Authors

  • Essa Khan Dawrani

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.96770

Keywords:

folklor Qunduz viloyati o‘zbeklar og‘zaki ijod marosim doston maqol milliy qadriyat

Abstract

Ushbu maqola Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida yashovchi o‘zbeklarning og‘zaki ijodiy merosini folklorshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Asosiy e’tibor viloyatdagi doston, ertak, maqol, marosim qo‘shiqlari va bolalar folklori kabi janrlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad bu folklor namunalarining madaniy, tarbiyaviy va ijtimoiy funksiyalarini ochib berishdir.

background image

1365

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

QUNDUZ VILOYATI FOLKLORI: O‘ZBEK OG‘ZAKI IJODIYOTI KONSEKSTIDA

TAHLIL

Dawrani Essa Khan

Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti

O‘zbek tili va adabiyot ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.

Esoxonquvonch@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15515387

Annotatsiya. Ushbu maqola Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida yashovchi

o‘zbeklarning og‘zaki ijodiy merosini folklorshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Asosiy
e’tibor viloyatdagi doston, ertak, maqol, marosim qo‘shiqlari va bolalar folklori kabi
janrlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad
bu folklor namunalarining madaniy, tarbiyaviy va ijtimoiy funksiyalarini ochib berishdir.

Kalit so‘zlar: folklor, Qunduz viloyati, o‘zbeklar, og‘zaki ijod, marosim, doston, maqol,

milliy qadriyat

Abstract. This article analyzes the oral creative heritage of Uzbeks living in Kunduz

province in northern Afghanistan from the perspective of folklore studies. The main focus is on
identifying the unique features of genres such as epics, fairy tales, proverbs, ceremonial songs,
and children's folklore in the region. The aim of the study is to reveal the cultural, educational,
and social functions of these folklore samples.

Keywords: folklore, Kunduz province, Uzbeks, oral creativity, ceremony, epic, proverb,

national values.


Kirish

Folklor har bir xalqning tarixiy xotirasi va ma’naviy merosini ifodalovchi muhim manba

bo‘lib, u millatning o‘ziga xos tafakkuri, dunyoqarashi, turmush tarzini aks ettiradi. Har bir
xalqning og‘zaki ijodi orqali avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bu bebaho xazina, nafaqat
badiiy-estetik zavqni uyg‘otadi, balki u xalqning milliy o‘zlikni anglashida, tarixiy xotirasini
saqlashda, ma’naviy barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Xususan,
Afg‘onistondagi o‘zbeklarning folklor namunalarini chuqur o‘rganish, ular orqali nafaqat
xalqning ruhiy olamini anglash, balki ularning madaniy-identitetiga oid qadriyatlarini, ijtimoiy
munosabatlarini, diniy-falsafiy qarashlarini ham aniqlash imkonini beradi. Qunduz viloyatida
yashovchi o‘zbeklar orasida keng tarqalgan dostonlar, maqollar, afsonalar, to‘y marosimlari va
turli urf-odatlar orqali xalqning o‘z tarixini qanday eslab qolayotgani, o‘z e’tiqodi va
qadriyatlarini qanday asrab kelayotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu folklor namunalarida
xalqning o‘tmishdagi tarixiy voqealarga munosabati, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarga bergan
javobi va ularni badiiy ifoda vositalari orqali qanday aks ettirgani o‘z ifodasini topgan. Shu
jihatdan olib qaraganda, Afg‘oniston o‘zbeklarining folklor merosini o‘rganish nafaqat
adabiyotshunoslik yoki madaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan, balki sosiologik, tarixiy va
antropologik nuqtayi nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning dolzarbligi, aynan
ushbu folklor manbalarining tizimli tahlil qilinishi, ularning zamonaviy davr kontekstida qayta
o‘rganilishi va hozirgi avlodga yetkazilishi bilan bog‘liqdir. Chunki bu merosni o‘rganish orqali
biz Afg‘oniston o‘zbeklarining ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida folklorning qanday o‘ringa ega
bo‘lganini aniqlay olamiz.


background image

1366

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Metodologiya

Tadqiqot etnografik kuzatuv, og‘zaki manbalarni to‘plash, tasniflash, va tahlil qilish

metodlariga asoslangan. Viloyatning turli tumanlaridan to‘plangan doston, marosim qo‘shiqlari,
maqollar va bolalar o‘yinlari matn tahlil uslubida o‘rganildi.

Folklor janrlarining tarkibi

Qunduz viloyatining folklor repertuari quyidagi janrlarni o‘z ichiga oladi: dostonlar,

maqollar, marosim qo‘shiqlari, bolalar folklori, topishmoqlar, milliy o‘yinlar va raqslar. Har bir
janr mazmuniy va shakliy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Dostonlarda tarixiy qahramonlar
obrazlari, ertaklarda axloqiy saboqlar, maqollarda xalq tajribasining konsentratsiyasi,
marosimlarda esa e’tiqodiy qadriyatlar ifodalanadi. Bunday janrlarning turli kontekstlarda
ishlatilishi ularning universalligidan dalolat beradi.

G‘ildirmach:

G‘ildirmach – G‘ildirmach atida bir o‘yin ham bor, ammo bu o‘yin emas balki bir bo‘lak

o‘yin va qoshiq bo‘libdi, qizbalalar kechasi yig‘ilib, bu o‘yinni o‘ynab, qoshiqni o‘qidilar.
Misol: G‘ildir g‘ildir mache Tor ko‘zingni ach
Aghenin kelibti Qizil mayiz sach
Tovaqqa toshib ketti Umach ichgan qashig‘im
Aghajonim kelibti Alchi tordi ashshig‘im
Igirib turgan gina Pille lirim sachildi
Aghajonim di kobirib Ikkita ko‘zim achildi

6 – Gij-Gijdan - Aleh Gijdan:

Tamda chumchoq sira yedi Tal bergini chine yedi
Tal bergi achiq ekan Yurkka senchiq ekan
Gij-Gijdan aleh Gijdan Abdulkadir kumjdan
Chaqdim peste tirganni Ay jamalini korganni
Ayjamal uyda sizmi Aq uyda yekke sizmi?
Gij-Gijdan aleh Gijdan Abdulkadir kumjdan
Aq o‘yin'giz ichige Qalin gilam to‘sha ting
Qalin gilam ustiga Marjan ipak ishtining
Gij-Gijdan aleh Gijdan Abdulkadir kumjdan
Ayajonim, ayajon
Tash qalag‘a tash atdim Qalin g‘ilem tushtidim
Qalin g‘ilem ustida Marjan ipak ishtidim
Marjan ipak to‘gunchk O‘uz ayim kilinchk
O‘uz marjan ning zulfi Naqra qal'a ning qolfi
O‘uz jon ning to‘yi bar Barib turgan bo‘yi bar
Eri bo‘yi'ge ashik Yilat ozi'ge ashik
Un yiardi kipakdan Bu ghajamasi ipakdan
Bu ghajamasi chimlidiq Iqavi o‘ynarqliq
Qiliq kiyav o‘ynash shahar Qizginelar boyila shahar

Aydin Apm Kilinchk:

Rumal tikdim, gul guli Orte si chaynuk guli
Tort burgi turte tili Tiyoregi qizguli
Qizgali kimga kirak? Aghajonimga kirak
Aghajimga bermaydiq Pulini almaydilar


background image

1367

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Yuzingga tushdi ag‘in To‘g‘ri itmaqilik qin
Itmaqlik til qilmaydilar Peshana m'dan bilmadiq
Imla gang‘a tushmaydilar
Baxti baxtga qoshmaydilar

Axbo (Ahmbo):

Kun chiqdi, kulcha bishdi, axbo
Mammning ash'i bishdi, axbo
Bi bimga quyg‘an ashi, axbo
Qurghalar cho‘qib qochdi, axbo
Qurghaga kisik atdim, axbo
Qurgha mingga perbirdi, axbo
Perni attar'ga birdim, axbo
O‘minga ipg‘berdim, axbo
Ipakni qizga birdim
Qizminga qalpoq berdim,
Qalpoqni bik k'e'birdim,
Bikminga qamchi birdim
Qamchini yerga urdim
Yerminga shuvoq berdim,
Shuvoqni qoyga berdim
Qoyminga quzi berdim
Quzi ning b'ghnasi
Nan va nasiba birdi
Borzqimg‘a kunma dim,
Amrimda ham tinma dim,
Yaman kun ning qolidan,
Qiqo-gham ning molidan,
Hasan-Husin urishdi,
Qizil qonga bulashdi
Qizil qani kim ichar
Aqiga g‘urg‘i ichar
Aqiga g‘urji ichib
Barib tag‘larga qochar
Tag‘larni tumen basar
Puldarlar'gham basar,
O‘stiga zor kilganda
O‘zini dar ga asar

Alah Tay, Yurghle, Tay:

Alah tay, yurghle tay, Minib Khorasan kit'eya
Khorasan ning yo‘li'da, Atgim, ul'sa niteya
Atim ning postgini, Ishlab bazar ga sat'eya
Bengi bengi'ge sat'eya, Attar rangi'ge sat'eya
Bengi ning ate si yo‘q Bilida potesi yo‘q
Qalpoqda popgi bar Attar de ipgi bar
Mini ishqga qoymaydi Iqavi ham bolmaydi


background image

1368

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Bilni bag‘lash kerak Ikkitini silash kerak
Yigitda ham yigit bor Min sevgan ning boyi bar
Ni bir, ni birsezi bor Qoralay'da ko‘zi bar
Atm "Siyomagin" dedi Anam "Qoymaygin" dedi
Ohham minni siyadi, Yuregi ham qoyadi
Atm uniy bilmaydi Anam aytib qoymaydi
Aytgani uyalyam men Aytmasam dar aleh men

Achildi gullalar

:

Hamba, yale-yale, Achildi gul la-lé
Gul la-lé ning qani Xanjir bag‘ning yani
Xanjir bag‘idin o‘ta ye, Gul xamche sidin tut' ye,
Gul xamche da guli yo‘q Aghajonim yari yo‘q
Aftab chiqdi olamga
Aftab chiqdi olamga Yugirib bardi xalimg‘a
Xalaja xalaja, ach qaldim Ach qalsang chubchik tirgan
Chubchik tirdim biquchak Nan bishardim qirq qochak
Nanni iltadim ichk'ri O‘zimg‘a chiqdim tashqari
Xalqaga ilkich birdim Min'ga tir naqcha birdim
Atib ordim ishg‘a Barib tikdim bishk'g‘a
Hali bobam kilmasmi? Aq tunini g‘ismasmi?
Qamchisini alib o, Adabini bermasmi?
Qamchisi ning nishi bar Uchib-uchiqushi bar,
Uchib ketdi havoga Qitib toshdi daryoga,
Darya suvi qoridi Biliglari choriydi,
Biliglari'dan bedtar Minig opgim iridi,

Lali, Lali, Bak:

Lali, lali, baki Daste g‘li saqi

Haji kitdi Makkaga Qulak larida halqa ga
Halqasi toshib qaldiy Ulterdi yig‘lamaqqa,
Yig‘lama-ye, yig‘lama Iylik qaqib bira men,
Atning ning kisa sidan Miyez alib birm'n,
Qurbaqa ning damiga Popik taqib bira men

Ichiq Qurgha Toshdi:

Qurghani ureya didim Chupim daryoga toshdi,
Chupim di aleh didim Birgina o‘zlik tapdim,
O‘zlikni qizga birdim Qizminga qirmiz birdim,
Qirmizdi qoyga birdim Qoyminga quzi birdim,
Quzini saqib ishtim Qurghan tipa ga to‘shtim
Qurghan tipa ichiga Aq otodi min kordim
Aq otodi ichiga Tola bishik min kordim
Tola bishik ichiga Hasan-Husin min kordim
Hasan-Husin oldi ye Tola jam di min kordim
Tola jam di ichiga Rakhsh almaneyi min kordim
Rakhsh almaneyi tishlila Khorasan ga ishlila


background image

1369

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Otningning qisesidan
Miyiz olib beraman,
Qurbaqaning dumiga
Popuk taqib beraman.
Ichiga qarg‘a tushdi:

Qarg‘ani o‘ray dedim
Chopim daryoga tushdi,
Chopimni olay dedim
Birgina o‘zik topdim,
O‘zikni qizga berdim,
Qiz menga qirmizi berdi,
Qirmizini qo‘yga berdim,
Qo‘y menga qo‘zi berdi,
Qo‘zini sog‘ib ichdik,
Qorqon tepalikka tushdik,
Qorqon tepa ichiga,
Oq o‘toni men ko‘rdim,
Oq o‘toning ichida,
Tilla beshik men ko‘rdim,
Tilla beshik ichida,
Hasan-Husayn men ko‘rdim,
Hasan-Husayn oldida,
Tilla jamda men ko‘rdim,
Tilla jam ichida,
Rangli olmani men ko‘rdim,
Rangli olmani tishlaylik,
Xurosonga ishlaylik.

Bobokhon (Buvakhan)ga bormi-mi

Bobokhonning nesi bor?

Uchar-uchar qushi bor,

Uchib ketdi havoga,

Qiyrilib tushdi daryoga.

Daryolarda qurt yedi, Baliqlar

Yuring bog‘ga ketamiz
Nay-nay aytgim keladi,
Tilla taqqigim keladi.
Taxta motorga minib,
Mazorga ketgim keladi.
Nay-nayiga naychi bo‘lay,
Qizlarga sovchi bo‘lay.
O‘g‘ajonim to‘yiga,
O‘zim nay-naychi bo‘lay.

,,Yuring, bog‘ga ketamiz,,

Gul xamchadan tutamiz.


background image

1370

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Gul bita:ning tagida,
O‘ynab nay-nay aytamiz.
Yuring, qizlar o‘ynaymiz,
Daryolarga yo‘laymiz.
Bog‘lar ichiga borib,
Yaxshi gullar silaymiz.
Do‘gonalar boramiz,
O‘ynab bog‘ga kiramiz.
Daraxtlarga osilib,
Qizil olma teramiz.
Bog‘dan gullar o‘ramiz,
Ipekdan ip tozamiz.
Bo‘yingga gul taqmoqqa,
Marjon-monjoq tiramiz.
Rumal tiksak kashtali,
Popuklardan dastali.
O‘g‘aginam keladi,
Eshik oching — rostdali.
Gullari taqqa-taqqa,
O‘ynab boramiz bog‘ga.
Qo‘l tutishib yuramiz,
Olma terib tabaqqa.
Otam bozorga ketdilar,
Qalin olib o‘tdilar.
Qalinini eltib sotib,
Ko‘p pullarga botdilar.
Otam qalin sotdilar,
Ko‘p pullarga botdilar.
Qizil qalinni sotib,
Menga ko‘ylak oldilar.
Osmonda oyimiz,
Daryo bo‘lib joyimiz.
Bizlarday mehnatkashga,
Kun bersin Xudoyimiz.

Qizil-qizil yuzlari:

Gul lalasi yonida,
Gulgacha o‘xshab turamiz,
Bo‘ynimizga gul osib,
O‘g‘ajonim, kora mayiz.
Gul chorbagi arelab,
Gul xamcha’dan tutamiz,
Gul xamchasidan tutib,
Gulni eslab o‘tamiz.
Bog‘ ichiga borib,
Gul xamchani o‘zlarim,


background image

1371

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Gul xamchasini o‘zib,
O‘zgartirgan ko‘nglilar.
Ahista qo‘ying qadamni,
Gullarni paymal qilma,
Gulga azor bermanglar,
O‘zgarmas ko‘nglimiz.
O‘g‘ajonim, bo‘lishlari,
Gul xamchaga o‘xshadi,
Qizil-qizil yuzlari,
Gul xamchaga o‘xshadi.
O‘g‘ajonimga olim,
Alfida bo‘ylari bor,
Boyligi bo‘yiga mos,
Gulda qizg‘a to‘yi bor.

QIZIQ TIRMALAR:

Amon – amon, qopga samon.

E`hsanamon, Otang qarni, misli kadon.
Juma – juma jumaloq aytganda qumaloq.
O`tiring isfaloq, qolida shaftoli qoq.
Yuqati, ko`chalarga uynattiy, borib otangga ayti, uynagandan borib qayti.
Ochil, oltin bo`lib sochil, keng qichib, qoshil, dalaga borib yozil harfingdan bosil teziroq dorga
osil.
Erta juma, senga nima, Xamir turush, harkun urish.
Buri kinzimi sen churi ? Shumi bilaginday zuri? Qani ku .. ni turi, nima kerak ota kuri.
Tfikning teridan, momang qocha e`ridan, momangni tutib oldi, ko`rib qoldi biridan.
Tursun xudo seni – ursun, bo`lib turishing qurusin, hamma olam ko`rsin.
Baxshi qiz olmani naqshi, bir sinab birsang yaxshi.
Jo`ra – jirtik, o`zi girtik, so`zi furtik.
Jigda – jigim keldi, olma jo`lgim keldi, Jeznam kelgan kechasi meni kulgim keldi.
Assal, seni olsin kasal.
Salma og`zi boshing yalama qolingda bir chalma quchoqlasam o`lma.
Qurbon qurut echki burut, tomga kir chichiqon tutar luqqa yutar.
Qori, shumi gapingni bori, qizilsan men sari.
Ro`zi , otang qancha muzi, Qozonda ikki ko`zi, olimga ko`lgi o`ziy.
Rajab sag`isen men o`pka bag`ir, Nima kun og`zing yag`ir.
Chori mullosin men qori, qara sen – men sori, qo`yda men jo`g`ri, kimdir san xumori.
Hakim , sarxoniga tamokim, bir nos birmi chekkim , seni ishqing hamma kim.

Qiyosiy tahlil: Qunduz va O‘zbekiston folklori

Janrlar tarkibi va mazmuni bo‘yicha o‘xshashliklar mavjud: doston syujeti, maqol uslubi

va marosim shakllari o‘rtasidagi o‘xshashliklar bu hududlarning umumiy madaniy ildizlarga ega
ekanini ko‘rsatadi. Biroq ayrim fonetik, musiqiy va semantik farqlar mintaqaviy xususiyatlarni
belgilaydi. Ayniqsa, to‘y marosimlarida ko‘riladigan kiyim-kechak, qo‘shiq uslubi va taomlar
repertuaridagi farqlar antropologik va madaniy divergentsiyani ko‘rsatadi.


background image

1372

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Tarbiyaviy va madaniy funksiyalar

Folklor yoshlar orasida milliy o‘zlikni shakllantirishda, jamiyatga moslashishda, estetik

tarbiyada muhim rol o‘ynaydi. Qunduz folklori bu jihatdan O‘zbekistondagi namunalar bilan
uyg‘unlikda rivojlangan bo‘lib, diasporadagi o‘zbeklar uchun ham madaniy identitet manbai
bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, bolalar folklori yordamida kichik yoshdagi avlodga milliy
qadriyatlar, axloqiy tamoyillar, o‘zaro hurmat va vatanparvarlik g‘oyalari singdiriladi.

Xulosa

Qunduz viloyatining folklor namunalari o‘zbek xalqining transmilliy madaniyatini

anglashda muhim ilmiy manba hisoblanadi. Ushbu folklor namunalarining o‘rganilishi, tahlil
qilinishi va nashr etilishi nafaqat milliy madaniyatimizni boyitadi, balki xalqaro madaniy
aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Diasporadagi o‘zbeklarning madaniy hayoti,
urf-odatlari, tili va e’tiqodiy qarashlari ushbu folklor vositasida avloddan-avlodga uzatilmoqda.


REFERENCES

1.

Ashurov, A. (2015). Folklor va etnografiya: o‘zaro munosabatlar. Toshkent: Ma’naviyat.

2.

Mirzayev, T. (2007). O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Toshkent: Fan.

3.

Rahmonov, A. (2019). Afg‘onistondagi o‘zbeklar: madaniyat va urf-odatlar. Qunduz:
Mahalliy nashr.

4.

Zarif, H. (1939). O‘zbek folklori: Xrestomatiya. Toshkent: O‘qituvchi.

5.

Ibrohim Rahim. Farhangi oʻzbeki – dari. – Afgʻoniston-Balx, 2017. – 476 b.

6.

Oltoy N. Oʻzbek tili soʻzligi. – Malaysia. Global partners, 2007.– 420 b.

7.

Nadim, H. "Afg ‘onistonda o ‘zbek, tojik va turkmanlarning ba’zi mushtarak to ‘y-
marosimi etnografizmlari."

Scienceweb academic papers collection

(2021).



References

Ashurov, A. (2015). Folklor va etnografiya: o‘zaro munosabatlar. Toshkent: Ma’naviyat.

Mirzayev, T. (2007). O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Toshkent: Fan.

Rahmonov, A. (2019). Afg‘onistondagi o‘zbeklar: madaniyat va urf-odatlar. Qunduz: Mahalliy nashr.

Zarif, H. (1939). O‘zbek folklori: Xrestomatiya. Toshkent: O‘qituvchi.

Ibrohim Rahim. Farhangi oʻzbeki – dari. – Afgʻoniston-Balx, 2017. – 476 b.

Oltoy N. Oʻzbek tili soʻzligi. – Malaysia. Global partners, 2007.– 420 b.

Nadim, H. "Afg ‘onistonda o ‘zbek, tojik va turkmanlarning ba’zi mushtarak to ‘y-marosimi etnografizmlari." Scienceweb academic papers collection (2021).