94
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SUBYEKTIV BAHO IFODALOVCHI QO‘SHIMCHALAR USLUBIYATI
Umarov Abroroxuja Vaxobovich
Namangan viloyati Namangan shahri NamMQI akademik litseyi ona tili va adabiyoti
fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o’zbek tilshunosligidagi subyektiv baho
ifodalovchi qo’shimchalarning leksik
,
morfologik va uslubiy ma’nolari haqida fikrlar
yuritilgan.
Kalit so’zlar:
subyektiv baho, kichraytirish-erkalash,
salbiy uslubiy bo‘yoq
,
ijobiy uslubiy bo‘yoq
,
shakldosh qo’shimcha
, ayiruv-chegaralov yuklamasi
МЕТОД СУБЪЕКТИВНОЙ ОЦЕНКИ ВЫРАЗИТЕЛЬНЫХ
ДОПОЛНЕНИЙ
Умаров Аброрхужа Вахобович
Преподаватель узбекского языка и литературы академического лицея НамИСИ
Аннотация:
В
данной
статье
рассматриваются
лексические
,
морфологические и методологические значения наречий
,
выражающих
субъективную оценку в узбекском языкознании
.
Ключевые
слова:
субъективная
оценка
,
умаление
-
ласкание
,
отрицательная стилистическая окраска
,
положительная стилистическая окраска
,
формообразующее дополнение
,
субтрактивно
-
краевая нагрузка
.
METHOD OF SUBJECTIVE ASSESSMENT EXPRESSIVE ADDITIONS
Umarov Abrorkhuja Vakhobovich
Uzbek language and literature teacher at academic lyceum of NamECI in Namangan
city in Namangan region
Annotation:
This article discusses the lexical, morphological and
methodological meanings of adverbs expressing subjective assessment in Uzbek
linguistics.
Key words:
subjective assessment, diminution-caressing, negative stylistic
coloring, positive stylistic coloring, formative addition, subtractive-boundary loading
95
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Tilimizda -cha, -choq, -chak, -gina, -loq, -kay, -jon, -xon, -toy kabi bir qancha
qo‘shimchalar mavjud bo‘lib
, ular subyektiv baho shakllari deb umumlashtiriladi.
Ularni ona tili grammatikamizda kichraytirish-
erkalash qo‘shimchalari nomi bilan
ham ataladi. Bu, odatda,
qo‘shimchalar otlar va sifatlarga qo‘shilib
,
shu so‘zlar
ifodalagan narsa yoki tushunchaga so‘zlovchi (yozuvchi)ning subyektiv munosabatini
bildiradi,
ya’ni bu so‘zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy bo‘yoqni yuzaga keltiradi
.
Bunday qo‘shimchali so‘zlar ko‘proq so‘zlashuv
, badiiy va publitsistik uslublarda
kuzatiladi, ilmiy va rasmiy uslublarda esa ular juda nofaol,
kam qo‘llanadi
.
Bunday ijobiy va salbiy bo’yoqni ifodalashda –cha qo’shimchasiga oid
misollarni ko’p uchratishimiz mumkin
. Ayol gapirishi,
ko’rinishi
, qaddi-qomati
o’g’lini eslatib yuborgan bu yigit
cha
ga uzoq termulib qoldi. Bu gapda
–
cha
qo’shimchasi ijobiy bo’yoqqa ega bo’lmoqda
.
So’zingizning ustidan chiqa
olmabsizku, yigit
cha!
Bu gapimizda esa
–cha qo’shimchasi salbiy bo’yoq ifadalab
,
kinoya, kesatiq,
piching ma’nolarida kelmoqda
. Shuningdek
–cha qo’shimchasi
shakldosh qo’shimcha hisoblanib
,
ba’zan ravish
,
ba’zan sifat so’z turkumiga oid so’z
yasovchi qo’shimcha sifatida ham uchraydi
. Halima erkak
cha
yurib, uning
harakatlarini o’xshatib hammmani kuldirardi
. Ushbu gapda erkakcha yurib
–
qay
holda yurib so’rog’iga javob bo’ladi va ravish so’z turkumini ifodalaydi
. Shu
shakldagi so’z otga bog’lansa sifat so’z turkumini ifodalashi mumkin
. Halima
erkak
cha
harakatlar bilan hammani kuldirardi. Bunda
–cha qo’shimchasini olgan so’z
qanday harakatlar so’rog’iga javob bo’ladi va sifat so’z turkumiga ishora qiladi
.
-
gina qo’shimchasi ko’proq ijobiy ma’noga ega bo’ladi
.
Ko’p o’tmay ular
shinam
gina
hovliga ko’chib o’tishdi
.
–gina qo’shimchasi ham shakldosh
qo’shimchalar sirasiga kiradi
. Xuddi shu shaklda ayiruv-
chegaralov yuklamasi bo’lib
ham kelishi mumkin. Bunday qiyin ishni Sherzod
gina
uddalay oladi. Yuklama
vazifasida kelganda egalik shakllari yuklamadan oldin keladi, kichraytirish- erkalash
shakli bo’lganda esa egalik shakllari –gina qo’shimchasidan so’ng keladi
.
Abdurazzoq ota dadam edi-yu, Ona
gina
m edi Sharifaniso.
-
xon qo’shimchasini salbiy ma’noda ham
,
ijobiy ma’noda ham ko’rishimiz
mumkin. Ona
xon
imiz ta’rifga sig‘maydigan ayol edilar
, butun qishloq ahli ularni
hurmat qilardi.
Bu misolimizda xon qo’shimchasi ijobiy ma’no kasb etyapti
. Opa
xon
,
xo‘jayiningiz u yoqda gullab qo‘yibdilar: shu ustun tagida xazina bormish
. Bu
misolda esa salbiy ma’no ifoda etilmoqda
.
-
toy qo’shimchasida ham shu holatni kuzatishimiz mumkin
. Sen shunaqa
mo‘min
toy
liging bilan hammani yengib kelgansan.
Bu qiliq menga o‘tmaydi
, bilib
96
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
qo‘y
.
Bu gapda salbiy bo’yoq sezilib turgan bo’lsa
,
quyidagi gapda ijobiy bo’yoq aks
etadi.
Yo‘q
, unday demang. Bir aqlli,
bir mo‘min
toy
bola bo‘libdi
Yodgormurodingiz.
Ba’zan kichraytirish
-
erkalash qo’shimchalari salbiy ma’no ifodalovchi so’zga
qo’shilsa
-da,
ijobiy ma’noda erkalash xususiyatini ko’rsatishi mumkin
. Masalan
quyidagi misolimizda
–voy qo’shimchasida shu holat kuzatiladi
. Laylak dedim-ku,
jinni
voy
,
–
deb ohista egilib,
o‘g‘lining yuzidan o‘pdi
.
-
choq qo’shimchasida omonimlik hodisasini kuzatishimiz mumkin
. Toy
choq
lar
hanuz o‘ynoqlashini qo‘ymas
,
goh to‘xtab
, uzoqlarga qarab qolishardi. Bu yerda
kishraytirish-erkalash shaklini ifodalaydi. Uning bunday erin
choq
odamligidan
Ahmadning jahli chiqa boshladi. Bu gapda -
choq qo’shimchasi sifat so’z turkumini
hosil qiluvchi qo’shimcha sifatida keladi
.
Shuningdek bu qo’shimcha ot so’z
turkumini ham hosil qiladi.
Mansur jiyanlariga o’yin
choq
lar oldi.
Bundan tashqari ismlarga qo’shiluvchi –
jon, -xon, -oy, -niso, -poshsha, -begim, -
boy, -bek, -toy, -bibi, -bonu,
xo’ja kabi qo’shimchalarni ham subyektiv ma’no
ifodalovchi qo’shimchalar qatoriga kiritishimiz mumkin
.
Xulosa.
Tilimizdagi ushbu qo’shimchalarni nutqiy vaziyatga va nutq uslublariga
mos tarzda qo’llash
, leksik,
morfologik va uslubiy jihatlaridan to’g’ri foydalanish
maqsadga muvofiq bo’ladi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Begmatov E.
Hozirgi oʼzbek adabiy tilining leksik qatlamlari
.
–
Toshkent:
Fan, 1985.
2. Doniyorov X.,
Yoʼldoshev B
.
А
dabiy til va badiiy stil.
–
Toshkent: Fan, 1988.
3. Shoabdurahmonov Sh.,
А
sqarova M., Hojiev
А
., Rasulov I., Doniyorov X.
Hozirgi oʼzbek adabiy tili
. 1-qism.
–
Toshkent: Oʼqituvchi
, 1980.
4. Shomaqsudov
А
., Rasulov I.,
Qoʼngʼurov R
., Rustamov H.
Oʼzbek tili
stilistikasi.
–
Toshkent: Oʼqituvchi
, 1983.
5.
Oʼzbek tili grammatikasi
. I
–
II tomlar.
–
Toshkent: Fan, 1976.
6.
Qoʼngʼurov R
., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat
asoslari.
–
Toshkent: Oʼqituvchi
, 1992.
