ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1379
KEYINGI YILLARDA OʻZLASHGAN SOʻZLARNING MA'NOSI, IMLOSI VA
LUGʻATLARDAGI IFODASI
Choriyeva Nafisa Sadriddin qizi
Termiz davlat universiteti
Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15521997
Annotatsiya. Mazkur maqolada oʻzbek tiliga soʻnggi yillarda kirib kelgan oʻzlashma
soʻzlarning ma'nosi, ularning oʻzbek tilida qay tarzda ishlatilishi hamda milliy imlo qoidalariga
moslashtirish jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, oʻzlashma soʻzlarning lugʻatlarga kiritilishi
uchun zarur boʻlgan mezonlar va ular bilan bogʻliq muammolar yoritiladi, yangi oʻzlashmalarni
tilimizga moslashtirishda taklif va tavsiyalar ham beriladi.
Kalit soʻzlar: globalizatsiya, selfi, streaming, blog, bloger, gadget, blokcheyn, popkorn,
you tube, internet, fliranser, online, follower, scanner, post, like, stapter, facebook, fast food.
Til doimiy ravishda oʻzgaruvchan va rivojlanayotgan hodisadir. Har bir davr oʻziga xos
leksik oʻzgarishlarni olib keladi, bu esa tilni zamonaviy jarayonlarga moslashtirishga yordam
beradi. Jumladan, oʻzbek tili ham tarixan, boshqa tillardan koʻplab soʻzlarni oʻzlashtirgan til
hisoblanadi. Oʻzlashgan soʻzlar xalqimizning madaniyatida, turmush tarzida muhim rol oʻynaydi.
Keyingi yillarda esa globalizatsiya jarayoni, texnologik taraqqiyot, axborot almashinuvi,
jamiyatdagi oʻzgarishlar, madaniy ta’sirlar va pop madaniyat tufayli ingliz, rus, arab va boshqa
tillardan oʻzlashgan soʻzlar soni kundan kunga keskin oshib bormoqda.
Globalizatsiya - dunyo boʻylab insonlar oʻrtasidagi aloqalar kuchaygani sari tilimizga
xorijiy soʻzlar kirib kelmoqda. Savdo, sayohat, internet, ijtimoiy tarmoqlar, ilmiy va texnologik
yangiliklar orqali boshqa tillardagi atamalar tilimizga kirib kelmoqda. Bu jarayon global
madaniyatga va yangi tushunchalarga moslashishga yordam beradi.
Texnologiya va fan taraqqiyoti - texnologik va ilmiy yutuqlar natijasida paydo boʻlgan
yangi tushunchalarni ifodalash uchun koʻpincha yangi atamalar qoʻllaniladi. Masalan, kompyuter
texnologiyalari, internet, va zamonaviy gadjetlar bilan bogʻliq soʻzlar tilimizda paydo boʻlmoqda
Madaniy ta’sirlar va pop madaniyat - filmlar, musiqa, moda va sport kabi sohalar orqali
boshqa tillardan olingan soʻzlar tezda madaniyatimizga kirib kelmoqda. Pop madaniyatning
tarqalishi va global ommaviy axborot vositalari orqali xorijiy soʻzlar tez tanilishiga sabab
boʻlmoqda. Jamiyatdagi oʻzgarishlar - jamiyatning oʻzgarishi, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar
ham tilga ta’sir qiladi.
Masalan, yangi ijtimoiy hodisalar, biznes va ish bilan bogʻliq tushunchalar tezda yangi
soʻzlarni olib kiradi. Bundan tashqari yangi oʻzlashgan soʻzlar tilimizdagi leksik boylikning
oshishi, qoidalardagi oʻzgarishlar, tilni standartlashtirish, me'yorlashtirish masalalari va
mahalliylikni saqlashga ta'sir etadi. Ya'ni yangi soʻzlar tilimiz leksikasini boyitadi.
Ular orqali yangi tushunchalar, texnologiyalar va madaniy fenomenlar ifodalanishi
osonlashadi. Yangi soʻzlarning tilga kirishi bilan ularning talaffuzi va yozilishida ham
oʻzgarishlar talab etiladi. Bu yangi qoidalarni qabul qilish yoki mavjud qoidalarni moslashtirish
zaruratini tugʻdiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1380
Koʻplab yangi soʻzlar tilga kirgan sari ularni standartlashtirish va lugʻatlarga kiritish
masalalari dolzarblashadi. Bu tilshunoslarga yangi soʻzlarni tahlil qilish, ularning qabul qilinishi
va rasmiylashish jarayonini boshqarish vazifasini yuklaydi.
Yangi soʻzlarning kirib kelishi ba’zan milliy tilning oʻziga xosligini saqlash masalalarini
ham keltirib chiqaradi. Bu mahalliy soʻzlarning ahamiyatini saqlash va milliylikni oʻylab ish
tutishga chorlaydi. Bu jarayonlar orqali tilimiz boyib, rivojlanib bormoqda, lekin tilning birligiga
e’tibor qaratish va uning milliy xususiyatlarini saqlash ham muhim sanaladi.
Oʻzbek tilida oʻzlashgan soʻzlarning ma'nosi, imlosi va lugʻatlarga kiritilishi masalasi
bugungi kunda juda muhimdir. Oʻzbek tilining boyligi va rang-barangligini ta'minlash uchun
ushbu soʻzlarni toʻgʻri ifodalash va taleffuz qilish, shuningdek, ularni lugʻatlarga ehtiyotkorlik
bilan kiritish zarur. Oʻzlashgan soʻzlar tilimizga yangilik va rivojlanish olib kelmoqda, shuning
uchun ularga alohida e'tibor qaratishga toʻgʻri keladi. Oʻzlashgan soʻzlar, aslida boshqa bir
tilning soʻzidan kelib chiqib, yangi ma'no kasb etgan yoki mavjud ma'noni yangilagan soʻzlardir.
Masalan:
"internet", "smartfon", "troll"
kabi soʻzlar oʻzbek tilida keng tarqalgan va
ular zamonaviy hayotda muhim ahamiyatga ega. Bu soʻzlar faqatgina leksik boylikni oshiribgina
qolmay, balki davr talabi boʻyicha yangi tushunchalar va fenomenga ham yoʻl ochadi. Oʻz
navbatida bu soʻzlarning imlosiga ham e'tibor qaratmoq joizdir. Oʻzlashtirilgan soʻzlarning
imlosi koʻpincha bahsli mavzu hisoblanadi. Ularning koʻpchiligi dastlabgi tilning imlo
qoidalariga koʻra yoziladi. Biroq, oʻzbek tilining imlo qoidalariga mos keladigan usullarni
qoʻllash zarur.
Masalan, "
kompyuter
" soʻzi, inglizcha "
computer
" soʻzidan olingan boʻlib, oʻzbek tilida
yozilishi va talaffuz qilinishi muhimdir. Yoki boshqa shu kabi yangi leksemalar misolida ham
koʻrishimiz mumkin:
gadget
– bu soʻz asosan mobil qurilmalar, kichik texnik jihozlar yoki
dasturlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Oʻzbek tilida unga mos keladigan “qurilma” yoki “jihoz”
atamalari mavjud boʻlsa-da, “gadget” atamasi ayniqsa yoshlar orasida ommalashib bormoqda.
Streaming
– internet orqali videolarni uzatish va tomosha qilish ma'nosini bildiradi.
Bu soʻz Oʻzbekistonda asosan "stream" tarzida ishlatilmoqda, ba'zida esa “translyatsiya”
shaklida ham uchraydi.
Influencer
– ijtimoiy tarmoqlarda oʻz obunachilariga ta’sir koʻrsata
oladigan shaxslarni anglatadi. Oʻzbek tilida "ta’sir koʻrsatuvchi" shaklida ishlatilishi mumkin,
lekin koʻproq "influencer" shaklida uchraydi. Shu bilan birga, aksar holatlarda oʻzlashgan
soʻzlarning talaffuzi va yozilishi bir-biriga toʻgʻri kelmaydi, bu esa ularning tilga toʻgʻri
kiritilishi zarurligini taqozo etadi. Yangi soʻzlar tilimizga kirar ekan, ularning yozilishi va
talaffuzida ba'zi chalkashliklar kuzatiladi.
Selfie
– bu soʻz rus tilidan qabul qilingan va oʻzbek
tiliga “selfi” tarzida moslashtirilgan.
Selfi
– oʻz-oʻzini suratga olishni anglatadi. Hozirgi kunda
yozishda va aytishda ikkala shakli ham uchraydi, lekin rasmiy imlo qoidalariga koʻra "selfi"
shaklida ishlatilishi maqsadga muvofiq.
Online
va
Offline
– bu soʻzlar internet bilan bogʻliq
holatlarni ifodalaydi.
Onlayn
–internet orqali xizmat yoki aloqa qilish tushunchasini ifodalash. Oʻzbek tilida
“onlayn” va “oflayn” shakllari qabul qilingan, lekin inglizcha shakllarini ishlatish ham keng
tarqalgan.
Blog
va
Blogger
– dastlab, bu atamalar texnologiya sohasi boʻyicha lugʻatlarda
qoʻllangan, keyinchalik esa asosiy lugʻatlarga kiritildi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1381
– dastlab bu soʻz faqat ingliz tilida ishlatilgan boʻlsa, keyinroq "elektron pochta"
shaklida qabul qilindi va rasmiy lugʻatlarga kiritildi.
Oʻzlashgan soʻzlarni oʻrganishda soʻnggi lugʻat nashrlari va oʻzlashma soʻzlar
roʻyxatidagi yangilanishlarni kuzatish juda muhim. Masalan:
Hybrid
(masalan, hybrid mashina)
– bu soʻzni "gibrid" shaklida ishlatish ham uchraydi, ammo toʻgʻri talaffuzi va yozuvi qoidalarda
aniqlashtirilishi kerak boʻladi.
Scanner
– koʻpincha "skaner" shaklida qabul qilingan, lekin bu
kabi soʻzlarning rasmiy lugʻatlarga mos yozilish shaklini kuzatish muhim. Ijtimoiy tarmoqlarga
oid oʻzlashgan soʻzlar tilimizda juda faol ishlatilmoqda va ularning koʻpchiligi yoshlar orasida
keng ommalashgan:
Post
-ijtimoiy tarmoqlarda rasm, matn yoki video koʻrinishida joylangan
kontent. Oʻzbekchada “e’lon” yoki “xabar” kabi soʻzlar bilan almashtirilishi mumkin, lekin
asosan "post" shaklida qolmoqda. Masalan, "Men Instagram’da yangi post joyladim".
Like
-
kimningdir postiga yoki kontentiga boʻlgan ijobiy munosabatni bildirish. Oʻzbekcha ekvivalenti:
“yoqtirish”, ammo bu soʻz “layk bosish” shaklida oʻzbek tiliga oʻtib, amalda ishlatilmoqda.
Masalan, "Mening suratimga 1000 ta layk bosildi".
Comment
- postga yozilgan fikr yoki
mulohaza. Oʻzbekcha muqobili: “izoh” yoki “sharh” shakllari ishlatilishi mumkin. Biroq,
ijtimoiy tarmoqlarda "komment" yoki "kommentariya" shakllari keng tarqalgan. Masalan,
"Uning postiga juda koʻp komment qoldirilgan".
Follower
-ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining
sahifasini kuzatib boruvchi shaxs. Oʻzbekcha shakli: "obunachi" deb tarjima qilinishi mumkin,
ammo "follower" yoki "follovers" shaklida keng qoʻllanadi. Masalan, "Mening Instagram
sahifamda 5000 ta follower bor".
Hashtag
-postlarni tematik tarzda bogʻlash uchun ishlatiladigan
belgi va soʻz birikmasi (#). Tilimizdagi koʻrinishi: "tag" yoki "belgi" deb ishlatilishi mumkin,
lekin asosan "hashtag" shaklida qabul qilingan. Masalan, "Ushbu mavzuga oid hashtaglardan
foydalaning".
Direct Message (DM)
- ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy xabar joʻnatish. Oʻzbek tilida:
"xabar" yoki "toʻgʻridan-toʻgʻri xabar" deb tarjima qilinadi, lekin “DM” yoki “direkt” kabi
qisqartmalar keng ishlatilmoqda. Masalan, "Menga DM yuboring".
Story
-24 soat davomida
koʻrinadigan qisqa muddatli kontent. Tilimizdagi muqobili: "hikoya" shaklida tarjima qilish
mumkin, lekin "story" atamasi ommalashgan. Masalan, "Uning story'sini koʻrdingizmi?"
YouTube
— Google kompaniyasiga tegishli boʻlgan, video kontent almashish va
tomosha qilish uchun yaratilgan platforma. Foydalanuvchilar YouTube'da videolarni yuklashi,
ularni tomosha qilishi, ulashishi va ularga izoh qoldirishi mumkin. YouTube platformasi dunyo
boʻylab eng ommabop ijtimoiy tarmoqlardan biri boʻlib, millionlab foydalanuvchilar u orqali
turli kontent (koʻrsatuvlar, darsliklar, musiqa, vloglar va hokazo) yaratib, ulashmoqda. Oʻzbek
tilida “YouTube” odatda oʻz holicha, asl inglizcha shaklida ishlatiladi. Chunki bu soʻz brend
nomi boʻlib, asosan notoʻgʻri oʻzlashtirish yoki moslashtirishdan saqlanish maqsadida rasmiy
shaklda saqlanadi. YouTube bilan bogʻliq boshqa atamalar ham tilimizda paydo boʻlgan,
masalan:
YouTuber
— YouTube’da oʻz kanaliga ega boʻlgan va doimiy ravishda kontent
yuklaydigan shaxs. Oʻzbek tilida koʻpincha “yutuber” shaklida yoziladi.
YouTube kanal — YouTube’da kontent yuklanadigan shaxsiy yoki korporativ sahifa.
“YouTube” soʻzi koʻpincha “Yutub” tarzida talaffuz qilinadi, lekin yozilishda asosan asl
shakli saqlanadi. Shuningdek, brend nomi sifatida oʻzbekcha lugʻatlarga toʻgʻridan-toʻgʻri
kiritilmagan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1382
Oʻzbek tilida "yutuber", "yutubda" kabi soʻzlar ham tilimiz imlosiga moslashtirilgan
holatda uchraydi, lekin bu yozuv shakllari hali rasmiy imlo qoidalariga asoslanmagan.
Oʻzbek tilida YouTube orqali koʻplab yangi atamalar, jumladan "
subscribe
" ("obuna
boʻlish"), "
like
" ("yoqtirish"), "
comment
" ("izoh qoldirish") kabi soʻzlar keng tarqalmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning kengayishi, bu soʻzlarning oʻzbek tilidagi oʻrnini
mustahkamlashga hissa qoʻshmoqda.
Rasmiy lugʻatlarga ba'zilari hali kiritilmagan boʻlsa-da, ular tilimizda mustahkam joy
egallashni boshlagan.
Smartfon
– zamonaviy mobil qurilmalarni ifodalash uchun qabul qilingan
soʻz.
Blokcheyn
–raqamli texnologiyalar bilan bogʻliq yangi tushunchalar.
Zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar ham yangi soʻzlarni keltirib chiqarmoqda:
Startap
– yangi texnologik yoki innovatsion biznes loyihalarni anglatadi.
Frilanser
–
mustaqil faoliyat yurituvchi shaxslar uchun ishlatiladigan atama.
Investitsiya
– sarmoya qoʻyish
jarayonini ifodalaydi. Pop madaniyat va global axborot oqimi orqali tilimizga yangi soʻzlar kirib
kelmoqda:
Popkorn
– madaniy koʻngilochar faoliyat bilan bogʻliq atama.
Karaoke
–musiqa bilan birga qoʻshiq aytish faoliyatini ifodalaydi. Yangi soʻzlar tilimiz
leksikasini boyitib, yangi tushunchalarni ifodalash imkonini beradi. Bu, ayniqsa, texnologiya va
ilm-fan sohalarida yaqqol seziladi. Biroq yangi soʻzlarning ortib borishi mahalliy soʻzlarni siqib
chiqarish xavfini tugʻdiradi. Masalan, “lider” soʻzi koʻpincha mahalliy “yetakchi” soʻzi oʻrnida
ishlatilmoqda. Yangi soʻzlarning rasmiylashmagan shakllari ba‘zan chalkashliklarga olib keladi.
Bu esa til birligini saqlashda muayyan muammolarni keltirib chiqaradi.
Yangi soʻzlarning mahalliy madaniyatga moslashtirilishi – ularning qabul qilinishida
muhim ahamiyatga ega. Misol uchun: Lider soʻzi rahbar yoki yetakchini anglatadi, biroq
koʻpincha “boshliq” soʻzi bilan aralash talqin qilinadi.
Onlayn soʻzining mahalliylashgan talaffuzi “on-layn” shaklida yoziladi. Ba‘zan yangi
soʻzlarning talaffuzi xorijiy til qoidalariga mos tarzda saqlanib qoladi, bu esa mahalliylashuvni
sekinlashtiradi. Tilga yangi kirib kelgan soʻzlarning yozilish qoidalarini standartlashtirish
dolzarb masaladir. Masalan: Selfi soʻzining yozilishi ba‘zan “self” yoki “selfy” tarzida xato
ishlatiladi. Facebook soʻzi bu shaklda emas, feysbuk shaklida, fast food yoki fast-fud emas,
fastfud deb yozishi
Tilga kirib kelgan yangi soʻzlar rivojlanishning tabiiy qismidir. Ammo ularni tilimiz
qoidalariga koʻra me'yorlashtirish va rasmiy lugʻatlarda aks ettirish muhim masaladir. Bu borada
yangi soʻzlarni standartlashtirish va ularning yozilish qoidalarini belgilash zarur. Lugʻat
yaratuvchilar va tilshunoslar birgalikda ish olib borishi kerak. Rasmiy lugʻatlarda standart
shakllar taqdim etilishi lozim. Yangi soʻzlarning tilimizga kirib kelishi leksik boylikni oshirsa-da,
bu jarayonda milliy tilning oʻziga xosligi va boy merosini yoʻqotmaslik muhim. Har bir yangi
soʻzni qabul qilishda uning madaniy va lingvistik muvofiqligi oʻrganilishi kerak.
Rasmiylashtirish jarayonida esa mahalliy tillarning oʻziga xosligini saqlash bilan birga,
zamonaviy ehtiyojlarni ham qondirish muhimdir. Lugʻatlar va til oʻqitish vositalarida yangi
soʻzlar uchun maxsus boʻlimlar yaratish, xalqaro va mahalliy atamalar oʻrtasidagi muvozanatni
ta‘minlash til barqarorligini oshiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1383
Bundan tashqari, ta’lim tizimi va ommaviy axborot vositalari orqali yangi soʻzlarning
toʻgʻri qoʻllanilishi targʻib qilinishi kerak. Shu bilan birga, xalqaro miqyosdagi tilshunoslik
tadqiqotlaridan foydalanish va boshqa tillarning tajribasini oʻrganish ham foydali boʻladi.
REFERENCES
1.
Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti. Toshkent
2016.
2.
Globalizatsiya va til: zamonaviy chaqiriqlar. Tilshunoslik jurnali, 2022-yil.
3.
Internetdagi ochiq manbalar: texnologik atamalar haqidagi maqolalar.
4.
Mahalliy va xalqaro yangilik portallari (2023-yil ma‘lumotlari).
5.
Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati. Kafolat print company nashriyoti. Toshkent 2023.
