Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar uchun raqamli kompetensiyalarning ahamiyati yoritib berilgan. Unda raqamli texnologiyalarni o‘qituvchilik faoliyatiga integratsiya qilish, pedagogik jarayonda zamonaviy vositalardan foydalanish, raqamli xavfsizlik va axborot madaniyatiga rioya qilish masalalari keng muhokama qilingan. Muallif raqamli kompetensiyalarni shakllantirishda pedagogik ta’lim muassasalarining roli, amaliy mashg‘ulotlar va onlayn platformalarning o‘rni haqida fikr bildiradi. Shuningdek, maqolada raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish va pedagoglarning kasbiy o‘sishiga xizmat qiluvchi omillar yoritilgan. Maqola raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga oid tavsiyalar bilan yakunlanadi.