204
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
INGLIZ TILI FANINING O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYA VA METODIKALARNI AHAMIYATI
THE IMPORTANCE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES AND
METHODS IN TEACHING ENGLISH
ЗНАЧЕНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ И
МЕТОДИК В ПРЕПОДАВАНИИ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА
Masharipova Malohat Davlatboyevna
O
‘
zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik
litseyi ingliz tili fani o
‘
qituvchisi
Yusupov Muzaffar Toʽxtaboyevich
Urganch davlat pedagogika institute akademik litseyi ingliz tili fani o‘qituvchisi
yusupovmuzaffar200581@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar va metodikalarning ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan
yoritilgan. Chet el tajribasi, zamonaviy metodlar va axborot-kommunikatsiya
vositalarining o‘rni misollar asosida tahlil qilingan. Maqola ta’lim sifati va o‘quvchi
motivatsiyasini oshirishga qaratilgan yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.
Аннотация:
В данной статье научно
-
теоретически и практически
освещается значение современных педагогических технологий и методик в
преподавании английского языка. На основе примеров проанализирован
зарубежный опыт, роль современных методов и информационно
-
коммуникационных средств. Статья содержит подходы, направленные на
повышение качества образования и мотивации учащихся.
Abstract:
This article highlights the importance of modern pedagogical
technologies and methods in teaching English from scientific, theoretical, and
practical perspectives. Foreign experience, the role of modern methods and
information and communication tools are analyzed on the basis of examples. The
article includes approaches aimed at improving the quality of education and student
motivation.
Kalit so‘zlar;
O‘
zbekistonda ta`lim tizimi, qonun ustuvorligi, internet, axborot
texnologiyalari, internet saytlari, xorijiy tillarning o`rganish salmog`i, ped
texnologiyalar, dars o`tish metodlar va boshqalar
Ключевые слова:
Система образования в Узбекистане, верховенство
закона, интернет, информационные технологии, интернет
-
сайты, доля изучения
205
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
иностранных языков, педагогические технологии, методы преподавания и
другие
Key words:
The education system in Uzbekistan, the rule of law, the internet,
information technologies, websites, the weight of learning foreign languages,
pedagogical technologies, teaching methods, etc.
Bugungi globallashuv davrida ingliz tili nafaqat xorijiy til, balki xalqaro aloqa,
fan, texnologiya va ta’limning asosiy vositasiga aylangan. Shu boisdan ingliz tilini
o‘rgatish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodikalarning
qo‘llanilishi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda muhim
omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu texnologiyalar ta’lim jarayonini samarali, interaktiv
va shaxsga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etishga yordam beradi. Shu o`rinda
“Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati”ni ochib berishga harakat
qilamiz.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar
–
bu o‘quvchilarning o‘zlashtirish
darajasini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, kreativ yondashuvni
shakllantirish va faol ishtirokni ta’minlovchi uslub va vositalar tizimidir. UNESCO
ta’rifiga ko‘ra, pedagogik texnologiyalar “ta’lim jarayonini rejalashtirish, amalga
oshirish va baholash tizimidir”¹.
Zamonaviy texnologiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
-
Blended learning (gibrid ta’lim)
- Flipped classroom (ag'darilgan sinf metodikasi)
- Task-based learning
-
Gamification (o‘yinga asoslangan ta’lim)
- ICT tools (Interaktiv doska, mobil ilovalar, videodarslar) bular xozirgi kunda
pedagogik jarayonlarni xorijiy tillarni o`qitish sohasiga qaratilganligi va bu ta`lim
tizimini yaxshilashga, o`quvchi yoshlarda ingliz tili va boshqa chet tillarini
o`rganishlariga qiziqishlarini ko`payishiga sabab bo`layotgani ayni muddao
hisoblanadi.
Ingliz tili o‘qitishda innovatsion metodikalarning ham o`rni beqiyos bo`lib,
ingliz tilini o‘qitishda interaktiv, kommunikativ yondashuvlar, kompetensiyaga
asoslangan metodlarning asosiy o`rin tutishi, bu jarayonlarning qanchalik ahamiyatli
ekanligini anglatadi.
Masalan:
- Communicative Language Teaching (CLT)
–
bu metod o‘quvchilarning
og‘zaki va yozma muloqotga bo‘lgan layoqatini oshirishga qaratilgan. Larsen
-
206
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Freeman ta’kidlashicha, “CLT asosida o‘rgatish talabalarning real hayotiy
vaziyatlarda tilni faol qo‘llashlariga asoslangan”².
- Task-Based Learning (TBL)
–
bu metodda dars markazida muayyan topshiriq
bo‘ladi va o‘quvchilar til vositalarini shu topshiriqni bajarish orqali o‘zlashtiradilar.
- Content and Language Integrated Learning (CLIL)
–
bu metod orqali
o‘quvchilar tilni boshqa fanlar bilan integratsiyalangan holda o‘rganadilar. Coyle,
Hood va Marsh (2010) bu metod haqida shunday deydi: “CLIL orqali o‘rganilgan til
chuqurroq o‘zlashtiriladi, chunki u real mazmun bilan boyitilgan”³. Yuqorida keltirib
o`tilgan barcha metodikalar zamonaviy ingliz tili fanini o`qitish jarayonidagi eng
muhim omillar desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Ta`lim tizimini zamonaviylashtirish ham hozirgi davrdagi eng dolzarb
masalalardan desak bo`ladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT)
o‘rni beqiyos bo`lib, zamonaviy AKT vositalari, ayniqsa, onlayn platformalar (Zoom,
Google Classroom, Moodle), interaktiv ilovalar (Kahoot, Quizlet, Duolingo), sun’iy
intellekt tizimlari (ChatGPT, Grammarly) o‘quv jarayonini yangicha bosqichga olib
chiqmoqda. Shu bilan birga ba`zi muammolarni yuzaga kelayotganini ham
unutmaslik kerakki, ularni bartaraf qilish uchun ko`plab tadbirlarni amalga
oshirishimiz lozim.
Amerikalik olim Marc Prensky “Digital Natives, Digital Immigrants”
maqolasida shunday deydi: “Bugungi o‘quvchilar raqamli texnologiyalarni nafas
olgandek qabul qiladilar. Biz ularga o‘z tilida –
raqamli vositalar orqali ta’lim
berishimiz kerak”
⁴
. Ta’lim sifati va o‘quvchining motivatsiyasini ko`tarinki ruxda
bo`lishi ham juda muhim, zamonaviy metodikalar o‘quvchining motivatsiyasini
oshiradi. Dars interaktiv bo‘lsa, o‘quvchi o‘zini faol ishtirokchi sifatida his qiladi.
Shuningdek, o‘quv materiallarini vizual va audial vositalar orqali berish ularning
diqqatini jalb etadi va bilimlarni samaraliroq o‘zlashtirish imkonini yaratadi. Shu
o`rinda yurtimizdagi ba`zi yutiqlar va o`ziga xos tajriba maktabi yaratilganligi aytib
o`tmaslik mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarini o‘rganish tizimini
tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ
-5117-son qarori (2021-yil
19-
may)da xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni
joriy etish alohida ta’kidlangan. Shuningdek, “Milliy dastur” asosida ingliz tili
o‘qituvchilari uchun doimiy malaka oshirish kurslari, sertifikatlashtirish tizimi va
innovatsion metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilganligi. Ularni kitoblar, o`quv
qo`llanmalar bilan ta`minlash borasida qilinayotgan barcha islohatlar zaminida ingliz
tili kursini o`qitish jarayonlarina yanada yaxshilash va zamon talabiga javob bera
207
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
oladigan tizimga aylantirish maqsadi ko`zlanganligining o`zi bu sohani naqadar
muhim ahamiyat kasb etganligini bildirmoqda.
Xulosa qiladigan bo`lsak, ingliz tilini samarali o‘qitish uchun zamonaviy
pedagogik texnologiyalar va metodikalar zarur. Ular nafaqat o‘quvchilar faoliyatini
rag‘batlantiradi, balki ularni real hayotiy vaziyatlarda mustaqil fikrlash, muomala
qilish, o‘rganilgan tilni amaliyotda qo‘llashga tayyorlaydi. O‘qituvchi esa zamonaviy
texnologiyalarni bilgan holda, ularni puxta rejalashtirib, samarali ta`lim tizimiga
tatbiq eta olishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. UNESCO (2007). ICT in Education. Paris: UNESCO Institute for Information
Technologies in Education.
2. Larsen-Freeman, D. (2000). Techniques and Principles in Language
Teaching. Oxford University Press.
3. Coyle, D., Hood, P., & Marsh, D. (2010). CLIL: Content and Language
Integrated Learning. Cambridge University Press.
4. Prensky, M. (2001). Digital Natives, Digital Immigrants. On the Horizon,
9(5), 1
–
6.
5. Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. Pearson
Longman.
6. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in
Language Teaching. Cambridge University Press.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ
-5117-sonli Qarori (2021-yil 19-
may).
8. Til o‘rganish milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Maktab va
maktabgacha ta’limi vazirligi (2022).
