152
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI
TARBIYACHINING NUTQIY KOMPETENSIYASI
N.S.Ahmadova
Urganch Ranch texnologiya universiteti Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va
psixologiyasi yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib
boruvchi tarbiyachining pedagogik faoliyati haqida so‘z boradi. Shuningdek,
tarbiyachining bolalar bilan faoliyat olib borishdagi kasbiy kompetensiyasiga oid
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ta’lim
-tarbiya, maktabgacha
ta’lim pedagogikasi, pedagog, nutqning sofligi, nutqning aniqligi, nutqning
irodaviyligi, kanselyarizm, varvarizm, vulgarizm.
Maktabgacha ta’lim boshlang‘ich ta’limning birlamchi bo‘g‘ini sifatida
davlatimiz e’tirofidagi asosiy masal bo‘lib kelmoqda. Prezidentimiz M.
Mirziyoevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib
-intizom va shaxsiy javobgarlik
–
har bir
rahbar faoliyatining qoidasi bo‘lishi kerak” deb nomlangan ma’ruzasida maktabgacha
ta’lim sohasida bolalarni qamrab olish atigi 27 foizni tashkil etishi va bu sohadagi
ishlar e’tibordan chetda qolganligi ta’kidlab o‘tildi. Ana shu vazifalardan kelib
chiqib, mamlakatimizda bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash samaradorligini
oshirish maqsadida katta ishlar amalga oshirilmoqda [1].
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “2017
-
2021-
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori ushbu fikrlarning isbotidir.
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib
tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda
jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim
-tarbiya vazifalarini ijodiy
yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini
o‘sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab
turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy
faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va
fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak [2].
Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai
153
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga
oshirishga imkon beradi.
Jumladan, bolani rivojlanishi uchun yuqori bilimli tarbiyachi, har bir vazifalarga
mas’uliyat bilan yondashuvchi pedagoglarni takomillashtirish, davlat va jamiyatni
rivojlanishiga ulkan zamin yaratadi.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan 1
- oktabr xalq
ta’limi xodimlari –
o‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilindi. Bu voqea
davlatimizning o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rnini naqadar yuksak baholashidan
dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun
pedagogik ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishda
erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar “Metodist o‘qituvchi”, “Katta
o‘qituvchi”, “Xalq maorif a’lochisi” va shu kabi sharafli unvonlar bilan
taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar
saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat –
ehtiromni bildiradi [3].
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tarbiyachining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda
asosiy rolni uning kasbiy faoliyati va o‘zini takomillashtirish istagi egallaydi.
Qobiliyatlarning rivojlanishi har bir tarbiyachichi egallashi kerak bo‘lgan pedagogik
mahorat va qobiliyatlarga bevosita bog'liqdir.
Tarbiyachi ish faoliyatini tashkil qilish uchun quyidagi jihatlarga ega bo‘lishi
lozim;
•
Yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori bilimga ega bo‘lishi, kerakli
adabiyotlarni tanlay olishi, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z
oshiga tatbiq eta oladigan kishi bo‘lishi;
•
Bolalarni kuzata oladigan ularning xulqi, xatti
–
harakati sabablarini to‘g‘ri
tahlil qilib unga ijodiy ta’sir ko‘rsatuvchi vositalardan foydalana olishi lozim;
•
Bolalarning ruhiy va jismoniy holatlarini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan
amalga oshiriladigan ta’lim –
tarbiyaviy ishlarda e’tiborga olishi lozim [4].
Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun
tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks
ettira olishi kerak
• Nutqning aniqligi
• Nutqning irodaviyligi.
• Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda
ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), varvarizm
154
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
(muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos so‘zlarning
o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar)
hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so‘zlash)
so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi
kerak [5].
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, tarbiyachi bolalarga ishonch bilan
qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi
va mustaqil faoliyatlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni nafaqat bolalar balki
ota
–
onalar ham yuqori baholaydilar. Tarbiyachi nutqi qanchalik tushunarli va ravon
boʻlsa tarbiyalanuvchilar olayotgan ta’lim
-tarbiya sifati shuncha yaxshilanadi.
Tarbiyachi nutqining jarangdorligi va oʻz nutqida adabiy jihatlarga e’tibor qaratishi
ta’lim olayotgan har bir tarbiyalanuvchining soʻz boyligining rivojlanashiga turtki
boʻladi. Shu bois, har bir pedagog oʻz nutqiga e’tibor berishi va oʻz nutqi ustida
yanada koʻproq ishlamogʻi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2019
-
yil 8-may, PQ-4312-son
2.Sodiqova Sh. A. Maktabgacha pedagogika.
–
T.: 2017
3.Qodirova Sh, Toshpoʻlatova Sh, A’zamova M. Maktabgacha pedagogika. –
T.,
2019.
4.Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. –
T.: 2002
5.Babayeva D. Nutq oʻstirish nazariyasi va metodikasi. –
T.: 2018
6.Холматова Д. А., Рахматова О. К. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ
РАЗРАБОТКИ УЧЕБНЫХ ПОСОБИЙ //Вопросы науки и образования. –
С. 30.
7.Атаджанова Б. Т. Научный текст как источник обогащения
профессиональной речи //Вестник педагогики: наука и практика. –
2020.
–
№.
51.
–
С. 70
-71
