1408
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
OVQAT HAZM QILINISH PROTSSESINI BUZILISHI VA METABOLIK
O‘ZGARISHLAR
Xodjamberdiyev Akram Ilhamjanovich
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Fiziologiya kafedrasi assistenti
Ahmedova Sevinchbonu O‘tkirbek qizi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika ishi va jamoat salomatligi
kafedrasi 323-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15515590
Annotatsiya. Ushbu maqola ovqatlanish fiziologiyasining asosiy tamoyillari va metabolik
buzilishlarning rivojlanish sabablari, oqibatlari hamda ularning oldini olish usullarini
o‘rganishga qaratilgan. Maqolada semizlik, diabet va metabolik sindrom kabi holatlarning
ovqatlanish bilan bog‘liqligi, shuningdek, sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirishning
ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Zamonaviy tadqiqotlar asosida fiziologik jarayonlarning
chuqur tahlili o‘tkaziladi va amaliy tavsiyalar beriladi.
Kalit so‘zlar: semizlik, diabet, metabolik sindrom.
DIGESTIVE DISORDERS AND METABOLIC CHANGES
Abstract. This article is aimed at studying the basic principles of nutritional physiology
and the causes, consequences and methods of preventing metabolic disorders. The article
discusses the relationship between obesity, diabetes and metabolic syndrome and nutrition, as
well as the importance of developing healthy eating habits. Based on modern research, an in-
depth analysis of physiological processes is conducted and practical recommendations are
given.
Keywords: obesity, diabetes, metabolic syndrome.
РАССТРОЙСТВА ПИЩЕВАРЕНИЯ И ИЗМЕНЕНИЯ ОБМЕНА ВЕЩЕСТВ
Аннотация. Целью данной статьи является изучение основных принципов
физиологии питания, а также причин, последствий и профилактики нарушений обмена
веществ. В статье обсуждается связь между питанием и такими заболеваниями, как
ожирение, диабет и метаболический синдром, а также важность формирования
здоровых привычек питания. На основе современных исследований проводится глубокий
анализ физиологических процессов и даются практические рекомендации.
Ключевые слова: Ожирение, Сахарный Диабет, Метаболический Синдром.
Kirish
Ovqatlanishning buzilishi birinchi marta XVII asrda qayd etilgan, biroq XX asr oxirlariga
kelib Keskin kuchaygan sog‘liq muammolaridan biri hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari
bizga doimo erkaklar va ayollar uchun “mukammal’’ tana shakli tasvirlarini taqdim etib keladi.
Buning natijasida, ko‘plab yosh ayollar nozik bo‘lishga ilhomlantiriladi, ayrim erkaklar esa
mushak massasini oshirish uchun tana og‘irligini keragidan ortiq ko‘tarish kerakligini
anglashadi.Shunday xabarlar va ijtimoiy bosim tananing noroziligiga, haddan tashqari parhezga
va nosog‘lom vaznni nazorat qilish usullariga olib kelishi mumkin, bu esa oxir-oqibat
ovqatlanish buzilishining rivojlanishiga olib keladi. Ovqatlanish buzilishi har qanday yoshdagi,
jinsi, irqi, millati, tana shakli, vazni, va ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi odamlarga ta'sir qilishi
mumkin. Ayollarda erkaklarga nisbatan ko‘proq tarqalgan. Chunki ayollarda erkaklarga
nisbatan tananing noroziligi ko‘proq va depressiya, stress va tashvishlanishga moyilligi
yuqoridir. E’tibor qilish kerakki, ovqatlanishning buzilishi semizlik, 2-toifa diabet, gipertenziya,
1409
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
yuqori xolesterin, yurak kasalliklari, o‘t pufagi kasalliklari va boshqa turli xil kasalliklarga yoki
hatto o‘limgacha olib kelishi mumkin.
Oziq-ovqat tarkibidagi muayyan ozuqaviy moddalarning yetishmasligi semizlikka olib
kelishi mumkin. Masalan, kaltsiy va magniy kabi minerallar va omega-3 yog‘ kislotalarining
past darajasi semizlik xavfini oshiradi. Shu bilan birga, oqsillarning yetarli darajada bo‘lishi
semirishga qarshi samarali chora bo‘lib hisoblanadi, chunki oqsil oshqozon va ichakda uzoq vaqt
mobaynida to‘qlik hissini saqlab turadi. Shakar, yuqori glukozali oziq-ovqatlar va yengil
karbonsuvlar (masalan, oq non, shirinliklar, gazlangan ichimliklar) tezda qondagi shakar
darajasini oshiradi va tez energiya beradi. Biroq, bu oziq-ovqatlar tezda metabolizmni tartibga
soluvchi insulinning yuqori darajada qonda ko‘payishiga olib keladi. Insulin qarshiligi va uning
ortiqcha miqdori semizlikka olib keladigan asosiy omil hisoblanadi. Bular uzoq muddat yog‘
to‘planishini va semizlikning rivojlanishini kuchaytiradi. Qayta ishlangan oziq-ovqatlar,
masalan, chipslar, fast-food, pishirilgan shirinliklar va boshqalar odatda yuqori miqdordagi trans-
yog‘lar va yengil uglevodlar bilan boyitilgan bo‘ladi. Bu oziq-ovqatlar nafaqat yuqori kaloriyaga
ega, balki ular oshqozon-ichak tizimida tez hazm bo‘ladi, natijada tezda ochlik hissi tug‘iladi, bu
esa ortiqcha ovqatlanishga sabab bo‘ladi. Ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik omillar
ham semizlikning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadi. Stress, kayfiyatning pasayishi va depressiya
kabi holatlar ayni sharoitlarda ortiqcha ovqatlanishga olib keladi, chunki odamlar bu vaziyatlarda
ovqatni "quvonch manbai" sifatida ko‘rishadi. Bu hol ko‘pincha yuqori kaloriyali oziq-
ovqatlarga, masalan, shirinliklarga bo‘lgan ortiqcha ishtahani keltirib chiqaradi. Semizlikning
oldini olish uchun yechimlar va tavsiyalar:
Me'yorda ovqatlanish: Ovqatlarni me'yorda iste'mol qilish semizlikni oldini olishda
muhimdir. Ovqatning turli xil tarkibiy qismlarini iste'mol qilish (masalan, oqsil, meva, sabzavot,
to‘liq donlar) va ovqatlanish ratsionini va miqdorini nazorat qilish kerak.
Jismoniy faollik: Jismoniy faoliyatni oshirish orqali semizlikni nazorat qilish mumkin.
Kamida haftasiga 150 daqiqa o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy faollik (masalan, yurish,
yugurish, velosipedda yurish) tavsiya etiladi.
Psixologik yordam: Semizlikni davolashda psixologik yordam ham muhim. Stressni
boshqarish va ovqatga bo‘lgan psixologik munosabatni o‘zgartirish semizlikni kamaytirishga
yordam berishi mumkin.
Diabetning ikki turi mavjud: 1-tur va 2-tur diabet. Har bir turida ovqatlanishning
ahamiyati boshqacha bo‘lishi mumkin.
1-tur diabet: Bu oshqozon osti bezi betta hujayralari tomonidan ishlab chiqarilgan insulin
yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Ovqatlanish, asosan, insulinning miqdorini va
qo‘llanilishini to‘g‘ri boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday hollarda, insulinni qabul
qilishdan oldin qonda glukoza miqdorini tekshirish va ovqatdan oldin va keyin oqsillar va
uglevodlar miqdorini to‘g‘ri hisoblash kerak.
2-tur diabet: Bunda organizmning insulinga sezgirligi kamayadi. Odatda bu turdagi
diabetni nazorat qilishda ovqatlanish juda muhim, chunki sog‘lom dietalar va vaznni nazorat
qilish qonda glukoza miqdorini barqarorlashtirishga yordam beradi
Diabetni davolash uchun quyidagi mezonlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
✓
Parhez ovqatlanishga qat’iyan va doimiy amal qilish;
✓
Jismoniy faolliklar bilan shugʻullanish;
✓
Qonda qand miqdorini pastlatuvchi tabletkalar qabul qilish;
✓
Insulin ishtirokida davolash.
1410
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Parhezga qat’iy rioya qilish diabet taʼsirida yuzaga keladigan ichki aʼzolardagi (yurak,
asab-nerv tizimi, buyrak, koʻz tubi, oyoqlar va hokazolar) jiddiy oʻzgarishlarning oldini olish
imkonini beradi. Metabolik sindrom bu- diabet rivojlanishiga sabab bo‘luvchi metabolik,
gormonal va klinik umumiy buzilishlar hisoblanib, uning negizida insulinrezistentligi va
kompensator giperinsulinemiya yotadi. Tadqiqotchi olimlar fikriga asosan, metabolik sindrom bu
- ota-ona genlari orqali o‘tadigan genetik kasallikdir. Metabolik sindrom yurak-qon tomir
kasalliklari paydo bo‘lishida va semizlik kelib chiqishida asosiy omil hisoblanadi.
Kardiovaskulyar kasalliklar o‘lim darajasi metabolik sindromi bor bo‘lgan bemorlarda bu
sindrom mavjud bo‘lmagan bemorlarga nisbatan 25-30%ga yuqoridir. Ushbu sindromni
P.Avogaro 1965-yilda Polimetabolik sindrom deb atadi. Chunki, metabolik sindrom bilan
birgalikda arterial gipertenziya, semizlik, giperxolesterinemiya, qandli diabetning 2-turi kelishi
mumkin. Shu sababli bu sindrom har xil atamalar bilan atala boshlangan. X sindromi, metabolik
uchlik sindromi, insulin rezistentlik sindromi va boshqalar.
Xulosa
Semizlik va diabetni samarali davolash uchun yagona yondashuv etarli emas. Jismoniy
faollik, psixologik yordam va parhez birgalikda joriy etilishi kerak. Haftasiga kamida 150 daqiqa
o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish va psixologik yondashuvlar
semizlikni kamaytirish, diabetni nazorat qilish va organizmni umumiy holatini yaxshilashda
muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari, metabolik sindromni oldini olish va unga qarshi kurashish
uchun keng qamrovli strategiyalar ishlab chiqilishi lozim. Metabolik sindromi bo‘lgan bemorlar
uchun yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa og‘ir holatlarning oldini olish maqsadida, sog‘lom
turmush tarzini yaratish va parhezga qat'iy rioya qilish zarur.
Shu bilan birga, semizlik va diabetni davolashda har bir bemorning individual
ehtiyojlarini hisobga olish zarur, chunki har bir odamda bu kasalliklar turli shakllarda namoyon
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir bemor uchun moslashtirilgan davolash va
yondashuvlarni joriy etish, kasalliklarning oldini olish va ularni samarali davolashda muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu yondashuvlar sog‘liqni saqlash tizimini yanada samarali qilishga
yordam beradi va jamiyatda semizlik va diabetning yuksalishini kamaytirishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Gagnon C., Aimé A., Bélanger C., Markowitz J.T. Comorbid diabetes and eating
disorders in adult patients. Diabetes Educ.
2.
Medical News Today Why Are Women More Vulnerable to Eating Disorders? Brain
Study Sheds Light. 2016. [(accessed on 20 March 2023)]. Available online:
3.
Weiselberg E.C., Gonzalez M., Fisher M. Eating disorders in the twenty-first century.
Minerva Ginecol. 2011;63:531–545.
4.
https://uz.texasheart.org/heart-health/heart-information-center/topics/metabolic-
syndrome/
5.
https://avitsenna.uz/qandli-diabet-ovqatlanish-tartibi
6.
https://hilol-med.uz/uz/metabolik-sindrom-olim-kvarteti/
