Mualliflar

  • G.B. Xudoyberdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.35238

Annotasiya

Raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda internetda inson faoliyatining barcha sohalariga oid va unga ta’sir qiladigan katta miqdordagi ma’lumotlarga duch kelamiz. Bu internet foydalanuvchilari uchun internet manbalaridan qulay foydalanishni ta’minlay oladigan web-dizayn bo’yicha mutaxassislarga bo’lgan talabning keskin oshishiga olib keldi. Mazkur soha bo’yicha mutaxassislar tayyorlashning sifati va qiyinchiliklari hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Shu munosabat bilan ushbu maqolada web-dizayn fanini o’qitish jarayoni tahlil qilindi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

35

WEB-DIZAYN FANINI O’QITISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.

G.B. Xudoyberdiyeva

Navoiy Davlat Pedagogika Instituti

Matematika-informatika taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12657338

Annotatsiya

. Raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda internetda

inson faoliyatining barcha sohalariga oid va unga ta’sir qiladigan katta miqdordagi
ma’lumotlarga duch kelamiz. Bu internet foydalanuvchilari uchun internet manbalaridan qulay
foydalanishni ta’minlay oladigan web-dizayn bo’yicha mutaxassislarga bo’lgan talabning keskin
oshishiga olib keldi. Mazkur soha bo’yicha mutaxassislar tayyorlashning sifati va qiyinchiliklari
hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Shu munosabat bilan ushbu maqolada web-dizayn
fanini o’qitish jarayoni tahlil qilindi.

Kalit so’zlar

. Elektron ta’lim resurslar, global axborot, video, web-saytlar, Web-

texnologiya, web-sahifa, web-dizayn.

TEACHING WEB DESIGN AS A PEDAGOGICAL PROBLEM.

Abstract.

In the rapidly developing world of digital technologies, we come across a large

amount of information on the Internet that affects all areas of human activity. This has led to a
sharp increase in the demand for web design professionals who can provide easy access to internet
resources for internet users. The quality and difficulties of training specialists in this field is one
of the current issues. In this regard, this article analyzed the process of teaching web design.

Key words:

E-learning resources, global information, video, websites, Web technology,

web page, web design.

ОБУЧЕНИЕ ВЕБ-ДИЗАЙНУ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА.

Аннотация

. В стремительно развивающемся мире цифровых технологий мы

сталкиваемся с огромным объемом информации в сети Интернет, которая затрагивает
все сферы человеческой деятельности. Это привело к резкому увеличению спроса на
профессионалов веб-дизайна, которые могут обеспечить легкий доступ к интернет-
ресурсам для интернет-пользователей. Качество и сложность подготовки специалистов
в этой области является одним из актуальных вопросов. В связи с этим в данной статье
проанализирован процесс обучения веб-дизайну.

Ключевые слова:

Ресурсы электронного обучения, глобальная информация, видео,

веб-сайты, веб-технологии, веб-страницы, веб-дизайн.

KIRISH.

Hozirgi kunda ayrim yo’nalish mutaxassislariga ularning informatsion

intelluktual faolligi va zamonaviy bilim, ko’nikma va malakalariga yuqori talablar qo’yilmoqda.

Tashkilot va muassasalarning samarali ishlashi mutaxassislar, jamoaning muvaffaqiyatli

tadqiqotchilari va foydalanuvchilarining zamonaviy kompyuter va web-texnologiya uslublari va
uskunaviy vositalarini qanday darajada o’zlashtirib olganliklariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.

Shuning uchun ham hozirgi kunda ko’pchilik mutaxasislar raqamli texnologiyalarning

yangi va samarali yo’nalishlarini o’rganish, hususan web-texnologiya va global internet
tarmog’ining ishlash asoslari, web-sahifa va saytlarni yaratish va rivojlantirishni, ularni internetga
reklama qilishning ahamiyati beqiyos katta ekanligi to’g’risida tasavvurga egalar. Hozirgi paytda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

36

harqanday tashkilot qaysi sohada ish olib bormasin, dunyo bozoriga chiqish uchun o’z faoliyatida
web-texnologiyalardan foydalanish zarurligiga katta e’tibor qaratmoqda. Internet tarmog’iga
ma’lumotnijoylashtirish uchun uning ko’rinishi qulay bo’lishi, ya’ni web-dizaynga katta e’tibor
berish zarur. Mohirlik bilan yaratilgan sayt, qoida bo’yicha informatsion butun bo’lishi va
joylashtirilgan axborotning ahamiyatiga qarab, ma’lum standartga ega bo’lishi kerak. [1; 5-b]

Adabiyotlar tahlili:

Web-dizaynning o'qitishini pedagogik muammo sifatida o'rganish

uchun bir nechta muhim adabiyotlar mavjud. Bu adabiyotlar olimlar va tadqiqotchilar tomonidan
tavsiya qilingan, web-dizaynning o'qitish jarayonida muhim masalalarni o'rganishga yordam
beradi. Quyidagi kitoblar va maqolalar bu mavzuda yaxshi yo'nalish beradi: "Teaching Web
Design" by Steven MacLeod, bu kitob web-dizaynning o‘qitish metodikalarini, ta'lim
texnologiyalarini va o‘qitish jarayonini ko‘rib chiqadi. O‘qituvchilar uchun praktik qo‘llanmalar
va tavsiyalar ham mavjud. Bundan tashqari "Web Design Education: Teaching the Foundations of
Good Design" by Ben Hunt, bu kitob web-dizaynning asoslarini o‘qitish, dizayn prinsiplarini,
interaktivlikni va iste'molchilar bilan bog‘liq muammolarni qanday hal qilish haqida ma'lumot
beradi. Ya’na bir ajoyib kitobni misol sifatida keltirishmiz mumkin. "Design for Web Developers:
Colour and Layout for the Artistically Overwhelmed" by Brent Galloway, bu kitob web-
dizaynning dizayn prinsiplarini o‘rganish, ranglar va tuzilish bilan bog‘liq muammolarni hal
qilishga yordam beradi. Bu asosiy malaka o‘rganish uchun muhim bo‘lishi mumkin. Ularning
kitoblari va bloglari o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun foydali manbalar hisoblanadi. Ammo bu
tadqiqotlarda web-dizayn fanini o’qitish pedagogik muammo sifatida o’rganilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi

: Web-dizayn - ta’lim sohasida talabalarning ijodiy

qobiliyatlarini rivojlantirish va kasbiy vazifalarni mustaqil hal etishga va o’z vaqtini to’g’ri tashkil
etishga qodir bo’lgan malakali mutaxassisni shakllantirishga qaratilgan fandir. Ushbu maqsadlar
oliy ta’lim muassasalarida kasbiy yo’nalishdagi fanlar doirasida nazariy o’quv kurslarida, amaliy
ko’nikmalarni qayta ishlash va mustahkamlash bo’yicha laboratoriya ishlarini bajarish,
shuningdek kurs va diplom ishlarini bajarish jarayonida erishiladi. Web-dizaynerlarni tayyorlash
masalasi turli olimlar va bevosita amaliyotchilar tomonidan faol ravishda o’rganilmoqda. Ilmiy
tadqiqotlarda mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan web-dizayn fani bo’yicha bir
qancha olimlarning izlanishlari,tadqiqotlari natijalari aksettirilgan adabiyotlarni o’rganib chiqib
web-texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanayotganligini hisobga olgan holda web-dizayn
bo’yicha zamonaviy mutaxassis tayyorlash uchun o’zbek tilidagi yangi adabiyotlarning kamligi,
shunga qaramay ko’plab talabalar ushbu soha bo’yicha zamonaviy texnologiyalar va bilimlarga
asoslangan ta’lim olish fikrini bildirganlar. Global Internet tarmog’ining jadal rivojlanishi
natijasida Web dizayn fani eng jadal rivojlanayotgan axborot texnologiyalaridan biri bo’lib, u
grafik axborot muhitini yaratishga, yoki boshqacha aytganda, Web-saytlar va internet-sahifalarni
yaratishga qaratilgan yangi fan paydo bo’ldi. Bo’lajak web-dizayn bo’yicha mutaxassislarni
kasbga yo’naltirish va tayyorlash, web-sayt ishlab chiqishning umumiy tamoyillari, dizayn
yechimlari, Web-dizaynning grafik dizayn bilan farqlari va o’xshashligi bilan bog’liq ko’plab
savollarning ushbu soha mutaxassislari doirasida muntazam ravishda yechimlari ma’lum ma’noda
topilib kelmoqda. Web-dizayn fani keng jamoatchilik orasida katta qiziqish uyg’otmoqda. Mazkur
soha bo’yicha juda ko’plab davra suhbatlari, konferentsiyalari tashkil etilmoqda, reklama
uyushmalari tashkil etilmoqda. [2 §; 5; 59]


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

37

Elektron ta’lim resurslarini ta’lim tizimidagi o’rni Axborot jamiyatiga o’tish zaruriyati

jahon iqtisodiyotida yangi texnologik tartib shakllanishi va ustuvorligi, axborot resurslarini
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy resurslariga o’tishi, jamiyatni axborot mahsulotlari va
xizmatlariga bo’lgan talabini qondirish, ijtimoiy ishlab chiqish tizimida axborot kommunikatsion
infrastruktura ahamiyatini oshishi, xalqaro axborot almashinuvlar asosida maorif, ilmiy-texnik va
madaniy sohalaming takomillashuvi, «global axborot afzalliklarini» teng huquq asosida ishlatish
bilan shartlanadi. Oxirgi yillarda elektron ta’limning an’anaviy ta’limga qaraganda afzallik
jihatlari ko’proq aniqlanmoqda. So’nggi vaqtlarda ta’lim oluvchilar va o’qituvchilar an'anaviy
ta’limning ba’zi turlariga qaraganda onlayn ta’limning afzalliklari ko’proq degan xulosaga
kelmoqdalar. Sababi, ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan raqamli o’qitish
platformalari ko’paymoqda, bunda an'anaviy va onlayn ta’limning eng yaxshi tomonlari
birlashtirilib aralash ta’lim tizimi shakllantirilmoclda. Aralash ta’lim narxining pastligi,
moslashuvchanligi, bepulligi, bundan tashqari ta’lim jarayonida murakkab texnologiyalami
qo’llash afzailigi ushbu altemativa uchun sabab bo’ladi. Bu tendensiyaga bo’lgan qiziqish ta’lim
jarayonida talabalarga ta’sir etadi va ta’lim sifatini oshiradi. Ko’pgina tadqiqotlar onlayn ta’lim
talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishga sabab bo’lishini ko’rsatgan, ya’ni talabalaming
mustaqil ta’lim olishiga, individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda o’quv jarayoniga
moslashtirish qobiliyatini shakllantirishga asos bo’ladi. Elektron ta’limda rivojlanishini
talabalaming raqamli dunyoda o’zini erkin tutishi, ya’ni kerakli ma’lumotlami yuklab olishi, tahlil
qilishi, onlayn kontentlardan erkin foydalana olish qobiliyatida ko’rishimiz mumkin. Vaqt o’tgan
sayin ushbu tendensiyaga texnologiyalami qo’llash asosida an'anaviy ta’limning hohlagan turi,
metodi, ta’lim berish usulini kiritishimiz mumkin. 9 2016 yil Campus Technology o’qituvchilar
o’rtasida Texnologiyalami qo’llab dars o’tish mavzusida so’rovnoma o’tkazilib, bunda 71%
o’qituvchilar an'anaviy ta’lim bilan birga onlayn manbalardcn foydalanishini aytganlar. Elektron
ta’lim afzalliklarini an'anaviy ta’lim ijtimoiy texnologilari va media resurslarini birgalikda
qo’llanilishida ko’rishimiz mumkin. Maqsad esa talabalarning demografik guruh va ij
timoiylashuvidan kelib chiqqan holda ulaming ehtiyoj ianni hisobga olib ta’lim modelim ishlab
chiqish. Tendensiyani yanada rivojlantirish uchun oliy ta’lim muassasalarida talabalar ta’l mi
uchun shartsh aroitlar yaratilishi kerak. Ko’pgina o’qituvchihir o’quv jarayonini internet bilan
boglasalarda, kuzatuvchilaming fikricha aralash ta’limda internetting ham roli bor, bunda talaba
individual yondashuvga ega bo’ladi. Londondagi Imper tibbiyot kolleji talabalari an'anaviy va
onlayn ta’limni birgalikdagi qo’llanilishiga asoslangan ikkita tajribada ishtirok etdilar. Talabalar
video ma’ruzani ko’rib, vazifalami bajarish imkoniyatini mavjudligini yuqori baholadilar.

Talabalar ushbu model tushunarli animatsiyalar bilan yaxshi tizimlashtirilgani va o’z-o’zini

baholashda interaraktiv savollarga egaligini aytib o’tishddi. [3; 10-b]

Barcha oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini yuqori saviyada tashkil qilish uchun

davlat taiim standartlari hamda xalqaro taiim standartlariga toiiq javob bera oladigan o’quv
adabiyotlari bilan ta'minlash masalasi dolzarb muammo hisoblanadi. Bugungi kunda o’quv
jarayonida foydalanish uchiin tavsiya etilgan o’quv hamda elektron o’quv adabiyotlarning tahlili
o’z yechimini kutayotgan masalalardan biriga aylanmoqda. [3; 35-b]

Hozirgi vaqtda har bir tashkilot yoki har bir shaxs, qayerda ishlashidan qat’iy nazar,

internetda o’z joyini yaratish zarurligini tushunmoqda. Chunki bu usul natijasida butun dunyoga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

38

o’zi to’g’risida, o’zining ish faoliyati to’g’risida gapirish va internetning bepoyon resurslaridan
o’z maqsadi yo’lida foydalanish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Axborotni Internetda joylash uchun,
yuqorida aytilganidek, uni ekranda aks ettirish uchun qulay bo’lgan ko’rinishda, ya’ni Web-sahifa
ko’rinishida taqdim etish zarur, chunki bu sahifada joylashtirishni xohlagan foydalanuvchi
axboroti har tomonlama bo’lishi va u ko’p hollarda Web-saytda joylashishi mumkin. Aql bilan
yaratilgan sayt, qoida bo’yicha, axborot yagona bus-butun hisoblanadi va joylanajak axborot
mohiyatiga qarab alohida kriteriya va standartlarga ega bo’ladi, ko’plab tashkilot va muassasalar,
xususiy foydalanuvchilar uchun o’zlarining tashkilot va shaxsiy ish faoliyatlarida Web -
texnologiyani va uning elementlarini tatbiq etish bo’yicha ko’plab har xil muammolarga duch
kelinadi. Bu internet serverlarida joylashguncha, nashr qilinguncha web- texnologiya va dizayn
asoslaridan yuqori va chuqur bilim talab qiluvchi, ko’pqirrali va professional-intellektual ishdir.

Bu muammolar zamonaviy Web-texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar etarlicha

bo’lgandagina echiladi. Shuning uchun web-sahifa yaratish va uni o’rganish jarayoni, shu berilgan
yo’nalish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun uchun juda muhim va faol hisoblanadi.

Bu mutaxassislik kuchli va kelajagi porloq professiya, u hozir ham, kelajakda ham

hamisha, o’z o’rniga ega bo’ladi. Boshqa tomondan Web-saytlarni yaratish va o’rganish
muammosining faolligi va muhimligini quyidagi sabablar bilan asoslash mumkin: -taqdim
qilinayotgan internet servis xizmatlari muhitini ko’p miqdorda kengayishi va ulardan
foydalanishning osonligi bilan; -tarmoq Web-texnologiya, ularning resurslari va imkoniyatlarini
hamma joyda tarqatish bilan; -istagan darajali axborotlarga bo’layotgan talablarning o’sib borishi
bilan; -tashkilot va xususiy shaxslarning o’zlari va o’z ish faoliyatlari to’g’risidagi axborotlarni
internetda joylash uchun intilishlarning o’sishi bilan; -tarmoq ma’lumotlar bazasidagi global
masshtabdagi har xil maqsaddagi axborotlarga e’tibor qaratish bilan; -har mamlakat, millat va fan
odamlarining o’zaro muloqot va tushunishlarga bo’lgan intilishi bilan; -Web-texnologiyaning
barcha yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislarning etishmasligi bilan. Shunday qilib, internet
xizmatlaridan ikkita xizmat spektriga alohida e’tibor berish kerak, ya’ni tarmoq abonentlararo
axborot almashuvi va axborot qidirish va tarmoq berilganlar bazasidan foydalanish. Xizmat
taraqqiyotining samarasi to’g’risida gap ketganda barchamiz har xil Internet xizmatlaridan
potensial foydalanuvchiga aylanib qolishimizni ta’kidlash zarur. Internetda axborotlarni ifodalash
taqdim qilinadigan axborot xiliga bog’liq bo’ladi, ya’ni shaxsiy yoki unga katta bo’lmagan firma
va tashkilotlar; davlat tasarrufidagi Web-saytlar; ta’lim va moliya strukturalari; ilmiy markaz va
kutubxonalar; xayr-ehson uyushmalari; tijorat uyushma saytlari; kontent-saytlar axborotlarini
taqdim etish. Ayniqsa, saytning birinchi sahifa jihoziga alohida e’tibor qaratish kerak. Web-saytni
yaratish va uni o’rganish muammolarining ko’plab sabablariga quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
internet xizmatining kengligi; xizmatdan foydalanishning oddiyligi; Web-texnologiyalarni
tarqatishdagi qulaylik; real vaqt masshtabida axborotlarga bo’lgan talablar; tashkilot va xususiy
shaxslarning o’zlari to’g’risidagi axborotlarni internetga joylashtirishga intilishi; tarmoq
ma’lumotlar bazasida global mashstabdagi ixtiyoriy ma’lumotlarni to’plash; Web-texnologiya
bo’yicha mutaxassislarning etishmasligi. Hozirda Dasturlash tillari shiddat bilan rivojlanayotgan
sohalardan biri bo’lib, barcha sohalarni ortda qoldirmoqda. Dasturlash tillarini o’rganuvchilar soni
tobora ortib ular bilish darajasiga ko’ra 3 turga bo’linadi: junior, middle va senior dasturchilarga
bo’linadi. Hozirda web dasturlash tillari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’tamiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

39

Web dasturlash tillari (Веб дастурлаш тиллари) Internet saytlari yoki umuman olganda

internet tarmog‘i uchun mo‘ljallangan loyihalarda qanday dasturlash tillari ishlatiladi?

Veb dasturlash 2 turdagi tillarga bo‘linadi.

1.

Browser dasturlash tillari (JavaScript, VB script)

2.

Server dasturlash tillari (PHP, ASP, Python va hokazo) [4; 41-b]
Hozirgi kunda veb-saytingiz to’liq javob berishini ta'minlash juda muhimdir. Javob

beruvchi veb-sayt bo’lmasa, siz mobil qurilmalar orqali saytingizga kiradigan ko’plab tashrif
buyuruvchilarni ajratib turasiz. Statistika ma'lumotlariga ko’ra, faqat 2023 yilning ikkinchi
choragida global sayt trafigining 62% dan ortig’i mobil qurilmalar (planshetlarni hisobga
olmaganda) hisobiga to’g’ri kelgan.

Texnologiya savodxonligi o’rganish jarayonida texnologik ko’nikmalar va vositalardan

foydalanish qobiliyatini anglatadi (Ejikeme va Okpala, 2017). Amerika Qo’shma Shtatlari Ta'lim
Departamenti (1996, p.7) texnologiya savodxonligini "kompyuter ko’nikmalari va o’rganish,
samaradorlik va ishlashni yaxshilash uchun kompyuter va boshqa texnologiyalardan foydalanish
qobiliyati" deb ta'riflaydi. Thammasaeng, Pupat and Phetchaboon (2016) texnologik jihatdan
savodli odamni shunday ta'riflaydi: kompyuterlar, aloqa vositalari va ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri
foydalanish va texnologik ilovalar yordamida ma'lumotlarni aniqlash, kirish, boshqarish, baholash,
integratsiyalash, yaratish va taqdim etish qobiliyati. Biroq, “texnologiya savodxonligi” atamasi
kompyuterlar kabi qurilmalar bilan cheklanib qolmay, balki "ilmiy bilimlarni amaliy maqsadlarda
qo’llash" (Ejikeme va Okpala, 2017, p.1164). Texnologiyalar savodxonligi raqamli savodxonlik,
onlayn ta'lim va elektron ta'lim bilan ham bog’liq (Hassan va Mansor, 2009).

Onlayn va elektron ta'limga global siljish kuzatilmoqda, buni sinfdagi tajribalar,

darsliklarni o‘rganish, CD-ROM va an'anaviy kompyuterga asoslangan treninglar kabi an'anaviy
ta'lim usullarini takomillashtirish yoki almashtirish orqali kuzatish mumkin (Kalvo va Villarreal,
2018; Skhephe, Kaga va Boadzo, 2020). An'anaviy sinf tajribasi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish
doimiy ravishda onlayn ta'lim bilan almashtiriladi. “Birlashtirilgan va gibrid oʻrganish” deb ham
ataladigan oʻqitish va oʻqitishda texnologiya integratsiyasi elektron taʼlim deb ham ataladigan
onlayn taʼlimga oʻtishni ham taʼkidlaydi [4; 629]

Veb-sayt dizayni pedagogikasidan foydalanish o‘qituvchilarga o‘zlarining proksimal

rivojlanish zonalariga erishishga yordam beradi. Turli tadqiqotchilar (ya'ni, Iszatt-Uayt va
Kempter, 2013; Moe va Polin, 2016; Vygotskiy, 1978) bilimlar birgalikda tuzilgan va odamlar
guruhda ishlash jarayonida boshqalardan o’rganadi degan fikrni qo’llab-quvvatlaydi. Shunday
qilib, ushbu tadqiqotda o’qituvchilar bir-birlaridan o’rganish va kurashayotgan talabalarni qo’llab-
quvvatlash uchun tengdoshlari bilan birlashtirilgan. Ma'lumotlardan ma'lum bo’lishicha, topshiriq
o’qituvchilarga qiyinchilik tug’dirgan, chunki talabalarning 85,7 foizi Google saytlari yoki veb-
saytlar dizayni haqida oldindan ma'lumotga ega emasliklarini tushuntirishgan. Keyin ular
topshiriqni qanchalik qiyin deb topganliklarini 1 dan 5 gacha (umuman emas) shkala bo’yicha
ko’rsatishlari so’ralgan. Ularning javoblari shuni ko’rsatdiki, ikki yil davomida 172 nafar (80,3%)
tayyorgarlik bosqichidagi o’qituvchilar topshiriqni qiyin deb topdilar. [5; 638]

XULOSA

Web-dizayn fanini o‘qitish pedagogik muammo sifatida muhim masala, chunki bu soha

tezroq rivojlanayotgan va o'rganish jarayonida qiziqish yaratadigan soha. Web-dizayn sohasi tez


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

40

rivojlanib, yangiliklar va texnologiyalar o‘zgarib turadi. O‘qitish jarayonida bu yangiliklarni
ta'limda integratsiyalash, o‘quvchilarning texnologiyalarni qabul qilish va ularni qo‘llashiga
imkoniyat yaratish muhimdir. O‘quvchilar web-dizaynning turli aspektlariga qiziqish
ko‘rsatishadi. Pedagogik usullar o‘quvchilarning individual talablari va qobiliyatlari asosida
belgilanishi kerak, masko‘r maqolada bu muammoga e’tibor qaratilgan.

REFERENCES

1.

Critical Design Factors of Developing a High-quality Educational website: Perspectives
of Pre-service Teachers 2014

2.

Creating Effective Websites for University Teaching An educational framework Kerri-Lee
Harris and Deborah Jones September 2007

3.

"Telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida"
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vaziri buyrug’i. 2020-yil, 25-iyun, 3275-son

4.

A Complete Web Development Guide 2021

5.

Xolboy IBRAIMOV ILMIY-USLUBIY JURNAL Toshkent - 2022

Bibliografik manbalar

Critical Design Factors of Developing a High-quality Educational website: Perspectives of Pre-service Teachers 2014

Creating Effective Websites for University Teaching An educational framework Kerri-Lee Harris and Deborah Jones September 2007

"Telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida" O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri buyrug’i. 2020-yil, 25-iyun, 3275-son

A Complete Web Development Guide 2021

Xolboy IBRAIMOV ILMIY-USLUBIY JURNAL Toshkent - 2022