Authors

  • Eshimbetov Olimjon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.99195

Keywords:

Matn nutq ko’nikma tahlil metod tasavvur interaktiv pedagogik texnologiya tallafuz talqin so`zlash malakasi bayon qilish madaniyati оg`zaki hamda yozma nutq.

Abstract

O’quvchilarda matn vоsitasida o‘quvchilarning nutq o`stirish bilan bоg`liq bo`lgan mashg`ulоtlar izchiligi borasida tavsiyalar. Turli xil interaktiv o’yinlar va ularni ta’lim jarayonida maqsadli qo’ll’ashning interaktiv jihatlari tadqiq qilindi.ayniqsa, matn vоsitasida o‘quvchilarning bоg`langan nutq malakasini rivojlantirish usullariga alohida e’tibor berildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1756

O‘QUVCHILARNING BOG’LANISHLI NUTQINI MATN VOSITASIDA

SHAKLLANTIRISH METODLARI

Olimjon Eshimbetov

Ajiniyoz nomidagi NDPI katta o‘qituvchisi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori

PhD.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572395

Annotatsiya. O’quvchilarda matn vоsitasida o‘quvchilarning nutq o`stirish bilan bоg`liq

bo`lgan mashg`ulоtlar izchiligi borasida tavsiyalar. Turli xil interaktiv o’yinlar va ularni ta’lim
jarayonida maqsadli qo’ll’ashning interaktiv jihatlari tadqiq qilindi.ayniqsa, matn vоsitasida
o‘quvchilarning bоg`langan nutq malakasini rivojlantirish usullariga alohida e’tibor berildi.

Kalit so’zlar: Matn, nutq, ko’nikma, tahlil, metod, tasavvur, interaktiv, pedagogik

texnologiya, tallafuz, talqin, so`zlash malakasi, bayon qilish madaniyati, оg`zaki hamda yozma
nutq.


O‘quvchilar nutqini ularning tafakkuridan ajratib tasavvur qilib bo‘lmaydi. Nutq tafakkur

negizida shakllanib, takomillasha boradi. Bu pedagogik tajribada sinalgan hodisadir.

Qoraqalpoq sinflarida ta’lim oluvchi o‘quvchilarning o‘zbek tilida erkin va bejirim gapira

olishi, yoza bilishi, muloqot qilishi asnosida so‘zlarni bexato talaffuz qilishi ko‘p hollarda
o‘qituvchining masalaga sistematik yondashuviga bog‘liq bo‘ladi.

Muloqot – inson ruhiy-ma’naviy dunyosining mahsuli. Muloqot kishilik jamiyatining

muhim asosi. Usiz hech bir ijodiy sifat yuzaga chiqmaydi. O‘quvchi o‘z talaffuzi bilan qay
darajada masalani o‘zlashtirib borayotganini anglab, o‘zi haqida o‘ziga baho berib boradi.

O‘zbek tili darslari, bolalar nutqini, lug‘at boyligini boyitishga samarali yordam beradi,

nutqni tuzishni o‘rgatadi.

Umuman, ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilar bog‘lanishli

nutqini tartibli tashkillashtirish uchun o‘qituvchidan mas’uliyat va matonat talab qilinadi. Zero,
nutqiy ko‘nikma, mahorat, sohaning yangiliklaridan, pedagogik tavsiyaviy xarakterdagi
ko‘rsatmalardan yaxshi xabardor bo‘lish ham yaxshi samara beradi. Zotan, aqliy va hissiy
faoliyat bir-birini to‘ldiruvchi ikki inson xususiyatlaridir. Aytish joizki, rang-tasvir va amaliyot
ishlari bilan uzviy olib borilsa, natijada bola nutqi teranlashadi. So‘zni talaffuz qilishga
odatlanishadi. Mantiqiy fikrlash tarzi rivojlanadi. Olamdagi hodisalarga baho berishda
teranlashadi. Negaki, oilada olib bo‘lgan ta’lim (og‘zaki suhbat)ni maktabda kundalik faoliyatida
qo‘llaydi. Shuning uchun bolalarning yosh va fikrlash xususiyatiga qarab ta’lim berishni yo‘lga
qo‘yish lozim.

Maktablarda juda ko‘plab muammolar bor. Vaqt esa tig‘iz hamda kamlik qiladi. 20 ta

o‘quvchining o‘rniga 35 nafar o‘quvchi ta’lim olishadi. Xo‘p, natija va sifat ko‘rsatgichi qanday
oqibatlarga olib kelishini o‘zingiz o‘ylab ko‘rishingiz mumkin.

DTSda “Bolajon” tayanch dasturida badiiy adabiyotning muhim natijalarni berishi

kiritilgan. Zero, badiiy adabiyot bolalarning monologik va dialogik nutqini o‘stirishda muhim
atribut sanaladi. Misol tariqasida, istaymizmi yo‘qmi, inson jim turgan paytida o‘z-o‘zi bilan
muloqot olib boradi.

Bolalar-chi? Bolalar esa tasavur va xayolot olamida benihoya kengliklarga sayr qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1757

Adabiy ertak qahramonlari kabi – mard, jasur, olijanob, vatanparvar, iqdtiroli,

kashfiyotchi, mohir uchuvchi singari o‘zida ichki qoniqish hissini shakllantiradi.

P.f.n.,dots. L.Mirjalolova shunday yozadi: “Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish

bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar ko‘pincha s-z, p-f, t-d, p-b, u-o‘, x-h, q-g‘ tovushlarini talaffuz qilolmaydilar. Nutq
jarayonida ketappan – ketyapman, Hojaxon – Shohjaxon, Yo‘stam – Rustam, qalg‘a – qarg‘a
kabi talaffuz etishda yo‘l qo‘yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni to‘g‘ri talaffuz etishga
yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga
ega. Ba’zi bolalar o‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular
talaffuziga e’tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me’yorda so‘zlab, muomala qilishga o‘rgatish
zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib
qoladi” [1]. Darhaqiqat, bolalarning monologik nutqini maktab ostonasiga ilk qadam kungacha
ham rivojlantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi. Aynan mana shu ta’lim bola nutqini yanada
rivojlantirish uchun muhim taomillardan biri sanaladi. Boǵlangan nutq murakkab jarayon
sanalib, u ichki qatlam va shamoyillar mushtarakligini dalolatlaydi. SHaxsni yuksak
insonparvarlik hamda vatanparvarlik hissida tarbiyalash, mAnaviy-mArifiy ilǵamni yetakchi
óringa kótarish, tahlil teranligi va tasvir tiniqligini markazlashtirish istiloh tabiatini tavsiflaydi.

Shu mAnoda, badiiy nutq mohiyati oǵzaki va yozma bayon mushtarakligini birlashtiradi.
Unda material mohiyati va xarakteri maqsadga uyushadi. Uyushiq Azolar tizimi mantiqiy

bosqichlarni boshqaradi. Tóǵri, matn tanlovi mutaxassis tayyorgarligi, bosqich va qismlar
orasidagi munosabat aloqadorligi, mutolaa va yozuv ziddiyatini umumlashtirishni maqsad qilib
qóyadi.

Negaki, matn – ijodiy yondashuv samarasi, unda anglash óziga xosligi hamda ózlashtirish

falsafasi bir-biri bilan konfliktga kirishadi. Binobarin, odamzod bilim saviyasi muntazam óqishni
mAqul kóradi. Matn esa, óz navbatida, nazariy mAlumotlarni tashkil etadigan majmua
hisoblanadi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan bilimlarni órganish va ózlashtirish vazifasi
turadi. Jamiyat taraqqiyotini hayotning takomillashuvini shuningsiz tasavvur qilib bólmaydi.

Bunga erishishning birdan-bir yóli yosh avlodning óqish va bilim kónikma va malakasini

shakllantirishdir. Hadislarda «Beshikdan to qabrgacha ilm izla», deyilishida judda katta hikmat
bor. Ilm bobidagi izlanish va intilishlar insonni manaviy jihatdan óstiradi, axloqiy barkamollikka
eltadi. SHuning uchun ham bizning davrimizda xalq ta’lim tizimiga, yoshlar ma’naviyatining
muhim bir manbai sifatida katta e’tibor berilmoqda.

Óqishda malakasizlik, óqish madaniyatini bilmaslik har qanday órganish jarayonini

tinkani quritadigan oǵir mehnat va majburiyatga aylantiradi. Óqish va órganish malakasi
muayyan darajada shakllangan kishi uchun esa, ushbu faoliyat zavq beradigan ijodiy faoliyatga
aylanadi. Qiynayotgan ishning samaradorligini tAminlaydi.

Maktab adabiy ta’limning turli bosqichlarida óquvchilarni badiiy matn ustida ishlashga

órganishning maqbul usullari va shakllaridan foydalanish, shu jarayonda badiiy-estetik
tushuncha va zavqni tarbiyalash, ularni kitobxonlikka órgatish kabi muammolar, (u) metodist
olimlarning doimiy diqqat markazida bólib kelayotgani ham xuddi shu sababdandir.

Barcha sinf mashǵulotlarida, shu jumladan ona tili darslarida ham tilni amaliy jihatdan

ózlashtirib olinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1758

Óquvchilar ertaklar aytadilar, óqiganlarini qayta hikoya qiladilar, matn tuzadilar, uydagi

va maktabdagi ishlari haqida, óyinlari, atrofdagi hayot haqida sózlaydilar, ayrim narsalarni,
voqea-hodisalarni muhokama qiladilar. Dastlabki vaqtda óquvchilar óqiganlari yoki rasm
asosida, shaxsiy kuzatuv va taassurotlari asosida qilgan ishlari va sayohatlar tóǵrisida, ba’zan
ózlariga yaxshi tanish bólgan predmetlarni tasvirlab, kichik mustaqil hikoya, matn tuzadilar.

«Nutq óstirish bilan boǵliq bólgan mashǵulotlar izchil, doimiy ravishda ótkazib

borilmasa, ta’limning yaxshi, sifatli bólishiga, óquvchilarning madaniy nutqini egallashlariga
erishib bólmaydi. Shunga kóra, darsda nutq óstirishni takomillashtirib borish, boshlanǵich sinflar
ishini órta sinflar ishi bilan, órta sinflar ishini yuqori sinflarda amalga oshiriladigan ishlar bilan
boǵlangan holda davom ettirish óqituvchi zimmasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi» [2].

Nutq óstirish tafakkurni óstirish demakdir, chunki nutq tafakkur bilan chambarchas

boǵliq. Bolaning fikrlash qobiliyatini óstirishga e’tibor bermay turib, nutqni óstirish mumkin
emas. Óqituvchining muhim vazifasi bola fikrining mazmunli, mantiq jihatdan tóǵri va izchil
bólishiga ǵamxórlik qilishdir. Óqishni hayot bilan boǵlash, atrof-muhitni kuzatish, uni órganish
jarayonida óquvchi nutqi ustida ishlash, bolani turli bilimlar bilan boyitish nutqni mazmunli
qilishning eng asosiy vositalaridir.

QIZIQ TADQIQOT

(E’tiborli bo‘ling)

Biz jonli tabiatning bir bo‘lagimiz. Atrofimizni o‘rab turgan olam bizning

ehtiyojlarimizga xizmat qiladi. Biroq inson yashashi uchun zarur bo‘lgan suv, toza havo, elektr
energiyasi ( ***) kabilar bitmas-tuganmas deb o‘ylamang. Siz atrofga e‘tiborli bo‘ling.
Insonlarning atrof-muhitga munosabati qanday ekanligini bilish uchun mutaxassislar kichik
tadqiqot – kuztuv o‘tkizishbdi. O‘quvchilar har kuni qatnaydigan yo‘lak, o‘qiydigan joylarda
barg-(***)larni yoqib qo‘yishibdi, suv tushadigan jo‘mraklarni atayalab ochib qo‘yishibdi, kuduz
kuni elektr chiroqlar ham yoqib qo‘yilibdi. Bir kun davomida o‘quvchilarning bu holatga
munosabatini kuzatishibdi.

Ertasi kuni o‘quvchilarni yig‘ib ularga bo‘lgan voqea haqida mAlum qilishibdi. Hech kim

qancha mashaqqat bilan tortib kelingan ichimlik suvi isrof bo‘layotgani, biror kimsa havoning
ifloslanayotganidan bezovta bo‘lmagani, ota-onalarining qiynalib tólayotgan soliqlari hisobiga
ishlab chiqilayotgan elektr energiyasining behuda sarf bo‘layotganiga ham hech kim diqqat
qilmaganini aytishibdi. Hamma e’tiborsizligidan xijolat bo‘libdi.

Mutaxassislar birozdan vaqtdan so‘ng yana kuzatuv o‘tkazishibdi. Endi o‘quvchilar tutab

yotgan xazonlari o‘chirib, oqizib qoyilgan toza suv jo‘mraklarini yopib, keraksiz paytda yoniq
turgan elektr chroqlarini o‘chirib qo‘yishyotgani mAlum bo‘lgan.

Qadrli o‘quvchilar! Doim e’tiborli va tejamkor bo‘ling. Tabiat ne’matlarini va o‘zgalar

mehnatini qadrlashni o‘rganing!

Tillarning o‘ziga xos xususiyatlariga tayanish lingvistik va didaktik talablarga javob

beradigan yangi avlod darsliklari va metodik adabiyotlarni chop etish o‘zlashtirishda yuqori
samara beradi, shuningdek, o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Maqollar bu borada o‘qituvchida katta yordam beradi:
“Bir maqtanchoq g‘oz bor ekan. U g‘oz har kuni odamlar oldiga kelib, maqtanaverar

ekan. Bir kuni yana maqtanib:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1759

– Men osmonda uchaman, suvda suzaman, erda chopaman, – debdi.
Bir dono odam kelib g‘ozdan: – Osmonda uchganingda sen burgutdek ucha olasanmi? –

deb so‘rabdi.

G‘oz: – Yo‘q, – debdi.
Dono odam: – Suvda suzganingda baliqdek suza olasanmi? – debdi.
G‘oz: – Yo‘q, – debdi.
Dono odam yana: – Erda chopganingda otdek chopa olasanmi? – debdi. G‘oz:
– Yo‘q, – debdi. SHunda odamlar kulishibdi:
– Hay, maqtanchoq g‘oz, hunaring oz! – deb urib, quvib yuboribdilar.
Xulosa: ba’zi odamlar ham xuddi shu g‘ozdek ko‘p maqtanib, dakki eydi” [3].
Bog‘lanishli nutqni rivojlantirish metodikasining mazmuni o‘zida mazmunli va

ta’sirchan nutqni talab etib, adabiy til me’yorlariga asoslangan semantik va strukturaviy
butunlikni o‘zida mujassam etadi.

REFERENCES

1.

Mirjalolova L. Maktabgacha yoshdagi bolalarning monologik nutqini o‘stirish. –T.:
NDPU. Uslubiy ko‘rsatmalar2015. –B.7-8.

2.

Hotamov A., Zunnunov N. Adabiyot óqitish metodikasi.-T.: 1992.–B 268.

3.

12.O‘zbek xalq ertaklari.

https://ziyouz.uz/ozbek-xalq-ogzaki-ijodi/ozbek-xalq-ertaklari/

References

Mirjalolova L. Maktabgacha yoshdagi bolalarning monologik nutqini o‘stirish. –T.: NDPU. Uslubiy ko‘rsatmalar2015. –B.7-8.

Hotamov A., Zunnunov N. Adabiyot óqitish metodikasi.-T.: 1992.–B 268.