Authors

  • Moxinur Noryigitova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.96735

Keywords:

Xalq dostonlari qiyosiy tarixiy tahlil doston leksikasi dostonlar leksikasida qadimgi turkiy so’zlar folklor asalar xalq og’zaki ijodi.

Abstract

Ushbu maqolada xalq dostonlari leksikasi qiyosiy tarixiy tahlil qilinadi va ularning o’zaro munosabati, shakllanish va manbalari, shuningdek, xalq dostonlari tilidagi qadimgi turkiy so’zlar tahlil ostiga olinadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1337

XALQ DOSTONLARI LESKSIKASINING O’RGANILINISHI

Noryigitova Moxinur Nodirjon qizi

Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15518821

Annotatsiya. Ushbu maqolada xalq dostonlari leksikasi qiyosiy tarixiy tahlil qilinadi va

ularning o’zaro munosabati, shakllanish va manbalari, shuningdek, xalq dostonlari tilidagi
qadimgi turkiy so’zlar tahlil ostiga olinadi.

Kalit so’zlar: Xalq dostonlari, qiyosiy tarixiy tahlil, doston leksikasi, dostonlar

leksikasida qadimgi turkiy so’zlar, folklor asalar, xalq og’zaki ijodi.

Milliy tilning vujudga kelishi millatning shakllanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan

murakkab jarayondir. Uning tarkib topishi va taraqqiy etishida millat tarkibiga kirgan har bir
etnik guruhning jonli tili hamda ular tomonidan yaratilgan turli manbalar muhim ahamiyatga
egadir. Til manbalari o’rtasida, ayniqsa xalqning madaniy turmushida juda katta o’rin egallagan
badiiy ijodning xilma-xil janrlari alohida qimmat kasb etadi. Zero, aynan badiiy ijod manbalari
asrlar mobaynida qabila va urug’lar tilining elat tiliga, elat tilining umumxalq tiliga hamda
adabiy tilining vujudga kelishi bilan bog’liq murakkab jarayonning yangi-yangi bosqichlariga
o’tishida asosiy vositalardan biri bo’lib xizmat qiladi.

Bu ijodiy jarayonning xalqimiz o’tmishida ko’p asrlik tarixga egaligi, avvalo bizgacha

kelgan qadimgi turkiy yozma obidalar, qolaversa, xilma-xil janrlarda yaratilgan mumtoz
adabiyot namunalari misolida ko’zga tashlanadi. Badiiy ijod bilan bog’liq tarixga nazar tashlar
ekanmiz milliy tilning yuzaga kelishida muhim ahamiyat kasb etgan boy ma’naviy xazinalar
birgina yozma manbalar bilan chegaralanib qolmaganligiga amin bo’lamiz. Zotan, tilning
ibtidoiy shaklida (ya’ni og’zaki shaklida) yaratilib, avloddan avlodga o’tib turli ta’sir va
o’zgarishlarga uchragan holda bizgacha yetib kelgan xalq og’zaki ijodi namunalari buning
yaqqol dalilidir. Ayni paytda, mazkur manbalar og’zaki poetik nutqdan bahri olib, ezgu niyatlar
sari intilib yashagan ajdodlarimiz tilning beqiyos boyliklarini keyingi avlodga meros qilib
qoldirish maqsadida xotira qudartiga asoslangan xilma-xil janrlarni kashf etganligini tasdiqlovchi
dalil sifatida ham qimmatlidir. Shunday ekan o’zbek tilining uzoq asrlik taraqqiyot izchilligini
taminlovchi eng muhim vositalardan bo’lgan so’z san’ati haqida gap borganda, badiiy ijodning
yozma shakli bilan bir qatorda, og’zaki ijod janrlarining ham tilimiz taraqqiyotida o’ziga xos
o’rin bo’lganligi qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar asosida atroflicha yoritilmog’i lozim.

Zero”faqat qiyosiy-tarixiy tahlilgina tilning eng qadimgi taraqqiyoti va holatini tasavvur

qilish imkonini bera oladi”

1

.

Hozirga qadar o’zbek xalqining bu boy xazinalari tilshunoslikning turli sahnalarini ilmiy

o’rganishda monografik tadqiqotlarga keng miqyosda jalb etilmoqda. Xususan, bu taqqiqotlarda
folklor asarlarining ijodiy shakllanish tarixi, o’ziga xos taraqqiyot qonunlariga, shuningdek,
tilning leksik, grammatik, fonetik va uslubiy imkonyatlarining og’zaki ijod manbalarida
joriylanishi bilan bog’liq, ko’pgina masalalarni ham qamarab olgan bu tadqiqotlar, mazkur

1

Serebrennikov B., Gadjiyeva N. Sravnitelno-istoricheskaya grammatika tyuriskix yazikov. - Baku,1979 -S-5.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1338

manbalar tilning diaxron va sinxron nuqtai nazaridan ilmiy izlanishlar olib borishda muhim
ahamiyat kasb etadi.

Biroq so’z san’atining ibtidosi bilan bevosita aloqador bo’lgan folklor manbalari

hozirgacha tilshunoslar oldida o’zining barcha lingvistik imkoniyatlarini oshkor etgan deb
o’ylayman. Xususan, milliy tilning shakllanishida o’g’zaki ijod manbalarining roli, ularning til
tarixiga munosabati, til manbalari o’rtasida tutgan o’rni, til tizimining yuqori va quyi sathlari
bo’lgan adabiy til va dialektlarga munosabati,o’ziga xos taraqqiyot qonuniyatlari bilan bog’liq,
ko’pgina masalar hali to’laligicha o’z yechimini topmagan. Holbuki, folklor asarlarini uzoq
o’tmishga daxldorligini alohida e’tirof etilishi, bu manbalar tilini tarixiy izchillik asosida tanqid
etish lozimligini ko’rsatadi. Shuningdek, mazkur manbalarda turli tarixiy davrlarga doir juda
ko’p lingvistik unsurlarni ham uchratish mumkinki, ular yuqorida sanab o’tilgan masalaraga
yana ham chuqurroq yondashishda muhim qiyosiy dalil vazifasini o’taydi.

Folklor manbalarida o’z aksini topgan tarixiy ma’lumotlardan tadqiqotlarda tayanch dalil

sifatida foydalanish tajribasi uzoq o’tmishga tegishli bo’lib, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi,
madaniyati urf-odatlari, diniy e’tiqodi tili xususidagi qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan
antik

davr

tarixchilari

Geradot,

Kteziy,

Polien

singari

olimlarning

asarlarida,shuningdek,SharqningXamza Isfaxoniy,Tabariy, Ma’sudiy, Zero”faqat qiyosiy-tarixiy
tahlilgina tilning eng qadimgi taraqqiyoti va holatini tasavvur qilish imkonini bera oladi”

2

.

Hozirga qadar o’zbek xalqining bu boy xazinalari tilshunoslikning turli sahnalarini ilmiy

o’rganishda monografik tadqiqotlarga keng miqyosda jalb etilmoqda. Xususan, bu taqqiqotlarda
folklor asarlarining ijodiy shakllanish tarixi, o’ziga xos taraqqiyot qonunlariga, shuningdek,
tilning leksik, grammatik, fonetik va uslubiy imkonyatlarining og’zaki ijod manbalarida
joriylanishi bilan bog’liq, ko’pgina masalalarni ham qamarab olgan bu tadqiqotlar, mazkur
manbalar tilning diaxron va sinxron nuqtai nazaridan ilmiy izlanishlar olib borishda muhim
ahamiyat kasb etadi.

Biroq so’z san’atining ibtidosi bilan bevosita aloqador bo’lgan folklor manbalari

hozirgacha tilshunoslar oldida o’zining barcha lingvistik imkoniyatlarini oshkor etgan deb
o’ylayman. Xususan, milliy tilning shakllanishida o’g’zaki ijod manbalarining roli, ularning til
tarixiga munosabati, til manbalari o’rtasida tutgan o’rni, til tizimining yuqori va quyi sathlari
bo’lgan adabiy til va dialektlarga munosabati,o’ziga xos taraqqiyot qonuniyatlari bilan bog’liq,
ko’pgina masalar hali to’laligicha o’z yechimini topmagan. Holbuki, folklor asarlarini uzoq
o’tmishga daxldorligini alohida e’tirof etilishi, bu manbalar tilini tarixiy izchillik asosida tanqid
etish lozimligini ko’rsatadi. Shuningdek, mazkur manbalarda turli tarixiy davrlarga doir juda
ko’p lingvistik unsurlarni ham uchratish mumkinki, ular yuqorida sanab o’tilgan masalaraga
yana ham chuqurroq yondashishda muhim qiyosiy dalil vazifasini o’taydi.

Folklor manbalarida o’z aksini topgan tarixiy ma’lumotlardan tadqiqotlarda tayanch dalil

sifatida foydalanish tajribasi uzoq o’tmishga tegishli bo’lib, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi,
madaniyati urf-odatlari, diniy e’tiqodi tili xususidagi qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan
antik

davr

tarixchilari

Geradot,

Kteziy,

Polien

singari

olimlarning

asarlarida,shuningdek,SharqningXamza Isfaxoniy,Tabariy, Ma’sudiy, Beruniy, Saolibiy,

2

Serebrennikov B., Gadjiyeva N. Sravnitelno-istoricheskaya grammatika tyuriskix yazikov. - Baku,1979 -S-5.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1339

Balamiy,hamda Abulg’ozi Bahodirxon singari yetuk mutafakkirlari tomonidan yaratilgan
asarlarda tarixiy ma’lumotlar bilan bir qatorda xalq og’zaki ijodi namunalari tahliliga ham keng
o’rin berilishi buning yaqqol misolidir

3

.

Qolaversa, turkiy xalqlar uchun umumiy bo’lgan “O’rxun-Enasoy” va Uyg’ur bitiklarida,

Yusuf Xos Xojib “Qutag’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Xibat ul-xaqoyiq” singari yozma
manbalarda “tarixiy qo’shiq, hikmatli so’zlar, hatto qadimiy dostonlarning xarakterini aks
ettiruvchi parchalarni uchratish mumkinligi”, og’zaki ijod manbalarining qadimda badiiy ijod
jarayonning ham kuchli ta’sir o’tkazish qudartiga ega bo’lganligidan dalolat beradi

4

.

Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak folkor namunalaridan o’rin olgan xalq

tiliga doir boy lingvistik dalillardan qiyosiy manbaa sifatida foydalanish tajribasi XI asrning
yirik tilshunosi Mahmud Qoshg’ariy nomi bilan bog’lanadi. Jumladan, olim turkiy tillarni
qiyosiy tahlil qilishga bag’ishlagan “Devonu lug’otit turk” asarida turkiy etnik guruhlar
(qipchoq,o’g’uz,qarluq)tilida mavjud bo’lgan lug’aviy birliklarni to’plash va ularning
ma’nolarini izohlash orqali semantik qirralarini ochib berish, shuningdek, dialektal tafovutlarni
ko’rsatishda xalq poetik ijodi namunalaridan unumli foydalaniladi. Bu asarda muallif o’zi
yashagan davr va hududda mavjud bo’lgan og’zaki ijod namunalari bilan bir qatorda, u asar
uchun ma’lumotlar to’plash maqsadida kezib chiqqan barcha joylarda qadimdan aytib kelingan
og’zaki janrlardan ham ko’plab parchalar keltirib o’tadi

5

. Bu xususida Maxmud Qashg’ariyning

o’zi ham guvohlik bergan holda “Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli so’zlar, sajlar
maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim”,-deb yozgan edi

6

.

Xalq og’zaki ijodining namunalarining muhim amaliy ahamiyati shundaki bu manbalar

adabiy tilning yozma va og’zaki shakllari o’rtasida tarixan mavjud bo’lgan tafovutlarning
kamayishida muhim ro’l o’ynaydi. Chunki og’zaki ijod o’zining kuchli ta’sirini sintezlanish yo’li
bilan ham o’tkazib boradi. Folklor asarlarning sintezlanishi esa badiiy ijoddagi eng qadimiy
usullardan bo’lib, “Ijodkorlar o’z davrining aktual muammolarini tasvirlashda ko’p hollarda ana
shu an’anaviy usulga murojaat etganlar”. Jumladan, Alisher Navoiyning eski o’zbek tilining
ahamiyatini ko’rsatish maqsadida yaratgan “Xamsa”sida xalq afsona va rivoyatlardan “Maxbub
ul-qulub” asarida esa xalq maqollaridan unumli foydalanishi buning yaqqol dalilidir. Qadimdan
mavjud bo’lgan bu tajribaning Navoiy izdoshlari tomonidan izchil davom ettirilishi yozma tilga
jonli so’zlashuv va folklor tiliga xos ko’pgina unsurlarning kirib borishi uchun qulay
imkoniyatlar vujudga keltirdi. Natijada, og’zaki va yozma til shakllari o’rtasidagi tafovut XVII-
XIX asrlarga kelib ancha kamaydi.

Qayd etilgan qisqacha dalillarning o’ziyoq, folklor manbalarining qadimdanoq ijtimoiy

yo’nalishdagi fan sohalarida va badiiy ijod jarayonida ham muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
bo’lganidan dalolat beradi. Shuning uchun ham tadqiqotlarda “Xalqning qadimiy madaniy va
maishiy turmushini aks ettiruvchi og’zaki manbalarni to’plash va tadqiq etish muammo bo’lib

3

Mallayev N.M. Ozbek adabiyoti tarixi,-Toshkent,1976,41-bet

4

Jirmunskiy V.M., Zarifov X.T. Uzbekskiy narodniy geroicheskiy epos. -M.,1976. -C.9-10; Qarang: Sarimsoqov B.

Qadimgi davr folklori.-Toshkent,1988, 25-35 betlar.

5

Qarang: Devonu lug’otit turk, indeks-lug’at,-Toshklent, 1967,529-540betlar.

6

Qoshg’ariy M. Devonu lug’otit turk. 1 tom.- Toshkent. 270-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1340

turar ekan, bizning bu sustkashligimizni kelajak avlod olimlari aslo kechirmaydi. Fan uchun esa
bu tiklab bo’lmas yo’qotishdir”,-deb ta’kidlanadi.

Folklor asarlarini to’plash va ilmiy o’rganishning o’ziga xos yangi bosqichi XIX asrning

ikkinchi yarmi, XX asrning boshida Markaziy Osiyoda yashagan rus orientalistlari, sayyohlari va
chor ma’muriyatning ayrim rasmiy vakillari faoliyati bilan bog’lanadi. O’zbek xalq og’zaki
ijodining, xususan, xalq dostonlarining keng miqyosda yozib olinishi va tadqiq etila boshlanishi
esa, XXasrning 20-yillariga to’g’ri keldi. Jumladan, 20-yillarga kelib G’ozi Olim Yunusov,
G’ulom Zafariy, Elbek, Bekijon Rahmonov, Xodi Zaripovlarning rahbarligi va bevosita
ishtirokida uyushtirilgan folklor ekspeditsiyalarida o’zbek xalq og’zaki ijodining nihoyatda katta
hajmdagi namunalari to’plandi. Aynan ana shu ekspeditsiyalarda Ergash shoir, Fozil Yo’ldosh va
Po’lkan shoir singari talantli xalq san’atkorlarining nomlari ham keng jamoatchilik o’rtasida
ma’lum va mashhur bo’ldi. Keyingi yillar davomida esa bunday ekspeditsiyalar F.M.Karomatov,
M.K.Qodirov, M.S.Saidov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov singari olimlar rahbarligida uyushtirilib
kelinmoqda

7

.

REFERENCES

1.

Abdullayev G'.

O‘zbek xalq dostonlari

. – Toshkent: Fan, 1984.

2.

Abdullayev G‘.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi

. – Toshkent: O‘zbekiston, 1993.

3.

Abdurahmonov G'.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodining asosiy masalalari

. – Toshkent: Fan,

1978.

4.

Aliev B.

O‘zbek xalq dostonlari poetikasi

. – Toshkent: Fan, 1988.

5.

Asqarov A.

O‘zbekiston tarixi manbalari

. – Toshkent: Universitet, 2001.

6.

Boboev H.

O‘zbek xalq ijodiyoti

. – Toshkent: O‘qituvchi, 1972.

7.

Bo‘ronov M.

Turkiy tillarda so‘z yasalishi

. – Toshkent: Fan, 1990.

8.

Bo‘ronov M.

O‘zbek xalq dostonlarining tili va uslubi

. – Toshkent: Fan, 1981.

7

O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi.-Toshkent,1980. 20-28betlar.

References

Abdullayev G'. O‘zbek xalq dostonlari. – Toshkent: Fan, 1984.

Abdullayev G‘. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1993.

Abdurahmonov G'. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining asosiy masalalari. – Toshkent: Fan, 1978.

Aliev B. O‘zbek xalq dostonlari poetikasi. – Toshkent: Fan, 1988.

Asqarov A. O‘zbekiston tarixi manbalari. – Toshkent: Universitet, 2001.

Boboev H. O‘zbek xalq ijodiyoti. – Toshkent: O‘qituvchi, 1972.

Bo‘ronov M. Turkiy tillarda so‘z yasalishi. – Toshkent: Fan, 1990.

Bo‘ronov M. O‘zbek xalq dostonlarining tili va uslubi. – Toshkent: Fan, 1981.