Authors

  • Toxtarbay Bekbergenov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.97790

Keywords:

Sport trenirovkasi Tennis - sport turi sifatida insonni har tomonlama jismoniy jihatdan rivojlanishiga olib keladi.

Abstract

Sport trenirovkasining prinsiplari, uslublari va vositalari Shartli ravishda sport trenirovkasi uslublarini uch guruhga bo‘lish mumkin: so‘z, ko‘rgazmali va amaliy. Ushbu uslublar alohida yoki birgalikda (baravariga) trenirovka mashg‘ulotning vazifalariga mos bo‘lishi, mazkur vazifalami hal eta olishi lozim. Bundan tashqari bu uslublar trenirovka prinsiplariga, shug‘ullanuvchilar yoshiga va tayyorgarligiga (malakasiga) mos bo‘lishi darkor. So‘z uslubi - murabbiy tomonidan biror texnik element, malaka yoki jismoniy mashqlar mohiyati, tarkibiy tuzilishi koordinatsion, biomexanik va kinematik xususiyatlarini bayon etish, tushuntirish haqida tasavvur hosil qilishdan iborat.

background image

1530

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

TENNISCHILAR SPORT TRENIROVKASINING UMUMIY ASOSLARI

Bekbergenov Toxtarbay Dlimbetovich

Ajiniyaz nomidagi NDPI Jismoniy madaniyat fakulteti

Sport panlari kafedrasi asistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15531268

Annotatsiya. Sport trenirovkasining prinsiplari, uslublari va vositalari Shartli ravishda

sport trenirovkasi uslublarini uch guruhga bo‘lish mumkin: so‘z, ko‘rgazmali va amaliy. Ushbu
uslublar alohida yoki birgalikda (baravariga) trenirovka mashg‘ulotning vazifalariga mos
bo‘lishi, mazkur vazifalami hal eta olishi lozim. Bundan tashqari bu uslublar trenirovka
prinsiplariga, shug‘ullanuvchilar yoshiga va tayyorgarligiga (malakasiga) mos bo‘lishi darkor.
So‘z uslubi - murabbiy tomonidan biror texnik element, malaka yoki jismoniy mashqlar mohiyati,
tarkibiy tuzilishi koordinatsion, biomexanik va kinematik xususiyatlarini bayon etish,
tushuntirish haqida tasavvur hosil qilishdan iborat.

Kalit so`zlari: Sport trenirovkasi, Tennis - sport turi sifatida insonni har tomonlama

jismoniy jihatdan rivojlanishiga olib keladi.


Sport trenirovkasi jismoniy, ruhiy va funksional imkoniyatlami “to'lqinsimon” prinsipda

oshira borish, texnik-taktik mahoratni shakllantirish, belgilangan musobaqa sikllarida sportchini
yuksak “sport formasi” bilan ta’minlash va shu musobaqalarda foydali natija ko‘rsatishga
“mas’ul” uzoq muddatli pedagogik jarayondir. Sport keng ma’noda musobaqa faoliyati unga
maxsus tayyorgarlik ko'rish, shu yo‘nalish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy-
axloqiy, madaniy-maishiy, jismoniy va psixofunksional, texnik va taktik jarayonlarni o‘z ichiga
oladi. “Sport” tushunchasining mohiyati insonni jamiki to‘siq va qiyinchiliklami yengib, o‘z
imkoniyatlari chegarasini yanada kengaytirishga qaratilgan intilishidan iborat. Sport - bu
ruhiyatni “charxlovchi”, kayfiyatni ko‘taruvchi, insonni jismonan, ma’nan va ruhan
shakllantiruvchi, uning “ichki” va “tashqi” madaniyatini (morfologiyasi - qaddi-qomati va
fimksional resursini) takomillashtirib boruvchi, insoniyatga cheksiz quvonch hadya etuvchi,
zamonga mos, o ‘ta ommaviy ijtimoiy harakatdir. Demak, sport chuqur ma’noli ko‘pqirrali
ijtimoiy omildir. “Sport” atamasi etimologik nuqtai nazaridan inglizcha so‘zdan kelib chiqqan
bo‘lib, daraxt kurtaklarini bir-biridan “o‘zib” o‘sishini anglatadi. Zamonaviy sport - bu o‘z
evolyutsion tarixi, mavqei va maqomi hamda o‘ziga xos musobaqa qoidalariga ega bo‘lgan
ko‘pdan-ko‘p turlardan tarkib topgan. “Sport” va “Sport trenirovkasi” atamalari pirovardidan,
“musobaqaga tayyorgarlik”, “musobaqa jarayoni”, “musobaqa faoliyati” tushunchalarini
anglatadi. 172 “Trenirovka” atamasi inglizcha so‘z bo‘lib, o ‘zbek tilida “mashq qilish”,
“charxlash” ma’nosini bildiradi. Ushbu atama turli sohalarda qo‘llaniladi. Masalan “aqliy
(intellektual) trenirovka”, “jismoniy trenirovka”, “gipoksik trenirovka”, “hayvonlar trenirovkasi”
tushunchalari amaliyotda keng o‘z aksini topgan. “Hayvonlar trenirovkasi”, “hayvonni
dressirovka qilish” tushunchasidan tubdan farq qilib, hayvonlami biror-bir tadqiqot uchun
tayyorlash (oq kalamushni tretbonda yugurishi) yoki hayvonlami (masalan itni) “harbiy
xizmatga” tayyorlash va hokazo sohalarda amalga oshirilishi mumkin. Sport amaliyotida “sport
trenirovkasi” atamasi “sport tayyorgarligi” atamasi bilan mantiqan yaqin bo‘lsada, ular birbiridan
tubdan farq qiladi. “Sport tayyorgarligi” tushunchasi keng qamrovli ma’noga ega bo‘lib,
sportchini jamiki faoliyatini (uyqu, trenirovka, ovqatlanish, tibbiy profilaktika va hokazo)
musobaqaga tayyorlashga qaratilgan jarayondir. “Sport trenirovkasi” esa bir maqsadga
yo‘naltirilgan jarayondir va nisbatan torroq ma’noni anglatadi. Muntazam sport trenirovkasi


background image

1531

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

natijasida insonning harakat faoliyati shakllanib boradi, yangi harakat shakllari vujudga keladi,
hayotiy zarur harakat malakalari (chopish, sakrash, yurish va hokazo), ko‘mkmalari
takomillashadi, psixik sifatlar (fikrlash, ong, iroda, diqqat, hissiyot va boshqa) sayqal topadi.
Muayyan sport turiga xos harakat malakalari mukamallashadi. Tennis - sport turi sifatida insonni
har tomonlama jismoniy jihatdan rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, zamonaviy tennis o‘z
xususiyati, mohiyati, mazmuni bilan kishi organizmiga katta talablar qo‘yadi. Tennis bo‘yicha
muntazam trenirovka qilish barcha jismoniy, texnik, taktik, psixo-funksional sifatlami
takomillashtiradi. Tennisga xos turli o‘zgaruvchan yo‘nalishda va tezlikda uzoq vaqt davomida
(3,5-4 soatgaeha) ijro etiladigan texnik va taktik malakalar shug‘ullanuvchini umumiy va maxsus
chidamkorligini shakllantirib boradi. Juftlik o‘yinlarida ijro eti173 ladigan texnik-taktik
harakatlar o‘zaro qo'llab-quvatlash, o ‘zaro yordam, hamjihatlik xislatlarini shakllantirib boradi.
13.2. Sport trenirovkasining maqsadi, vazifalari va mazmuni Sport trenirovkasi - bu uzoq
muddatli pedagogik jarayon bo‘lib, o‘z oldiga o‘yin malakalariga o‘rgatish, ulami
takomillashtirish, texnik-taktik harakatlami o‘zlashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Vazifalari: -
ma’naviy va ruhiy xislatlami tarbiyalash; - jismoniy va funksional tayyorgarlikni taraqqiy
ettirish; - sihat-salomatlikni mustahkamlash; - asosiy jismoniy sifatlami tarbiyalash (kuch,
tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik); - hayotiy zarur malaka va ko‘nikmalami
shakllantirish (yurish, chopish, sakrash, uloqtirish, suzish); - “Alpomish” va “Barchinoy” test
talablariga tayyorgarlik ko‘rish va topshirish; - texnik va taktik harakatlami ijro etishda zarur
qobiliyat va maxsus sifatlami taraqqiy ettirish; - o‘yin malakalari - texnik va maxsus sifatlami
taraqqiy ettirish; - о ‘yin malakalari - texnik va taktik harakatlarini yuqori saviyada ijro etishni
o‘zlashtirish; - hujum va himoyada jamoa bo‘lib maqsadga muvofiq harakat qilishni
shakllantirish; - tennis bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalami egallash (rejalashtimv
hujjatlari, kundalik olib borish, o‘rgatish texnologiyasi, hakamlik amaliyoti, ish qobiliyatini
tiklash vositalari); - o ‘zlashtirilgan о‘yin malaka va ko‘nikmalarini musobaqada samarali
qo‘llashni joriy etish. 174 13.3. Sport trenirovkasining prinsiplari, uslublari va vositalari Shartli
ravishda sport trenirovkasi uslublarini uch guruhga bo‘lish mumkin: so‘z, ko‘rgazmali va amaliy.
Ushbu uslublar alohida yoki birgalikda (baravariga) trenirovka mashg‘ulotning vazifalariga mos
bo‘lishi, mazkur vazifalami hal eta olishi lozim. Bundan tashqari bu uslublar trenirovka
prinsiplariga, shug‘ullanuvchilar yoshiga va tayyorgarligiga (malakasiga) mos bo‘lishi darkor.
So‘z uslubi - murabbiy tomonidan biror texnik element, malaka yoki jismoniy mashqlar
mohiyati, tarkibiy tuzilishi koordinatsion, biomexanik va kinematik xususiyatlarini bayon etish,
tushuntirish haqida tasavvur hosil qilishdan iborat. Ko‘rgazmali uslub odatda so‘z uslubi bilan
bir vaqtning o‘zida qo‘llaniladi va mashqlar namunasi, texnik nusxalari hamda ijro etish tartibini
videofilmlar, slaydlar va rasmlar yordamida namoyish etishdan iborat. Amaliy uslublar o‘z
navbatida ikki guruhga bo‘linadi: 1) muayyan sport turiga xos texnik malaka, harakat
ko‘nikmalarini hosil qilish va shakllantirishga qaratilgan uslublar, ya’ni aksariyat sport
texnikasini o‘zlashtirishga qaratilgan uslublar; 2) jismoniy sifatlami tarbiyalash va
rivojlantirishga qaratilgan uslublar, ya’ni, aksariyat harakat sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan
uslublar. Lekin u yoki bu uslublar qayd etilgan ikki holatda ham qo‘llanilishi mumkin.
Zamonaviy tennis bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladigan maydonchalar yuzasi turli tarkibdan
iborat bo‘lib, ulaming sifati va o‘lchamlari xalqaro musobaqa qoidalari bilan belgilanadi.
Maydon o‘ziga xos turli chiziqlar bilan chegaralanadi va tevarak atrofni to‘p tashqariga chiqib
ketmasligi uchun maxsus to‘r bilan devor shaklida o‘ralgan bo‘ladi. Yakka o‘yin uchun maydon
uzunligi 23,77 m, kengligi 8,23 m li to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega bo‘ladi. Maydonni


background image

1532

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

chegaralovchi bo‘ylama chiziqlar yon chiziq deb ataladi, ko‘ndalang chiziqlar esa orqa chiziq
deb ataladi. Maydonning ko‘ndalang tomon markazidan 6,4 m nari masofada va unga parallel
ravishda uzatish chiziqlari joylashadi. Har bir orqa chiziqning o‘rtasi uzunligi 10 sm va eni 5 sm
И o‘rta belgi deb ataluvchi kesma bilan belgilab qo‘yiladi. Bu kesma maydon ichka-risiga
yo‘naltirilgan. Juft o‘yin uchun maydonning kengligi 10,97 m bo‘lib, qolgan o‘lchamlari yakka
o‘yin uchun maydon o‘lchamlariga mos keladi. Shu sababli ko‘p hollarda juftlik o‘yin
maydonchasidan yakka o‘yin uchun ham foydalaniladi. Barcha belgilash chiziqlarining kengligi
5 sm, chiziqlarning kengligi o‘zlari chegaralagan maydonning o‘lchamiga kiradi. Maydon
tashqari-sidagi erkin joy “yugurish sathi” deb ataladi. 0 ‘lchamlari orqa chiziqlardan kamida 6,4
m, yon chiziqlardan kamida 3,7 m (18-rasm). 18-rasm. 72 Maydonchalar ochiq havoda va
binolarda qurilishi mumkin. Maydon va yugurish sathining qoplamalari tarkibiga ko‘ra bir turda
bo‘lishi shart. Ular tuproqli (maxsus aralashmadan), maysali, sun’iy qoplama bo'lishi mumkin.
Maydonning ko‘ndalang chizig‘i o'rtasida joylashgan ikki ustun orasidan diametri ko‘pi bilan 0,8
sm bo‘lgan metall, chilvir yordamida to‘r tortiladi. To‘ming maydon o‘rtasidagi balandligi 0,914
m, ustunlar oldidagi balandligi esa 1,07 m bo‘ladi. Agar juftlik o‘yin maydonida yakka о‘yin
o‘tkazilsa, to‘mi 1,07 m balandlikda tutib turish uchun yakka o‘yin uchun ustunlar turishi kerak
bo‘lgan joylarga maxsus tirgaklar qo‘yiladi. Har bir tirgakning o‘rtasi yakka o‘yin yon
chizig‘idan 0,914 m masofada joylashishi kerak. Maydonchaga o‘matilgan tirgaklar
joylashadigan yer diametri 7,5 sm li belgilar bilan qo‘yiladi. Raketka - bir butun bo‘lgan dasta,
to‘g‘ri va ko‘ndalang yo‘nalishda to’rlar bilan tarang tortilgan gardishdan iborat bo‘ladi. Rasmiy
o‘yinlar uchun qo‘llaniladigan raketkalaming umumiy uzunligi 73,66 sm, gardishning kengligi
29,21 sm bo‘lishi lozim. Turli yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlarda va norasmiy o‘yinlarda
turli og‘irlikdagi hamda turli o‘lchamdagi raketkalar qo‘llanilishi mumkin. Masalan, 10-12
yoshli bolalar 11-11,5 unsiyali (1 unsiya 29,8 grammga teng), 13-15 yoshli bolalar 12 unsiyali,
o‘smir va yigitlar 12-13,5 unsiyali raketkalardan fbydalanishlariga ruxsat etiladi. Ammo, bolalar
o‘rtasida o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalarda raketkaning tipi musobaqa nizomida qayd etilishi
tavsiya etiladi. Tennis to‘pi sariq rangdagi, tekis yumaloq yuzali matodan iborat bo‘lishi lozim.
Og‘irligi 56,7-58,5 grammga teng bo‘lishi kerak.


REFERENCES

1.

Айрапетьянц JI.P. Пулатов А. А. Волейбол назарияси ва услубияги. / Дарслик.,
“Фан ва технология”, Тошкент, 2012. -2 0 8 б.

2.

Безверхое В.П. Библиотека тренера. Теннис., «Times New Roman», Т., 2011., - 374 с.

3.

Всеволодов И.В. Базовая подготовка юных теннисистов / Научно-методическое
пособие. Изд-во: Сов. спорт, 2010., - 120 с.

4.

Голенко В.А., Скородумова А.П., Тарпищев Ш.А. Азбука тенниса. М.: Тера-Спорт,
1999. - 126 с.

5.

Курбанова М.А. Использование народных подвижных игр при отборе и тренировке
юных волейболистов на этапе начальный подготовки. Автореф.. дисс. ... канд.
пед.наук. Т.: 2006.-23 с.

6.

Мелихова Т.М. Организационно-методические основы технологий спортивного
отбора // Теория и практика физической культуры. - Москва, 2007. - №4. - С. 19-20.

7.

Мелихова Т.М. Научно-методическое обеспечение системы подготовки
спортивного резерва: Монография. - Челябинск: Урал ГАФК, 1999. - 168 с.

8.

Pulatov Sh.A. Yosh tennischilarda zarba berish aniqligini maxsus va noan’naviy


background image

1533

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligi. // Fan sportga, 2005, №4, B.3-7. 9.
Сейтхалилов Э.А. Педагогические основы оздоровительной направленности
учебно-воспитательного процесса в общеразвивательных школах Узбекистана.:
Автореф.

References

Айрапетьянц JI.P. Пулатов А. А. Волейбол назарияси ва услубияги. / Дарслик., “Фан ва технология”, Тошкент, 2012. -2 0 8 б.

Безверхое В.П. Библиотека тренера. Теннис., «Times New Roman», Т., 2011., - 374 с.

Всеволодов И.В. Базовая подготовка юных теннисистов / Научно-методическое пособие. Изд-во: Сов. спорт, 2010., - 120 с.

Голенко В.А., Скородумова А.П., Тарпищев Ш.А. Азбука тенниса. М.: Тера-Спорт, 1999. - 126 с.

Курбанова М.А. Использование народных подвижных игр при отборе и тренировке юных волейболистов на этапе начальный подготовки. Автореф.. дисс. ... канд. пед.наук. Т.: 2006.-23 с.

Мелихова Т.М. Организационно-методические основы технологий спортивного отбора // Теория и практика физической культуры. - Москва, 2007. - №4. - С. 19-20.

Мелихова Т.М. Научно-методическое обеспечение системы подготовки спортивного резерва: Монография. - Челябинск: Урал ГАФК, 1999. - 168 с.

Pulatov Sh.A. Yosh tennischilarda zarba berish aniqligini maxsus va noan’naviy mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligi. // Fan sportga, 2005, №4, B.3-7. 9. Сейтхалилов Э.А. Педагогические основы оздоровительной направленности учебно-воспитательного процесса в общеразвивательных школах Узбекистана.: Автореф.