RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
194
CsPbBr
3
/MAPbI
3
TARKIBLI PEROVSKIT KVANT NUQTALAR SINTEZI VA
SPEKTRAL TADQIQI
Norboyev Qodirbek Mardonqul oʻgʻli, Tashpulatov Xurshid Shukurovich, Mirzayev
Sherzod Eshbekovich, Tashpolatov Doston Tolmas oʻgʻli, Normurodov Otajon Uktamovich,
Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti.
norboyevqodirbek880@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu ishda ABX
3
tuzilishiga mos keluvchi CsPbBr
3
va MAPbI
3
perovskitlar
ligandlar yordamida qayta choʻktirish (LARP) usulida sintez qilindi hamda bu perovskitlar asosida
aralash tarkibli perovskitlar sintezi oʻrganildi. Olingan aralash perovskitlarning kalloid holatdagi
eritmasining spektral xossalarini tadqiq qilindi va spektrlar siljishlari oʻrganildi. Spektrlarning
siljishi emission maksimumi 600 nm da hosil boʻlishi kuzatildi
Kalit soʻzlar.
CsPbBr
3
/MAPbI
3
, LARP usuli, kvant nuqtalar, spektral xossalar.
Organik-noorganik kationli qoʻrgʻoshin asosidagi galogenli perovskit materiallar oʻzining
ajoyib optoelektronik xususiyatlari va eritma asosida olinadigan fotovoltik materiallar sifatida
ishlatilishiga koʻra muhim jarayonlardan biri sifatida oʻrganilinmoqda [1]. Dastlab Gustav Rose
Ural togʻlarida CaTiO
3
tarkibli perovskit birikmani kashf qildi va bunday tuzilishli moddalarni
Alekseyivich von Perovski sharafiga perovskitlar deb nomlaydi[2].
Perovskit materiallarni sintez qilishning eng ommabop usullari issiq ineʻksiya usuli,
ultratovush yordamida sintez usuli, gidrotermal usul va xona haroratida ligandlar yordamida qayta
choʻktirish usullari kabilar kiradi. Bu usullar orasida xona haroratida ligandlar yordamida qayta
choʻktirish usuli yuqori harorat hamda inert atmosfera talab qilmaganligi uchun eng keng
foydalaniladigan usullar sirasiga kiradi. Issiq ineʻksiya usulida perovskitlar sintezida 140 °C-200 °C
harorat orqligʻida azot atmosferasida jarayon amalga oshiriladi. Dastavval Cs-oleat prekursori
tayyorlab olingan va yuqori harorat ostida PbX
2
eritmasi qoʻshiladi. Ligandlar sifatida aniq
oʻlchamlarda oleyin kislota va oleyin amin qoʻshilgan. Maʻlum vaqtdan soʻng eritma muz
hammomiga tushirilgan(1-rasm). Natijada yorqin yashil fluoressensiyali CsPbBr
3
tarkibli perovskit
kvant nuqtalari kolloid holatida ajratib olingan [3].
1-rasm.
Issiq ineʻksiya usulida CsPbX
3
tarkibli perovskit kvant nuqtalari sintezi
MAPbI
3
tuzilishli perovskit kvant nuqtalarini xona haroratida ligandlar yordamida qayta
choʻktirish usulida sintez qilish uchun dastlab MAI va PbI
2
tuzlari asetonitril erituvchisida eritilgan.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
195
Hosil qilingan eritmaga oleyin kislotasi va oleyinamin ligandlar sifatida qoʻshilgan. Antisolvent
sifatida xloroformdan foydalangan holatda kolloid holatidagi MAPbI
3
tarkibli perovskit kvant
nuqtalari sintez qilingan[4].
Tajribaviy qism
Materiallar.
CsBr (seziy bromid), PbBr
2
(qoʻrgʻoshin (II)-bromid), MAI (metilammoniy
yodid), PbI
2
(qoʻrgʻoshin yodid), DMF (dimetilformamid), Asetonitril, Toluol, Xloroform.
Aralash holatdagi CsPbBr
3
/MAPbI
3
tuzilishli perovskit kvant nuqtalari sintezi.
Xona haroratida ligandlar yordamida CsPbBr
3
tuzilishli perovskit kvant nuqtalari sintez
qilindi. CsPbBr
3
tuzilishli perovskit kvant nuqtalarini hosil qilishda antisolvent sifatida toluoldan
foydalanildi. MAPbI
3
ham xuddi shu usul orqali sintez qilindi. Lekin MaPbI
3
tuzilishli perovskit
kvant nuqtalar sintezi uchun esa antisolvent sifatida xloroformdan foydalanildi. Hosil qilingan
Perovskit eritmalaridan 1:1 hajm nisbatida xona haroratida aralashtirildi va CsPbBr
3
/MAPbI
3
tuzilishli perovskit kvant nuqtalari hosil qilindi.
Natijalar va ularning tahlili
CsPbBr
3
tuzilishli perovskit kvant nuqtalarining emission maksimumi 510 nm da hosil
boʻlishi kuzatildi. Ya’ni CsPbBr
3
tuzilishli perovskit kvant nuqtalari yorqin yashil fluorossensiyaga
ega ekanligini anglatadi. MAPbI
3
tuzilishli perovskit kvant nuqtalarining emission maksimumi esa
740 nm da hosil boʻlishi aniqlandi. Bu natijaga asoslangan holatda MAPbI
3
tarkibli perovskit kvant
nuqtalari yorqin qizil fluoressensiyaga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin CsPbBr
3
va MAPbI
3
tarkibli perovskit kvant nuqtalari aralashtirib olingan perovskit kvant nuqtalarining emission
maksimumi 600 nm da hosil boʻlishi kuzatildi (2-rasm).
2-rasm.
CsPbBr
3
/MAPbI
3
aralash perovskit kvant nuqtalarining nurlanish spektri.
Demak aralash holatidagi CsPbBr
3
/MAPbI
3
tarkibli perovskit nurlanish spektri CsPbBr
3
ning spektriga qaraganda oʻngga siljigan. Biroq MAPbI
3
tarkibli perovskit kvant nuqtalari nurlanish
spektriga qaraganda chapga siljishi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
196
1.
Sun, S., Yuan, D., Xu, Y., Wang, A., & Deng, Z. (2016). Ligand-mediated synthesis of
shape-controlled cesium lead halide perovskite nanocrystals via reprecipitation process at room
temperature.
ACS nano
,
10
(3), 3648-3657.
2.
Chen, T. W., Ramachandran, R., Chen, S. M., Kavitha, N., Dinakaran, K., Kannan, R.,
... & Chitra, S. (2020). Developing low-cost, high performance, robust and sustainable perovskite
electrocatalytic materials in the electrochemical sensors and energy sectors:“An
overview”.
Catalysts
,
10
(8), 938.
3.
Pathipati, S. R. (2021). Vacuum-assisted low-temperature growth of perovskite
nanocrystals reaching near-unity photoluminescence quantum yield.
Journal of Luminescence
,
239
,
118345.
4.
Tashpulatov, K., Norboev, K., Toshpulatov, D., Magdiev, S., Nasimov, A., Mirzaev, S.,
... & Yakubov, B. (2025). Facile Synthesis of Stable and Highly Luminescent MAPbI3 Perovskite
Quantum Dots.
Journal of Fluorescence
, 1-5.
