ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1314
O‘ZBEKISTONDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISHDA AYRIM QONUNCHILIK HUJJATLARINI
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
G‘afurov Qodir Qobilovich
Mustaqil izlanuvchi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15492744
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT)
faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining holati va ularni takomillashtirish zarurati
tahlil qilingan. NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaning ko‘pligi,
tarqoqligi va o‘zaro nomuvofiqligi ularning samarali faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatayotganini asoslab berilgan. Shuningdek, NNTlarning tashkiliy-huquqiy shakllarini aniq
belgilashdagi muammolar, yuridik terminlarning chalkashligi, ayrim shakllarning qonunchilikda
noto‘g‘ri tasniflanishi kabi muhim masalalarga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot ishida xalqaro
huquq tajribalariga asoslangan holda NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi yagona kodeks ishlab
chiqish, “NNT to‘g‘risida”gi qonunga yangi modda va ta’riflar kiritish, shuningdek “NNT”
atamasini “jamoat tashkilotlari” bilan almashtirish kabi takliflarni ilgari surilgan. Maqola
NNTlar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga oid
dolzarb ilmiy-amaliy masalalarni yoritadi.
Kalit so‘zlar: Nodavlat notijorat tashkiloti, fuqarolik jamiyati, tashkiliy-huquqiy shakl,
huquqiy maqom, chet el NNTlari, xorijdan moliyalashtiriladigan NNT, yuridik shaxslar
birlashmasi,
matlubot
kooperativi,
mahalla
fuqarolar
yig‘ini,
jamoat
tashkilotlarimoliyalashtirish manbalari.
ISSUES OF IMPROVING CERTAIN LEGISLATIVE ACTS IN THE DEVELOPMENT
OF NON-GOVERNMENTAL NON-PROFIT ORGANIZATIONS' ACTIVITIES IN
UZBEKISTAN
Abstract. This article analyzes the current state of legislative acts regulating the activities
of non-governmental non-profit organizations (NGOs) in Uzbekistan and the necessity for their
improvement. The author substantiates that the excessive number, fragmentation, and
inconsistency of normative-legal documents negatively affect the effective functioning of NGOs.
Particular attention is paid to problems in clearly defining the organizational and legal forms of
NGOs, confusion in legal terminology, and the misclassification of certain forms in the
legislation. The study proposes the development and adoption of a unified code to regulate NGO
activities, the inclusion of new articles and definitions in the existing law on NGOs, and the
replacement of the term "NGO" with "public organization" based on international legal practice.
The article highlights relevant scientific and practical issues related to improving the
legal mechanisms for regulating NGO activities.
Keywords: Non-governmental non-profit organization, civil society, organizational and
legal form, legal status, foreign NGOs, foreign-funded NGO, union of legal entities, consumer
cooperative, neighborhood assembly (MFY), public organizations, sources of financing.
ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ОТДЕЛЬНЫХ ЗАКОНОДАТЕЛЬНЫХ
АКТОВ В РАЗВИТИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НЕГОСУДАРСТВЕННЫХ
НЕКОММЕРЧЕСКИХ ОРГАНИЗАЦИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация. В данной статье проанализировано состояние законодательства,
регулирующего деятельность негосударственных некоммерческих организаций (ННО) в
Узбекистане, а также обоснована необходимость его совершенствования. Автор
отмечает, что избыточность, фрагментарность и несогласованность нормативно-
правовых актов негативно сказываются на эффективности деятельности ННО.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1315
Особое внимание уделено проблемам четкого определения организационно-
правовых форм ННО, путанице в юридической терминологии и неправильной
классификации отдельных форм в законодательстве. В исследовании предложены
разработка и принятие единого кодекса, регулирующего деятельность ННО, внесение
новых статей и определений в действующий закон о ННО, а также замена термина
«ННО» на «общественные организации» на основе международного правового опыта.
Статья
освещает
актуальные
научно-практические
вопросы
по
совершенствованию механизмов правового регулирования деятельности ННО.
Ключевые слова: Негосударственная некоммерческая организация, гражданское
общество, организационно-правовая форма, правовой статус, иностранные ННО, ННО с
зарубежным финансированием, объединение юридических лиц, потребительский
кооператив, собрание граждан махалли (МФЯ), общественные организации, источники
финансирования.
KIRISH
Bugungi kunda respublikamizda 9,6 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT)
ta’lim, sog‘liqni saqlash, inson huquqlari va atrof-muhitni himoya qilish, sport va boshqa
sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda. NNT faoliyatining huquqiy asoslarini “O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi” (2023), “O‘zbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari
to‘g‘risida”gi (1991), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari
to‘g‘risida”gi (1992), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1995-1996), “Nodavlat
notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi (1999), “Jamoat fondlari” to‘g‘risida”gi (2003) Qonunlar va
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi.
NNTlar faoliyat ko‘rsatishida tashkiliy-huquqiy shakllari, NNTlari va ramzlarini davlat
ro‘yxatdan o‘tkazish, rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni
xabardor qilish, hisobot topshirish hamda xorijdan pul mablag‘lar jalb qilish masalalarining
huquqiy tartibini tahlil qilish muhimdir.
O‘rganishlar natijasida “uchinchi sektor” faoliyatiga sohada
qonunchilik hujjatlarning
ko‘pligi va tarqoqligi, NNTlar tashkiliy-huquqiy shakllari va tushunchaviy apparat bilan bog‘liq
turli xil huquqiy muammolar mavjudligi aniqlandi.
Xususan, bugungi kunda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, NNTlar sohasini tartibga
soluvchi 300 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
1
Amaldagi qonunchilikka e’tibor qaratsak, NNTlarning tashkiliy-huquqiy shakllari,
ro‘yxatdan o‘tish, hisobot topshirish, rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi
organni xabardor qilish, davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab quvvatlash shakllari, xorijdan pul
mablag‘larini jalb qilish, akkreditatsiya, NNTlarni tugatish va boshqa masalalar barchasi alohida
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Bu holat NNTlarning huquqiy maqomini aniq belgilashda qiyinchiliklar tug‘diradi,
chunki turli qonunlar orasidagi nomuvofiqliklar va takrorlanishlar tashkilotlarning faoliyatini
murakkablashtiradi. Ikkinchidan, qonunchilikning tarqoqligi NNTlarning davlat organlari bilan
o‘zaro munosabatlarini qiyinlashtiradi. Bu esa ularning samarali ishlashiga to‘sqinlik qiladi.
Shuningdek,
NNTlarning
faoliyat
ko‘rsatish
turini
belgilab
beruvchi
tashkiliy-huquqiy shakllarni aniqlash, ularga nisbatan bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini joriy
1
Adliya vazirligi tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda OAV va fuqarolik jamiyati
institutlari vakillari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
press-brifingdan
https://uza.uz/oz/posts/nodavlat-notijorat-tashkilotlari-to-g-risida-kodeks-ishlab-c-07-11-2019
hamda mualliflik monitoring natijasida to‘plandi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1316
qilish, shuningdek NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlarining boshqa turlari (mahalla fuqarolar
yig‘ini “MFY”) bilan adashtirib yuborish kabi holatlar uchramoqda.
Fikrimizcha, bunga Fuqarolik kodeksi va “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi
qonunlarida notijorat tashkilotlarning tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra turlari farq qilishi va ular
faoliyatining turli xil normativ-huquqiy bilan tartibga solinishi sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra,
jamoat
birlashmasi, ijtimoiy fond, muassasa va uyushma (ittifoq)
shakli ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa,
Fuqarolik kodeksiga yuqoridagilar bilan birga
matlubot kooperativi, yuridik shaxslar
birlashmalari
tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar qatoriga kiritilgan.
Demak, matlubot kooperativi va yuridik shaxs birlashmalarining tashkiliy-huquqiy
shakllariga aniqlik kiritish ehtiyoji yuzaga kelmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra
“matlubot kooperativlari
ishtirokchilarning moddiy (mulkiy)
ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi”
2
hisoblanadi. Ta’rifdan kelib chiqib aytish mumkinki, ishtirokchilarning moddiy ehtiyojlarini
qondirish xususiyatiga ega bo‘lganligi bois, uni NNT deb e’tirof etib bo‘lmaydi.
Biroq, yuridik shaxs birlashmalarining xususiyati biroz boshqacharoq. U tijorat
tashkilotlari (tadbirkorlik subyektlari) tomonidan o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish
maqsadida tuziladigan uyushmalar hisoblanadi. Bunday uyushmalar adliya vazirligi yoki
hududiy boshqarmalardan ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi hamda ularning faoliyati NNT to‘g‘risidagi
qonunchilik bilan tartibga solinmaydi.
Mazkur tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va faoliyati ko‘rsatish tartibi alohida
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 542-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik
shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning”
ma’muriy reglamenti (Reglament)ga ko‘ra amalga oshiriladi va davlat xizmatlari markazlari
(DXM) tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ta’kidlash joizki, bunday tashkilotlar erkin tashabbuskorlar tomonidan tuzilishi, foyda
olishni ko‘zlamasligi va uni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlamaslik xususiyatiga ega bo‘lganligi
bois uni NNT sifatida e’tirof etish uchun asos bo‘ladi. Biroq amaldagi tartib bo‘yicha alohida
bunday tashkilotlar alohida tashkiliy-huquqiy shakl hisoblanadi. Natijada uning alohida
qonunchilik bilan tartibga solinishi bir qator muammolarga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, bunday uyushma yoki birlashmalarga nisbatan NNTlar qonunchilikda
belgilangan majburiyatlari: masalan moliyalashtirish manbalari hamda xorijdan grant va
mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha adliya organlarini xabardor qilish yoki u bilan kelishish kabi
belgilangan talablarni qo‘llash imkonini cheklaydi. Bu esa ular faoliyatini ochiqligi va
shaffofligiga salbiy ta’sir qiladi
Bundan tashqari, amaliyotda ko‘plab mutaxassislar tomonidan o‘zini o‘zi boshqarish
organlari (mahalla fuqarolar yig‘ini “MFY”)ni NNT deb hisoblash holatlari mavjud. Aslida
MFYlar NNTlar hisoblanishi uchun talab etiladigan fuqarolar tashabbusi bilan emas, davlat
tashabbusi bilan tuziladi, MFYda ishlovchilar davlat tashkilotlari xodimi hisoblanadi va
fuqarolarga huquq va majburiyatlar yuklovchi ma’muriy hujjat yoki harakatlar amalga oshiradi.
Qolaversa, NNTga doir normativ-huquqiy hujjatlarda tushunchaviy apparat (asosiy
tushunchalar) to‘la shakllantirilmaganligini ham ko‘rish mumkin. Jumladan, sohada asosiy
qonun hisoblanuvchi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi Qonunning 14-moddasida
“Xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari”
tushunchasiga ta’rif berilgan bo‘lsa-da, mazkur
qonunda
“Chet el nodavlat notijorat tashkilotlari”
tushunchasiga ta’rif berilmagan.
2
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 73-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1317
Ushbu tushunchalar o‘rtasida ayrim farqlarni mavjudligi
“chet el NNT”
ni ham huquqiy
maqomini belgilash zarurligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, amaldagi qonunchilikda “xorijdan moliyalashtiriladigan NNT” (foreign
funded NGO yoki “foreign money NGO), xorijdan qo‘llab quvvatlanadigan NNT (foreign
supported NGO) kabi xalqaro va chet el NNTlari moliyaviy faoliyatini tartibga solishda muhim
bo‘lgan tushunchalar mavjud emas.
Qolaversa, xalqaro huquqda “Nodavlat notijorat tashkilot” o‘rniga, “Nohukumat
tashkilot”, “Notijorat tashkilot”, Ko‘ngillilar tashkiloti, NGO, NPO, Voluntary) atamasi
qo‘llaniladi.
Qonunchilikda nodavlat notijorat tashkiloti atamasini ifodalash uchun “nodavlat”,
“notijorat” tushunchalari asosida yoki ularning kombinatsiyasi orqali yangi yuridik atama
shakllantirilgan.
Natijada, NNTlar “notijorat tashkilotlari” sifatida tasniflansa-da, siyosiy-huquqiy nuqtai
nazardan “nohukumat tashkiloti” mamlakat hukumatiga, ya’ni ijro hokimiyatiga tegishli
bo‘lmagan tashkilot sifatida tushuniladi va “nodavlat” tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi.
Agar “nodavlat” atamasi ishlatilsa, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlatga tegishli bo‘lmagan yoki
undan tashqaridagi degan ma’noni anglatadi. Bu esa NNTning jamoat manfaatlarini ifodalovchi,
davlatga ko‘makchi sifatidagi maqomi va ahamiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qonunchilik
hujjatlarning ko‘pligi va yagona hujjatga birlashmaganligi, NNTlar tashkiliy-huquqiy shakllari
va ayrim terminlar bilan bog‘liq bilan turli xil huquqiy muammolar “uchinchi sektor”ning
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan quyidagilar taklif etiladi:
-
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va takomillashtiruvchi
yagona kodeks ishlab chiqish va uni qabul qilish;
-
“Nodavlat notijorat tashkilotlari” to‘g‘risidagi Qonunning 10-moddasi 1-qismi
quyidagicha: “Nodavlat notijorat tashkilotlari jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond, muassasa,
yuridik shaxs birlashmasi (uyushmasi) shaklida
, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa shaklda tashkil etilishi mumkin” deb bayon qilish;
-
mazkur Qonunni ikkita yangi modda bilan to‘ldirish. Xususan, 14
1
-modda
“Chet el
nodavlat notijorat tashkilotlari”,
14
2
-modda “
Xorijdan moliyalashtiriladigan nodavlat
notijorat tashkilot”
tushunchasi va ularning huquqiy maqomini belgilash;
-
mavjud normativ-huquqiy bazani xalqaro huquq tajribalaridan kelib chiqqan holda NNT
tushunchasini
“Jamoat tashkilotlari”
terminiga o‘zgartirish.
REFERENCES
1.
Adliya vazirligi tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda OAV va
fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
bo‘yicha
amalga
oshirilayotgan
ishlar
yuzasidan
press-brifingdan
https://uza.uz/oz/posts/nodavlat-notijorat-tashkilotlari-to-g-risida-kodeks-ishlab-c-07-11-
2019
hamda mualliflik monitoring natijasida to‘plandi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 73-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1996-y.
https://lex.uz/uz/docs/-111189
