24-05-2025
184-187
46
14
YALPIZDAGI LINALOOL, MENTOL VA BOSHQA EFIR KOMPONENTLARINING MASS-SPEKTRAL XARAKTERISTIKASI.
Ushbu tadqiqotda yalpiz (Mentha spp.) o‘simligi tarkibidagi asosiy efir komponentlari – linalool, mentol va boshqa aromatik birikmalarning mass-spektrometriya usuli orqali aniqlanishi va spektral xarakteristikalari o‘rganildi. GC-MS (gaz xromatografiyasi – mass-spektrometriya) texnologiyasi yordamida yalpiz moyining kimyoviy tarkibi ajratildi va har bir komponentning fragmentatsiya yo‘llari tahlil qilindi. Natijalar yalpizdagi biologik faol efirlarning identifikatsiyasini aniq va tez amalga oshirishda mass-spektrometriya usulining yuqori sezuvchanligi va aniqligini tasdiqladi.