Авторы

  • Ирода Фарходова

Биография автора

  • Ирода Фарходова
    Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.125162

Аннотация

Ushbu maqolada adabiyot darslarida badiiy san’atlarni o‘rgatishda zamonaviy yondashuvlar, ya’ni interaktiv metodlar, pedagogik texnologiyalar va vizual vositalarning o‘rni haqida fikr yuritiladi. Klaster, debat, insert metodi, konseptual xarita, aqliy hujum kabi usullarni qo‘llab, o‘quvchilarda estetik tafakkurni shakllantirish, badiiy san’atlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada amaliy misollar ham keltirilib, o‘qituvchilarga foydali tavsiyalar beriladi.


background image

133

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ADABIYOT DARSLARIDA BADIIY SAN’ATLARNI O‘RGATISHDA

ZAMONAVIY METOD VA TEXNOLOGIYALARNING SAMARASI

Farxodova Iroda Abdurazzoq qizi

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU 2-bosqich magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada adabiyot darslarida badiiy san’atlarni o‘rgatishda

zamonaviy yondashuvlar,

ya’ni interaktiv metodlar

, pedagogik texnologiyalar va

vizual vositalarning o‘rni haqida fikr yuritiladi

. Klaster, debat, insert metodi,

konseptual xarita,

aqliy hujum kabi usullarni qo‘llab

,

o‘quvchilarda estetik tafakkurni

shakllantirish,

badiiy san’atlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati

yoritilgan. Shuningdek, maqolada amaliy misollar ham keltirilib,

o‘qituvchilarga

foydali tavsiyalar beriladi.

Kalit so‘zlar:

badiiy san’at

, adabiyot darsi, interaktiv metod, zamonaviy

texnologiya, klaster, konseptual xarita, insert, debat, aqliy hujum.

Annotation:

His article discusses the role of modern approaches in teaching

literary devices in literature classes, including interactive methods, pedagogical
technologies, and visual tools. It highlights the effectiveness of techniques such as
clustering, debates, the INSERT method, conceptual mapping, and brainstorming in

developing students’ aesthetic thinking and analytical skills related to literary

devices. The article also provides practical examples and offers useful
recommendations for teachers.

Keywords:

artistic devices, literature education, interactive teaching methods,

educational technologies, clustering technique, conceptual mapping, INSERT
strategy, classroom debates, brainstorming approach

.


Kirish.

Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar

, pedagogik

texnologiyalar va raqamli vositalar muhim omillarga aylangan bir davrda adabiyot
fani ham yangicha talqinga muhtoj.

“Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim

-

tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda
pedagogika,

psixologiya fanlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan keng ko‘lamli serqirra

tushunchadir.

Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta’riflar berilgan: Texnologiya –

ishlov berish,

ahvolni o‘zgartirish san’ati

, mahorati,

qobiliyati metodlar yig‘indisi

.

(V. M. Shepel). Pedagogik texnologiya

Bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish

(tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi ( talaba) larga muayyan sharoit va ketma

-


background image

134

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan

shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir. (N. Saydaxmedov )

18

.

Adabiyot darslari o‘quvchida badiiy

-estetik dunyoqarashni shakllantirish, uning

obrazli tafakkurini rivojlantirish, til va nutq madaniyatini yuksaltirishga xizmat
qilishi lozim.

Bu maqsadlarga esa faqatgina an’anaviy ma’ruzaviy yondashuv bilan

emas,

balki interaktiv va texnologik metodlarning uyg‘unlashuvi orqali erishish

mumkin. Xususan,

adabiy matnlarni tahlil qilishda badiiy san’atlarni o‘rgatish

alohida o‘rin tutadi

.

“San’at –

“sun”

,

ya’ni “yaratmoq” soʻzidan olingan boʻlib

,

badiiylik yaratish demakdir.

Badiiylik yaratishning yoʻllari koʻp

.

Badiiy sanʻatlar

asarda ifodalangan gʻoyalarning hayotiyroq

,

taʻsirchanroq ifodalanishini

, lirik va epik

timsollarning yorqinroq gavdalantirilishini, misralar, bayt va bandlarning lafziy
nazokati, musiqiyligi,

jozibadorligini taʻminlovchi vositalardir

19

. Zero, badiiy

san’atlar adabiy asarning ifoda vositalarini boyitadi

,

uni chuqur va ta’sirli qiladi

,

estetik zavq uyg‘otadi

.

Lekin bu san’atlarni o‘quvchilarga quruq ta’rif bilan emas

,

balki faol metodlar orqali singdirish samaraliroqdir. Shu boisdan, bugungi adabiyot

darslarida “klaster”

,

“konseptual xarita”

,

“insert”

,

“rolli o‘yinlar”

,

“debate” kabi

metodlarning qo‘llanilishi nafaqat darsni jonlantiradi

,

balki o‘quvchining fikrlash

doirasini kengaytiradi,

bilimni ongli va izchil o‘zlashtirishga xizmat qiladi

.

Shuningdek, zamonaviy raqamli vositalar

animatsiyalar, onlayn test tizimlari,

video darslar,

mobil ilovalar yordamida badiiy san’atlarni ko‘rgazmali

, esda qolarli

tarzda tushuntirish imkoni mavjud. Interfaol yondashuvlar va texnologik imkoniyatlar

uyg‘unligi asosida tashkil etilgan adabiyot darslari o‘quvchilarni faollikka undaydi

,

mustaqil izlanish va mulohaza yuritish ko‘nikmalarini rivojlantiradi

. Badiiy

san’atlarni zamonaviy metodlar orqali o‘rgatish g‘oyasi ta’lim sifatini oshirish

,

o‘quvchilarni o‘z fikrini bayon qilishga o‘rgatish

, ularni badiiy-estetik tafakkur sohibi

qilib tarbiyalashda muhim omil sifatida e’tirof etilishi lozim

.

Asosiy qism.

Badiiy san’atlarni o‘rgatishda interaktiv metodlarning o‘rni

.

“Interaktiv so‘zi ingliz tilidagi “Interakt” so‘zidan olingan bo‘lib

,

“Inter”

- birgalikda,

o‘zaro

,

“akt”

-

harakat ma’nosini bildiradi

,

ya’ni o‘zaro birgalikdagi harakat

, faoliyat

yoki suhbat,

dialog tartibida bo‘lishni (masalan

,

o‘quvchi

-

o‘qituvchi

,

o‘quvchi

-

o‘quvchi

,

o‘quvchi

-kompyuter) ifodalaydi.

Interaktiv ta’lim metodi

,

budialogik ta’lim

bo‘lib

,

u o‘quvchi va o‘qituvchi yoki o‘quvchi va kompyuter o‘rtasidagi o‘zaro

birgalikdagi faoliyat jarayonini ko‘zda tutadi

20

.

Interaktiv metodlar o‘quvchini

18

https://muhaz.org/mavzu-ona-tili-darslarida-yangi-pedagogik-texnologiyalardan-fo.html

19

https://uz.wikipedia.org/wiki/Turkum:O

20

“Ta’lim jarayonida interaktiv metodlarning ahamiyati” Iskandarov Islombek , Journal of new Century Innovations


background image

135

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

darsning passiv tinglovchisi emas, balki faol ishtirokchisiga aylantiradi.

Ular o‘z

fikrini erkin aytadi, muhokamalarda qatnashadi, mustaqil izlanadi. Quyidagi metodlar
ayniqsa samaralidir:

Aqliy hujum (Brainstorming). Aqliy hujum (inglizcha: Brainstorming)

bu

o‘quvchilarning erkin fikrlashi

,

yangi g‘oyalarni ilgari surishi va biror masalaga

ijodiy yondashishini rag‘batlantiruvchi interaktiv metod hisoblanadi

. Bu usul darsda

o‘quvchilarni muammoni hal qilishga jalb etish

, ularning mustaqil fikr va qarashlarini

shakllantirishda juda samarali vositadir. Masalan,

Alisher Navoiy g‘azalida

qo‘llanilgan “tazod” san’atini tushuntirishdan oldin

,

o‘qituvchi savol beradi: Qanday

so‘z juftliklari bir

-

biriga zid ma’noni bildiradi? Hayot va o‘lim

,

yorug‘lik va zulmat

,

sevgi va nafrat kabi...

O‘quvchilar guruhlarda yoki yakka tartibda fikr bildiradilar

,

doskaga yoziladi.

So‘ngra o‘qituvchi bu fikrlarni umumlashtirib

,

tazod san’atining

mohiyatini tushuntiradi. Aqliy hujum metodining asosiy xususiyatlari:

o‘quvchilar erkin fikr bildiradilar

,

xato qilishdan qo‘rqmaydilar;

har qanday fikr qadrlanadi, baholanmaydi (dastlabki bosqichda);

fikrlar miqdoriga e’tibor beriladi

, sifati keyinroq tahlil qilinadi;

barcha o‘quvchilar faol ishtirok etadi

.

Insert usuli. INSERT (Interactive Noting System for Effective Reading and

Thinking)

bu matn ustida faol ishlashga asoslangan interaktiv usul bo‘lib

,

o‘quvchilarga o‘qiyotgan matni ustida tahliliy va tanqidiy fikrlashni o‘rgatadi

. Bu

metod orqali o‘quvchi matnni o‘qiydi

,

tushungan joyiga belgilar qo‘yadi va shu

asosda o‘z fikrini shakllantiradi

.

Bu usul asosan o‘qitilgan matnni chuqur anglash

,

asosiy g‘oyani ajratish

,

savollar tug‘ilishi kabi faoliyatlarni rivojlantiradi

. Matn bilan

ishlaganda o‘quvchilar nima tushunarli

, nima qiziq, nima yangi ekanligini belgilab

boradilar.

O‘quvchiga matnni o‘qiyotganda quyidagi belgilarni qo‘yish tavsiya

etiladi:

Belgisi

Ma’nosi

(+) Bu faktni bilardim,

tanish ma’lumot

(

)

Yangi ma’lumot

, ilgari bilmagan narsa

(?) Savolim bor, tushunarsiz yoki chalkash joy

(!)

Qiziq ma’lumot

,

e’tiborga loyiq fikr

Insert usulidan foydalanish bosqichlari: Matn tarqatiladi (she’r

,

g‘azal yoki

badiiy parcha).

O‘quvchilar matnni o‘qiydilar va belgilashadi (katta varoqqa yoki

jadvalga yozishadi). Har bir belgi asosida fikr bildiradilar, savolga javob topadilar


background image

136

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yoki tahlil qiladilar.

Guruh yoki sinf bo‘yicha fikr almashiladi

. Bu metodning

afzalligi:

o‘quvchini matnga faol jalb qiladi;

tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi;

o‘quvchilar mustaqil fikr bildirishga o‘rganadilar

, ;

o‘qituvchi o‘quvchining tushunganini

, savol va qiziqishini aniqlay oladi.

Debat (munozara). Debat

bu o‘quvchilarni muayyan mavzu atrofida qarama

-

qarshi fikrlar bilan fikrlashga,

bahslashishga va o‘z nuqtayi nazarini asoslab berishga

o‘rgatuvchi interaktiv metod hisoblanadi

.

Bu metod orqali o‘quvchilar: tanqidiy

fikrlaydi, asosli dalillar keltiradi, boshqalarni hurmat bilan eshitadi, nutq
madaniyatini rivojlantiradi. Bu metodda ikkita qarama-qarshi fikrni bildiruvchi savol

yoki g‘oya tanlanadi

.

Masalan: “Badiiy san’atlar asarning mazmunini kuchaytiradimi

yoki chalg‘itadimi?” “Badiiy san’atlar bo‘lmasa

,

asarlar qanday ko‘rinishda

bo‘lardi?” degan savollar asosida guruhlarga bo‘linib bahs yuritiladi

. 1-

guruh: “Ha

,

badiiy san’atlar mazmunni boyitadi” —

tarafdorlari

2-

guruh: “Yo‘q

,

badiiy san’atlar asliy fikrdan chalg‘itishi mumkin” —

qarshilari

Dalillar tayyorlash: Har bir guruh o‘z pozitsiyasini isbotlovchi misollar

, dalillar

keltiradi.

Bahs jarayoni: Guruhlar navbatma-navbat chiqish qiladi, savol-javoblar

o‘tkaziladi

.

Xulosa va baholash: O‘qituvchi yoki hakam guruhlar asosida kimning fikri

kuchliroq bo‘lganini baholaydi

.

Klaster va konseptual xaritalar asosida tahlil qilish. Klaster (guruhlash)

bu

asosiy bir tushunchani atrofida unga bog‘liq fikrlar

,

g‘oyalar yoki tushunchalarni

tarmoq shaklida tasvirlash metodidir.

Bu metod o‘quvchining erkin fikrlashini

,

bog‘liqliklarni aniqlashini va asosiy g‘oyani tushunishini osonlashtiradi

. Maqsadi:

O‘quvchilar bilimini faollashtirish; Tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish;

Asosiy mavzuni chuqur anglashga yordam berish. Masalan,

doskaning o‘rtasiga

asosiy tushuncha yoziladi.

Atrofga bu tushuncha bilan bog‘liq fikrlar

,

san’at turlari

,

misollar tarmoq holida yoziladi.

O‘quvchilar shu asosda guruhlash

, tahlil qilish

ishlarini bajaradilar.

Adabiyot darsida qo‘llashga misol: Klaster markazi: Tazod

Atrofida: Qarama-qarshi tushunchalar, baytlardan misollar,

ta’siri

,

boshqa san’atlar

bilan bog‘liqligi yoziladi

.

Konseptual xarita esa tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni

ko‘rsatadi

.

Bu orqali o‘quvchi san’at turlarining farqi va o‘xshashligini tez anglaydi

.


background image

137

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O‘quvchining faolligini oshiruvchi topshiriqlar

. Darsda faollikni oshirish uchun

quyidagilar samarali:

“Badiiy san’atni top” o‘yini: Bayt beriladi

,

o‘quvchi undagi san’at turini

aniqlaydi.

“Misol keltir” mashqi: Har bir o‘quvchi tanlagan san’atga she’r yoki hikoyadan

misol topadi.

“She’r yozish” topshirig‘i: Berilgan badiiy san’at asosida o‘quvchi 2 misrali

she’r yozadi

.

Xulosa.

Adabiyot darslarida badiiy san’atlarni o‘rgatish o‘quvchilarning estetik

dunyoqarashini shakllantirish, obrazli tafakkurini rivojlantirish, til va nutq

madaniyatini boyitishda muhim o‘rin tutadi

. Biroq bu jarayonni samarali tashkil etish

uchun faqat an’anaviy uslublar bilan cheklanib qolmasdan

, zamonaviy pedagogik

yondashuvlarni,

interaktiv metodlarni va raqamli texnologiyalarni uyg‘un holda

qo‘llash zarur

.

Maqolada ko‘rib chiqilgan “insert”

,

“klaster”

,

“konseptual xarita”

,

“aqliy hujum”

,

“debat” kabi metodlar badiiy san’atlarni tushunish va tahlil qilishda

o‘quvchining faolligini oshiradi

, darsni qiziqarli, mazmunli va esda qolarli qiladi.

Ayniqsa, badiiy matnlar asosida tashkil etilgan guruhli ishlar, vizual grafikalar va

raqamli vositalar orqali san’at turlarini ko‘rgazmali tushuntirish

, ularning hayotiy va

estetik ahamiyatini ochib berish imkoniyati ortadi. Interaktiv usullar yordamida

o‘quvchilar o‘z fikrini ochiq bildirishga

, bahslashishga,

dalil keltirishga o‘rganadilar

.

Bu esa ularning tanqidiy va tahliliy tafakkurini shakllantiradi.

Badiiy san’atlarni

o‘rganish orqali o‘quvchilar asardagi obrazlarning chuqur ma’nosini

, muallifning

badiiy mahoratini anglaydi.

Bu bilim va ko‘nikmalar esa ularning hayotiy tajribasini

boyitadi, badiiy-estetik saviyasini yuksaltiradi. Shu boisdan, har bir adabiyot

o‘qituvchisi badiiy san’atlarni o‘rgatishda interaktiv metodlar va zamonaviy

texnologiyalardan foydalanishni dars jarayonining ajralmas qismiga aylantirishi
lozim.

Chunki bu yondashuv o‘quvchini faol

, izlanadigan, fikrlaydigan va eng

muhimi san’atni his etadigan shaxs sifatida shakllantirishda beqiyos vositadir

.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Saidahmedov N. Pedagogik texnologiyalar asoslari.

Toshkent: TDPU

nashriyoti, 2015.

256 b.

2.

Ahmedov A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.

Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.

312 b.

3.

Yuldoshev Sh. Pedagogik texnologiyalar.

Toshkent: O‘zbekiston

milliy nashriyoti, 2017.

220 b.


background image

138

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

4.

Qurbonov A. Badiiy asar tahlili nazariyasi.

Toshkent: Adabiyot

nashriyoti, 2019.

184 b.

5.

Norqobilova D.

Adabiyot o‘qitish metodikasi

.

Toshkent: Pedagogika,

2016.

164 b.

6.

“Ta’lim jarayonida interaktiv metodlarning ahamiyati” Iskandarov

Islombek, Journal of new Century Innovations

7.

https://muhaz.

org/mavzu-ona-tili-darslarida-

yangipedagogik

texnologiyalardan-fo. html

8.

https://uz. wikipedia. org/wiki/Turkum:O

Библиографические ссылки

Saidahmedov N. Pedagogik texnologiyalar asoslari. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2015. — 256 b.

Ahmedov A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. — 312 b.

Yuldoshev Sh. Pedagogik texnologiyalar. — Toshkent: O‘zbekiston milliy nashriyoti, 2017. — 220 b.

Qurbonov A. Badiiy asar tahlili nazariyasi. — Toshkent: Adabiyot nashriyoti, 2019. — 184 b.

Norqobilova D. Adabiyot o‘qitish metodikasi. — Toshkent: Pedagogika, 2016. — 164 b.

“Ta’lim jarayonida interaktiv metodlarning ahamiyati” Iskandarov Islombek, Journal of new Century Innovations

https://muhaz. org/mavzu-ona-tili-darslarida-yangipedagogiktexnologiyalardan-fo. html

https://uz. wikipedia. org/wiki/Turkum:O