2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
841
ZAMONAVIY JAMIYATDA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA
TAʼSIRI
Toshpoʻlatova Muxlisa Furqat qizi
Sotsiologiya yoʻnalishi talabasi
muxlisatoshpolatova78@gmail.com
Tel: 94 363 27 02
Kayumov Qahramon Nozimjonovich
Ilmiy rahbar
https://doi.org/10.5281/zenodo.15529920
Annotatsiya. Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda kuchli qurolga aylangan
ekan,butun
dunyo
miqyosida
mafkuraviy-g`oyaviy
tahdidlarni
targ`ib
qilishda
muhim
omil
vazifasini
o`tamoqda.Ijtimoiy
tarmoq
orqali
yoshlarning
ongiga
qalbiga
va
ruhiyatiga
ta’sir
ko`rsatishda
muhim
vazifani
o`tamoqda.
Kalit
so`zlar:
axborot,
mafkura,
global,
internet,
ma`naviyat,
inovatsiya,
ma`naviy tahdid.
Аннотация. Социальные сети сегодня превратились в мощное оружие и
играют важную роль в пропаганде идеологических и идейных угроз по всему миру.
Через социальные сети оказывается значительное влияние на сознание, сердце и
психику молодежи.
Ключевые слова: информация, идеология, глобальный, интернет, духовность,
инновация, духовная угроза.
Abstract. Nowadays, social networks have become a powerful tool and play a crucial
role in promoting ideological threats on a global scale. They significantly influence the
minds, hearts, and psychology of young people.
Keywords: information, ideology, global, internet, spirituality, innovation, spiritual
threat.
Bugungi
kunimizni
internet
tarmog’isiz
tasavvur
etishimiz
qiyin. Bilamizki 21-asr axborot tehnologiyalari asri, shunday ekan zamonaviy
taraqqiyot bilan hamnafas bo’lishimiz kerakligi hech kimga sir emas. Bizni
tehnologiyalar
makonidagi
bilimimizning
qanchalik
keng
ekanligi
jamiyat
taraqqiyotidagi o’rnimizni belgilab berayotgani ham yangilik emas. Har bir
sohada yangi tehnologiyalarni hayotga keng targ’ib qilinayotgani ham ijtimoiy
hayotimizga bir qator yengilliklar berayotgani juda ham quvonarli holat. Lekin tan olish
kerakki bunday qulayliklardan noto’g’ri maqsadda foydalanayotganlar talaygina. Hozirgi
paytda internet tarmog’idan foydalanish juda keng suratda rivojlanib bormoqda. Bu
insonlarga juda keng imkoniyatlar eshiklarini ochib berayotgani hech kimga sir emas.
Ma’lumotlarni uzatish, ta’lim olish, ko’ngil ochar tarmoqlar va h.k. Internet haqida gap ketar
ekan, Ijtimoiy tarmoqlarni gapirmaslikning umuman ilojisi yo’q. Bu haqida Beruniy
Sultonovich Alimov (bloger, tarjimon, sobiq diplomat, filologiya fanlari doktori,dotsent)
o’zining “Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat imijini oshirishdagi roli” nomli
maqolasida quyidagi fikr yuritadi. Ijtimoiy tarmoqlar aslida kimlarga va nima uchun kerak
degan savolga aniq javob yo’q. Ijtimoiy tarmoqlarning o’zi bu savolga mantiqan “insonlar
ortasidagi muloqotni ta’minlash, turli dunyo xabarlaridan boxabar etish, do’st orttirish,
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
842
o’zining ikkinchi bo’lagini ”sevgisini” topishda insonlarga yordam berish” kabi maqsadlari
borligini bildirishadi, ammo bu bilan ular yoshlar ongiga “ommaviy madaniyat” ni singdirilib,
ularning ongini umuman yot bo’lgan romantik g’oyalar, xom xayollar bilan to’ldiradi. Buning
tub mohiyatiga nazar solsak, kimlarningdir iqtisodiy yoki siyosiy maqsadlari yotishini ko’rish
mumkin. Chunki, o’z g’oyalarini sezilarsiz tarzda singdirib bo’lgach, ijtimoiy tarmoqlar turli
chaqiriq va reklamalar orqali avval moliyaviy so’ngra, hatto, yashirin siyosiy maqsadlarini
ham amalga oshirishi mumkin. “Umuman Internetning paydo bo'lishi bilan hayotning juda
ko'p aspektlari, jumladan, kundalik maishiy xizmatlardan tortib, biznes va menejment, yuridik
va konsullik xizmatlari va hatto davlat boshqaruvigacha birin-ketin virtual dunyoga ko'cha
boshladi. Eng muhimi, u yoshlarning an'anaviy muloqot shaklini tubdan o'zgartirib
yubordi.
Olis
masofadan
turib
nafaqat
eshitish,
balki
ko'rish
imkoniyatining
yuzaga
kelishi
virtual
suhbatlarni
keskin
ommalashtirdi.
Keyingi
15-20
yil
davomida
dunyo
mamlakatlari
aholisi,
shu
jumladan,
O'zbekistonlik
yoshlar
hayotida
mobil
aloqa
urf
tusini
olgan
bo'lsa,
hozirgi
davrga
kelib
mobil
uskunalardagi
WhatsApp,
ICQ,
MSN
Messenger
va
Telegram
orqali
matnli
muloqot (ing. text messaging) ommaviylik kasb etmoqda. Qayd etish kerak,
bugungi kunda dunyo aholisining qariyb yarmi – ya'ni 3 mlrd.ga yaqin kishi turli ijtimoiy
tarmoqlardan
foydalanmoqda.
Shulardan
eng
katta
qismi
–
2
mlrd.
odam “Facebook”da (https://napoleoncat.com sayti bergan ma'lumotga ko‘ra),
O'zbekistonda “Facebook” tarmog'idan foydalanuvchilar 1 millionga yaqinlashib qolgan. Ular
o'rtacha 25-34 yoshda bo'lib, 65,5 foizini erkaklar, 34,5 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etar
ekan. Ayni paytda dunyoda 1 mlrd.lik auditoriyaga ega Instagram O'zbekistonda 1.586.500
nafar foydalanuvchiga ega. 2.476.590 lik Facebook esa mamlakatimizda 686.400 kishini
birlashtirgan. 200 mln.lik Telegram – O'zbekistonda 18 mln.kishiga xizmat ko'rsatmoqda.
Yakka tartibdagi muloqot chin ma’noda ommaviy tus oldi. Boshqacha aytganda, mashhur
olim E.Tofflerning axborot asrida barcha ishlab chiqarishlar, jumladan axborot vositalari ham
ommalashuvdan noommalashuv tomon, ya'ni individullashuv tomon yuz tutadi degan
bashorati bir qadar o'z isbotini topmoqda.
Mana
shunday
xususiyatlari
bilan
ommaviy
kommunikatsiya
zamonaviy
sivilizatsiyaning o’ziga xos ko'rinishiga aylanib ulgurmoqda. Ommabop ijtimoiy tarmoqlarda
yuzaga kelayotgan vatanparvar yoshlarning turli guruhlari axborot makonidagi o’ziga xos
targ'ibotchi sifatida e’tirof etilishi mumkin. E’tiborli jihati shundaki, faol yoshlarimizni
jipslashtirayotgan tarmoqdagi bu kabi ommabop guruhlar o’z o’rnida milliy OAV kabi
mamlakatimiz media imijini mustahkamlashga bevosita xizmat qilmoqda.” Darhaqiqat ushbu
raqamlar tobora kengayib borayotgani, bugungi kunda hech kimni ajablantirmasligi bor gap.
Zamonaviy mobil qurilmalardan foydalanadigan biror bir inson yo’qki unda ijtimoiy
tarmoqlarni kuzatmaydigan. Ijtimoiy tarmoqlarning juda ko’plab turlarini sanab o’tishimiz
mumkin: “Odnoklassniki.ru”, ”Telegramm”, ”Facebook”, ”Instagramm”, ”Tik Tok”, ”Bigo
live”, ”Snapchat”, ”Viber”, ”Vkantakt”, ”Whatsapp”, ”Twitter” bu qatorni yana uzoq davom
etishimiz mumkin. Internet tarmoqlarining rivojlanish fonida “Kibermakon” tushunchasi ham
keng qo’llanila boshladi. Buni Internet tarmog’ini ichidagi ma’lumotlar dengizi deyishimiz
mumkin. Internet tarmog’idan olinadigan, unga yuklanadigan ma’lumotlarni hajm jihatidan
juda katta ekanligi tufayli har bir ma’lumotni kuzatishning ilojisi yo’q. Albatta bu haqida bosh
qotiradigan mutasaddi tashkilotlar bor ammo ularning ham imkoniyati ma’lum darajada
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
843
cheklangan. Shuni inobatga olib keng tarqalayotgan ijtimoiy tarmoqlarning mavjud
mafkuraviy tahdidlarini gapirmaslikning ilojisi yo’q. Negaki, Bu haqda Chingiz Aytmatov
shunday deydi: ”Tuya terisini inson boshiga kiydirish shart emas,endi sodir bo’ladigan
urushlar jang maydonida emas,balki mafkura poligonida yuz beradi”.Shu jihatdan qaraganda
yoshlarning ko`p vaqtini internetda behuda sarflashi juda katta fojiadir.Chunki globallashuv
butun dunyoda mafkuraviy tasir o`tkazish ko`lamini juda oshirib yubordi.Inson o`z
fikriga,dunyoqarashiga ega bo’lmasa insonga bo’ladigan ma’naviy tahdidlarga bardosh bera
olishi juda qiyin bo’ladi. O'zbekiston xalq yozuvchisi O'. Hoshimov aytganlaridek, “Bu dunyo
– muttasil aylanib turadigan murakkab mexanizm. Odamlar o'sha mexanizmning kichik bir
vintchasi, xolos. Har bitta vintcha o’z vazifasini ado etmog’i lozim. Bittasi ishlamay qolsa,
ko’rasan nima bo‘lishini! Butun boshli mexanizm chok-chokidan so'kilib ketadi”. Taassufki,
yoshlar orasida diniy ta’limoti yetarli bo’lmagan yoshlarimiz har xil islomiy kanallarga
ulanib, o'zlarining mafkuraviy g'oyalarini buzmoqdalar. Bunga sabab bo’layotgan ayrim
“dinda ilmi bo’lmaganlar” dinimiz nomi bilan faoliyat olib borayotgan qo'shtirnoq ichidagi
chalasavodlar din niqobi ostida o'zlarining buzg'unchilik g'oyalarini yoyib, mamlakatimizning
o'spirin yoshlarini yo'ldan urmoqdalar. Bolalar va biz yoshlarningning hovli va ko‘chalardagi
muloqotlarimiz hozirda haqiqiy hayotda asosan, aynan, chetichegarasi yo‘q ijtimoiy
tarmoqlarga ko‘chdi. Mazkur muloqotlar bolalarga va biz yoshlarga shunisi bilan ham
qiziqroqki, avvolo, tarmoqda ko‘proq «do‘st» orttirish imkoni mavjudligi. Tarmoqda muloqot
qilarkanmiz, biz yoshlar o‘zimizni omadli bola qilib ko‘rsata olamiz. O‘zgalar rolida
o‘zlarimizni taqdim etib, turli yolg‘on dunyolarga berilib ketamiz. Ba’zi uyatchang va
tortinchoq yoshlar uchun ehtimol tarmoqdagi muloqotlarning foydali jihatlari bordir, vaqti
kelib, haqiqiy hayotda bu muloqotlar o’z samarasini ham berishi mumkin. Internet — bu
deyarli barcha qiziqishlarni qondirish makonidir. Ba’zan tarmoqda ayrim axborotlarni izlab
o‘tirishning ham hojati bo‘lmaydi. Ular har yerda o‘zlari taqdim etilaverishi sababli osongina
erishish mumkin. Zamonaviy pedagog va psixologlar hozirga qadar virtual muloqot bola
shaxsiy shakllanishiga qanday ta’sir etishi haqida bir xulosaga kelmaganlar. Ayrimlar bu faqat
salbiy xususiyatlarnigina shkillantiradi deb bilib, bolalarning insonlararo munosabatlarida
o‘zlarini tutish, his-tuyg‘ularini namoyon etish va mimikalariga yomon ta’sir etishini
ta’kidlasalar, boshqalar virtual muloqot — zamonaviy kommunikatsiyaning juda qulay va
yengil usulidir deb biladilar. Bolani Internetda muloqot qilishga o‘rganib borishida, ularga
tarmoqda umuman, o‘z shaxsiy ma’lumotlari, uy telefoni raqami, manzili, shuningdek, ota-
ona va yaqinlarining shaxsiy ma’lumotlarini berish mumkin emasligini tushuntirish zarur.
XXI asrda davlatimizning ravnaqi, uning kuchi hamda salohiyati ko’p jihatdan xalq
ma’naviyatining yuksakligi va pokligiga, yoshlarimizning intellectual savodxonligiga, ular
ongi, ichki dunyosi va qalbida milliy g’oyaning rivojlanganligi bilan chambarchas bog’liqdir.
Virtual muloqotning avj olishi jonli muloqotga bo'lgan ehtiyojning pasayib ketishiga
sabab bo'lmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda jamiyatimizda o'zining doimiy
ko'rishib turadigan yaqinlari bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qiluvchi insonlar
ko'pchilikni tashkil etmoqda. Bunday muloqot esa real voqelikdan ayri holda kechadi va inson
o'zining hissiy kechinmalarini tasvirlab bera olmaydi. Yoshlar kamolotiga, ularning
hulqatvoriga va intellektiga bir qancha omillar ta'sir etadi. Bu o'rinda esa albatta, jamiyatda
alohida nufuzga ega bo'lgan internet vositalarining roli beqiyosdir.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
844
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdurahmonov Q.X., To‘raxo‘jayev E. Yoshlar psixologiyasi. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2019.
2.
Ahmadjonov Sh. Axborot texnologiyalari va yoshlar. – Toshkent: Yoshlar nashriyoti,
2021.
3.
Bauman Z. Liquid Modernity. – Cambridge: Polity Press, 2000.
4.
Bekmurodov S. Zamonaviy axborot vositalari va jamiyat. – Toshkent: Fan, 2018.
5.
Boyd D. It's Complicated: The Social Lives of Networked Teens. – New Haven: Yale
University Press, 2014.
6.
Castells M. The Rise of the Network Society. – Oxford: Blackwell Publishers, 1996.
7.
G‘aniyeva D., Qodirova M. OAV va yoshlar tarbiyasi. – Toshkent: Innovatsiya, 2020.
8.
Jenkins H. Convergence Culture: Where Old and New Media Collide. – New York:
NYU Press, 2006.
9.
Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2008.
10.
Qodirov A. Internet va ijtimoiy muhit. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2022.
11.
Shermuhamedova Z. Ijtimoiy tarmoqlar va axborot xavfsizligi. – Toshkent:
Akademiya, 2021.
12.
Turdiyev B. Media madaniyat va yoshlar ongida aks etishi. – Samarqand: Zarafshon,
2019.
13.
Turkle S. Alone Together: Why We Expect More from Technology and Less from
Each Other. – New York: Basic Books, 2011.
14.
Yusupov M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – Toshkent: Universitet, 2017.
