Toshkent 201-yil 132-135- bet

Bahoriddinova Shahzoda “ Umum ta’lim maktablarida O‘tkir Hoshimov hikoyalari tahlili, “Bitiruv malakaviy ishi, Toshkent 2018

Tafakkur.net, Toshkent 2017

www.herald.kokanduni.uz