1419
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
GIPOPARATIREOZ
Djurayeva Ra’no Xayrullayevna
Department of Fundamental Medical Sciences of the Asian International University.
Bukhara, Uzbekistan.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15515665
Annotatsiya. Gipoparatiroidizm juda kam uchraydigan patologiya hisoblanadi. Kasallik
darajasi 0,2-0,3% ni tashkil qiladi. Bunday holda, etiologik tuzilishda operatsiyadan keyingi
shakllar ustunlik qiladi. Ular bo'yin a'zolaridagi operatsiyalardan keyin rivojlanishi mumkin.
Gipoparatiroidizmning birinchi ko'rinishlaridan biri tutqanoq sindromi bo'lib, uni epilepsiya
deb atash mumkin. Bundan tashqari, klinik ko'rinishlar trofik kasalliklar, avtonom va ruhiy
kasalliklar bilan bog'liq. Yakuniy tashxis laboratoriya tekshiruvi ma'lumotlari asosida
o'rnatiladi - fosfor darajasining oshishi va qonda kaltsiy kontsentratsiyasining pasayishi,
paratiroid gormoni darajasining oshishi.
Kalit so’zlar: Tetaniya, strumektomiya, sinaps, gipokalsiemiya, giperfosfatemiya,
manifest, trizm, diplopiya, migren.
GIPOPARATIREOZ - klinik sindrom bo‘lib, qalqon oldi bezlari funksiyasining pasayishi
(PTG ishlab chiqarilishining kamayishi) yoki organizm hujayra va to‘qimalarining PTG ta'siriga
rezistentligi bilan xarakterlanadi. Bu esa kalsiy va fosfor almashinuvining buzilishiga olib keladi.
Gipoparatireoz PTG absolyut va nisbiy yetishmovchiligi bilan xarakterlanadi, kalsiyning
ichaklardan so‘rilishining buzilishiga, uning suyaklardan mobilizasiyasining pasayishiga,
buyraklarda uning reabsorbsiyasining kamayishiga, gipokal'siemiya va giperfosfatemiya
rivojlanishiga, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligining oshishiga (tetaniya) olib keladi.
EPIDEMIOLOGIYa. Har xil genezdagi gipoparatireoz aholining 0,2-0,3% da uchraydi.
ETIOLOGIYaSI:
1.Qalqonsimon bezda operatsiya o‘tkazilganda qalqon oldi bezlari jarohatlanishi yoki
unda qon aylanishining buzilishi. Operatsiyadan keyin qalqon oldi bezlarida chandiqlar va
fibrozlar rivojlanishi mumkin.
2.Qalqon oldi bezlari atipik jolashganda strumektomiya qilinganda ularni qalqonsimon
bez bilan birga olib tashlash.
3.Qalqonsimon bez va qalqon oldi bezi sohasida travma bo‘lganda qalqon oldi bezi
shishishi va qon quyilishlari.
4.Tireoiditlarda yallig‘lanish jarayonining qalqon oldi beziga tarqalishi.
5.Difuz-toksik bo‘qoqni I 131 davolaganda qalqon oldi bezlarining nur bilan
shikastlanishi.
6.Qalqon oldi bezlari autoimmun jarohatlanganda PTG ga nisbatan antitelolarning hosil
bo‘lishi.
7.Di-Djordj sindromida qalqon oldi bezlarining tug‘ma yetishmovchiligi (qalqon oldi
bezlarining ageneziyasi ayrisimon bez aplaziyasi, immunologik yetishmovchilik va tug‘ma
majruhlik bilan birga kelishi).
8.Infeksiyalar va intoksikasiyalar.
9.Qalqon oldi bezlarining metastatik o‘smalar bilan shikastlanishi.
PATOGENEZI:
PTG yetishmovchiligi qonda kal'siyning kamayishi va fosfatlarning oshishiga olib keladi.
Manfiy kal'siyli va musbat fosforli balans elektrolit muvozanatni buzadi, kalsiy-fosfor, natriy-
1420
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
kaliy muvozanati buziladi. Bu esa hujayra membranasi, ayniqsa nerv hujayrasi
o‘tkazuvchanligini buzadi, sinapslar sohasida polyarizasiya jarayonlari buziladi, nerv-mushak
qo‘zg‘aluvchanligi va umumiy reaktivlik oshib, tutqanoqlar rivojlanadi. Tutqanoqlar
rivojlanishiga yana magniy metabolizmining buzilishi va gipomagniemiya katta rol' o‘ynaydi.
Bunday sharoitda natriyning hujayra ichiga kirishi va kaliyning hujayradan chiqishi kuchayib,
ma'lum miqdorda nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi. Gipoparatireozning surunkali
formalarida kalsiy, fosfor va magniy almashinuvining buzilishi trofik buzilishlarga sabab
bo‘ladi, bu esa bolalarda o‘sishdan qolishi, teridagi o‘zgarishlar va ko‘z to‘r pardasidagi
o‘zgarishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
PSEVDOGIPOPARATIREOZ- qalqon oldi bezlari yetishmovchiligi kliniko-laborator
belgilari bilan namoyon bo‘ladigan kam uchraydigan irsiy kasalliklar guruhidir (tetaniya,
gipokal'siemiya, giperfosfatemiya), lekin paratgarmon miqdori oshgan yoki normal bo‘ladi.
Kasallikning rivojlanishi ekzogen va endogen paratgarmonga nisbatan to‘qimalar (asosan buyrak
va suyak to‘qimalari) sezuvchanligining pasayishi bilan bog‘liq.
KLINIKASI:
Klinik jihatdan gipoparatireoz yaqqol (manifest) va latent formalarga bo‘linadi. Yaqqol
gipoparatireoz o‘tkir va surunkali ko‘rinishlarga bo‘linadi. Latent formasida klinik ko‘rinishlar
yaqqol namoyon bo‘lmaydi.
Gipoparatireoz klinik manzarasida 4 ta guruh sindromlar tafovut etiladi:
1. Tetanik, tutqanoq sindromi.
2. Sezgi sferasi va vegetativ funksiyalar buzilishi sindromi.
3. MNS jarohatlanishi va miya buzilishi sindromi.
4. Teri o‘zgarishi va trofik buzilishlar sindromi.
Yaqqol gipoparatireozda odatda 4 ta guruh sindromlarning hammasi namoyon bo‘ladi.
TETANIK, TUTQANOQ SINDROMI.
Gipoparatireozda bu asosiy sindrom bo‘lib hisoblanadi. Tutqanoq xabarchilari:
paresteziyalar (qo‘l va oyoqlarda chumoli yurgandek hissi) qo‘zg‘aluvchanlik, qo‘l va oyoq
mushaklarida shaxtlik. Xabarchilardan keyin alohida guruh mushaklarida avval tonik, keyin
klonik tutqanoqlar rivojlanadi. Tutqanoqlar tanlash xarakteriga ega: u alohida guruh
mushaklarida, simmetrik bo‘ladi. Ayrim hollarda generalizasiyalashgan bo‘lishi mumkin.
Boshlanishida yuqori mucha mushaklarida bo‘lib, keyinchalik pastki muchalar qo‘shiladi.
Ko‘pincha yuz mushaklari, kam hollarda diafragma ichki organlar, hiqildoq mushaklari
tutqanog‘i kuzatiladi.
Mucha mushaklari tutqanog‘i. Simmetrik bukuvchi mushaklar guruhida kuzatiladi.
Yuqori mucha mushaklari tutqanog‘ida yelka tanaga yaqinlashgan, panjalar bilak bo‘g‘imiga
bukilgan, barmoqlar qisilgan va kaftga qarab turadi (akusher qo‘li simptomi). Pastki mucha
mushaklari tutqanog‘ida tovon ichkariga qaragan, barmoqlar bukilgan holatda, bosh barmoq
boshqa barmoqlar bilan yopilgan.
Yuz mushaklari tutqanog‘i. Bunda og‘iz mushaklari pastga qaraydi, ”baliq og‘zi”
simptomi yoki “sardonik kulgich” simptomini beradi, chaynov mushaklari spazmi kuzatiladi
(trizm, chaynov mushaklari qo‘zg‘algan), qoshlar yon tomonga qarab siljigan, qovoqlar
tutqanog‘i kuzatiladi.
Tana mushaklari tutqanog‘i. Tana mushaklari orqaga qarab tirshadi (opistatonus).
Qovurg‘alararo va diafragma mushaklari tutqanog‘i nafas olishning qiyinlashuviga sabab
bo‘ladi.
1421
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Hiqildoq mushaklari tutqanogʻi (laringospazm). Tetaniyaning eng ogʻir formasi boʻlib,
koʻpincha bolalarda uchraydi, inspirasion hansirash, shovqinli nafas olish, sianoz, lablarda
koʻpik paydo boʻishi bilan xarakterlanadi. Ogʻir holatlarda bemor hushini yoʻqotadi va
shoshilinch holatda traxeotomiya va intubasiya qilinmaganda asfiksiyadan bemor oʻladi.
Qiziloʻngach mushaklari tutqanogʻi yutinishning buzilishi bilan namoyon boʻladi.
Oshqozonning 12 barmoq ichakka oʻtish qismi mushaklari tutqanogʻi (pilorospazm)
koʻngil aynishi, qusish, epigastral sohada ogʻriq bilan xarakterlanadi.
Siydik pufagi mushaklari tutqanogʻi anuriyaga olib keladi.
Ichaklar mushaklari spazmida qabziyat va ichak kolikasi sifatida namoyon boʻladi.
Koronar tomirlar mushaklari spazmi stenokardiyani eslatuvchi yurakdagi ogʻriq bilan
xarakterlanadi.
Gipoapratireozdagi tutqanoqlar juda ham ogʻriqli kechadi. Tetaniyada es-hush
saqlangan, ogʻir kechuvchi tutqanoqlarda es-hush buzilishi mumkin. Tutqanoq xuruji bir necha
minutdan bir necha soatgacha davom etadi, u spontan yoki har xil ta'sirotlardan keyin yuzaga
keladi: mexanik, termik, elektrik, ogʻriqli. Ba'zan xurujlar intensiv fizik zoʻriqish, nerv
qoʻzgʻalishlari, issiq vanna qabul qilganda, muchalar toʻgʻrilanganda mushak tirishishi natijasida
ham yuzaga kelishi mumkin. Agar tutqanoq xurujida simpatik nerv sistemasi ustunlik qilsa
periferik tomirlar spazmi natijasida oqarish, taxikardiya, qon bosimining oshishi; parasimpatik
vegetativ nerv sistemasi ustunlik qilganda qusish, ich ketishi, poliuriya, bradikardiya, gipotoniya
yuzaga keladi. Tutqanoq xuruji qondagi kalsiy miqdori 1,9-2,0 mmol\l boʻlganda yuzaga keladi.
VEGETATIV DISFUNKSIYa VA SEZGI SFERASI OʻZGARIShLARI SINDROMI.
Tutqanoq xuruji boʻlmagan davrda bemorlarda sovqotish yoki isib ketish, terlash, bosh
aylanishi, hushdan ketish, koʻruv akkomodasiyasining buzilishi, diplopiya, migren, quloqda
shovqin, turgʻun dermografizm, ba'zan yurakning tez urishi va yurak sohasida ogʻriq koʻruvning
pasayishi kuzatiladi. Sezgi sferasidagi oʻzgarishlar shovqinga, baland tovushga, baland musiqaga
sezuvchanlikning oshishi, atrof-muhitdagi temperaturani qabul qilishning buzilishi (issiiq havoda
bemorlar sovqotadi va teskarisi), nordonga sezuvchanlikning pasayishi, achchiq va shirin
ta'mlarga nisbatan sezuvchanlikning oshishi xarakterli.
MARKAZIY NERV SISTEMASI JAROHATLANIShI VA BOSh MIYa BUZILIShI
SINDROMI.
Uzoq davom etgan gipokalsiemiyada psixikaning oʻzgarishi, nevrozlar, emosional
buzilishlar (depresiya), uyqusizlik kuzatiladi. Ogʻir tetaniya xurujlarida ekstrapiramidal
simptomlar bilan birga bosh miya shishishi yuzaga keladi. Gipoparatireozda bosh miya
buzilishlari epilepsiyasimon xurujlar sifatida namoyon boʻladi, bu xuruj klinik va
elektroensefalografik jihatdan genuin epilepsiyaga oʻxshab, undan farqi qondagi kalsiy miqdori
normallashganda EEG dagi oʻzgarishlar tez dinamik yaxshilanadi, klasik epilepsiyada qondagi
kalsiy miqdori normallashganda EEG dinamik yaxshi tomonga oʻzgarmaydi. Haqiqiy
epilepsiyadan farqli oʻlaroq es-hush yoʻqolmaydi. Epilepsiya gipoparatireozning asosiy
simptomi boʻlganligi sababli hamma bemorlardan kalsiy miqdorini aniqlash uchun qon olinadi,
lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, gipoparatireoz bilan haqiqiy epilepsiya qoʻshilib kelishi
mumkin. Miya ichi kalsifikasiyasi boʻlganda ayniqsa bazal gangliyalar, turk egari va ba'zan
miyacha sohasida boʻlganda ogʻir nevrologik buzilishlar kuzatiladi. Bunda klinik koʻrinish
kalsifikatning joylashgan joyi va miya ichi bosimining oshish darajasiga bogʻliq. Koʻproq
epilepsiyasimon tip va parkinsonizm kuzatiladi. Gipoparatireozda nerv sistemasining
jarohatlanishi Far sindromi koʻrinishida namoyon boʻladi:
1422
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
*bosh miya bazal gangliylar sohasi ohaklanishi
*epilepsiya
*demensiya
*bosh ogʻriqlari
*ekstrapiramidal belgilar
TERIDAGI OʻZGARIShLAR VA TROFIK BUZILIShLAR.
Teridagi oʻzgarishlar va trofik buzilishlar uzoq davom etgan surunkali gipokalsiemiyada
rivojlanadi. Bunda terining quruqligi, kepaklanuvchanligi, ekzema, eksfoliativ dermatit,
pigmentasiyalar, teri depigmentasiya oʻchoqlari (vitiligo), juda koʻp hollarda kandidomikoz
rivojlanadi. Terida suyuqlik saqlaydigan pufakchalar hosil boʻlishi mumkin. Sochlar oʻsishining
buzilishi, erta oqarishi va siyraklashishi (ba'zan sochlar toʻliq allopesiyagacha toʻkiladi),
tirnoqlarlar moʻrt, oqargan, ularda zamburugʻli jarohatlanishi kuzatiladi. Teridagi oʻzgarishlar
gipoparatireozdagi monosimptom boʻlishi mumkin. Bundan tashqari trofik buzilishlarga tish-jagʻ
sistemasidagi oʻzgarishlar kiradi: bolalarda-tishlar shakllanishining buzilishi, emal qismi
defektlari; hamma yoshdagi guruh bemorlarda karies kuzatiladi. Bolalarda gipoparatireozning
xarakterli belgisi bu-oʻsishdan orqada qolishdir. Gtpoparatireoz bilan bemorlarda trofik
buzilishlarning asosiy koʻrinishlaridan biri bu gipokalsiemik katarakta boʻlib hisoblanadi.
Onasining homiladorlik paytidagi tetaniyasida yoki tugʻma gipoparatireozda tugʻma katarakta
rivojlanishi mumkin.
Surunkali gipoparatireozda xurujlar kam boʻlib, ularning yuzaga kelishida fizik
zoʻriqishlar, infeksiyalar, psixik travmalar, asab zoʻriqishlari, menstruasiya, giperventilyasiya
(bunday holatlarda alkaloz yuzaga kelib, oqibatda ionlashtirilgan kalsiy miqdori kamayadi) turtki
omil boʻlib hisoblanadi. Surunkali gipoparatireozning qoʻzishi koʻpincha bahor va kuz oylariga
toʻgʻri keladi. Surunkali tetaniyada trofik buzilishlar va MNS jarohatlanishi koʻproq , tetaniya
xurujlari kamroq kuzatiladi. Gipoparatireozning yashirin (latent) formalari tutqanoqlar, trofik
buzilishlar va MNS jarohatlanishining boʻlmasligi bilan xarakterlanadi. Bu formani diagnostika
qilishda quyidagi sinama (simptom) lardan foydalaniladi:
Xvostek sindromi-tashqi eshitish yoʻlidagi yuz nervi chiqish joyi urilganda yuz
mushaklarining qisqarishi. Xvostek sindromining quyidagi darajalari farqlanadi:
Xvostek simptomi I darajasi- urilgan tomondagi hamma yuz mushaklarining qisqarishi;
Xvostek simptomi II darajasi- burun qirralari va ogʻiz burchagi mushaklarining
qisqarishi;
Xvostek simptomi III darajasi- faqat ogʻiz burchagi mushaklarining qisqarishi.
Diagnostik ahamiyatga faqat Xvostek simptomi I darajasi boʻlib hisoblanadi, Xvostek
simptomi II va III darajalari nevrozlar, isteriya, kaxeksiya va asteniyada ham uchraydi.
Trusso simptomi- tanometr manjetasi bilan elka sohasi qisilganda 2-3 minutdan keyin
barmoq mushaklarida tutqanoqlarning kuzatilishi (“akusher qoʻli”, ”yozayotgan qoʻl”).
Veys simptomi- koʻzning tashqi tomoni urilganda qovoqning aylana mushagi va peshona
mushagining qisqarishi.
Gofman simptomi- nervlarning boʻlinish joyi, ayniqsa uch shoxli nervning I-shoxi
chiqish joyida qisilganda paresteziyalarning paydo boʻlishi.
Erba simptomi- past galvanik tok bilan ta'sirlanganda mucha nervlari elektr
qoʻzgʻaluvchanligining oshishi. Bu tutqanoqlar bilan ifodalanadi.
LABORATOR VA INSTRUMENTAL TEKShIRISh NATIJALARI.
*qonda umumiy va ionlashtirilgan kalsiy miqdorining kamayishi hamda fosfor
1423
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
miqdorining oshishi. Normada qonda umumiy kalsiy miqdori-2,25-2,75 mmol\l; ionlashtirilgan
kalsiy-1-1,24 mmol\l; fosfor-0,64-1,29 mmol\l. Gipoparatireoid kriz va tutqanoqlar qon
zardobidagi kalsiyning 1,9-2 mmol\l dan, ionlashtirilgan kalsiyning -1 mmol\l dan past
boʻlganda yuzaga keladi.
*Kalsiyning siydik bilan sutkalik ekskresiyasining kamayishi. Normada bir sutkada
siydik bilan 200-400 mg kalsiy ajraladi.
*Siydik bilan chiqadigan sutkalik fosfor miqdorining 2,8 g dan kam boʻlishi.
*Qondagi paratgarmon miqdorining kamayishi. Normada qondagi paratgarmon miqdori-
0,15-0,6 mg\ml.
*Gipokalsiemiyaning EKG belgisi; Q-T va ST intervallarining uzayishi.
*Suyaklar rentgenografiyasi. Xarakterli belgilari: osteoskleroz, uzun naysimon suyaklar
periostozining boʻlishi; metafizlarning lentasimon qattiqlashishi; qovurgʻa togʻaylarining
vaqtidan oldin ohaklashishi. Bundan tashqari bosh miya, periferik arteriyalar devori, teri osti
toʻqimasi, boʻgʻim va paylarda ham ohaklanish koʻrinadi.
DIAGNOSTIKA VA DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKA:
Gipoparatireoz tashxisi quyidagi ma'lumotlarga asoslanib qoʻyiladi:
*Anamnezida qalqonsimon bez yoki qalqon oldi bezida operasiya boʻlganligini, 131J
bilan davolanganligi;
*Tonik tutqanoq xurujlari;
*Gipokalsiemiya, gipokalsiyuriya;
*Giperfosfatiemiya, gipofosfaturiya;
*Qonda paratgarmon miqdorining kamayishi;
*EKG da Q-T va ST intervallarining uzayishi;
*Katarakta; Teri va tishlarda trofik buzilishilar;
*Xvostek, Trusso, Gofman, Shlezinger, Veys, Erba sinamalarining musbatligi.
REFERENCES
1.
Ra’no, D. (2024). SEMIZLIK.
AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI
,
3
(3),
140-147.
2.
Djurayeva, R. N. X. (2024). ACUTE ADRENAL INSUFFICIENCY.
European Journal
of Modern Medicine and Practice
,
4
(11), 464-468.
3.
Djurayeva, R. N. X. (2024). Primary Aldosteronism (Conn's Syndrome).
American
Journal of Bioscience and Clinical Integrity
,
1
(10), 72-76.
4.
Djurayeva, R. N. X. (2024). Diffuse Toxic Goiter.
International Journal of Alternative
and Contemporary Therapy
,
2
(9), 116-122.
5.
Нарзуллаева, У. Р., Самиева, Г. У., & Пардаева, З. С. (2020). Pathogenetic aspects of
verified risk factors such as arterial hypertension and dyslipidemia in the development of
chronic heart failure. American Journal of Medicine and Medical Sciences, 10(10), 776-
779.
6.
Жураева, Д. Н., & Нарзулаева, У. Р. (2020). Эркак ва аёлларда уч шохли нерв
невралгияси кечишининг параклиник хусусиятлари. ЖУРНАЛ НЕВРОЛОГИИ И
НЕЙРОХИРУРГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 1(1).
7.
Narzulyeva, U., & Ismoilova, N. (2023). DETECTION OF EATING BEHAVIOR
DISORDERS IN STUDENTS BEFORE THE EXAM USING THE DEBQ
QUESTIONNAIRE. Наука и инновация, 1(15), 112-114.
1424
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
8.
Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC MECHANISMS OF MICROCIRCULATION
DISORDERS. International Bulletin of Medical Sciences and Clinical Research, 3(10),
60–65. Retrieved from
https://researchcitations.com/index.php/ibmscr/article/view/2811
9.
Narzulaeva Umida Rakhmatulloevna and Rakhmatova Fotima Ulugbekovna,
“PATHOGENETIC MECHANISMS OF DISORDERS IN THE HEMOSTASIS
SYSTEM OBSERVED IN PATIENTS INFECTED WITH COVID-19”, IEJRD -
International Multidisciplinary Journal, vol. 7, no. ICMEI, p. 3, Feb. 2023.
10.
Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC SIGNIFICANCE OF HYPERLIPIDEMIA IN
THE CLINICAL COURSE OF ARTERIAL HYPERTENSION. International Bulletin of
Medical Sciences and Clinical Research, 3(11), 86-91.
11.
Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC SIGNIFICANCE OF HYPERLIPIDEMIA IN
THE CLINICAL COURSE OF ARTERIAL HYPERTENSION. International Bulletin of
Medical Sciences and Clinical Research, 3(11), 86-91.
12.
Нарзуллаева, У., Самиева, Г., & Пардаева, З. (2022). ПАТОФИЗИОЛОГИЯ
РЕПЕРФУЗИОННОГО ПОВРЕЖДЕНИЯ МИОКАРДА. Журнал вестник врача,
1(2), 155–158.
https://doi.org/10.38095/2181-466X-2020942-154-157
13.
Самиева, Г., Нарзулаева, У., & Самиев, У. (2023). Течение артериальной
гипертензии у жителей засушливого региона. Каталог монографий, 1(1), 1–108.
извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/monographs/article/view/27456
14.
Хафизова, М. Н., & Халимова, Ю. С. (2024). МОТИВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ПРИ
ОБУЧЕНИИ ЛАТЫНИ И МЕДИЦИНСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
55
(2), 165-171.
15.
Халимова, Ю. С., & Хафизова, М. Н. (2024). ОСОБЕННОСТИ СОЗРЕВАНИЕ И
ФУНКЦИОНИРОВАНИЕ
ЯИЧНИКОВ.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
55
(2), 188-194.
16.
Халимова, Ю. С., & Хафизова, М. Н. (2024). КЛИНИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ЛИЦ
ЗЛОУПОТРЕБЛЯЮЩЕЕСЯ
ЭНЕРГЕТИЧЕСКИМИ
НАПИТКАМИ.
TADQIQOTLAR. UZ
,
40
(5), 199-207.
17.
Халимова, Ю. С., & Хафизова, М. Н. (2024). кафедра Клинических наук Азиатский
международный университет Бухара, Узбекистан.
Modern
education
and
development
,
10
(1), 60-75.
18.
Халимова, Ю. С., & Хафизова, М. Н. (2024). КЛИНИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ
ЗАБОЛЕВАНИЙ ВНУТРЕННИХ ОРГАНОВ У ЛИЦ, СТРАДАЮЩИХ
АЛКОГОЛЬНОЙ ЗАВИСИМОСТЬЮ.
TADQIQOTLAR. UZ
,
40
(5), 240-250.
19.
Халимова, Ю. С., & Хафизова, М. Н. (2024). МОРФО-ФУНКЦИОНАЛЬНЫЕ И
КЛИНИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ КОЖНЫХ ПОКРОВОВ.
Modern
education and development
,
10
(1), 76-90.
20.
Khalimova, Y. S. (2024). Features of Sperm Development: Spermatogenesis and
Fertilization.
American Journal of Bioscience and Clinical Integrity
,
1
(11), 90-98.
21.
Salokhiddinovna, K. Y., & Nematilloevna, K. M. (2024). MODERN MORPHOLOGY
OF HEMATOPOIETIC ORGANS.
Modern education and development
,
16
(9), 50-60.
22.
Khalimova, Y. (2025). MORPHOLOGY OF PATHOLOGICAL FORMS OF
PLATELETS.
Modern Science and Research
,
4
(2), 749-759.
23.
Salokhiddinovna, K. Y., & Nematilloevna, K. M. (2025). MODERN MORPHOLOGY
OF HEMATOPOIETIC ORGANS.
Modern education and development
,
19
(2), 498-508.
1425
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
24.
Халимова, Ю. С., & Хафизова, М. Н. (2025). СОВРЕМЕННАЯ МОРФОЛОГИЯ
КРОВЕТВОРНЫХ ОРГАНОВ.
Modern education and development
,
19
(2), 487-497.
25.
Халимова, Ю. С., & Хафизова, М. Н. (2025). ГИСТОЛОГИЧЕСКАЯ
СТРУКТУРНАЯ
МОРФОЛОГИЯ
НЕФРОНОВ.
Modern
education
and
development
,
19
(2), 464-475.
26.
Saloxiddinovna, X. Y., & Nematilloevna, X. M. (2025). NEFRONLARNING
GISTOLOGIK
TUZILISH
MORFOLOGIYASI.
Modern
education
and
development
,
19
(2), 509-520.
27.
Saloxiddinovna, X. Y., & Ne’matilloyevna, X. M. (2025). QON YARATUVCHI
A'ZOLARNING
ZAMONAVIY
MORFOLOGIYASI.
Modern
education
and
development
,
19
(2), 476-486.
28.
Xalimova, Y. (2025). MODERN CONCEPTS OF BIOCHEMISTRY OF BLOOD
COAGULATION.
Modern Science and Research
,
4
(3), 769-777.
29.
Xalimova,
Y.
(2025).
JIGAR
SIRROZIDAGI
GEMATOLOGIK
TADQIQOTLAR.
Modern Science and Research
,
4
(4), 409-418.
30.
Халимова, Ю. (2025). ГЕМАТОЛОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ ПРИ ЦИРРОЗЕ
ПЕЧЕНИ.
Modern Science and Research
,
4
(4), 419-428.
31.
Xalimova, Y. (2025). HEMATOLOGICAL STUDIES IN LIVER CIRRHOSIS.
Modern
Science and Research
,
4
(4), 1066-1074.
32.
Toxirovna, E. G. (2024). QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARIDAN HASHIMOTO
TIREODIT KASALLIGINING MORFOFUNKSIONAL O’ZIGA XOSLIGI.
Modern
education and development
,
16
(7), 120-135.
33.
Toxirovna,
E.
G.
(2024).
REVMATOID
ARTRIT:
BO’G'IMLAR
YALLIG'LANISHINING SABABLARI, KLINIK BELGILARI, OQIBATLARI VA
ZAMONAVIY
DAVOLASH
YONDASHUVLARI.
Modern
education
and
development
,
16
(7), 136-148.
34.
Эргашева, Г. Т. (2024). ОЦЕНКА КЛИНИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ
ОРЛИСТАТА
У
БОЛЬНЫХ
ОЖИРЕНИЕМ
И
АРТЕРИАЛЬНОЙ
ГИПЕРТЕНЗИЕЙ.
Modern education and development
,
16
(7), 92-105.
35.
Ergasheva, G. T. (2024). THE SPECIFICITY OFAUTOIMMUNE THYROIDITIS IN
PREGNANCY.
European Journal of Modern Medicine and Practice
,
4
(11), 448-453.
36.
Эргашева, Г. Т. (2024). ИССЛЕДОВАНИЕ ФУНКЦИИ ЩИТОВИДНОЙ ЖЕЛЕЗЫ
ПРИ ТИРЕОИДИТЕ ХАШИМОТО.
Modern education and development
,
16
(7), 106-
119.
37.
Toxirovna, E. G. (2024). GIPOFIZ ADENOMASINI NAZORAT QILISHDA
KONSERVATIV JARROHLIK VA RADIATSIYA TERAPIYASINING UZOQ
MUDDATLI SAMARADORLIGI.
Modern education and development
,
16
(7), 79-91.
38.
ERGASHEVA,
G.
T.
(2024).
OBESITY
AND
OVARIAN
INSUFFICIENCY.
Valeology: International Journal of Medical Anthropology and
Bioethics
,
2
(09), 106-111.
39.
Ergasheva, G. T. (2024). Modern Methods in the Diagnosis of Autoimmune
Thyroiditis.
American Journal of Bioscience and Clinical Integrity
,
1
(10), 43-50.
40.
Tokhirovna, E. G. (2024). COEXISTENCE OF CARDIOVASCULAR DISEASES IN
PATIENTS WITH TYPE 2 DIABETES.
TADQIQOTLAR. UZ
,
40
(3), 55-62.
1426
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
41.
Toxirovna, E. G. (2024). DETERMINATION AND STUDY OF GLYCEMIA IN
PATIENTS WITH TYPE 2 DIABETES MELLITUS WITH COMORBID
DISEASES.
TADQIQOTLAR. UZ
,
40
(3), 71-77.
42.
Toxirovna, E. G. (2024). XOMILADORLIKDA QANDLI DIABET KELTIRIB
CHIQARUVCHI
XAVF
OMILLARINI
ERTA
ANIQLASH
USULLARI.
TADQIQOTLAR. UZ
,
40
(3), 63-70.
43.
Toxirovna, E. G. (2024). QANDLI DIABET 2-TIP VA KOMORBID KASALLIKLARI
BO’LGAN BEMORLARDA GLIKEMIK NAZORAT.
TADQIQOTLAR. UZ
,
40
(3), 48-
54.
44.
Tokhirovna, E. G. (2024). MECHANISM OF ACTION OF METFORMIN
(BIGUANIDE) IN TYPE 2 DIABETES.
JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-
SCIENCE RESEARCH
,
3
(5), 210-216.
45.
Tokhirovna, E. G. (2024). THE ROLE OF METFORMIN (GLIFORMIN) IN THE
TREATMENT OF PATIENTS WITH TYPE 2 DIABETES MELLITUS.
EUROPEAN
JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND PRACTICE
,
4
(4), 171-177.
46.
Эргашева, Г. Т. (2024). Эффект Применения Бигуанида При Сахарным Диабетом 2
Типа И Covid-19.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
3
(3), 55-61.
47.
Toxirovna, E. G. (2024). QANDLI DIABET 2 TUR VA YURAK QON TOMIR
KASALLIKLARINING BEMOLARDA BIRGALIKDA KECHISHI.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
38
(7), 202-209.
48.
Эргашева, Г. Т. (2024). СОСУЩЕСТВОВАНИЕ ДИАБЕТА 2 ТИПА И СЕРДЕЧНО-
СОСУДИСТЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У ПАЦИЕНТОВ.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
38
(7), 219-226.
49.
Эргашева, Г. Т. (2024). СНИЖЕНИЕ РИСКА ОСЛОЖНЕНИЙ У БОЛЬНЫХ
САХАРНЫМ
ДИАБЕТОМ
2
ТИПА
И
СЕРДЕЧНО-СОСУДИСТЫМИ
ЗАБОЛЕВАНИЯМИ.
Образование Наука И Инновационные Идеи В Мире
,
38
(7),
210-218.
50.
Tokhirovna, E. G. (2024). CLINICAL AND MORPHOLOGICAL ASPECTS OF THE
COURSE
OF
ARTERIAL
HYPERTENSION.
Лучшие
интеллектуальные
исследования
,
12
(4), 234-243.
51.
Tokhirovna, E. G. Studying the Causes of the Relationship between Type 2 Diabetes and
Obesity.
Published in International Journal of Trend in Scientific Research and
Development (ijtsrd), ISSN
, 2456-6470.
52.
Toxirovna, E. G. (2024). ARTERIAL GIPERTENZIYA KURSINING KLINIK VA
MORFOLOGIK JIHATLARI.
Лучшие интеллектуальные исследования
,
12
(4), 244-
253.
53.
Эргашева, Г. Т. (2024). НОВЫЕ АСПЕКТЫ ТЕЧЕНИЕ АРТЕРИАЛЬНОЙ
ГИПЕРТОНИИ У ВЗРОСЛОГО НАСЕЛЕНИЕ.
Лучшие интеллектуальные
исследования
,
12
(4), 224-233.
54.
Эргашева, Г. Т. (2024). ФАКТОРЫ РИСКА РАЗВИТИЯ САХАРНОГО ДИАБЕТА 2
ТИПА.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(5), 70-
74.
55.
Эргашева, Г. Т. (2024). ОСЛОЖНЕНИЯ САХАРНОГО ДИАБЕТА 2 ТИПА
ХАРАКТЕРНЫ ДЛЯ КОГНИТИВНЫХ НАРУШЕНИЙ.
TADQIQOTLAR. UZ
,
30
(3),
112-119.
1427
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
56.
Эргашева, Г. Т. (2023). Исследование Причин Связи Диабета 2 Типа И
Ожирения.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
2
(12), 305-311.
57.
Tokhirovna, E. G. (2024). Risk factors for developing type 2 diabetes
mellitus.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(5),
64-69.
58.
Toxirovna, E. G. (2024). QANDLI DIABET 2-TUR VA O’LIMNI KELTIRIB
CHIQARUVCHI SABABLAR.
Лучшие интеллектуальные исследования
,
14
(4), 86-
93.
59.
Tokhirovna, E. G. (2023). Study of clinical characteristics of patients with type 2 diabetes
mellitus in middle and old age.
Journal of Science in Medicine and Life
,
1
(4), 16-19.
60.
Toxirovna, E. G. (2024). GIPERPROLAKTINEMIYA KLINIK BELGILARI VA
BEPUSHTLIKKA SABAB BO’LUVCHI OMILLAR.
Лучшие интеллектуальные
исследования
,
14
(4), 168-175.
61.
Toxirovna, E. G. (2023). QANDLI DIABET 2-TUR VA SEMIZLIKNING O’ZARO
BOG’LIQLIK
SABABLARINI
O’RGANISH.
Ta'lim
innovatsiyasi
va
integratsiyasi
,
10
(3), 168-173.
