236
JADIDCHILARNING AMALIY HARAKATLARI VA TARIXIY TAQDIRLARI
HAQIDA IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLAR
Qosnazarova Palzada Quwanishbaevna
Nukus davlat pedagogika instituti 09.00.04 ijtimoiy falsafa 2-bosqich tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12572714
Annotatsiya.
Maqolada Jadidlarning 1916 yil o‘zbek xalqining milliy ozodlik uchun olib
borgan kurashi, nafaqat Turkiston, balki Markaziy Osiyo va Qozog‘istonning ham ko‘pgina
shahar va qishlokdarida gurillab yongan qo‘zg‘olon, tadqiqotchilar Sharif Rizo, Mavlon Vahobov
vuallifidagi kitoblarda keltirilgan qo‘zg‘olon haqidagi fikirlar ma‘lumotlar bayon etilgan.
Tayanch so’zlar:
Jadidchilik harakati, oq podsho, Qutlug‘ qon, Milliy burjuaziy, harbiy
holat, Sebzor dahasi.
СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ ПРАКТИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
И ИСТОРИЧЕСКИХ СУДЕБ ДЖАДИДИСТОВ
Аннотация.
В статье изложены взгляды джадидов на борьбу узбекского народа за
национальное освобождение в 1916 году, восстание, вспыхнувшее во многих городах и селах
не только Туркестана, но и Средней Азии и Казахстана, изложенные в книгах
исследователей Шарифа Резы, Мавлона Вахабова.
Ключевые слова:
Джадидистское движение, Белый Царь, Кутлуг крови,
национальная буржуазия, военное положение, Себзор и др.
SOCIO-PHILOSOPHICAL FOUNDATIONS OF THE PRACTICAL ACTIONS AND
HISTORICAL DESTINIES OF THE JADIDISTS
Abstract.
The article details the Jadids ' 1916 struggle for national liberation of the Uzbek
people, the uprising, which gurily burned in many cities and villages not only in Turkestan, but
also in Central Asia and Kazakhstan, the ideas of the uprising, which were presented in the books
of researchers Sharif Rizo, Mavlon Vahobov vuallifi.
Key words:
Jadidism movement, white king, Holy Blood, national bourgeoisie, martial law,
Sebzor genius.
1916 yil qo‘zg‘oloni o‘zbek xalqining milliy ozodlik uchun olib borgan kurashi tarixining
yorqin sahifalaridan biridir. Nafaqat Turkiston, balki Markaziy Osiyo va Qozog‘istonning ham
ko‘pgina shahar va qishlokdarida gurillab yongan qo‘zg‘olon olovi, bir tomondan, chor hokimiyati
o‘tkazgan zulmning haddan oshgani, ikkinchi tomondan, XX asrning 10-yillariga kelib mo‘min-
237
musulmon xalqlarning ijtimoiy ongi o‘sib, o‘z haq-huquqini tiklash va mustamlakachilik
kishanlarini parchalash uchun kurashga astoydil otlanganidan darak berdi.
Jadidlarning bu milliy ozodlik harakatiga munosabati haqida juda oz yozilgan. Bu oz
ma'lumotlarda ham ularning 1916 yil qo‘zg‘oloniga bo‘lgan munosabati faqat salbiy baholanib
kelingan.
Hamza ijodining ilk tadqiqotchilaridan biri Sharif Rizo “Yangi saodat kurashchisi” (1939)
degan maqolasida mazkur masalaga to‘xtab, bunday yozgan: “Kechagina “oh, millatim!” deb tilini
osiltirib yurgan jadid ziyolilari va o‘zbek boylari oq podshoga o‘zlarining sodiqliklarini va uning
“ko‘p yillar” yashashi uchun har qanday og‘ir xizmatga tayyorliklarini bildiradilar”. Sharif
Rizodan to‘rt yil avval "Jadid adabiyotining sinfiy mohiyatiga" sarlavhali maqolasida Hamid
Olimjon ham bunday so‘zlarni aytgan: “Bu vaqtda o‘zlarini yangilik tarafdori, “inqilobiy” xalq
uchun kurashuvchi qilib ko‘rsatib kelgan, hammaga “och ko‘zingni”, deb baqiruvchi jadidlar
yo‘lda chekilib qoldilar.
Ular isyonchilar bilan, inqilobiy omma bilan bora olmadilar. Isyonchilar va
inqilobchilarning yo‘li va ishi ular uchun yot va qo‘ldan kelmaydigan bo‘lib chiqdi ". Atoqli shoir
mazkur masala xususidagi fikrlarini jamlab, “Qo‘zg‘olonni bosish, isyonni tugatishda jadidlar
chorizmga yordam qildilar” deb yozgan. Shubhasiz, bu har ikkala yozuvchining jadidlarni masxara
qiluvchi yuqoridagi so‘zlari sovet mafkurasining talabi bilan aytilgan.
Agar bu har ikkala muallif jadidlarning 1916 yil qo‘zg‘oloniga bo‘lgan munosabatlari
haqida yo‘lma-yo‘lakay fikr bildirgan bo‘lsalar, sovet davrining taniqli tarixchisi Mavlon
Vahobov “O‘zbek socialistik millati” (1960) kitobida mazkur masalaga maxsus o‘rin ajratib,
jumladan, quyidagilarni yozgan: “...tug‘ilib kelayotgan o‘zbek milliy burjuaziyasi va uning
mafkurachilari bo‘lgan jadidlar 1916 yil qo‘zg‘oloni davrida podsho hukumatiga qarshi
chiqmadilar, aksincha, chorizm va rus burjuaziyasi tarafida bo‘ldilar.
Shuning uchun Turkistonning o‘zbek rayonlaridagi 1916 yil qo‘zg‘oloni bir butun xalq
qo‘zg‘oloniga aylanmasdan, ayrim shahar va qishloq aholisining yakkama-yakka chiqishidan
iborat bo‘lib qoldi... O‘zbek milliy burjuaziyasi qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan taqdirda qo‘zg‘olon
katta yutuqlarga erishishi mumkin bo‘lardi”.
M.Vahobovning zikr etilgan kitobidan keyin kechgan vaqt mobaynida jadidchilik harakati
va uning namoyandalari oqlanibgina qolmay, ularning ijtimoiy, adabiy va madaniy-ma'rifiy
faoliyati to‘g‘risida ko‘plab kitob, risola va maqolalar yaratildi. Ammo ularda jadiddarning 1916
yil voqealariga munosabati masalasiga aniqlik kiritildi, deyish qiyin.
238
Jadiddar Turkistonning XX asrdagi ijtimoiy-madaniy hayotida qanchalik muhim o‘rin
tutgan bo‘lmasin, ularning siyosiy partiyaga xos belgilar -rahbarlik qiluvchi markaz, qat'iy harakat
dasturi, nizom va a'zolarga ega bo‘lmaganini nazardan qochirmaslik lozim. Jadidchilik harakati
1905-1917 yillarda yangi maktab, matbuot, adabiyot va teatr, shuningdek, namoyishlarni tashkil
qilish orqali xalq ommasiga muayyan ta'sir o‘tkazdi. Lekin bu ta'sir doirasiga xalq ommasining
barcha qatlamlari jalb etildi, deyishga asos yo‘q.
Shuning uchun ham na qurolli kuchlari, na boshqa imkoniyatlari bo‘lgan jadiddarning
qo‘zg‘olonning pirovard takdirini bila turib, unga rahbarlik qilishlari mumkin emas edi. To‘g‘ri,
jadidlar "oq podsho"ning mardikorlikka olish haqidagi farmoni munosabati bilan stixiyali
boshlangan qo‘zg‘olondan chetda turishlari, uni ko‘rmaslikka olishlari mumkin emas edi. Shuning
uchun ham ular qo‘zg‘olonning dastlabki davrida isyonchilar tarafida bo‘ldilar, hatto ularning
xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab turdilar.
Lekin Turkistonda harbiy holat e'lon qilinishi bilan aniq harakat dasturiga ega bo‘lmagan
ommaning stixiyali harakati ko‘ngilsiz oqibatlarga olib borishi mumkinligini yaxshi bilgan
jadiddar isyonchilarga rahbarlik qilishni o‘z zimmalaridan soqit qilib, qo‘zg‘olonni tinch o‘zanga
burib yuborishga urindilar.
Buning, shubhasiz, bir necha sabablari bor. Birinchidan, masalan, 11 iyul kuni Toshkentda
bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon oqibatida qo‘zg‘olonchilardan 11 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi esa jarohat
olgan. Qo‘zg‘olonchilar boshqa shahar va qishloqlarda ham shunday talofat ko‘rganlar.
Ikkinchidan, sodir bo‘lgan vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgan ulamo
qo‘zg‘olonga diniy tus bermoqchi bo‘lib, xalqni g‘azovatga chaqirgan.
G‘azovat jazavasiga tushgan ommaning esa o‘zini ham, "oq podsho" farmoniga aloqasi
bo‘lmagan rus aholisini ham xonavayron qilishi hech gap emas edi. Uchinchidan, vaziyatning
jiddiy tus ola boshlaganini ko‘rgan Turkiston general-gubernatorligi 17 iyulь kuniyoq o‘lkada
harbiy holatni joriy qildi. Favqulodda vakolatga ega bo‘lgan mahalliy ma'muriyat ommaviy
tartibsizlikda ishtirok etgan har bir kishini harbiy holat qonunlariga ko‘ra qattiq jazolashi mumkin
edi. To‘rtinchidan, Turkistonga shu kunga qadar rahbarlik qilgan general-gubernator aholi bilan
pachakilashishda ayblanib, uning o‘rniga O‘rta Osiyoni zabt etishda ishtirok etgan general-
ad'yutant A.N.Kuropatkin general-gubernator etib tayinlangan va unga favqulodda vakolatlar
berilgan edi. Beshinchidan, chor hokimiyati qo‘zg‘olonni bostirish uchun o‘lkadagi muntazam
qurolli kuchlardan tashqari, yana 14 ta batalьon, 33 ta kazak harbiy qismi, 42 ta to‘p va 69 ta
pulemyot jo‘natgan edi.
239
Ana shunday sharoitda jadiddarning 1916 yil qo‘zg‘oloniga boshchilik qilishlari xalq
ommasini jar yoqasiga yetaklash bilan baravar edi.
M.Vahobov davom etib, yozgan: "Milliy burjuaziyaning qo‘zg‘olon vaktida qilgan xoinligi
jadidlarning xulq-atvorida ochiq namoyon bo‘ldi. Jadidlar 1916 yil qo‘zg‘oloni davrida xalq
o‘rtasida podsho farmoniga so‘zsiz bo‘ysunish, front orqasidagi rayonlarda ishlash uchun
mardikor berish to‘g‘risida propaganda yurgizdilar. Ular shaharlarda mardikor olishga yordam
komissiyalari tuzdilar. Bu komissiyalar mardikor yoshidagi kishilarni ro‘yxatga olish, mardikorga
yuborish uchun odamlar yollash, xalqni qo‘zg‘olon ko‘tarishga chaqirgan kishilarni tutib berish
kabi ishlarni qildilar... "
Sovet tarixchisining jadiddar sha'niga aytgan uzundan-uzoq aybnomasini shu yerda kesib,
quyidagi dalillarni tarix fakti sifatida keltirishni xohlardim.
Tarix fanlari doktori, tanikdi olim Hamid Ziyoyev "Turkistonda Rossiya tajovuzi va
hukmronligiga qarshi kurash" (1998) degan kitobida 11 iyulь kuni Toshkentda ro‘y bergan
voqealarni sharhlab, bunday ma'lumotni bergan:
"...Xaloyiq policiya boshqarmasining mirzasi Terentyevning boshini jarohatlagan.
Toshbo‘ron orqasida Sebzor dahasining mirshabi Said Ismoiljonov, Shayxantahur dahasining
mirshablari Tillaxo‘ja Eshmuhamedov va Doniyorxo‘ja Isaxo‘jayev ham yarador qilinadi.
Askarlardan uch kishi jarohatlanadi. Olomon boshqarma idorasini toshbo‘ron qilib, uning deraza
va eshiklarini sindiradi.
Shu paytda xotinlarning qo‘zg‘olonga qatnashayotganini qoralagan Obid usta
Azizxo‘jayev kaltaklanadi. Bu kishi shahar kasalxonasida o‘lgan. Prokuror aybnomasida shu
haqda bunday deyilgan: "Marhum Obid usta Azizxo‘jayevning ukasi 11 iyul kuni kasalxonaga
borganida, akasi jon berishdan oldin shunday deydi: "Men politsiya boshqarmasining tagida turib,
shovqin-suron ko‘tarish va toshbo‘ron qilish erkaklar turganda xotinlarga munosib emas, dedim.
Shu ondayoq kishilar va xotinlar meni ko‘chaga sudrab olib chiqishdi. Bu yerda kimlardir
biqinimga pichoq urdi ".
Bu xotirada tilga olingan Obid usta Azizxo‘jayevning jadidlarga hech bir aloqasi yo‘q. Biz
uning "shovqin-suron ko‘tarish va toshbo‘ron qilish erkaklar turganda xotinlarga munosib emas",
degan
so‘zlarini
okdamoqchi
ham,
qoralamoqchi
ham
emasmiz.
Muddaomiz-
qo‘zg‘olonchilarning taxminan shunday so‘zlarni aytishi mumkin bo‘lgan jadidlarga ham shu
tarzda munosabatda bo‘lganlarini qayd etishdir. (Oybekning "Qutlug‘ qon" romanidagi
qo‘zg‘olonchilarning shunday so‘zlarni aytgan Abdushukurga bo‘lgan munosabatini eslang.)
240
Obid ustaning ham, jadiddarning ham qo‘zg‘olonni to‘g‘ri o‘zanga yo‘naltirmoqchi
bo‘lganlarini xoinlik deb baholash to‘g‘ri emas.
Qurolsiz, uyushmagan, g‘oyaviy rahbariga ega bo‘lmagan yoki unga bo‘ysunmagan
ommaning isyon ko‘tarish yo‘li bilan "oq podsho"ning farmonini bekor qilishi amrimahol edi.
Shuning uchun ham jadiddar qo‘zg‘olonga rahbarlik qilish-ni emas, balki mardikorlikka olish
bilan bog‘liq ayrim muammolarni hal qilishni o‘z zimmalariga oldilar. Negaki, mahalliy
ma'muriyat xodimlari ham, qo‘li uzun boylar ham beva-bechoralarning farzanddariga ko‘z
olaytirgan hollar oz bo‘lmadi.
REFERENCES
1.
Herman Vamberi. Maʼrifat yoʻlidagi uygʻonish.Tafakkur. 2000. 2-son.B.61.
2.
D.Alimova. Jadidchilik harakatining ijtimoiy-siyosiy mohiyati va jadidlar tafakkuri.
Jadidchilik: Islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. –T.:
Universitet. 1999.B.52.
3.
B.Qosimov. Jadidchilik. Oʻzbek tili va adabiyoti. 1990. № 4.B.17.
4.
Ashurova H.Milliy ma’rifatparvarlikning vujudga kelish omili.Maqolalar.06.10.2020.
5.
R.Shamsutdinov. Jadidchilik: Haqiqat va uydirma. Muloqot. 1991. № 11.B.56.
