Authors

  • Farrux Sotvoldiyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.97517

Keywords:

Qayta qurish muftiy Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf muxolifat Robitayi olamil islomiy Din ishlari boʻyicha qoʻmita Konstitutsiya imom-xatib oʻrta maxsus bilim yurti

Abstract

1993-yilda Movarounnahr musulmonlari idorasi tizimida muhim oʻzgarish-muftiy, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning isteʻfoga chiqishi va uning oʻrniga yangi muftiy tayinlanishi yuz berdi. Ushbu voqea idora tarixidagi muhim bosqich boʻlib boʻlib, 1996-yilgacha boʻlgan davr, hozirgi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimining shakllanishida soʻngi bosqich hisoblanadi. Mazkur maqolada bu davrda yuz bergan muhim voqeliklar, tarixiy hodisalar va ularning tahlili haqida soʻz boradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1412

MOVOROUNNAHR MUSULMONLAR IDORASINING 1993-1996-YILLARDAGI

FAOLIYATI: MUHIM VOQELIKLAR, OʻZGARISHLAR VA YANGI DAVR

Sotvoldiyev Farrux

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi,

“Islom tarixi va manbasunosligi IRCICA” kafedrasi, 2-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15522208

Annotatsiya. 1993-yilda Movarounnahr musulmonlari idorasi tizimida muhim oʻzgarish-

muftiy, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning isteʻfoga chiqishi va uning oʻrniga yangi
muftiy tayinlanishi yuz berdi. Ushbu voqea idora tarixidagi muhim bosqich boʻlib boʻlib, 1996-
yilgacha boʻlgan davr, hozirgi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimining shakllanishida
soʻngi bosqich hisoblanadi. Mazkur maqolada bu davrda yuz bergan muhim voqeliklar, tarixiy
hodisalar va ularning tahlili haqida soʻz boradi.

Kalit soʻzlar: Qayta qurish, muftiy, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, muxolifat,

Robitayi olamil islomiy, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Konstitutsiya, imom-xatib, oʻrta maxsus
bilim yurti

THE ACTIVITIES OF THE MOVAROUNNAHR MUSLIM BOARD IN 1993–1996: KEY

EVENTS, CHANGES, AND A NEW ERA

Abstract. In 1993, a significant change occurred within the Movarounnahr Muslim Board

system with the resignation of the Mufti, Shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, and the
appointment of a new Mufti in his place. This event marked an important milestone in the history
of the institution. The period until 1996 is considered the final phase in the formation of the
current structure of the Muslim Board of Uzbekistan. This article discusses the key events,
historical occurrences, and provides an analysis of the developments that took place during this
era.

Keywords: Perestroika, Mufti, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, opposition, Rabita

al-Alam al-Islami, Committee on Religious Affairs, Constitution, imam-khatib, specialized
secondary educational institution

1989-1991-yillarda Sovet ittifoqida “Qayta qurish” siyosatining soʻngi davrlari,

M.Garbachyov hukumatining qulashi, GKCHPning 3 kunlik hokimyati va Ittifoq parchalanishi
kabi yirik voqealar boʻlib oʻtdi. Bu vaqtga kelib Sobiq Ittifoq hududida ancha ochiqlik, diniy
erkinliklarga nisbatan avvalgidan ancha iliqroq munosabat koʻrsatilayotgan edi. Mamlakatda dini
va mafkurasini eng koʻp tiklash harakatida boʻlganlar bu musulmonlar edi. Markaziy Osiyo
respublikalarida ayniqsa Oʻzbekiston bu yaqqol koʻrindi. Yangi saylangan muftiy shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning faolligi ostida sovet musulmonlarining haj ziyoratiga
borishiga yoʻl ochilishi, diniy boshqarmaning moddiy texnik bazasi ortishi, nashriyot-
matbasining kuchayishi, xalqaro aloqalar kengayishi kabilar haqida avvalroq maʻlumotlar berib
oʻtildi. Mustaqil Oʻzbekistonda Movarounnahr musulmonlari idorasi muftiysi sifatida umumiy 4
yildan buyon faoliyat olib borayotgan shayx 1993-yilga kelib isteʻfoga chiqdi. Bunga shaxsiy
motivlar boʻlgan deyilsada, oʻsha davr taqozosi muftiyga nisbatan muxolifat kayfiyatidagilarning
koʻpayganligi, uning diniy boshqarma va musulmon aholisi uchun qilgan ishlariga qarshi
boʻlganlar borligi ham haqiqat edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1413

Shayx Muhammad Sodiq muftiylikdan boʻshagach Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi. U

yerda “Robitayi Olamil Islomiy” tashkilotida sobiq ittifoq davlatlarining vakili sifatida faoliyat
yuritdi.

1

1992-yilda respublikamizda diniy sohani tartibga solish ishlari davom etayotgan edi. Yuz

bergan eng muhim voqealardan biri Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tashkil etilishi boʻldi.

Ushbu tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-mart kuni

imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitani tashkil etish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga

2

muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan. Endilikda hukumat diniy

tashkilotlar va davlat oʻrtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish tartibga solish masalalarini
bir tashkilot vakolatiga bergan edi.

Shuningdek ushbu qoʻmita oʻz faoliyatida Konstitustiya va qonunlar, yuqori tashkilotlar

tashkilotlar farmoyishlari va oʻzi uchun ishlab chiqilgan Nizomiga amal qilishi belgilandi.

Qoʻmita mahalliy hokimyat organlari va boshqa boshqaruv tashkilotlari, jamoat

birlashmalariga oʻxshash boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda ishlashi zarurligi ham
qonunda mustahkamlandi.

3

1993-yilda boʻshab qolgan muftiylik oʻrniga Bahouddin Naqshband masjidi imom xatibi

boʻlib ishlab kelayotgan Muxtorjon Abdullayev (1928-2002) tayinlandi. U kishi xalq orasida
Muxtorjon Domlo nomi bilan tanilgan, ilmi juda kuchli inson hisoblangan. Chunonchi uning oʻzi
taqvodor ilm peshvosi Turdiali qorining farzandi boʻlib, XX asr 50-yillarida Mir Arab va
Baroqxon madrasalarini tugatgan. Muftiy Ziyovuddin Eshon Boboxonning tashabbusi
talabalarning chet elga oʻqishga yuborish yoʻlga qoʻyilgan vaqtlarda, Suriyada Damashq
universitetining shariat fakultetida tahsil olgan. Oʻqishni bitirgach vataniga qaytib 1991-yilgacha
Mir Arab madrasasida mudarris va mudir boʻlib ishlaydi. U kishining arab, fors-tojik, rus tillarini
bilishi chet eldan kelgan talabalar uchun qulaylik bergan.

4

Shuningdek mashxur din va davlat

arboblaridan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, marhum muftiy Usmonxon hoji
Аlimov, shayx Аbdulaziz Mansur, rossiyalik muftiylar Talʼat Tojiddin, Ravil Gʼaynuddin,
Ozarbayjon shayxul islomi Аllohshukur Poshshozoda, rossiyalik mashhur din va jamoat arbobi
Umar Idrisov, marhum Checheniston muftiysi va birinchi prezidenti Аhmad Qodirov ham uning
qoʻlida tahsil olishgan.

1992-yil 28-oktyabrda imzolangan Vazirlar Mahkamasining qarorida

5

:

Koʻplab ulamolarning iltimosiga koʻra tasavvuf ilmining buyuk vakili Bahouddin

Naqshbandiy tavalluding 675 yilligini 1993-yilga kelib nishonlash;

Buxoro shahrida masʻul tashkilotlar bilan birga allomaning yubileyi uchun anjuman

oʻtkazish;

Shu yilning sentabr oyida konferensiya tashkil etish;

1

Muhammad Amin Muhammad Yusuf. “Islomga bagʻishlangan umr”, “Hilol” nashriyoti. 2022. 74-B

2

Oʻzbekiston respublikasi prezidentining PF-354-son qarori / Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining

Axborotnomasi, 1992-y., 5-son, 219-modda / https://lex.uz/docs/-165464

3

Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali — https://gov.uz/oz/religions/pages/about

4

Azizxoʻja Xayrulloh oʻgʻli. “Zulmatdagi ziyokorlar”. “Hilol Nashr” nashriyoti. 2016. 66-67-B

5

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-oktabrdagi 497-son qarori /

https://www.lex.uz/docs/-508432


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1414

Monografiyalar chiqarish hamda naqshbandiya taʻlimotiga oid adabiyotlarni tarjima

qilish;

Buxoro shahri va Qasri Orifon qishlogʻida allomaning xotirasini abadiylashtirish;
Bu ishlar uchun Vazirlar mahkamasi zaxira jamgʻarmasidan 25 million soʻm ajratish

belgilandi. Ushbu qarorning imzolanishida Muxtorjon Abdullayevning katta faolligi ham bor edi.

Muxtorjon Abdullayev muftiyligining dastlabki davrida “Vijdon erkinligi va diniy

tashkilotlar” toʻgʻrisidagi qonunga ayrim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 1993-yil 3-
sentabrda kuchga kirgan yangi qonunning 8-moddasiga quyidagicha oʻzgartirish kiritilgan:

“Diniy jamoalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qoʻmitasi bilan kelishilgan holda
roʻyxatga olinadilar”.

6

Endilikda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning vakolatlari yanada kengayib vazifalari ortgan

edi. Chunonchi diniy tashkilotlar va jamoalarning davlat tomonidan roʻyhatga olinishida
qoʻmitaning bevosita ishtiroki majburiy qilib qoʻyildi.

Bu kabi oʻzgarishlarning oʻziga yarasha sabab va shart sharoitlari bor edi. Masalan, 90-

yillar birinchi yarmida hukumat tomonidan diniy sohaga berilgan imtiyozlarni suisteʻmol
qiluvchilar koʻpaydi. Yaʻni davlat roʻyhatidan oʻtmagan diniy muassasalarning haddan ortiq
koʻpayib ketgani havotir uygʻotardi. Mustaqillikka erishilgan paytda 90taga ham yetmagan
masjidlar soni 5000 tagacha yetdi. Har bir mahallada ochilayotgan masjidlarning aksariyat
qismida hujjatlari toʻliq yoki umuman rasmiylashtirilmagan, malakali imomlar bilan
taʻminlanmagan edi. Statistik maʻlumotlarga koʻra bu imomlarning 90%dan ortigʻi diniy
maʻlumotsiz deb baholangan. Shuningdek masjidlarning koʻpchiligi zarur sharoitlar ham
yaratilmagan holatda ochilavergan va faoliyat yurgizgan.

7

Ayrim diniy tashkilotlarga

yoʻlboshchilik qilayotganlar aslida xorijiy davlat fuqarolari hisoblanib, rasmiy diniy maʻlumotga
ega boʻlmay turib, turli tashqi moliyaviy koʻmaklar yordamida respublikamiz hududida yot
gʻoyalarga oid missionerlik faoliyati bilan shuqʻullangan holatlar uchray boshladi. Asosiy
maqsadi oʻz saflarini mahalliy aholi vakillari hisobiga yanada kengaytirish edi.

Albatta musulmon aholisining norasmiy boʻlsada diniy tashkilotlarni koʻpaytirishiga

sabablar bor edi. Muxtorjon Abdullayev muftiylik davrida diniy sohada kadrlarning oʻtkir
yetishmovchiligi davom etardi. Diniy taʻlim olishni xohlovchilar, islomga oid, kundalik
hayotdagi diniy masalalarda savolga egalar, fatvo soʻraguvchilar uchun rasmiy diniy maʻlumotga
ega imomlar, mudarrislar, ulamolar kamlik qilardi. Diniy boshqarma tasarrufidagi oʻrta maxsus
islom bilim yurtlari soni kengayib borayotgan boʻlsada kadrlarning keyingi avlodi yetishib
chiqishi vaqt talab etardi. Shu sababli avvalgi va keyingi muftiylarning koʻp tashabbus
koʻrsatgan masalasi chet el rasmiy diniy oliygohlariga talabalarni joʻnatish boʻlgan.

1992-yil eng koʻp diniy taʻlim muassasalari ochilgan vaqt boʻlgan. Ushbu vaqtda

ochilgan muassasalardan quyidagilarni sanash mumkin:

6

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida 934-XII-

son qonuni / Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda /
https://lex.uz/uz/docs/-113988

7

Hamidov H., Hakimova M., Mamadaminova B. “Dinshunoslik fanidan oʻquv qoʻllanma” Toshkent irrigatsiya

instituti, 2019. 21-22-B


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1415

“Joʻybori Kalon” ayol-qizlar oʻrta maxsus bilim yurti

Buxoro shahrida faoliyat yuritadi. 1671-1929-yillardagi faoliyatidan soʻng qayta

tiklangan

“Xoʻja Buxoriy” oʻrta maxsus islom bilim yurti

Said Ahmad Vali Kulohdoʻz Xoja Buxoriyning nomi berilgan. Qashqadaryo viloyati,

Kitob tumanida joylashgan

“Sayyid Muhiyiddin Maxdum” oʻrta maxsus islom bilim yurti

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida faoliyat yuritadi. Dastlab hali bitmagan binoda

ochilgan, keyinchalik zamonaviy 3 qavatli oʻquv binosiga ega boʻldi.

“Imom Faxriddin ar Roziy” oʻrta maxsus islom bilim yurti

Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan. Eronlik mashxur alloma sharafiga

nomlangan

Muftiy Muxtorjon Abdullayev davrida ham tabiiyki turli idora va musulmonlar nomiga

turli xayr-ehsonlar, hadyalar kelib turardi. Muftiy ularning joʻnatgan egalari kimligidan xabardor
boʻlsa ularga mimmatdorchilik xatlari yuborgan vaqtlari koʻp kuzatilgan.

1994-yilda Oʻzbekiston prezidentining Misr Arab respublikasiga rasmiy tashrifi hayʻati

aʻzolari orasida muftiy ham bor edi. Oʻsha vaqtda Misr prezidenti boʻlgan Husni Muborak ushbu
rasmiy tashrifni uyushtirgan edi.

1995-yilda muftiy Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskvaga norasmiy tashrif bilan

boradi. Sababi bu yerdagi oʻzining eski shogirdlari bilan uchrashish edi. Ulardan eʻtiborlilari
Rossiya muftiylar Kengashi raisi Ravil Gaynuddin, Moskvadagi Istoricheskaya masjidining
imom-xatibi Mahmud Velitovlar edi. Safar vaqtida Moskvadagi jomeʻ masjidda muftiy tomonida
maʻviza oʻqib berilgan. Unda Oʻzbekiston va qoʻshni respublikalardan borib mehnat muxojiri
boʻlib yurganlar ham qatnashgan. Muftiy ularning mehnati halol ekanini taʻkidlab, oʻz xalqini
boquvchilari ekanini keltirib oʻtgan.

1996-yilga kelib Movarounnahr musulmonlari idorasi, hozirgi nom Oʻzbekiston

musulmonlari idorasiga oʻzgartirildi. Muftiy Muxtorjon Abdullayev ushbu lavozimda yana bir
yil ishladi. 1997-yilda oʻz xohishiga koʻra muftiylikdan isteʻfoga chiqdi va avvalgi manzili
Bahouddin Naqshband masjidi imomligiga qaytdi.

8

U kishi bu yerda to vafotiga qadar ishladi.

Shunday qilib musulmonlar idorasi tizimida yana bir bosqich tugab hozirgi davrda davom

etib kelayotgan tizim shakllanishi nihoyasiga yetdi.

REFERENCES

1.

Muhammad Amin Muhammad Yusuf. “Islomga bagʻishlangan umr”, “Hilol” nashriyoti.

2022.

2.

Oʻzbekiston respublikasi prezidentining PF-354-son qarori / Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 5-son, 219-modda /

https://lex.uz/docs/-

165464

3.

Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali — https://gov.uz/oz/religions/pages/about

4.

Azizxoʻja Xayrulloh oʻgʻli. “Zulmatdagi ziyokorlar”. “Hilol Nashr” nashriyoti. 2016.

8

Azizxoʻja Xayrulloh oʻgʻli. “Zulmatdagi ziyokorlar”. “Hilol Nashr” nashriyoti. 67-B


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1416

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-

oktabrdagi 497-son qarori /

https://www.lex.uz/docs/-508432

6.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish haqida 934-XII-son qonuni / Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda /

https://lex.uz/uz/docs/-113988

7.

Hamidov H., Hakimova M., Mamadaminova B. “Dinshunoslik fanidan oʻquv qoʻllanma”

Toshkent irrigatsiya instituti, 2019.

References

Muhammad Amin Muhammad Yusuf. “Islomga bagʻishlangan umr”, “Hilol” nashriyoti. 2022.

Oʻzbekiston respublikasi prezidentining PF-354-son qarori / Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 5-son, 219-modda / https://lex.uz/docs/-165464

Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali — https://gov.uz/oz/religions/pages/about

Azizxoʻja Xayrulloh oʻgʻli. “Zulmatdagi ziyokorlar”. “Hilol Nashr” nashriyoti. 2016.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-oktabrdagi 497-son qarori / https://www.lex.uz/docs/-508432

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida 934-XII-son qonuni / Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda / https://lex.uz/uz/docs/-113988

Hamidov H., Hakimova M., Mamadaminova B. “Dinshunoslik fanidan oʻquv qoʻllanma” Toshkent irrigatsiya instituti, 2019.