Авторы

  • Муборакхон Кариева

Биография автора

  • Муборакхон Кариева
    ToshDO‘TAU Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik mutaxassisligi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.125142

Аннотация

Tarjima nazariyasida so‘z tanlash masalasi doimo dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Sinonimlar –ma’nodosh yoki yaqin ma’noga ega bo’lgan so’zlar–tarjimani uslubiy jihatdan to’g’ri amalga oshirishdagi muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, sinonimlarning tarjima jarayonidagi o‘rni o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Sinonimlar tarjimonning til boyligiga, kontekstni to‘g‘ri anglashiga va ma'naviy-mazmuniy ohangni yetkazishdagi mahoratiga bog‘liq holda qo‘llaniladi. Ushbu maqolada sinonimlarning tarjima jarayonidagi muhim roli lingvistik va nazariy yondashuvlar nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Mazkur maqolada tarjimada sinonimlardan foydalanish funksiyalari, ularning afzalliklari, muammolari va samarali strategiyalari tahlil qilinadi.

background image

40

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

SINONIMLARNING TARJIMA JARAYONIDAGI AHAMIYATI: O‘ZBEK

VA INGLIZ TILLARI BO‘YICHA KUZATISHLAR

Mavlyan-Kariyeva Muborakxon

ToshDO‘TAU Qiyosiy tilshunoslik

, lingvistik tarjimashunoslik mutaxassisligi

1-kurs magistranti

Annotatsiya:

Tarjima nazariyasida so‘z tanlash masalasi doimo dolzarb

mavzulardan biri bo‘lib kelgan

. Sinonimlar

–ma’nodosh yoki yaqin ma’noga ega

bo’lgan so’zlar–tarjimani uslubiy jihatdan to’g’ri amalga oshirishdagi muhim vosita

hisoblanadi. Ayniqsa,

sinonimlarning tarjima jarayonidagi o‘rni o‘ziga xos ahamiyat

kasb etadi. Sinonimlar tarjimonning til boyligiga,

kontekstni to‘g‘ri anglashiga va

ma'naviy-

mazmuniy ohangni yetkazishdagi mahoratiga bog‘liq holda qo‘llaniladi

.

Ushbu maqolada sinonimlarning tarjima jarayonidagi muhim roli lingvistik va
nazariy yondashuvlar nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Mazkur maqolada tarjimada
sinonimlardan foydalanish funksiyalari, ularning afzalliklari, muammolari va
samarali strategiyalari tahlil qilinadi.

Tayanch so’zlar:

sinonimlar, semantik ekvivalentlik, uslubiy ekvivalentlik,

madaniy va pragmatik birliklar.

THE IMPORTANCE OF SYNONYMS IN THE TRANSLATION PROCESS:

OBSERVATIONS FROM UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES”


Annotation:

In translation theory, the issue of word choice has always been one

of the most pressing topics. Synonyms

words that are identical or close in

meaning

serve as a crucial tool for achieving stylistic accuracy in translation. In

particular, the role of synonyms in the translation process carries unique importance.

The effective use of synonyms depends on the translator’s lexical richness

, accurate

understanding of context, and ability to convey the intended tone and meaning. This
article analyzes the significant role of synonyms in the translation process from both
linguistic and theoretical perspectives. It examines the functions, advantages,
challenges, and effective strategies for using synonyms in translation.

Key words:

synonyms, semantic equivalence, stylistic equivalence, cultural and

pragmatic units.


KIRISH


background image

41

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tarjima bu

faqatgina so‘zlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish emas

,

balki murakkab intellektual faoliyat hisoblanadi.

Bu jarayonda faqat lug‘aviy birliklar

tarjima qilish emas emas, balki pragmatik, madaniy va uslubiy jihatlar ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Tarjimon duch keladigan eng murakkab muammolardan biri

sinonim tanlay olish qobiliyatidir. Sinonimlar

ma’no jihatdan bir

-biriga yaqin, biroq

shakli har xil bo‘lgan so‘zlardir

.

Har bir til o‘zining sinonimik qatlamiga ega bo‘lib

,

bu qatlam til boyligini, ifoda imkoniyatlarini va uslubiy rang-

baranglikni ta’minlaydi

.

Sinonimlar odatda bir-

biriga yaqin ma’noni anglatuvchi so‘zlar sifatida tariflanadi

,

ammo ularni barcha kontekstlarda o’zaro almashtirib qo’llab bo’lmaydi

. Mona Baker

(1992) ta’kidlaganidek

, sinonimlar tarjima ekvivalentligi semantik sohasining muhim

kategoriyalaridan biridir.

To‘g‘ri sinonimni tanlash tarjima matnining aniqligi va

tushunarlilik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi

. Tarjimada sinonimlarning

ahamiyati naqadar muhimligi quyidagicha namoyon bo‘ladi:

1.

Ma’no aniqligini ta’minlash –

tarjimada to‘g‘ri sinonim tanlash orqali asl

matndagi nozik ma’nolarni aniq aks ettirish mumkin

.

2. Uslubni saqlab qolish

badiiy, ilmiy yoki rasmiy matnlarda muallif uslubini

yo‘qotmasdan tarjima qilishda mos sinonimlar tanlovi muhim

.

3. Madaniy kontekstga moslashish

ayrim so‘zlar sinonim orqali boshqa tilga

o‘tkazilganda o‘quvchi uchun tushunarli va qabul qilinarli bo‘ladi

.

Sinonimlar va semantik ekvivalentlik

Tarjima nazariyasida semantik ekvivalentlik deganda manba tilidagi so‘z yoki

iboraning ma’nosi tarjima tilida saqlanib qolishi tushuniladi

. Aynan sinonimlar

tarjimada ayniqsa bevosita tarjima yetarli bo‘lmaganda

, semantik ekvivalentlikka

erishish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Masalan:

Ingliz tilidagi “angry” (jahli chiqqan) so‘zining sinonimlari –

furious, irritated,

annoyed

har xil darajadagi hissiy holatlarni ifodalaydi.

O‘zbek tilida bu

g‘azablangan

, jahli chiqqan,

xafa bo‘lgan kabi shakllarda ifodalanadi

.

To‘g‘ri

sinonimni tanlay olish kontekstga qarab belgilanadi.

Sinonimlar va uslubiy ekvivalentlik
Uslubiy ekvivalentlik deganda matnning ohangi va stilistik uslubi tushuniladi.

Sinonimlar aynan mana shu uslubiy xususiyatlarni saqlashga xizmat qiladi. Piter
Nyumark (1988) yozishicha,

“Yaxshi tarjimon sinonimlarning uslubiy nozikliklarini

bilishi va asl matn uslubini saqlab qolishga intilishi kerak.

” Masalan

, huquqiy

matnlar, badiiy asarlar yoki norasmiy suhbatlar kontekstga mos keluvchi turli xil
sinonimlarni talab qiladi.


background image

42

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Masalan:

“To ask” fe’lining sinonimlari –

inquire, ask, demand. Ular har xil janrlar uchun

mos: inquire

rasmiy, ask

norasmiy, demand

talabchan ohangda.

“Razzoq

,

bir kasb peshasini tutmay o’tib ketayotirsiz

-

a? so’radi akasi xonaqohga

keta turib”

. (Kecha va Kunduz.

Cho’lpon)

Tarjimasi: “Razzoq

, do you really plan to pass your life without taking up any

kind of work?” his brother asked him as they were leaving for the lodge

. Ushbu

misolda ko’rishimiz mumkinki

, kontekstdagi mazmundan kelib chiqgan holda,

‘so’radi’ so’zi ‘asked’ deb tarjima qilingan

.

Bu yerda ‘ask’ fe’lining sinonimi

‘inquire’ ni qo’llash uslubiy jihatdan xatolikni keltirib chiqaradi

.

Sinonimlar orqali takroriylikdan qochish
Sinonimlarning yana bir muhim vazifasi

tarjima matnida takroriylikni oldini

olishdir. Bu, ayniqsa,

badiiy va ilmiy matnlarda o‘quvchi uchun uslubiy rang

-

baranglikni ta’minlaydi

.

Masalan: “She was angry and irritated

,

yet she tried to remain calm”

. (Pride and

Prejudice, Jane Austen)

Tarjimasi: “Garchi u hafa va g’amgin bo’lsada

,

o’zini qo’lga olishga harakat

qildi”

.

Bu yerda ‘angry’ va ‘irritated’ so’zlari sinonimlar tarzida ishlatilgan bo‘lib

,

matnning rang-baranglik darajasini oshirgan.

Sinonimlarning madaniy va pragmatik o‘lchamlari

Sinonimlar ko‘pincha madaniy jihatdan neytral bo‘lmaydi

.

Ba’zan so‘zning

tarjimasi konnotatsiya yoki stilistik jihatdan mos bo‘lmasligi mumkin

. Mashxur

amerikalik tarjima nazariyotchisi Yevgeniy Nida (1964) ilgari surgan dinamik

ekvivalentlik konsepsiyasiga ko‘ra

,

tarjima asl matnga o‘xshash ta’sirni tarjimani

qabul qiluvchi til auditoriyasida ham uyg‘otishi kerak

. Bunda sinonim tanlovi hal

qiluvchi rol o‘ynaydi

.

Masalan:

Ingliz tilidagi “kick the bucket” (vafot etmoq) iborasining norasmiy sinonimlari

mavjud.

O‘zbek tilida bu olamdan o‘tmoq

, jon bermoq, vafot etmoq kabi variantlarga

ega bo‘lib

, ularning kontekstdagi mosligi muhim ahamiyatga ega.

Sinonimlardan foydalanishdagi qiyinchiliklar

Quyidagi omillar sinonimlar bilan ishlashda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin:

-

Soxta do‘stlar: Tashqi ko‘rinishda o‘xshash

,

lekin ma’nosi boshqa bo‘lgan

so‘zlar

. Masalan,

ingliz tilidagi ‘actual’ va o‘zbekcha ‘aktual’

.

- Registrdagi nomutanosiblik: Rasmiy matnda norasmiy sinonimdan foydalanish

yoki aksincha.


background image

43

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

-

Semantik chetlashish: Sinonim ma’noning bir qismini ifodalab

, boshqa

konnotatsiyalarni yo‘qotishi mumkin

.

Shuning uchun tarjimon nafaqat lug‘at

, balki

madaniyat va kontekstni ham puxta bilishi kerak.

Sinonimlardan foydalanish strategiyalari
Quyidagi strategiyalar sinonimlardan samarali foydalanishga yordam beradi:
- Kontekstual tahlil: Har doim sinonim tanlayotganda keng kontekstni hisobga

olish.

-

Orqaga tarjima: Tanlangan sinonim asl ma’noni qanchalik saqlaganini

tekshirish.

- Korpuslardan foydalanish: Sinonimlarning haqiqiy matnlarda qanday

ishlatilishini tahlil qilish.

-

Mutaxassis yoki ona tilida so‘zlashuvchilarga murojaat qilish: Ayniqsa

madaniy jihatdan yuklangan matnlar uchun.

XULOSA

Sinonimlar tarjimon uchun oddiy alternativ so‘zlar emas

, balki semantik,

uslubiy va pragmatik jihatdan to‘g‘ri ekvivalentlikka erishish vositasidir

. Ulardan

to‘g‘ri foydalanish tarjima sifatini sezilarli darajada oshiradi

. Sinonimlar bilan ishlash

tarjimondan yuqori darajadagi til kompetensiyasi, madaniy sezuvchanlik va
matnshunoslik malakasini talab qiladi. Hozirgi zamon tarjima nazariyasida kognitiv,
funksional va korpus asosli yondashuvlar rivojlanar ekan, sinonimiyaga oid bilimlar

yanada dolzarb bo‘lib bormoqda

.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Baker, M. (1992). In Other Words: A Coursebook on Translation. London:

Routledge.

2.

Cho’lpon

.

“Kecha va Kunduz”

3. Jane Austen.

“Pride and Prejudice”

4. Nida, E. A. (1964). Toward a Science of Translating. Leiden: E. J. Brill.
5. Newmark, P. (1988). *A Textbook of Translation*. New York: Prentice Hall.
6. Hatim, B., & Mason, I. (1997). *The Translator as Communicator*. London:

Routledge.

7. Tursunov U., Muxtorov J.

Hozirgi o’zbek adabiy tili

.

Библиографические ссылки

Baker, M. (1992). In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge.

Cho’lpon. “Kecha va Kunduz”

Jane Austen. “Pride and Prejudice”

Nida, E. A. (1964). Toward a Science of Translating. Leiden: E. J. Brill.

Newmark, P. (1988). *A Textbook of Translation*. New York: Prentice Hall.

Hatim, B., & Mason, I. (1997). *The Translator as Communicator*. London: Routledge.

Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi o’zbek adabiy tili.