Authors

  • Feruz Tuxsanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92270

Keywords:

Atrof-muhit ob’yekt kimyoviy elektrokimyoviy tuproq suv qishloq xo’jaligi sanoat korxonalari monitoring ftorid xlorid fosfat nitrat

Abstract

Oqava suvlarning atrof-muhit ob’yektlarining sofligiga ta’siri g’oyat kattadir. Ushbu maqolada Siyob va Obi-Mashat ariqlarining shaharga kirish va chiqish joylaridan olingan oqava suv namunalarining kimyoviy, elektrokimyoviy va fotometrik analiz natijalari metrologik jihatdan matematik – statistika usullari yordamida baholanish asosida muhokama qilingan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

166

ATROF – MUHIT OB’YEKTLARINING EKOANALITIK MONITORINGI

Tuxsanov Feruz Sadullayevich

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institut
ftuxsanov078@gmail.com +998933436198

Annotatsiya.

Oqava suvlarning atrof-muhit ob’yektlarining sofligiga ta’siri g’oyat kattadir.

Ushbu maqolada Siyob va Obi-Mashat ariqlarining shaharga kirish va chiqish joylaridan olingan
oqava suv namunalarining kimyoviy, elektrokimyoviy va fotometrik analiz natijalari metrologik
jihatdan matematik – statistika usullari yordamida baholanish asosida muhokama qilingan.

Kalit so’zlar:

Atrof-muhit, ob’yekt, kimyoviy, elektrokimyoviy, tuproq, suv, qishloq xo’jaligi,

sanoat korxonalari, monitoring, ftorid, xlorid, fosfat, nitrat


Ekologik muammolar hozirgi davrda atrof – muhit muhofazasi va tabiiy resruslardan oqilona

foydalanish kabi muammolarni o’z ichiga olib, yer yuzidagi har bir insonning unga nisbatan
ma’suliyatini oshirmog’i zarur. Ekologik muammolarning murakkabligi, turli – tuman rejalarga
asoslanganligi, ularning bir – biriga zidligi davlatlar o’rtasida umuminsoniy ekologik strategiyani
ishlab chiqish imkonini bermaydi. Bugungi kunda ushbu ekologik muammolar sifatida: biologik;
kimyoviy; texnikaviy; sotsial-iqtisodiy omillarni keltirish mumkin. Qayd etilgan jihatlar yuzasidan
dunyo mamlakatlari aholisi bir to’xtamga, bitimga ega emaslar.

O’zbekiston Respublikasi hukumati mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ekologiya va

atrof – muhit muhofazasiga e’tibor berib, uni ham birinchi navbatdagi vazifalaridan biri qilib
qo’ydi. Bunga sabab, bizning mamlakatimizning asosiy milliy boyligi yerning tuzilishi tarkibiga
ichimlik, sug’orishda ishlatiladigan va oqova suvlarning hamda atmosferamizning sofligiga juda
ko’p jihatdan bog’liqdir.

Tuproq tarkibi nafaqat kimyolashtirish natijasida buzilib bormoqda, balki unga

ko’rsatilayotgan ekologik ta’sir natijasida ham o’zgarib borayotir. Bunga esa atmosfera havosi va
sug’orish tizimi orqali tushayotgan (oqova suvlar natijasida) turli kimyoviy moddalar ham sabab
bo’lmoqda. Bunday o’zgarish nafaqat insonlar uchun, balki barcha tirik organizmlar uchun ham
katta xavf tug’diradi.

Qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan yerlarning unumdorligini oshirish va yuqori hosil

olishning asosiy omillaridan biri ham uning ekologik muammolarini hal qilishdan iboratdir. Qishloq
xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda asosan, turli mineral va mahalliy o’g’itlardan
foydalaniladi va ular mahsulot sifatini yaxshilaydi. Lekin dehqonchilikda foydalanilayotgan
yerlarga doimiy ravishda har yili bir xil o’g’itlardan foydalanish mahsulot sifatiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Hatto ekin maydonlarini himoyalashda qo’llanilayotgan bir xil turdagi gerbitsid,
pestitsid va fungitsidlar ham ba’zi bir kimyoviy elementlar, birikmalar miqdorining to’planishiga
sabab bo’lmoqda.

Sug’orish tizimlari orqali ham ba’zi mineral moddalarning tuproqda to’planishi va ko’p

hollarda me’yordan ortib ketishi sodir bo’ladi. Xo’jaliklarda ishlatilayotgan suvning miqdori va
sifat ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash ham analitik monitoringning bir bosqichi
hisoblanadi.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

167

Sanoat korxonalari va shahar hududiga yaqin tumanlarning qishloq xo’jaligida sug’orish

uchun foydalanilayotgan daryo, ariq suvlariga ko’p miqdorda (yil fasllariga qarab) oqova suvlarning
qo’shilayotganligi bugungi kunda sir emas. Oqova suvning intensiv ta’sir zonasida suv va tuproq
tarkibidagi biologik va biokimyoviy jarayonlar ham buziladi, zaharli moddalar konsentratsiyasi esa
ba’zan ruxsat etilgan me’yor darajasidan ortib ketadi. Shuning uchun yerdan unumli foydalanishni
xohlagan dehqon – fermer yerning agrokimyoviy va sanitar holatidan xabardor bo’lishi hamda
tuproqning analitik kartasiga ega bo’lishi zarur. Yerga ishlov berayotgan fermerlar atrofidagi
xo’jaliklar yerlarining holatiga ham e’tibor berishi va xo’jalik yerlarining tuproq tarkibi har xil
bo’lib qolmasligiga juda ehtiyot bo’lmoqlari kerak.

Analitik ma’lumotlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, hatto sug’orishda

qo’llanilayotgan suv manbalarining va tuproqning kimyoviy tarkibini doimiy tahlil qilib turish ba’zi
mineral va organik o’g’itlardan foydalanishni cheklab, iqtisodiy samara berishi mumkin.

Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasida ham ko’p yillardan beri viloyat,

shahar hududidagi oqova suvlar, tuproq, atmosfera havosi tarkibidagi turli zaharli moddalarni
doimiy analitik nazorat qilish yo’lga qo’yilgan. Shaharga kirish va chiqish joylardan olingan oqova
suv namunalariga qarab, ariq va daryo suvlarining ifloslanish darajasi ham ortayotganligi to’g’risida
[1] xulosa qilish mumkin.

Quyidagi jadvallarda Siyob va Obi – Mashat ariqlarining shaharga kirish va chiqish joylaridan

olingan oqova suv namunalarining kimyoviy tahlil natijalari keltirilgan.

Jadval – 1. Obi – Mashat arig’idan olingan oqova suv tahlili.
2014 yil, may n=3, p=0.95

Ingrediyentlar

Ko’rsatkichlar, mg/l

Shaharga
kirish

Shahardan
chiqish

Farqlar

1

Nitrat azoti

0.11

0.13

0.02

2

Xloridlar

31.4

42.1

9.7

3

Sulfatlar

122

148

26

4

Fosfatlar

0.16

0.19

0.03

5

Ammoniy azoti

0.75

3.57

2.82

6

Nitrit azoti

0.03

0.16

0.13

7

Muallaq zarrachalar

76.8

91.6

14.8

8

Menerallashuvi

369

412

43

Jadval – 2. Siyob arig’ining kirish va chiqish joylaridan olingan oqova suv tahlili. 2014 yil,

may n=3, p=0.95

Ingrediyentlar

Ko’rsatkichlar, mg/l

Shaharga kirish

Shahardan
chiqish

Farqlar

1

Nitrat azoti

0.01

0.02

0.01

2

Xloridlar

30.3

36.7

6.4

3

Sulfatlar

154

201

47.0


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

168

4

Fosfatlar

0.03

0.04

0.01

5

Ammoniy azoti

1.12

3.71

2.59

6

Nitrit azoti

0.01

0.12

0.11

7

Muallaq zarrachalar

86.0

105

19

8

Minerallashuvi

450

610

160


Tahlil uchun olingan oqova suv namunalari va tuproq tarkibidagi nitratlar alyumokaliyli

achchiqtoshning 1% li eritmasi yordamida ajratilib nitrat-selektiv elektrod qo’llashga asoslangan
ionometrik usul yordamida aniqlandi. Tuproq namunalari uchun aniqlik darajasi 5 – 25 % bo’lib,
nitratlarning konsentratsion oralig’i 2.0-500mg/kg ni tashkil etadi.

Tuproq tarkibidagi ftoridlarning ruxsat etilgan me’yori 10 mg/kg bo’lib, ushbu miqdor suvda

eruvchan ftor birikmalari uchun qabul qilingan.

Ftoridlar miqdorini tuproq va oqova suv namunalaridan aniqlash ham elektrokimyoviy usulda

amalga oshirilmoqda. Ftor ionlari miqdori ham ftor – selektiv elektrodlar qo’llashga asoslangan
bo’lib, elektrolitning elektr o’tkazuvchanligini oshirish uchun atsetatli bufer eritmasidan
foydalanildi.

Tekshirilayotgan aralashmalardagi ammoniy, nitrat, xlorid ionlari miqdorlari ham

elektrokimyoviy usulda nazorat qilinadi. Barcha hollarda olingan natijalar metrologik jihatdan
matematik statistika usullari yordamida baholandi. Hisbiy standart chetlanish qiymati (P=0.95
bo’lganda) 5 – 7 % dan ortmaydi.

Analitik nazoratga olingan sulfatlar, fosfatlar va boshqa ionlar miqdori kimyoviy va

fotokolorimetrik usulda aniqlandi.

Shunday qilib, yerning meliorativ holati, tuproq tarkibi, sug’orishda qo’llanilayotgan oqava

suvning kimyoviy tarkibini doimiy analitik nazorat qilish ekologik muammolarni hal qilishga
qo’shilgan kichik ulushdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Tuxsanov F., Ruziyev E. A., Qorjovov A. Sanoat oqava suvlari tarkibidagi nitratlarni

analitik nazorat qilish //Перспективы науки и производства химической технологии в
Узбекистане. Матер. науч.-техн.конф.:Навои.2014.с. 271-272 б.

2. Fayzullaev O.F. Analitik kimyo. Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2006, 488 b.

References

Tuxsanov F., Ruziyev E. A., Qorjovov A. Sanoat oqava suvlari tarkibidagi nitratlarni

analitik nazorat qilish //Перспективы науки и производства химической технологии в Узбекистане. Матер. науч.-техн.конф.:Навои.2014.с. 271-272 б.

Fayzullaev O.F. Analitik kimyo. Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2006, 488 b.