218
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
NAJMIDDIN ABU HAFS UMAR NASAFIYNING HAYOT YO’LI
Fazildinov Saydburxon
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti 4-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Movarounnahr ilmiy-
ma’naviy hayotida chuqur
iz qoldirgan buyuk mutafakkir va olim Najmiddin Abu Hafs Umar an-Nasafiyning
hayoti,
ilmiy faoliyati va ilmiy merosi borasida kengroq ma’lumot berilgan
.
Maqola
da olimning to‘liq nasabi
, laqab va unvonlari, tavallud joyi, tahsil olgan ilmiy
markazlari, ustozlari va shogirdlari, safarlari hamda asarlari haqida mufassal
ma’lumotlar berilgan
.
Nasafiy hijriy 461 yilda Nasafda tavallud topgan bo‘lib
, fiqh, hadis, aqida,
kalom,
tafsir va adabiyot sohalarida chuqur bilimga ega bo‘lgan
, hanafiylik va
Maturidiya aqidaviy maktabining yirik namoyandalaridan biri sifatida tanilgan. U ilm
talabida Movarounnahr,
Bag‘dod
, Makka va Madina kabi yirik ilm markazlarida
sayohat qilgan,
yuzlab mashhur olimlardan saboq olgan va o‘z zamonasining eng
yetuk muhaddislaridan biri sifatida e’tirof etilgan
.
Maqolada Nasafiyning ilmiy faoliyatining asosiy markazi
—
Samarqand shahri,
xususan,
“Dor al
-
juzjoniya” ilm dargohidagi faoliyati yoritilgan
. Olimning mashhur
asarlaridan biri
—
“Kitob al
-
qand fiy zikri ulamoi Samarqand” nomli biografik lug‘at
bo‘lib
,
u o‘z yurti olimlari haqida muhim ma’lumotlar jamlangan noyob manba
hisoblanadi. Shuningdek, Nasafiyning hadis ilmidagi ustozlari va rivoyat silsilalari,
uning mashhur shogirdlari, xususan,
o‘g‘li Abul Lays Ahmad ibn Umar haqidagi
tafsilotlar ham berilgan.
Mazkur ishda zamonaviy biografik yondashuv asosida Nasafiyning ilmiy-
avlodiy maktabi, uning islom ilm-
fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
, ijtimoiy-
madaniy muhitdagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi
. Ushbu ilmiy ishda Nasafiy haqida
zamondoshlari, xususan,
Abu Sa’d as
-
Sam’oniy tomonidan yozilgan manbalarga
tayanilgan holda ilmiy tavsiflar taqdim etiladi.
Kalit so’zlar:
Ismlar va Laqablar: Najmuddin Abu Hafs Umar an-Nasafiy,
Sirojuddin, Shayxul-Islom, Muftiy as-Saqolayn, as-Samarqandiy, al-Hanafiy, an-
Naxshabiy.
Tug‘ilgan va Yashagan Hududlar: Nasaf (Naxshab)
, Samarqand, Buxoro,
Bag‘dod
, Marv, Makka, Madina, Bistom
219
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ilmiy Unvonlar va Fazilatlar: al-Hofiz, al-Faqih, az-Zohid, Imom, Muhaddis,
Fozil, Voiz
Ilmiy Faoliyati va Sohalari: Qur’on
, Hadis, Fiqh, Aqida, Kalom, Tafsir,
She’riyat
, Tasavvuf
Madrasalar va Ilmiy Markazlar: Dor al-Juzjoniya, Xumor-tegin madrasasi,
Chokardiza qabristoni, Zuqoq Abu Hafs Umar ibn Muhammad Nasafiy
Asarlar Nomi: Kitob al-
qand fi zikri ‘ulama
-i Samarqand, Tatvil al-asfor li-tahsil
al-axbor, al-
Jomi‘ as
-
sag‘ir (nazmiy)
Mashhur Ustozlari: Abu Muhammad Ismoil ibn Muhammad an-Nuhiy, Abul
Yusr al-Pazdaviy, Abu Ali al-Hasan ibn Abdulmalik an-Nasafiy, Abul Qosim ibn
Bayon, Abul Abbos al-Kudaymiy, Abul Fadl as-
Soig‘iy
Mashhur Shogirdlari: Abul Lays Ahmad ibn Umar (o‘g‘li
,
“al
-
Majd”)
, Abu
Muhammad Abdulloh ibn Ali an-Nasafiy, Abul Qosim Muhammad ibn Muhammad
an-Nasafiy, Abu Bakr Muhammad ibn al-Hasan an-Nasafiy, Abu Muhammad al-
Hasan ibn Ahmad as-Samarqandiy, Abu Nasr Ahmad ibn Abdurrahmon ar-
Rig‘damuniy
, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ibrohim an-Nurbashtiy
Manbalar va Tarixchilar: Abu Sa’d as
-
Sam‘oniy
, Ibn an-Najjor
Oʻrta asrlarda turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va
qomusiy olimning ismi manbalarda kengaytirilgan holda Najmuddin Abu Hafs Umar
ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an-
Nasafiy as-Samarqandiy
bo‘lib
,
Abu Hafs kunyasi bilan mashhur bo‘lgan
. Mazhab
jihatidan al-Hanafiy, tavallud topgan yurtiga nisbatan an-Nasafiy, keyinchalik
ko‘chib borib istiqomat qilgan shahriga nisbatan as
-Samarqandiy nisbalari bilan
tanilgan. Umar Nasafiy hijriy 461 (mil. 1068,
ba’zi manbalarda 1069) yilda Nasafda
tug‘ilgan
.
U ilm talabida ko‘plab o‘lkalarga safar qilgan va juda ko‘p shayxlardan
tahsil olgan. Najmuddin (dinning yulduzi),
Sirojuddin (dinning chirog‘i)
, Muftiy as-
saqolayn (inson va jin toifasining muftisi), Shayxul-Islom (Islom shayxi) kabi
unvonlar bilan laqablangan.
„Najmuddin“ („Dinning yulduzi“) laqabining berilishiga
sabab uning islom ilmida koʻrsatgan xizmatlarining katta boʻlganligini koʻrsatadi
.
Imom Nasafiy Qur’on
, hadis, aqida va fiqh kabi ilmlarni mukammal bilgan,
sheʼriyat
sohasida qalam tebratgan va tafsir, hadis, kalom,
fiqh va sheʼriyatga doir koʻplab
22
Umar Nasafiy. At-taysir fit-tafsir.
–
Istanbul: Dorul-lubob, 2019. J. 1.
–
B. 12.
23
Nasaf Naxshab deb ham atalgan. U qadimda Jayhun (Amudaryo) bilan Samarqand o‘rtasida joylashgan (hozirgi
Qarshi shahri atrofiga to‘g‘ri keladi), aholisi ko‘p, obod shahar bo‘lgan. U yerdan ko‘plab yirik ulamolar yetishib
chiqqan. Yoqut al-
Himaviy. Mu’jam al
-buldon, 5-juz, 285-286 sahifa.
220
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
asarlarni meros qoldirgan. Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro, Nasaf kabi,
shuningdek,
Bagʻdod
,
Marv kabi ilm markazlarida koʻplab olimlardan dars olgan va
qator shogirdlarga dars bergan.
Olim oʻz davrida hadis ilmini bilimdoni sifatida „al
-
Hofiz“
, fiqh olimi sifatida
„al
-
Faqih“
,
yirik tasavvuf namoyandasi sifatida „az
-
Zohid“ unvonlariga musharraf
boʻlgan
.
Movarounnahrda hanafiy mazhabining rivojiga qoʻshgan hissasi ulkan
boʻlgani bois olim ismiga „al
-
Hanafiy“ nisbati ham qoʻshib aytiladi
. Asli Nasafdan
boʻlgan bu olim umrining asosiy qismini Samarqandda oʻtkazgani uchun manbalarda
„an
-Nasafiy summa as-
Samarqandiy“ („nasaflik“
,
soʻngra „samarqandlik“) deya
tavsiflanadi.
Nasafning qadimiy nomi „Naxshab“ boʻlgani bois
, muallifning nasabi
baʼzi manbalarda „an
-
Naxshabiy“ shaklida ham uchraydi
.
Nasafiy yoshlik davrini Nasafda oʻtkazgan
,
30 yoshidan soʻng Samarqandga
borgan. Umrining asosiy, ilmiy-
ijodiy qismini shu shaharda oʻtkazgan va oʻz tahsilini
davom ettirgan.
Shahardagi „Dor al
-
juzjoniya“ nomli markaz uning yetuk olim boʻlib
yetishishida katta ahamiyat kasb etgan. Keyinchalik olim ushbu ilm markazida
mudarrislik qilgan.
Nasafiy 1113-
yili 45 yoshida Makkai Mukarramaga hajga yoʻl oladi
.
U oʻz
safari davomida Bagʻdod shahrida boʻlib
, u yerdagi taniqli olimlar suhbatidan
bahramand boʻladi
.
Bagʻdoddagi Amir Xumor
-tegin ibn Abdulloh madrasasida hadis
ilmidan dars beradi. Hadis roviysi Abul Qosim ibn Bayondan hadislar yozib oladi.
Abul Abbos Muhammad ibn Yunus al-Kudaymiy va Saraxsda Abul Fadl Muhammad
ibn Ahmad as-
Soigʻiy kabi ulamolardan hadislar eshitadi
.
Bagʻdodlik muhaddis olim
Ibn an-
Najjor Nasafiy jamlab taʼlif etgan „Tatvil al
-asfor li-tahsil al-
axbor“
(„Xabarlar talabidagi uzoq safarlar“) nomli asaridan dars olib
,
uni oʻz shogirdlariga
rivoyat qilgan.
Mazkur asarda Nasafiy oʻzining besh yuz ellikta ustozlaridan rivoyat
qiladi va o’zining ustozlarini barchasini ismlarini jamlab keltirgan
. Ammo olimning
Bagʻdod
,
Makka va Madinaga qilgan safari uzoqqa choʻzilmadi
.
U tez orada oʻz ona
yurtiga qaytdi.
Olimning ijodi oʻz yurtiga boʻlgan kuchli muhabbat
, milliy
qadriyatlarga chuqur hurmat,
ilm ahliga mehr va samimiyat tuygʻulari bilan
yoʻgʻrilgan
.
Allomaning „shoh asari“
—
„Kitob al
-
qand fiy zikri ulamoi Samarqand“
Movarounnahr oʻlkasidan yetishib chiqqan mingdan ziyod yurtdoshlarimizning
hayoti va ilmiy faoliyati haqidagi qimmatli biografik maʼlumotlarni bergan
.
Nasafiyning tugʻilib ulgʻaygan ona yurti Nasaf oʻsha davrda Movarounnahrning yirik
ilmiy markazlaridan biri boʻlgan
.
Yirik muhaddis olim Imom Buxoriy oʻz ilmiy
24
Umar Nasafiy. At-taysir fit-tafsir.
–
Istanbul: Dorul-lubob, 2019. J. 1.
–
B. 27.
221
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
safarlaridan birida Nasafga tashrif buyurgan edi. Nasafiy ilk tahsilini shu shaharda
olib, yoshligidan ilmga muhabbati, ustozlarga hurmati, namunali odobi bilan tanilgan.
Nasafiy ilm olish niyatida boshqa yurtlarga borgan va koʻplab ustozlardan taʼlim
olgan.
Nasafiy yashagan davrda Movarounnahrda turli ilm sohalari rivojlangan edi.
Xususan,
olim oʻz umrning asosiy ijodiy qismini oʻtkazgan Samarqand shahrida
muhaddislar uylari, mahallalar, guzarlar, masjid va madrasalar kabi hadis toliblari
yigʻiladigan joylar hadis ilmi markazlari boʻlgan
.
Shulardan biri „Dorul Juzjoniya“
nomli ilm dargohi boʻlib
, u yerda XI-
XII asrlarda muhaddislar qizgʻin faoliyat
koʻrsatganlar
.
Nasafiy haqida unga zamondosh va undan keyin yashagan mualliflar tomonidan
yozib qoldirilgan maʼlumotlar koʻplab manbalarda uchraydi
. Nasafiyning hayoti
haqida aniqroq maʼlumotlarni uning zamondoshi Abu Saʼd Abdulkarim ibn
Muhammad as-
Sam’oniy al
-Marvaziy (v. 1167) beradi. Masalan,
u oʻzining „Kitob
al-
ansob“ („Nasablar kitobi“) asarida Nasafiyning nomini 27 oʻrinda tilga oladi
.
Sam’oniydan keyingi mualliflar esa uning maʼlumotlarini oʻz asarlarida
takrorlaydilar va faqat ayrim hollardagina yangi baʼzi qoʻshimcha maʼlumotlarni
keltiradilar.
Abu Saʼd Sam’oniy Nasafiy bilan maktublar orqali ilmiy muloqotda
boʻlib turganini faxr bilan zikr etadi
.
Nasafiy 74 yil umr kechirib, juda sermahsul ijod qilgan.
U koʻproq Samarqand
shahrining „Sikkat al
-
labbodin“ („Kigizchilar koʻchasi“) mavzeidagi koʻchalarning
birida hayot ke¬chirgan
.
Bu mahalla keyinchalik uning sharafiga „Zuqoq Abu Hafs
Umar ibn Muhammad Nasafiy“ („Abu Hafs Umar ibn Muhammad Nasafiy
koʻchasi“) deb atala boshlagan
.
Nasafiy 461/1068-yili Nasafda tavallud topgan va 537 yil 12 jumodu-l-
avval/1142-yil 3-oktyabr kuni Samarqandda vafot etgan.
qabristoniga,
„Imom al
-
hudo“ („Hidoyat yoʻlboshchisi“) Abu Mansur Moturidiy
yoniga dafn etilgan.
Nasafiy yuzlab ustozlardan hadis rivoyat qilganidan maʼlum boʻladiki
, olim
yoshligidan boshlab bu ilm bilan shugʻullanishga jiddiy eʼtibor bergan
. Uning
ustozlari orasida Nasaf, Samarqand kabi Movarounnahrdan chiqqan va islom olamida
mashhur boʻlgan olimlarni uchratish mumkin
.
Nasafiyning shogirdlari qatorida birinchi oʻrinda uning 1113
-
yilda tugʻilgan va
"al-
Majd" laqabi bilan tanilgan oʻgʻli Abul Lays Ahmad ibn Umarni zikr etish
25
Umar Nasafiy. At-taysir fit-tafsir.
–
Istanbul: Dorul-lubob, 2019. J. 1.
–
B.
35
.
222
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
mumkin.
Olimning bu oʻgʻli haqida Abu Saʼd as
-
Sam’oni iliq fikr bildirgan va uning
faqih, fozil,
voiz va yetuk inson boʻlganini taʼkidlagan
. As-
Sam’oni 1154
-yilda
Samarqandga borganida Abul Lays bilan uchrashib,
ilmiy muloqotda boʻlgan
. Uning
aytishicha, ular bir-birlari bilan tez-tez uchrashib turishgan,
Majd undan baʼzi
kitoblarni olib turgan.
Majd Nasafiy 1156-yilda haj safariga otlangan. U 1157-
yilda Bagʻdoddan
qaytayotib,
Bistom shahridan oʻtganida ismoiliylardan boʻlgan qaroqchilar —
"ahl al-
qilo" ("qal’alar ahli") guruhi karvon yoʻlini toʻsgan
. Ular karvondagi Hijozdan
kelayotgan yetmishdan ortiq kishi, jumladan,
juda koʻplab ulamolarni qirib tashlagan
.
Ular orasida Majd Nasafiy ham bor edi. U Bistom nohiyasidagi bir qishloqda dafn
etilgan.
Nasafiy shogirdlari orasida aksariyat hollarda nasaflik muhaddislarni
uchratamiz. Ular qatorida Abu Muhammad Abdulloh ibn Ali an-Nasafiy (XII asr),
Abul Qosim Muhammad ibn Muhammad an-Nasafiy (XII asr), Abu Bakr
Muhammad ibn al-Hasan an-Nasafiylarni (XII asr) zikr etish mumkin. Ammo
Nasafiyning shogirdlari orasida Abu Muhammad al-Hasan ibn Ahmad as-
Samarqandiy, Abu Nasr Ahmad ibn Abdurrahmon ar-
Rigʻdamuniy
, Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ibrohim an-Nurbashtiy kabi Nasafdan tashqaridagi muhaddislar ham
uchraydi.
Nurbashtiy Nasafiydan Bagʻdoddagi "Xumor
-Tegin" madrasasida hadis
eshitgan.
Abu Saʼd as
-
Sam’oni oʻz ustozlari haqida maʼlumot bergan "Muntaxab mu’jam
shuyux as-
Sam’oni" ("As
-
Sam’oniy ustozlari qomusining saylanmasi") nomli asarida
Nasafiyning hadis ilmidagi salohiyatiga shunday baho beradi:
"Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Hofiz Nasafiy Samarqandiy, Nasaf
ahlidan boʻlib
, Samarqandda yashagan. U mazhab va adab ilmining bilimdoni
boʻlgan imom
, faqih va fozil kishilardan edi.
Fiqh va hadis boʻyicha asarlar yozgan
.
Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (vaf. 804
–
05)ning "al-
Jomiʻ as
-
sagʻir"
("Kichik toʻplam") asarini nazmga solib
,
sheʼriy usulda bergan
... U hadis jamlash va
tasnif qilish boʻyicha peshqadam olimlardan biridir
. U Abu Muhammad Ismoil ibn
Muhammad an-Nuhiy an-Nasafiy, Abul Yusr Muhammad ibn Muhammad ibn al-
Husayn al-Pazdaviy, Abu Ali al-Hasan ibn Abdulmalik an-Nasafiy va ulardan boshqa
koʻplab kishilardan hadis eshitgan
.
Men u kishini tiriklik chogʻida Samarqandda
uchratmagan boʻlsam
-da, Abu Hafs Nasafiydan yozma ravishda barcha eshitganlari
(masmuot) va toʻplamlari uchun ijoza olganman
. Bir jamoa kishilar undan menga
223
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
hadis rivoyat qilganlar...
U hadisni va uni oʻrganishni yaxshi koʻrar edi
. Uning juda
chiroyli fiqhiy va hikmatli sheʼrlari bor edi
. "
Abu Saʼd as
-
Sam’oniy bergan taʼrifidan shunday xulosa qilish mumkinki
,
Nasafiy oʻz davrida Samarqandning eng mashhur muhaddislaridan biri boʻlgan
.
Hadis boʻyicha juda koʻp ustozlari boʻlib
,
bu ilmga oid koʻplab asarlar yozgan
. Olim
faqat oʻzi yozgan asar va toʻplamlar bilan kifoyalanmay
,
oʻsha davrdagi mashhur
ulamolarning asarlarini shogirdlariga imlo qilib yozdirgan. Talabalar oson
tushunishlari uchun ularni sharhlab,
esda saqlab qolishlari uchun sheʼriy usulda
bayon etgan.
Nasafiy bir necha yillik ilmiy safarlar va ulamolar suhbatidan hosil boʻlgan
bilim va tajribalariga asoslangan holda bir qator fan sohalarida asarlar yozdi.
Manbalarda alloma oʻzidan yuzdan ortiq ilmiy asar qoldirgani haqidagi maʼlumot
mavjud. Ularni tafsir, hadis, kalom,
fiqh va sheʼriyat kabi shartli besh guruhga boʻlish
mumkin.
Tafsir ilmi boʻyicha olim „at
-Taysir fi (ilm) at-
tafsir“ („Tafsir ilmiga oid
osonlashtirilgan kitob“) asarini yozgan
.
U toʻrt jilddan iborat boʻlib
,
unda Qur’on
oyatlarining sharhi oʻziga xos tartibda berilgan
.
Hadis ilmida olim muayyan mavqeni egallagan.
Unga „al
-
Hofiz“ nomining
nisbat berilishi fikrimiz dalilidir. Hofiz darajasiga erishgan muhaddislar kamida 20
ming,
baʼzi kitoblarga koʻra 50 ming yoki 100 ming va undan ortiq hadislarni matn
va isnodlari bilan toʻliq yod bilganlar
.
Allomaning hadis ilmida peshqadam boʻlganini uning bu sohada yozgan asarlari
ham tasdiqlaydi. Masalan,
Nasafiy Imom Buxoriyning „al
-Jomi as-
sahih“ asarini
sharhlab,
oʻzining „an
-Najoh fi sharh axbor kitob as-
sihoh“ („Sahih kitobidagi
xabarlarni sharhlash boʻyicha erishilgan yutuqlar“) nomli kitobini yozdi
.
Hozirgi kunda Nasafiyning Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu
Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan „Matla an
-nujum
va-majma al-
ulum“ („Yulduzlarning chiqish joyi va ilmlarning tutashgan yeri“) nomli
katta hajmdagi qomusiy nodir qoʻlyozma asarining bir qismi ham hadis ilmi hamda
vaʼz
-
nasihatlarga bagʻishlangan
.
Bundan tashqari,
olim hadis ilmining turli janrlariga bagʻishlangan „Tatvil al
-
asfor li-tahsil al-
axbor“ („Xabarlar talabidagi uzoq safarlar“) asarining ham
muallifidir.
26
Abu Saʼd as
-
Sam’oni. Muntaxab mu’jam shuyux as
-
Sam’oni. –
Riyoz: Doru a’lamul
-kutub, 1996. J. 1.
–
B. 1179.
224
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Kalom ilmida Nasafiy Imom Moturidiy anʼanalarini davom ettirdi
. Masalan,
Abu Ali al-Hasan ibn Abdulmalik al-Moturidiy, sahoba Abu Ayyub Xolid al-Ansoriy
avlodi boʻlmish Abul Hasan Ali ibn al
-Hasan al-Moturidiy kabi olimlar Nasafiyning
ustozlari edilar.
Nasafiy oʻzining bilvosita ustozi Imom Moturidiy taʼlimotini ixcham
va qisqa shaklga keltirib,
moturidiylik taʼlimotini keng yoyishga xizmat qildi
. U
yaratgan „Aqoid an
-
Nasafiy“ asari islom olamida keng tarqalgan boʻlib
,
unga koʻplab
sharh va hoshiyalar yozilgan.
Olim kalomga oid birgina shu asarni yozgan boʻlsa
-da,
uning ilohiyotchi sifatida shuhrat qozonishiga sabab uning juda qisqa holda islom
aqidasini nazariy asoslab berganidir.
Fiqh ilmi boʻyicha Nasafiy oʻzidan soʻng hanafiy fiqhiga oid boy ilmiy meros
qoldirdi. Manbalarda uning bu sohada yaratgan sakkizta asarining nomi keltiriladi.
Ulardan „Kitob ad
-doir fi-l-
fiqh“ („Fiqhga doir kitob“)
,
„Mashori ash
-
shori“
(„Qonunchining qonunlari“)
,
„al
-Hasoil fi-l-
furu“ („Furu boʻyicha erishilgan
yutuqlar“) yoki „al
-Hasoil fi-l-
masoil“ („Masalalar boʻyicha erishilgan
yutuqlar“)ning nomlarigina bizga maʼlum xolos
.
Uning „al
-Manzuma an-nasafiya fi-
l-
xilofiyot“ („Nasafiyning xilof ilmiga oid nazmiy kitobi“)
,
„Tilbat at
-
talaba“ („Tolib
istagan kitob“)
,
„Sharh al
-usul li-l-
Karxiy“ ("al
-
Karxiyning „usul“iga sharh")
,
„Fatovo shayx al
-islom as-
Sugʻdiy“ („Shayxu
-l-islom as-
Sugʻdiy fatvolari“) asarlari
bizgacha yetib kelgan.
Sheʼriyat sohasida ham olim samarali ijod etib
,
yozgan asarlarining koʻp qismini
nazmga solgan. Jumladan,
„Kitob al
-
qand“da keltirgan hadislaridan aksarini oʻz tili
bilan sheʼriy uslubda ham sharhlab oʻtadi
.
Yuqorida nomi zikr etilgan fiqhga oid „Al
-
Manzuma an-nasafiya fi-l-
xilofiyot“ asari esa toʻligʻicha nazmiy usulda yozilgan
.
Nasafiy oʻzi asar yozish bilan birga boshqa olimlarning kitoblaridan ham dars
bergan. Masalan, 1137-
yilda Samarqanddagi „Ku
-
yi Muqotil“
,
„Ku
-yi namdon-
giron“ nomli masjidla¬rda va oʻz masjidida (masjid Abi Hafs Nasafiy) hamda
„Tabgʻoch
-
xon“ madrasasida hadis ilmi toliblariga quyidagi asarlarni imlo qildi:
1.
„Kitob at
-tavorix va-l-
ansob“ („Tarix va nasablar kitobi“);
2.
„Tasmiyat ashob al
-mukarrama alo tartib al-huruf al-
mu’jama“
(„Muhtaram yaqinlar ismlarining alifbo tartibidagi qomusi“);
3.
„Tarix al
-xulafo al-
qoimin baʼda
-l-xulafo ar-
roshidin“ („Xulafoi
roshidindan keyin hukm surgan xalifalar tarixi“);
4.
„Nasab mashohir aimmat ad
-
din va tavorixuhum“ („Din imomlaridan
mashhurlarining nasab va tarixlari“);
5.
„as
-
Sab’iyot as
-
sam’iyot“ („Tinglangan yettiliklar“; bu kitob oʻz ichiga
360 ta hadis matnini jam qilgan);
225
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
6.
„Kitob al
-xutab al-jiyod li-l-juma va-l-
aʼyod“ („Jum’a va iyd uchun sara
xutbalar“)
.
Nasafiyning baʼzi asarlari shuhrat qozonganini
,
ularga koʻplab sharhlar
bitilganidan ham bilish mumkin. Olim asarlaridan bizgacha yetib kelganlarining soni
oʻndan oshadi
. Bu asarlar kelajakda Nasafiyning serqirra ijodining turli
yoʻnalishlarini mufassal oʻrganishga yetarli asos boʻlib xizmat qila oladi
.
Xulosa qilib aytish mumkinki,
Nasafiy oʻz davrining taniqli olimi boʻlib
, turli ilm
sohalarida faoliyat yuritdi.
U qoldirgan boy maʼnaviy meros asrlar osha Oʻrta Osiyo
xalqlari maʼnaviyatini koʻtarishga xizmat qildi
.
Ayni kunda ham bu xazina oʻz qadr
-
qimmatini yoʻqotmadi
, balki xalqlar, xususan, yoshlar orasida ilm-
maʼrifat nurlarini
sochib, tarix zarvaraqlarini yoritmoqda.
Shu bilan birga Umar Nasafiy tengsiz shogirdlarga ta’lim berib
, zabardast
ulamolarni yetishtirib chiqargan. Ulardan ayrimlari quyidagilar:
-
O‘zining farzandi fazilatli faqih
, yetuk voiz, shahidul-
a’lo Abu Lays Ahmad
ibn Umar an-
Nasafiy (vafoti 552 ҳ
. );
-
“At
-
Tahbir fi mu’jamil
-
kabir” sohibi Abu Sa’d Abdulkarim as
-
Sam’oniy;
-
“Al
-
Hidoya” sohibi Burhonuddin Aliy ibn Abduljalil al
-
Marg‘inoniy (vafoti
593 h. ).
Burhonuddin al-
Marg‘inoniy o‘zining shayxlari haqida yozgan tazkirasini Umar
Nasafiyni zikr qilish bilan boshlagan.
So‘ng u kishining o‘g‘li Abu Lays Ahmad ibn
Umar an-Nasafiyni yod etgan.
Bundan ma’lum bo‘ladiki
, ota-bola har ikkalovlari
ham “al
-
Hidoya” sohibining ustozlaridan bo‘lishgan
.
Abu Hafs Nasafiy qomusiy olim, din va shariat ilmlarining barcha sohasida
yuzlab asarlar muallifi bo‘lgan
. Jumladan,
Qur’oni karim tafsiriga bag‘ishlangan to‘rt
mujalladdan iborat “at
-Taysir fit-
tafsir” asarida Qur’onning yuzta nomini zikr qilgan
,
so‘ng tafsir va ta’vilni ta’riflab
, undan keyin maqsadga kirishgan va oyatlar
ma’nolarini batafsil nozik jihatlari bilan go‘zal tafsir qilgan
.
“Sahihul
-
Buxoriy”ga
sharh yozib uni “an
-
Najoh” deb nomlagan
.
O‘z shayxlaridan eshitgan hadislarni
jamlab “Tatvilul
-asfor litahsilil-
axbor” nomli kitob yozgan
. Hanafiy mazhabidagi
fiqhiy atamalar haqida “Tilbatut
-
tolaba” kitobini bitgan
.
So‘ralgan savollarga bergan
javoblarini jamlab “al
-Fatovo an-
Nasafiyya”ni tuzgan
.
Hanafiyya furu’i bo‘yicha
“Mashori’ ash
-
shori’”ni yozgan
.
Uning yigirma mujalladli “al
-Qand fi ulamoi
Samarqand” asari Movarounnahr va Xurosonda yashab o‘tgan ulamolarning hayot
yo‘llari va tarjimayi hollarini yorituvchi qimmatli manba bo‘lib
, Imom Zahabiy va
27
Abul Fazl Muhammad ibn Abd al-Jalil as-Samarqandiy.
Muntaxab Kitab al-Qand
. Parij: Fransiya Milliy
Kutubxonasi, Arab qo‘lyozmalari fondi, qo‘lyozma № 6284, varaqa 75b.
226
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ibn Hajar Asqaloniy kabi buyuk olimlar ham shu sohada yozgan asarlarida ushbu
manbadan keng foydalanishgan. Shuningdek, u Imom Muhammad ibn Hasan ash-
Shayboniyning “al
-
Jomi’ as
-
sag‘ir” kitobini nazmiy uslubda bayon qilgan
.
Aytilishicha, bu asar fiqhiy masalalarni nazmda bayon qilgan eng birinchi kitobdir.
Uning avvalida musannif qalamiga mansub aqoidga doir sakson bir baytdan iborat
“ro”iy qasida o‘rin olgan
.
Abu Hafs Umar Nasafiy hijriy 537 yil jumodul-
ulo oyining o‘n ikkinchi kuni
payshanba kechasi, milodiy 1142 yil 2 dekabr kuni 76 yoshida Samarqandda vafot
etdi
Alloh u zotni rahmati bilan o‘rasin va jannati Firdavsdan joy bersin!
28
Najmuddin Abu Hafs Umar Nasafiyning tarjimayi holi haqida quyidagi manbalarga murojaat qilishingiz mumkin: 1)
Toj at-tarojim fi tobaqot al-hanafiyya, 119-120 sahifalar. 2) Al-Javohir al-muziyya fi tobaqot al-hanafiyya, 1-juz, 394-
395 sahifalar. 3) Siyar a’lom an
-nubalo, 20-juz, 126-sahifa. 4) Lison al-mizon, 4-juz, 327-sahifa. 5) Al-
A’lom, 5
-juz,
60-
sahifa. 6) Mu’jam al
-muallifin, 7-juz, 305-sahifa.
