ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1264
ABDULLA QAHHORNING “BEMOR” HIKOYASINING BADIIY XUSUSIYATI
Hamrayev Ilgʻor Aktamovich
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Stajyor o‘qituvchisi.
Qo‘chqarova Gulruh Nizomiddin Qizi
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
Pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti
Boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi 1-bosqich 103-guruhi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15491993
Annotatsiya. Mazkur maqolada Oʻzbekiston Davlat yozuvchisi, adabiyot xazinasi
boʻlmish Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi oldingi davr va hozirgi davr talqini. Shu bilan
birga asardagi bosh qahramon va boshqa salbiy obrazlar tasvirlangan.
Kalit soʻzlar: “Osmon yiroq, yer qattiq”, “Yoʻgʻon choʻziladi, ingichka uziladi”, davr,
tabib, baxshi, chilyosin.
Аннотация. В данной статье рассматривается рассказ «Бемор» выдающегося
узбекского писателя, классика литературы Абдуллы Каххара. Проанализированы
различия между прошлым и настоящим временем, отражённые в произведении. Также
уделено внимание характеристике главного героя и отрицательных персонажей.
Ключевые слова: «Небо далеко, земля твёрдая», «Толстая тянется, тонкая
рвётся», эпоха, целитель, бахши, чиллясин.
Abstract. This article analyzes the short story “The Patient” by Abdulla Qahhor, a
renowned Uzbek writer and a prominent figure in the nation's literary heritage. It explores the
contrast between past and present interpretations of the story, focusing on the main character as
well as the depiction of negative figures in the narrative.
Keywords: “Sky is far, the earth is hard”, “The thick stretches, the thin breaks”, era,
healer, baxshi, chilyosin.
Kirish.
Oʻzbek milliy nasrining zabardast vakillaridan biri yozuvchi Abdulla Qahhor 1907-
yilning 17-sentabrida Qoʻqon shahridan uncha uzoq boʻlmagan Asht qishlogʻida dunyoga
kelgan. Uning otasi usta Abduqahhor temirchilik bilan shugʻullanardi.Ustaning oilasida garchi
juda koʻp farzand tugʻilgan boʻlsada ular orasidan faqat Abdullqjongina yashab qolgan. Bolaligi
Qoʻqon va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtdi. Oilasi Qoʻqonga koʻchib kelgach, “Istiqlol” nomli
Shoʻro maktabiga oʻqishga kiradi, undan keyin internat “Kommuna”, “Namuna” maktablarida,
soʻng bilim yurtida tahsil koʻradi. Abdulla Qahhorning ”Oy kuyganda” ilk hajviy she'ri
“Mushtum” jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi(1924) undan soʻng “Qishloq hukim
ostida” nomli qissasi 1932-yil “Sarob” 1934-yil 1935-1939-yillar oraligʻida uchta “Hikoyalar
toʻplami”.1937-yil ning oxirida esa “Sarob” romani oʻquvchilarga kitob shaklida taqdim
etiladi.1951-yilda”Qoʻshchinor chiroqlari”, “Shohi soʻzana” 1951-yil, “Ogʻriq tishlar” 1954-yil
“Tobutdan tovish” 1962-yil “Ayajonlarim” 1967-yil singari komediyalari oʻz davri
tomoshabinlarining sevimli asarlariga aylangan edi.1967-yil shuningdek, adibning, “Sinchalak”,
“Oʻtmishdan ertaklar”, “Muhabbat”, “Zilzila” tugallanmagan qissalari mavjud shuningdek
“Bemor” hikoyasi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1265
Muhokama qismi:
Dastlab asar yozilgan yilga e‘tibor qaratadigan boʻlsak “Bemor” hikoyasi 1936-yil
yozilgan. Ushbu davrda mamlakatimiz SSSR davlatining qaramogʻida edi. Insonlar och-nahor,
bir burda nonga zor boʻlganlar. Shu sababli ham insonlar pul topish ilinjida oʻgʻirlik firibgarlik
kabi illatlarni oʻzlariga kasb qilib olgan edi.
Sotiboldining xotini ogʻrib qoldi. Sotiboldi kasalni oʻqitdi-boʻlmadi, tabibga koʻrsatdi.
Tabib qon oldi. Betobning koʻzi tinib, boshi aylanadigan boʻlib qoldi. Baxshi oʻqidi. Allaqanday
bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq suyib qonladi. Ushbu parchada bir amallab
“tabib” nomini olgan kimsa, yuqorida keltirilganidek ayolning qanday kasal, nima bilan
ogʻriyotganini bilmasdan turib oʻzi tashxis chiqarib undan qon oldi. Buning oqibatida esa
ayolning ahvoli battar yomonlashdi, “koʻzi tinib” boshi aylanadiganboʻlib qoldi. Hatto oʻzi ham
kim ekanligini bilmaydigan allaqanday bir xotin kelib ogʻir ahvolda yotgan ayolni kelib uni
savalaydi. Bu gʻirt axmoqgarchilik. Ulardan soʻng xonadonga baxshi keladi. U xotinni yoniga
oʻtib bir narsalar oʻqiydi, lekin u oʻqiyotgan oʻqigan narsalar bemorning ahvolini zora
yaxshilasa, unga yaxshilanadimi, yoʻqmi uni zarracha boʻlsa ham qiziqtirmaydi.
Axir kasal xotinni kelib-kelib tolning xipchini bilan savalaydimi? Bu bemor uchun
yordam bera oladimi. Hamma joyda ochlik hukum surayotgan bir paytda bemorning ahvoli hech
kimni qiziqtirmaydi. Tovuq soʻyib qonini oqizish bilan ayolga tekkan dardning oʻrtasida nima
aloqa bor deb uylaysiz. Bularning qilayotgan ishlari hammasi soxta “tabiblar” ga bemorning
oʻlishi -yoki qolishining qizigʻi yoʻq, ular faqat pul uchun shunday rozilikka qoʻl urgan edi.
Holbuki, ular bunday “davolash usuli” ni birgina Sotiboldining xotiniga emas balki, butun oʻsha
atrofdagi yuzlab bechoralarga ham qilishgan. Baxshi esa kimning yoniga chaqirilsa ushaning
yoniga borib oʻzi yodlab olgan narsalaini oʻqib, chiqib ketavergan. Korinib turibdiku xalqimiz
shu darajada ong-u shuurini johillik bilan butunlay band qilib olgan.
Shaharda bitta doktorxona bor. Bu doktorxona toʻgʻrisida Sotiboldining bilgani shu:
salqin, tinch parkda daraxtlar ichiga koʻmilgan baland va chiroyli imorat shisha qabzali kulrang
eshigida qoʻngʻiroq tugmasi bor. Doktorxona deganda Sotiboldining koʻz oldiga izvosh va oq
podshoning surati solingan 25 soʻmlik pul kelar edi.
Bundan kelib chiqib bu tun boshli shaharda birgina kasalxona boʻlishi. Bu ham oʻsha 20-
asrning dastlabki yillari Chor Rassiyasiga qaramligimizdan tibbiyot masalalarini hal qilishga
deyarli e'tibor berilmas edi, chunki xalqimiz moliyaviy jihatdan juda qiynalishgan. Shuning
uchun ham iqtisodiy nochorlik kishilar turmush darajasining tobora pasayib borishiga, aholi
oʻrtasida turli kasalliklar keng tarqalib, oddiy betoblik ortidan odamlar bevaqt hayotdan koʻz
yumib ketishiga sabab boʻldi.
Har bir davrda boʻlganidek aynan mana shu yillarda ham aholi oʻrtasida tatabaqalanish
keng avj olib, tibbiy xizmatdan faqatgina chor amaldorlar, harbiylar va mahalliy boylargina
foydalana olar edi. Bunday sharoitda esa Sotiboldiga oʻxshagan oddiy xalqning nochor odamlari
kasalxonaga borib shifo topishni emas, balki doktorxona uchun 25 soʻmlik pul topish ilinjida
yurar edi. Shunday paytda Sotiboldining birgina najoti xoʻjayini Abdugʻaniboy edi. Lekin u
yordam berish urniga qandaydir - Devonayi Bahovddinga hech narsa koʻtardingmi?
Gʻavsula‘zamga-chi? deb yordam qoʻlini choʻzishdan bosh tortadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1266
O’zi esa omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib oʻladigan ahvolga kelgan vaqtda
shahardagi kasalxonani ham nazariga ilmay markaziy shaharga ya'ni Simga borib davolanib
kelishga pul topgan bu bagʻitosh kimsa xizmatkorining ayoli yosh oʻlib ketishi, norasida bir
farzand yetim qolib ona mehriga zor boʻlib oʻsishi mumkinligini bila turib zarracha yordam
koʻrsatishga yaramadi.Axir Abdugʻaniboyni boy qilgan xohlagandek maishat qilishi, betob
boʻlganda istagan joyiga borib davolanib kelishi uchun yetarlicha mablagʻ bilan ta‘minlagan
Sotiboldi va unga oʻxshaganlarning ogʻir va mashaqatli mehnati emasmidi, Nahotki shu bir
qiymatga arzimaydigan pul inson hayotidan azizroq boʻlsa?
E‘tibor berib qaraydigan boʻlsak, oʻsha davrda butun boshli jamiyat bor,bitta boʻlsa ham
doktorxona bor, tabib bor, baxshi bor, qoʻlida harom pullar oʻynagan boylar va amaldorlar
bor qanday mehnat boʻlsa, qilishga tayyor Sotiboldi bor lekin bularning hech birida bemor
uchun najot yoʻq. Hikoya davomida na Sotiboldining na ayolining qarindosh-urugʻlari qoʻni-
qoʻshnilari haqida soʻz yuritiladi. Bu qarindosh yoki qoʻshnilar yoʻqligidan emas, balki yordam
beruvchilarning yoʻqligidan dalolatdir.
Chunki bunday ogʻir zamonda birovning birov bilan ishi yoʻq qarindoshlar narida
tursin hatto farzand otasini tanimaydigan darajada hamma oʻz kunini qanday kechirishni
oʻylaydi. Shu boisdan ham qashshoqlikning botqogʻiga botib qolgan shunday ayanchli nochor
muhitda tashqaridan bosalarning ovozi emas , balki gadoning sadoqat soʻrab boqirgan tovushi
eshitibdi.
Hikoyaning mazmun mohiyati ta'sir kuchi holi bu bilan ham tugamaydi. Oʻlimi
yaqinlashib qolgan ayoli uchun biror najot topa olmagan Sotiboldi qoʻshni kampirning maslahati
bilan endi toʻrt yoshli qizchasining saharda qilgan duosiga umidvor boʻladi. “Bemorning
kunglida armon boʻlmasin” deb “Chilyosin” ham qildirishga toʻgʻri keladi. Soʻnggi damda
qilinayotgan ishlarning barchasi bemorning oʻlib qolmasligi uchun edi. “Chilyosin”dan bemor
tetik chiqqanday boʻldi.
Shu kecha katta koʻzini ochib qizchasini yoniga tortdi pichirladi:
-Xudo qizimizning saharlari qilgan duosuni dargohiga qabul qildi. Dadasi, endi
tuzukman, qizimizni saharlab uygʻotmang deb ham aytti.
Asardagi qahramonlar ruhi yotiga toʻxtaladigan boʻlsak hikoyaning bosh qahramoni
Sotiboldini kambagʻalligi va chorasizligi tufayli asarning boshidan yakunigacha juda tushkun
ahvolda koʻramiz. Ogʻir kasallikdan aziyat chekayotgan ayolining holatini ilojsiz
kuzatayotganligi uni tuzatish uchun qoʻlida bor imkoniyatidan foydalansa-da umiryoʻldoshini bu
azoblardan qutqarishga ojiz qolganligi sababli ham bu obrazni oʻsha davrdagi imkoniyatlari
cheklangan, oʻz haqini talab qila olmaydigan, nochorlikning changalida ezilayotgan
insonlarning tipik vakili deya olishimiz mumkin. Hikoyadagi yana bir obraz -Abdugʻaniboy
orqali insoniylikni bir chetga surib qoʻyib oddiy insonlarga tepadan qaraydigan, odamgarchilik,
rahm, insof, kabi insoniy xislatlarini bir pulga sotadigan ma'niviy qashshoq kimsa sifatida
tasvirlangan. Bundan tashqari asardagi “tabib“ “baxshi” bemorni xipchin bilan savalagan ayol
kabi obrazlar pul uchun hech narsadan tortmaydigan, tuban va razil kimsalarning umumlashma
variantidir. Hikoyada Bemor faqat Sotiboldining xotini emas, balki butun jamiyat bemor -
xasta, najotga zor, tuzalishga muhtoj, loqayd, ilimsiz, ma'noviy tubanlik.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1267
Asar muallifi bu hikoya orqali umidsizlik yoki tushkunlikni targʻib etmaydi, aksincha, u
inson ruhiyatining kuchi va chidamliligini, shu bilan birga, qiyinchiliklarga duch kelganda
shaxslarning maqsad va chora yoʻlini topish qobiliyati qay darajada yuksalishi mumkinligini
namoyish etadi.
Abdulla Qahhorning mushohadali hayot haqiqatlarini oʻzining kichik jussasida mujassam
qilgan bu qisqa hikoyasi bugungi kunda ham oʻz salmogʻi va oʻrnini yoʻqotmay kelayotganining
asosiy sabablaridan biri shuki, undan olinadigan xulosa hozirda ham bir qancha insoniy
tuygʻulardan yiroqlashib borayotgan yangi davr kishilari uchun ibrat vazifasini oʻtayotganligidir.
XULOSA
Ushbu maqolada xulosa qiladigan bo‘lsak, Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi oddiy
bir voqelik orqali katta hayotiy haqiqatni ochib beradi. Asarda muallif bir shifokorning
beparvoligi sabab oddiy bir bemorning taqdiriga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini
ko‘rsatadi. Bu orqali u faqat tibbiyot sohasi emas, umuman har qanday kasb egalari o‘z ishiga
mas’uliyat bilan yondashishi lozimligini uqtiradi.
Hikoya bosh qahramonining ayanchli holati orqali o‘quvchida achinish, g‘azab va o‘ziga
savol berish hissini uyg‘otadi: “Agar men shu vaziyatda bo‘lsam, qanday yo‘l tutgan bo‘lardim?”
Bu esa asarning tarbiyaviy va ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Yozuvchi o‘zining teran
kuzatuvchanligi, nozik psixologik tahlillari orqali inson qalbini tahlil qiladi, jamiyatdagi muhim
muammolardan birini ko‘taradi – bu esa uni o‘qiladigan va o‘ylantiradigan asarga aylantiradi.
“Bemor” hikoyasi orqali muallif nafaqat shifokorlar, balki har bir odam o‘z zimmasidagi
vazifani vijdonan bajarishi kerakligini eslatadi.
Chunki har bir mas’uliyatsizlik ortida inson taqdiri, hayoti turishi mumkin. Shunday
qilib, “Bemor” nafaqat adabiy asar sifatida, balki hayotiy saboq, ogohlantiruvchi ibrat sifatida
ham alohida ahamiyatga ega. Bu hikoya bizni insoniylik, mehr-shafqat, mas’uliyat va halollik
haqida yana bir bor chuqur o‘ylashga chorlaydi.
REFERENCES
1.
Toshkent.Adabiyot uchqunlari. 2019. 53-55-betlar.
2.
6-sinf Adabiyoti darsligi 1-qism (2017) Toshkent Ma‘naviyat (111-117-betlat)
3.
“Anor” qissa va hikoyalar toʻplami, A.Qahhor, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-
manbaa uyi.Toshkent 2012-yil.
4.
Adabiyot darsligi “Ma'naviyat”, (108-118-betlar).
