1534
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
TA’LIMIY O‘YIN FAOLIYATI – KREATIV QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING
O‘ZIGA XOS VOSITASI SIFATIDA RIVOJLANISH DAVRLARI
Dawletyarova Feruza Quwanishbaevna
Berdaq nomidagi qaraqalpoq davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi asistenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15531280
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘qituvchining ijodkorligini nomoyon qiladigan jarayon
bu – darsdir. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan
o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har
bir o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida
o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-
axloqiy
sifatlarini
tarbiyalash
hamda
rivojlantirish
uchun
qulay
sharoitlar
yaratiladi.boshlang‘ich ta’lim jarayoni o‘quvchilar ta’limiy faoliyatida ham, o‘qituvchilarning
pedagogik faoliyatida ham muhim davr hisoblanishi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
ta’limiy o‘yinlarga bo‘lgan munosabati ancha jiddiy ekanligi, ta’limiy o’yinlarning kreativ
qobiliyatni rivojlantirishdagi o’rni haqida fikr bildirilgan.
Kalit so’z: kreativlik, ta’limiy oʻyinlar, o‘yin ishtirokchilari, ishbop o’yinlar, didaktik
o‘yinlar, rolli o‘yinlar, kompyuter o‘yinlari.
Ta’limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida rivojlanishi va
takomillashuvini innovatsiyalarning turli shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda
mutaxassisni nimaga va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni tamoyillar
asosida ko‘rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas. Ijodkor shaxsning shakllanishini
shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi
rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativlik
sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab
“kreativlik” tushunchasining ma’no mazmuni tushunib olishi talab etiladi. Kreativlik (lot, ing.
“create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi , ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab
chiqarashga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi
ijodiy qobiliyatidir. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega orginal
g‘oyalar majmui”dir. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida “kreativlik–shaxs tomonidan amalga
oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o ‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lim amaliy
qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Olimning yondashuviga ko‘ra kreativlik “muayyan soha bo‘yicha
o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega
bo‘lish” demakdir. Har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligini chuqur bilishi,
pedagogik vaziyatlarni tahlil qilishi, uslubiy modellarni to‘g‘ri tanlash qobiliyati, ta'lim
jarayonidagi ta'sir mazmuni va usullarini loyihalashni bilishi zarur. Shundagina yetik mutaxasis
bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kreativlik sifatlarini amalga oshirishda
jamoanining o‘rni beqiyos. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasini ijtimoiy ahamiyatga ega
yagona maqsadni ko‘zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab
qo‘yilgan organiga ega bo‘lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi,
barcha a’zolarimng huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo
‘lgan o‘quvchilar guruhini tashkil qilishda ijodiy yondashgan holda amalga oshirsa ko‘zlagan
maqsadga erishiladi. O‘qituvchining ijodkorligini nomoyon qiladigan jarayon bu – darsdir. Dars
bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi
bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi
1535
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan
asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini
tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Darhaqiqat, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarida kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishda o‘qituvchidan sinfdan va
maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda noan’anaviy usullardan keng foydalangan holda
amalga oshirishi talab qilinadi. O‘qituvchida kreativni rivojlantirishda turli xil interfaol
metodlarni bilishi va o‘zing faoliyati davomida samarali foydalanishi lozim. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida
izchil o‘qib organish, o‘z ustida tinimsiz ishlash orqali shakllantiriladi va u astasekin
takomillashib, rivojlanib boradi. Har bir o‘qituvchi ijodiy o‘z-o‘zini tarbiyalash olishi zarur.
Bunda o‘zini o‘ziga xos ijodiy shaxs sifatida anglash, uni yanada takomillashtirish va
moslashtirishni talab qiladigan kasbiy va shaxsiy fazilatlarini aniqlash, shuningdek uzluksiz
tizimda o‘z-o‘zini takomillashtirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqish o‘z-o‘zini
tarbiyalash demakdir. Boshlang‘ich ta'lim jarayoni o‘quvchilar ta'limiy faoliyatida ham,
o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida ham muhim davr hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining ta'limiy o‘yinlarga bo‘lgan munosabati ancha jiddiy. Ularning ko‘pchiligi bir
qator o‘yinlarni boshlang‘ich sinflar darslarida foydalanish uchun qulayligini aytib o‘tdilar.
Ammo bu o‘yinlar deyarli bir xil edi. Bundan tashqari “Didaktik o‘yinlardan darsning qaysi
qismida ko‘proq foydalanasiz?” deb so‘raganimizda, 10 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
“Asosan dam olish daqiqalarida hamda o‘tgan mavzni mustahkamlashda” deb javob berdilar.
Vaholanki, to‘g‘ri foydalanilgan didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida
yangi mavzuni bayon qilishda hamda mustahkamlashda eng qulay metod hisoblanadi. Zero,
o‘yin bilimlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi har qanday mashaqqatlarni osongina engib o‘tishga, qiyin
jarayonni o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirgan holda engillatishga yordam beruvchi ta'lim usulidir.
Darslarning shu zaylda tashkil etilishi barkamol shaxs tarbiyasida muhim qadam bo‘lib xizmat
qiladi. Ta’lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar ham o‘quvchilar tafakkurini
rivojlantirish vositasi sanaladi. Didaktik o‘yinlarga dam olish yoki vaqt o‘tkazish vositasi emas,
balki ta’lim beruvchi faoliyat deb qarash lozimdir. Ta’limiy o‘yinlarning turli xil tasnifi
mavjudligi xususida ishning birinchi bobida to‘xtalib o‘tgan edik. O‘yinlar mazmuni va amalga
oshirish shakliga ko‘ra sinflarga ajratilgan edi. Quyida boshlang‘ich sinf ona tili darslarida
uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar va ularning mustaqil fikrlash bilan bog‘liq o‘ziga xos
xususiyatlari haqida fikr yuritamiz. Tinch o‘yinlar “O‘zim tekshiraman”. Bunday o‘yinlarni
o‘tkazishda kichik hajmdagi diktant matni tanlanadi va u darsning kirish qismida uyushtiriladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga kichik hajmdagi diktant yozdiradi. Barcha o‘quvchilar yozib
bo‘lishgach, o‘qituvchi xattaxtaga diktantni yozib ko‘rsatadi. Mabodo diktant oldin xattaxtaga
yozilib, usti yopib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘qituvchi pardani ochadi. O‘quvchilar esa unga qarab
o‘zlari yozgan diktantni tekshiradilar. Bunday diktantlarni alifbe davrida ham qo‘llash mumkin
bo‘lib, o‘qituvchi avvaliga faqat harflardan, so‘ngra (undosh harflar bilan tanishtirilgach)
bo‘g‘inlardan iborat quyidagicha turli variantlarda diktant yozdirsa, o‘quvchilarning o‘quv-biluv
malakalari shakllana boradi. 1-variant: O, o, I, i, U, u, A, a. 2-variant: -Lo, -no, -to, -mi, -un, -in.
3-variant: Bola, lola, ona, zar, par. 4-variant: Bugun havo issiq. “Hikoya”. O‘qituvchi xattaxtaga
bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya
tuzadilar. Shu jarayonda ularning lug‘at boyligi oshishi bilan birga, gaplarni to‘g‘ri tuzish,
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi.
O‘qituvchining vaqti-vaqti bilan rag‘batlantirishi o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini
1536
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
orttiradi. Bu o‘yindan darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda ham bemalol foydalanish
mumkin. Masalan: Nafisa, soat, yomg‘ir, kitob. “U kim? Bu nima?”. Stol ustiga bir qancha
predmetlar terib qo‘yiladi. O‘qituvchi shu predmetlardan birortasini ta'riflaydi. O‘quvchilar shu
belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar. Bu o‘yinning afzallik tomoni
shundaki, uni dars davomida o‘quvchilar diqqatini jamlash, qo‘llariga dam berish maqsadida
yoki yangi tovushlar bilan tanishtirish, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida foydalanish
mumkin. Bu o‘yin o‘quvchilarda ziyraklik, sinchkovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirishga imkon beradi. Masalan: U shar shaklida. Uni mashhur
sportchilarimiz ham stadionlarda o‘ynaydilar. U yosh bolalarning ham sevimli o‘yinchog‘i.
(javob: koptok). “Topag‘on”. O‘qituvchi biror belgi asosida savol beradi. O‘quvchilar shu
belgini o‘zida aks ettirgan predmetlar nomlarini aytadilar. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan
o‘quvchilar g‘olib sanaladi. Bu o‘yinni o‘tkazish o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqidagi
dastlabki ma'lumotlar berish jarayonini engillashtiradi. Bundan tashqari, hozirjavoblik,
mustaqillik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlarni shakllantiradi. “Noto‘g‘ri jumla”. Bu o‘yin
suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘qituvchi suratni tasvirlab berish davomida suratga tegishli
bo‘lmagan jumlalarni ham ishlatadi. O‘quvchilar ziyraklik bilan shu jumlani topishlari lozim.
O‘quvchilardan bu o‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab
qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatish bilan bir qatorda o‘qituvchining hikoyasini ham
diqqat bilan tinglab turadilar. Har bir noto‘g‘ri jumlani topish ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi
va darsga qiziqishini orttiradi. Bu o‘yindan faqat ona tili darslarida emas, darsdan tashqari
mashg‘ulotlarda ham foydalanish mumkin. “Bo‘lishi mumkin emas”. O‘yin davomida o‘qituvchi
matnni o‘qiydi. O‘quvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni
topishlari lozim. Hazil-mutoyiba bilan o‘tadigan bu o‘yin ziyraklik, sinchkovlik va
kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birga, hikoya tinglash ko‘nikmasini shakllantirishga ham
yordam beradi. XIX asrning oxirida nemis olimi K.Gross o‘yinlarni tizimli o‘rganishga harakat
qilgan bo‘lsa, nemis psixologi K.Byuller o‘yinlarni “qoniqish hosil qiluvchi” faoliyat sifatida
tadqiq etadi. L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyevlar fikricha, o‘yinlarni nazariy jihatdan ijtimoiy
tabiatiga ko‘ra ma’lum faoliyatiga yo‘naltirilganligi bilan bog‘lab, tadqiq etgan bo‘lsalar,
D.B.Elkonin shaxs xulqini boshqarishni tarkib toptirib, uni takomillashtiruvchi faoliyat sifatida
talqin etadilar. Lekin o‘yinlarni yagona va eng muhim asosiy xususiyati uning ta’limdagi
ahamiyatliligidir. O‘yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. O‘yinlarning
eng muhim jihati uning ikki tamonlama xarakterga egaligi bo‘lib, uning dramatik san’atga ham
mosligidir. Bir tamondan o‘yin ishtirokchilari uni amalga oshirishda muayyan nostandart
vazifalar bilan bog‘liq xaqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tamondan esa o‘yinlar bu
faoliyatning aksariyat paytlarida ma’suliyatni his etgan holda haqiqiy vaziyatlardan chetga
chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar. Demak, o‘yinlarning ikki tomonlama vazifani
bajarishi uning rivojlanuvchi natijaga ega bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘yin faoliyati elimentlaridan
ta’lim jarayonida keng foydalaniladi.Ular ishbop o’yinlar, didaktik o‘yinlar, rolli o‘yinlar,
kompyuter o‘yinlari shular jumlasidandir. Ishbop o‘yinlar kasb faoliyati predmeti yoki ijtimoiy
mazmunini qaytadan yaratish shakli bo‘lib, amaliyotning ana shu turiga xos munosabatlar
tizimini modellashtirishdir. Ishbop o‘yinlarni o‘tkazishda uning qatnashuvchilari faoliyatini
maxsus (o‘yin tarzida) imitatsiya modelida rivojlantirishdan iboratdir.
1537
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
REFERENCES
1.
M.Usmonboyeva va A. To‘rayev “Kreativ pedagogika asoslari”. O‘quv uslubiy majmua
Toshkent, 2016, 193 b.
2.
Husanboyeva Q. Adabiy ta’limda mustaqil fikrlashga o‘rgatish asoslari. – Toshkent:
O‘zginkomtsentr, 2003.-103 b.
3.
Mahmudov M.X. Ta’limni didaktik loyihalashning nazariy asoslari : - Ped. fanl.doktori
ilm.darajasini olish uchun yozilgan diss. Avtoreferati. – Toshkent. 2004.- 45b.
4.
Dilova N.G‘. Boshlang‘ich ta’limda o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish
mexanizmlarini takomillashtirish: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD). ...
diss. – Nukus, 2018. – 152 s.
5.
Зиёмуҳаммадов Б. Педагогика. Олий ўқув юртлари учун қўлланма. - Т.:
«ТуронИқбол». 2006.
6.
Иноятов У.И., Муслимов Н.А., Усмонбоева М., Иноғомова Д. Педагогика: 1000 та
саволга 1000 та жавоб / Методик қўлланма. - Т.: Низомий номидаги ТДПУ, 2012.
7.
Мавлонова Р. ва бошқалар. Умумий педагогика. Дарслик. - Т.: «Наврўз» нашриёти,
2016.7
8.
Педагогик атамалар луғати. – Т.: «Фан», 2008.
9.
Тохтаходжаева М.Х. ва бошқалар. Педагогика назарияси. ОТМ учун дарслик. – Т.:
«Iqtisod-moliya», 2010.
10.
Усмонбоева М., Тўраев А. Креатив педагогика асослари. ўқув –услубий мажмуа. -
Т.:ТДПУ 2016
