187
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
TARVUZDA ANIQLANGAN ZAMBURUG‘LI KASALLIK TURLARI VA
IQTISODIY AXAMIYATI YUQORI BO‘LGAN TURLARINING BIOLOGIK
XUSUSIYATLARI
FUNGAL DISEASE TYPES IDENTIFIED IN WATERMELON AND THE
BIOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THOSE WITH HIGH ECONOMIC
IMPORTANCE
ВИДЫ ГРИБКОВЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ
,
ВЫЯВЛЕННЫЕ НА АРБУЗЕ
,
И
БИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ВИДОВ С ВЫСОКИМ
ЭКОНОМИЧЕСКИМ ЗНАЧЕНИЕМ
Begimov Abdulaziz Ulug‘bek o‘gli
Toshkent Davlat Agrar Universiteti,
Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi
,
magistratura talabasi
Shavkatov Javharbek Shavkat o‘gli
Toshkent Davlat Agrar Universiteti,
Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi
,
magistratura talabasi
Turdaliyev Mirjalol Voxidjon o‘g‘li
Toshkent Davlat Agrar Universiteti,
Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi
,
magistratura talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tarvuz (Citrullus lanatus) ekinlarida keng
tarqalgan zamburugʻ kasalliklari
, ularning tarqalish sabablari, iqtisodiy zarari hamda
biologik xususiyatlari o‘rganildi
.
Asosiy e’tibor antraknoz (
Colletotrichum
orbiculare), fuzarioz solishi (Fusarium oxysporum f. sp. niveum), unshudring
(Podosphaera xanthii), sklerotiniya chirishi (Sclerotinia sclerotiorum) va
peronosporoz (Pseudoperonospora cubensis) kabi kasalliklarga qaratildi. Har bir
kasallikning alohida morfologik belgilari,
ekologik moslashuvchanligi va o‘simlikka
ta’sir darajasi tahlil qilindi
. Tadqiqot natijalari tarvuz yetishtirishda yuqori
hosildorlikka erishish va sifatni saqlab qolishda kasalliklarning o‘z vaqtida
aniqlanishi va ularga qarshi samarali kurash choralari muhimligini ko‘rsatdi
.
Maqolada ushbu kasalliklarning oldini olishga doir umumiy tavsiyalar va agrotexnik
hamda kimyoviy kurash usullarining samaradorligi tahlil etildi.
Abstract:
This article investigates the major fungal diseases affecting
watermelon (Citrullus lanatus) crops, focusing on their causes of spread, economic
impact, and biological characteristics. Particular attention is given to anthracnose
(Colletotrichum orbiculare), fusarium wilt (Fusarium oxysporum f. sp. niveum),
188
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
powdery mildew (Podosphaera xanthii), white mold (Sclerotinia sclerotiorum), and
downy mildew (Pseudoperonospora cubensis). The morphological features,
ecological adaptability, and severity of impact on plants of each disease are analyzed
in detail. The research findings highlight the importance of timely identification and
effective control measures to achieve high yields and maintain fruit quality in
watermelon cultivation. The study also evaluates general recommendations for
disease prevention and the effectiveness of both agrotechnical and chemical control
methods.
Аннотация:
В данной статье изучены широко распространённые
грибковые болезни арбуза (
Citrullus lanatus),
причины их распространения
,
экономический ущерб
,
а также биологические особенности
.
Основное
внимание уделялось таким заболеваниям
,
как антракноз (
Colletotrichum
orbiculare),
фузариозная гниль (
Fusarium oxysporum f. sp. niveum),
мучнистая
роса (
Podosphaera xanthii),
склеротиниоз (
Sclerotinia sclerotiorum
) и
пероноспороз
(
Pseudoperonospora
cubensis).
Были
проанализированы
морфологические признаки каждого заболевания
,
их экологическая
адаптивность и степень воздействия на растение
.
Результаты исследования
показали важность своевременного выявления заболеваний и эффективных мер
борьбы с ними для достижения высокой урожайности и сохранения качества
арбузов
.
В статье также рассмотрены общие рекомендации по профилактике
этих заболеваний
,
а также оценена эффективность агротехнических и
химических методов борьбы
.
Kalit so‘zlar:
tarvuz,
zamburugʻ kasalliklari
, antraknoz, fuzarioz, unshudring,
biologik xususiyatlar, iqtisodiy zarar, kurash choralari.
Keywords:
watermelon, fungal diseases, anthracnose, fusarium wilt, powdery
mildew, biological characteristics, economic impact, control measures.
Ключевые слова:
Арбуз
,
грибковые заболевания
,
антракноз
,
фузариоз
,
мучнистая роса
,
биологические особенности
,
экономический ущерб
,
меры
борьбы
.
Kirish.
Tarvuz (Citrullus lanatus (Thunb. ) Matsum. et Nakai) qadim
zamonlardan buyon insoniyat tomonidan yetishtirib kelinayotgan muhim qishloq
xo‘jaligi ekinlaridan biri hisoblanadi
. Tarvuzning mevalari inson salomatligi uchun
zarur bo‘lgan ozuqaviy moddalarga nihoyatda boy bo‘lib
,
ularning tarkibida o‘rtacha
0
–
12% quruq modda, shu jumladan 6
–
11% shakar (asosan fruktoza), 0, 5% oqsil, 0,
5% kletchatka, A, B1, B2, PP vitaminlari hamda temir, kaltsiy, kaliy va oltingugurt
189
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
kabi mikroelementlar mavjud. Aynan shu biologik boyligi sababli tarvuz butun dunyo
bo‘ylab sevib iste’mol qilinadi va oziq
-
ovqat xavfsizligida muhim o‘rin egallaydi
.
X. Ch.
Buriev va boshqalar ma’lumotlari bo‘yicha jahon bo‘yicha poliz ekinlari
ekiladigan maydoni 2, 8-2, 9 mln gektarni tashkil qiladi. Shulardan 70% tarvuz, 20%
qovun, 10% oshqovaqdir [1].
Poliz ekinlarining mevalarini hosili tarvuzda-23-26 mln tonna, qovun-6, 4-6, 6
mln tonna, oshqovoqda-4-5 mln tonnani tashkil qiladi.
Poliz ekinlarini eng ko‘p
etishtiradigan mamlakatlar qatoriga-Xitoy, Hindiston,
Amerika Qo‘shma Shtatlari
,
Rossiya,
O‘zbekiston
, Yaponiya, Ukraina kiradi [4].
O‘zbekiston Respublikasining ob
-havo va tuproq sharoiti poliz ekinlarining
mevalarini etishtirish va ulardan mo‘l hosil olish uchun juda qulaydir
. Chunki
bahorimiz erta keladi, yozimiz uzoq davom etadi, kuzimizda sovuq kech tushadi.
Mamalakatimiz Markaziy Osiyo respublikalari ichida eng yirik polizchilik mintaqasi
hisoblanadi.
O‘zbekiston miqyosida har yili 35
-40 ming gektardan ortiq yer maydoni poliz
ekinlari ekish uchun ajratiladi va yalpi hosil 450-500 ming tonnani tashkil qiladi.
Shundan Toshkent viloyati Respublikasida poliz ekinlari 5, 5 ming gektar maydonga
ekilib, 39 ming tonna miqdorida yalpi hosil olinmoqda [2].
Poliz ekinlari issiqsevar o‘simlik jumlasiga kiradi
. Tarvuz 16-17
O
C issiqlikda
ko‘karadi
.
Urug‘larning tez ko‘karib chiqishi uchun tuproqning issiqligi 30
-35
O
C
bo‘lishi kerak
.
Sovuq tuproqga ekilgan urug‘ yer isimaguncha ko‘karmaydi
.
Tarvuz ekinlarining mevalariga bo‘lgan er yuzidagi jami aholining talablarining
yildan-
yilga oshib borishi va ularni aholi tomonidan sevib iste’mol qilishining
sabablaridan asosiysi mevalarning ajoyib ta’mga ega bo‘lishligi hamda ularning
tarkibida inson organizmi uchun juda foydali moddalarning borligidir. U
moddalarning tarkibi va soni oldingi birinchi bobda keltirgan.
Ma’lumki
,
tarvuz ekini o‘sish va rivojlanish davrida kasallik qo‘zg‘atuvchi
zamburug‘ turlari bilan har xil darajada kasallanadi
. Kasallik belgilarini bir-birlaridan
ajratish,
kasalliklarni qaysi turga mansub zamburug‘ qo‘zg‘atganligini to‘g‘ri hal
qilish uchun kasalliklarning tashqi belgilarini o‘rganish va ularni to‘g‘ri tavsif qila
bilish katta ahamiyatga egadir.
Tarvuzda eng keng tarqalgan va xavfli zamburug‘ kasalliklaridan biri bu
fuzarioz qurishidir (Fusarium oxysporum f. sp. niveum). Ushbu patogen tuproq orqali
o‘simlikka kirib
, tomir tizimiga zarar yetkazadi,
natijada barglar so‘lib
, butun
o‘simlik qurib qoladi
. Bu kasallik ayniqsa issiq va nam sharoitda tez rivojlanadi va
ayrim hollarda plantatsiyalarning 40
–80% gacha hosilini yo‘qotishga olib keladi
.
190
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Shuningdek, tarvuz yetishtirishda antraknoz (Colletotrichum lagenarium) ham keng
tarqalgan bo‘lib
, u barg,
poya va mevalarda qoramtir yoki jigarrang dog‘lar paydo
bo‘lishiga sabab bo‘ladi
. Bu kasallik ayniqsa nam va iliq iqlim sharoitida tez
tarqaladi, mevalarda esa chirish holatlarini keltirib chiqarib, ularning savdo va
iste’mol sifati keskin pasayishiga olib keladi
.
Bundan tashqari, kulrang chirish (Botrytis cinerea) va sklerotiniya chirishi
(Sclerotinia sclerotiorum
) kabi zamburug‘lar ham tarvuz o‘simligi uchun xavflidir
.
Ular ayniqsa saqlash va transport jarayonlarida katta zarar yetkazadi. Kulrang
chirishda mevalar yuzasida kulrang mog‘or qatlami hosil bo‘lib
,
mevaning iste’molga
yaroqsiz holga kelishiga olib keladi. Sklerotiniya esa barg va poyani qamrab olib,
o‘simlikning to‘liq nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi
. Nam va zich ekilgan
plantatsiyalarda bu kasallik tez tarqaladi.
Shuningdek,
tarvuz
barglarida
uchraydigan
mildyu
kasalligi
(Pseudoperonospora cubensis) fotosintez jarayonini keskin pasaytiradi. Barglarda
sariq-
yashil dog‘lar
,
orqa tomonida esa kulrang sporali qatlam paydo bo‘ladi
. Bu esa
o‘simlikning oziqlanishini buzadi va yakuniy hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi
.
Zamburug‘ kasalliklarining tarvuz yetishtirishdagi ahamiyati bir necha asosiy jihatlar
orqali namoyon bo‘ladi
. Birinchidan,
ular hosilning bevosita yo‘qotilishiga olib
keladi. Ayrim holatlarda kasalliklar plantatsiyaning katta qismini nobud qiladi.
Ikkinchidan,
mevalarning sifati pasayadi: chirigan yoki dog‘langan mevalar bozorda
talab qilinmaydi. Uchinchidan,
bu kasalliklarga qarshi kurashish ko‘p mablag‘ va
mehnat talab qiladi.
Fungitsidlardan noto‘g‘ri yoki ortiqcha foydalanish esa ekologik
muvozanatga zarar yetkazadi.
Ilmiy tadqiqot ishlarimizning asosiy maqsadlaridan biri Toshkent viloyati dala
sharoitida o‘stirilayotgan tarvuz ekinlaridan namunalarni yig‘ish va zamburug‘
turlarini aniqlash edi. Shuning uchun biz har yili erta bahordan kech kuzgacha poliz
ekinlarida paydo bo‘lgan kasalliklarni kuzatib
,
tekshirib bordik va kasal o‘simlik
a’zolaridan gerbariy namunalarini tupladik
. Natijada 2023-2024 yil davomida Ilmiy
tadqiqot ishlarimizni bajarish jarayonida Toshkent viloyati sharoitida o‘stirilayotgan
tarvuz ekinlarining kasallangan a’zolaridan to‘plagan gerbariy namunalarimiz
yig‘ildi
. Laboratoriya sharoitida MB-1, MB-3,
universal’niy rusumli mikroskoplar
yordamida zamburug‘ turlarini aniqlangan
.
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki yig‘ilgan gerbariy namunalaridan
zamburug‘larning 15 ta turi 2 ta formasi aniqlandi
. Ular 3 ta sinf, 7 ta tartib, 7 ta oila,
11 ta turkumga mansubligi qayd qilindi.
Eng ko‘p turlarini Deuteromycetes sinfi
-11
ta tur 1 ta forma; Oomycetes sinfiga-1 ta tur; Ascomycetes sinfiga - 1 ta forma,
191
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Myselia sterili 1 ta turni tashkil qildi.
Eng ko‘p kasallik qo‘zg‘atuvchilar
Fusarium
turkumiga mansub bo‘lib 3 ta tur 1 ta forma;
Alternaria turkumidan 2 ta tur, qolgan
turkum vakillaridan 1 turlar aniqlangan.
Iqtisodiy axamiyati yuqori bo‘lgan turlarning biologik xususiyatlari
quyidagicha: Patogen zamburug‘ turlarining biologik xususiyatlarini o‘rganish katta
ahamiyatga egadir.
Chunki har bir zamburug‘ turi yashash sharoiti
,
xo‘jayin o‘simlik
turi,
atrof muhitning o‘zgarib turishi va boshqa omillar ta’sirida biologik
xususiyatlarini shu sharoitiga moslashish uchun ma’lum darajada o‘zgartirib turadi
.
Demak zamburug‘larning biologik xususiyatlarini o‘rganish ularning faqat bir
-
birlaridan farqini aniqlash uchun emas,
balkim ular qo‘zg‘atgan kasalliklariga qarshi
ishlab chiqilgan chora tadbirlarning samaradorligi bilan chambarchas bog‘liqdir
.
Shuning uchun biz ham tadqiqot ishlarimizni bajarish jarayonida tarvuzning dala
sharoitida patogen zamburug‘ turlari qo‘zg‘atgan kasalliklar bilan kasallanish
darajasini aniqlashga alohida e’tibor berildi
. Aniqlangan turlar asosan tuproq
sharoitidagi o‘simlik qoldiqlarida hayot kechiradigan yoki kasal o‘simlik qoldiqlarida
qishlov bosqichlarini tuproq sharoitida o‘tkazadigan turlar
.
1-
jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki tarvuz ekinlarining eng kuchli
kasallanish darajasi fuzarioz so‘lish kasalligida namoyon bo‘ldi (30
, 6%). Keyin
fuzarioz ildiz chirish (20, 2%),
al’ternarioz dog‘lanish (17
, 0%), un-shudring (14,
9%) eng kam kasallanish askoxitoz dog‘lanishda (3
,
8%) ko‘zatildi
.
1-jadval.
Tarvuz o‘simligining kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlari bilan
kasallanish darajasi, % hisobida (2023-2024 yillar)
№
Kasalliklarning nomi
Kasalliklar bilan kasallanish
darajasi, % hisobida
1
Un
-
shudring kasalligi
14, 9
2
Soxta un
-
shudring
4, 5
3
Verticillyoz so‘lish kasalligi
6, 8
4
Fuzarioz so‘lish kasalligi
30, 6
5
Fuzarioz ildiz chirish
20, 2
6
Kladosporioz dog‘lanish
8, 9
7
Askoxitoz dog‘lanish
3, 8
8
Alternarioz dog‘lanish
17, 0
9
Boshqa zamburug‘ turlari ishtirokida hosil
bo‘lgan ildiz chirish kasalligi
10, 2
192
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Tarvuz ekinlari rizosferasidan aniqlangan zamburug‘ turkumlari va ularning
propagulalarining miqdoriiga e’tibor qiladigan bo‘lsak
, tarvuz ekinlarining mevalari
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri tuproq tepasida hosil bo‘lganligi sababli ularning kasallanishlariga
tuproq sharoitida hayot kechirayotgan zamburug‘ turlarining ahamiyati ayniqsa
kattadir.
Tadqiqotlar davomida tarvuz rizosferasidan 6 ta zamburug‘ turlari ajratildi
.
Bular Botrytis cinerea, Cladosporium herbarum, Fusarium oxysporum, Mucor
plumbeus, Pythium debaryanum,
Rhizoctonia solani zamburug‘ turlaridir
.
O‘z navbatida qayd qilingan turlardan ko‘pchiligi bahorda yangi o‘sib chiqqan
ekinlarining nihollarini kasallantiradilar. Bundan tashqari ular ayniqsa tarvuz
ekinlarining hosil bo‘layotgan va hosil bo‘lgan mevalarini chirish jarayonlarida faol
qatnashadilar.
Natijada meva hosiliga ko‘p zarar etkazadilar
.
O‘simliklarni kasallantirish xususiyatlariga ega bo‘lgan zamburug‘ turlari
sayyoramizning juda ko‘p mamlakatlarida keng tarqalgandir
.
Chunki ularning o‘sish
va rivojlanishlari uchun qulay sharoit mavjud bo‘lishi bilan
, hamma muhitda ham
o‘sish va rivojlanish qobilyatiga egadirlar
. Ularning tarqalishlari havo oqimida
shamol yordamida xo‘jayin o‘simlik urug‘lari
,
tuproq sharoitida kasal o‘simlik
qoldiqlari va boshqa yo‘llar bilan sodir bo‘ladi
.
Patogen zamburug‘ turlarining o‘simlik to‘qimalariga kirishlari ham har xildir
.
Ular asosan xo‘jayin
-
o‘simlik to‘qimalari ustitsalari
, ildiz tizimi,
o‘simlikda har xil
payda bo‘lgan mexanik jarohatlar darz ketgan joylardan kirishlari mumkin [3]
.
O‘simlik a’zolarining jarohatlanishi vegetatsiya davrida dala sharoitida
mexanizatsiyalashtirilgan agrotexnik ishlarni bajarish jarayonida hosil bo‘ladi
.
Biologik jarohatlar esa ob-
havo sharoitining keskin o‘zgarishi
, qattiq shamol esishi,
dul yog‘ishi yoki o‘simliklarning zararkunanda va kasal qo‘zg‘atuvchi
mikroorganizm turlari bilan kasallanishlari natijasida hosil bo‘ladi
. Kasallangan
barglar va boshqa kasal a’zolari quriydi
,
to‘kilib palagi yolong‘ochlanib qoladi
. Bu
guruh kasalliklarni Fusarium, Botrytis, Alternaria, Aspergillus, Cladosporium va
boshqa turkumga mansub turlar qo‘zg‘atadi
.
Xulosa.
Tarvuz o‘simligi o‘zining yuqori oziqlik qiymati bilan qanchalik foydali
bo‘lmasin
,
uning muvaffaqiyatli yetishtirilishi ko‘plab kasalliklardan
, ayniqsa
zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklardan himoyalanish darajasiga bevosita bog‘liq
.
Shu sababli, ilmiy asoslangan fitopatologik monitoring, agrotexnik chora-tadbirlar,
kasallikka chidamli navlar yaratish va integratsiyalashgan kasalliklar nazorati tizimi
(IPM)ni joriy qilish
–
zararni kamaytirish va barqaror hosil olishda muhim o‘rin
tutadi.
193
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1
. Buriev X. Ch., Ashurmetov O. A. Poliz ekinlari biologiyasi va etishtirish
texnologiyasi, Toshkent, Mehnat, 2000. - B. 116.
2
. Muhammedalieva S. Z. Verticillyoz dini i arbuza v Ferganskoy doline
Uzbekiskoy SSR. diss. kand. biol-nauk.
–
Tashkent:, 1974, - S. 124.
3
. Polyakov I. Ya., Presov M. P., Smirnov V. P., Prognoz razvitiya vrediteley i
bolezney selskoxozyaystvennыx kultur (s praktikumom) JI
.
«Kolos» Leningradskoe
otdelenie, 1984.
4
. Vasilevskiy N. I., Karakulin K. D.
Parazitnыe nesovershennыe gribы t
. I.
Gifomitsetы
- Leningrad:, Izd. AN SSSR, 1937. -357 s.
