233
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BORLIQ HAQIDAGI QADIMGI VA O‘RTA ASR SHARQ
MUTAFAKKIRLARINING QARASHLARI
Jalilova Nigina
SHahrisabz DPI Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada borliq tushunchasining qadimgi va o‘rta asr
Sharq mutafakkirlari tomonidan qanday talqin qilingani chuqur tahlil qilinadi.
Qadimgi Hind, Xitoy, va Eron falsafalarida borliqning ilohiy, mifologik va falsafiy
asoslari, islom falsafasida esa aql va ilohiy mohiyat orqali izohlanishi o‘rganiladi. Al
-
Kindiy, Al-
Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy, Ibn Rushd kabi buyuk mutafakkirlarning
borliq haqidagi fikrlari, ularning yunon falsafasi ta’sirida shakllangan qarashlari va
islom tafakkuriga qo‘shgan hissasi keng tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, maqolada tasavvuf ta’limotidagi borliq haqidagi qarashlar,
xususan, Ibn al-Arabiy va Najmuddin Kubro kabi mutasavviflarning "vahdat al-
vujud" nazariyasi ham muhokama qilinadi. Sharq mutafakkirlari borliqni turli nuqtai
nazarlardan yondashgan bo‘lib, ba’zilar uni mutlaq haqiqat sifatida, boshqalar esa
faqat ilohiy iroda va qudrat bilan bog‘liq hodisa sifatida talqin qilganlar.
Maqolaning asosiy maqsadi
–
Sharq falsafasida borliq tushunchasining
shakllanishi, rivojlanishi va bugungi zamonaviy falsafiy tafakkurga ta’sirini
yoritishdir. Ushbu ilmiy tahlil orqali borliq haqidagi Sharq mutafakkirlarining
qarashlari nafaqat tarixiy, balki falsafiy va diniy jihatdan ham qanchalik muhim ekani
ochib beriladi.
Hindiston falsafasida borliq tushunchasi juda qadimiy bo‘lib, u diniy, falsafiy va
metafizik jihatdan keng talqin qilingan. Hind falsafasining asosiy manbalari Vedalar,
Upanishadlar, Bhagavad Gita va keyinchalik shakllangan turli falsafiy oqimlar
hisoblanadi. Borliq haqidagi qarashlar turli maktablar tomonidan har xil talqin
qilingan bo‘lsa ham, ular asosan Brahman, Atman va Maya tushunchalari atrofida
shakllangan. Vedalar Hindiston falsafasining eng qadimiy diniy va falsafiy
matnlaridan hisoblanadi. Unda borliq ilohiy asosga ega bo‘lib, dunyoning yaratilishi
va mohiyati ilohiy kuchlar bilan bog‘liq deb qaralgan. Upanishadlar esa Veda
falsafasini chuqurlashtirib, borliqni tafakkur va tajriba orqali anglashga intilgan.
Ushbu matnlarda Brahman mutlaq borliq, olamning ibtidosi va tamomiyati bo‘lib,
barcha mavjudotlarning asl mohiyatidir. U cheksiz, o‘zgarmas va yagona haqiqat
234
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
sifatida tasvirlanadi. Atman esa shaxsiy ruh yoki individning haqiqiy mohiyati bo‘lib,
u Brahman bilan birlashishi mumkin. Upanishadlarga ko‘ra, insonning maqsadi
Atman va Brahman o‘rtasidagi birlikni anglashdir. Maya esa moddiy dunyo yoki
illuziya bo‘lib, insonni haqiqiy borliqdan chalg‘itadi. Maya tufayli inson dunyoni real
deb qabul qiladi, aslida esa u o‘tkinchidir.
Vedanta falsafasi Hindistonning eng ta’sirchan falsafiy maktablaridan biri
bo‘lib, u borliq haqidagi turli qarashlarni ishlab chiqqan. Vedantada uchta asosiy
yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular borliqni turli nuqtai nazarlardan tushuntiradi. Advaita
Vedanta yo‘nalishi asoschisi Shankara borliqni yagona va mutlaq haqiqat deb
hisoblab, Brahman yagona haqiqat ekanini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, moddiy dunyo
faqat illyuziya (maya) bo‘lib, Atman va Brahman aslida bir butun. Inson bu haqiqatni
anglaganida ozodlikka erishadi. Vishishtadvaita Vedanta maktabi asoschisi Ramanuja
esa borliqning yagona asosi Brahman bo‘lsa ham, u turli shakllarda namoyon
bo‘lishini aytadi. Uning fikricha, moddiy olam ham ilohiy haqiqatning bir qismi
bo‘lib, Brahman va Atman bog‘liq holda mavjud. Ruhlarning oliy maqsadi
Brahmanga sadoqat orqali unga yetishishdir. Dvaita Vedanta ta’limotini ilgari surgan
Madhvacharya esa borliqni dualistik tarzda tushuntirib, Brahman va Atman o‘zaro
bog‘liq bo‘lsa
-da, ular mutlaq bir narsa emas, deb hisoblagan. Uning nazariyasiga
ko‘ra, Alloh (Vishnu) mutlaq mavjudlik bo‘lib, jonzotlar unga sadoqat bilan xizmat
qilishlari kerak.
Samkhya maktabi borliqni ikki asosiy unsurdan tashkil topgan deb hisoblaydi:
Purusha
–
ongli va harakatsiz ruhiy prinsip va Prakriti
–
moddiy olam va borliqning
manbai bo‘lgan faol unsur. Ushbu ta’limotga ko‘ra, butun olam Purusha va Prakriti
o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi. Haqiqiy ozodlik esa ruhiy prinsipning moddiy
dunyodan ajralishi orqali amalga oshadi. Yoga falsafasi borliqni ruhiy kamolot orqali
anglash mumkinligini ta’kidlaydi. Patanjali Yoga sutralari asosida borliq mutlaq
haqiqat bo‘lib, insonning maqsadi bu haqiqatga o‘zini jismoniy va ruhiy nazorat
orqali yetaklashdir. Yoga amaliyotlari orqali ruhning moddiy dunyo ta’siridan xalos
bo‘lishi va Brahman bilan birlashishi mumkin.
Hind falsafasining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan buddizm borliqni alohida
talqin qilgan. Buddizmga ko‘ra, moddiy olam abadiy emas, u doimiy o‘zgarish va
beqarorlik holatidadir. Bu falsafada Anatta
–
shaxsning doimiy mavjudligi yo‘qligi
haqidagi tushuncha va Shunyata
–
mavjudotlarning bo‘shligi g‘oyalari mavjud.
Buddizmda barcha narsa o‘zaro bog‘liq bo‘lib, mustaqil borliq yo‘q. Nirvana –
32
Chittick, W. C. The Sufi Path of Knowledge: Ibn al-
Arabi’s Metaphysics of Imagination. –
Albany: SUNY Press,
1989. B-34
235
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
moddiy borliq va azob-
uqubatdan xalos bo‘lish holati bo‘lib, insonning eng oliy
maqsadi hisoblanadi.
Hindiston falsafasida borliqning talqini turlicha bo‘lsada, uning asosiy
tamoyillari mutlaq haqiqat, moddiy dunyoning illuziyasi, ruh va moddiy olam
o‘rtasidagi bog‘liqlik va ozodlikka erishish yo‘llari bilan bog‘liq. Bu tushunchalar
keyinchalik islom va g‘arb falsafasiga ham ta’sir ko‘rsatgan.
Xitoy falsafasida borliq tushunchasi asosan qadimgi an’anaviy falsafiy tizimlar
–
Daoizm, Konfutsiychilik va Mohizm kabi oqimlar orqali shakllangan. Bu falsafiy
tizimlarda borliqning tabiati, uning mohiyati va inson bilan aloqasi turli
yo‘nalishlarda izohlangan.
Xitoy falsafasida borliq tushunchasi Dao (Yo‘l, Butunlik) tushunchasi bilan
chambarchas bog‘liq. Daoizm asoschisi Lao Zi (miloddan avvalgi VI–
V asrlar)
borliqni o‘zgaruvchan, dinamik va tabiiy qonuniyatlar asosida harakat qiluvchi narsa
deb tushuntirgan. Uning ta’limotiga ko‘ra, Dao –
olamning asosiy tamoyili bo‘lib, u
barcha mavjudotlarning ildizi va mohiyatidir. Dao materiya emas, balki harakat,
tabiiy uyg‘unlik, o‘z
-
o‘zidan mavjud bo‘lish holati sifatida talqin qilinadi. Daoizmga
ko‘ra, inson tabiiy borliq qonunlariga qarshi bormasligi, Wu Wei (harakatsiz harakat)
tamoyiliga rioya qilib, tabiiy jarayonlarga mos yashashi lozim. Daoizm falsafasida
borliq o‘zgaruvchan bo‘lib, hech qachon mutlaq doimiylikka ega emas.
Konfutsiychilik (Konfutsiy, miloddan avvalgi VI
–
V asrlar) esa borliqni ijtimoiy
va axloqiy tartib orqali tushuntirgan. Konfutsiychilik ta’limotiga ko‘ra, olam o‘z
ichki tartibiga ega bo‘lib, inson tabiat bilan uyg‘unlikda yashashi kerak. Borliqni
tushunish va jamiyatni tartibga solish uchun inson axloqiy fazilatlarni rivojlantirishi
lozim. Konfutsiy borliqning metafizik jihatlariga kamroq e’tibor bergan bo‘lsa
-da, u
inson va olam o‘rtasidagi uyg‘unlikni asosiy tamoyil sifatida ilgari surgan.
Mohizm oqimi asoschisi Mo Zi (miloddan avvalgi V asr) esa borliqni pragmatik
nuqtai nazardan izohlagan. Uning fikricha, borliqni anglash insoniy manfaatlarga
bog‘liq bo‘lib, u amaliy harakatlar orqali tushunilishi kerak. Mohizm tarafdorlari
tabiat va jamiyat o‘rtasida muvozanatni saqlash, olamni faqatgina axloqiy tamoyillar
orqali emas, balki foyda va zarar nuqtai nazaridan ham tahlil qilish lozimligini
ta’kidlagan.
Shuningdek, Xitoy falsafasida borliqning ikkilik mohiyati Yin va Yang
tushunchasi bilan bog‘liq. Bu tushuncha tabiat va olamdagi barcha hodisalar qarama
-
qarshiliklar va ularning uyg‘unlashuvi asosida sodir bo‘lishini tushuntiradi. Yin –
33
Nasr, S. H. Science and Civilization in Islam.
–
Cambridge: Harvard University Press, 1968. B-76
236
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
passiv, qorong‘i, sovuq va ayollik mohiyatini ifodalasa, Yang –
faol, yorug‘, issiq va
erkaklik mohiyatini ifodalaydi. Ushbu ikki kuchning dinamik harakati orqali olam va
borliq shakllanadi.
Xitoy falsafasida borliq o‘zgaruvchan, tabiiy muvozanat va uyg‘unlik asosida
mavjud bo‘luvchi narsa sifatida talqin qilingan. U materiya sifatida emas, balki
jarayon va doimiy harakat sifatida ko‘rilgan.
Eron falsafasi qadimgi zardushtiylik, yunon falsafasining ta’siri va islom
davridagi falsafiy oqimlar orqali rivojlangan. Borliq haqidagi tushunchalar
zardushtiylik, manixeylik va islom falsafasi doirasida shakllangan.
Zardushtiylik (miloddan avvalgi VI asr) Eron falsafasining eng qadimgi diniy-
falsafiy tizimi bo‘lib, uning asoschisi Zardusht (Zoroastr) borliqni ezgulik va
yovuzlik o‘rtasidagi kurash sifatida tushuntirgan. Unga ko‘ra, borliqning asosi ikkita
qarama-qarshi kuch
–
Ahura Mazda (ezgulik xudosi) va Angra Mainyu (yovuzlik
xudosi) o‘rtasidagi kurashdan iborat. Borliq faqat ezgulik g‘alabasi orqali o‘z haqiqiy
ma’nosini topadi. Moddiy dunyo vaqtinchalik bo‘lib, u ezgulikning ustunligi
natijasida mukammallikka erishishi mumkin.
Manixeylik (Mani, III asr) ta’limoti ham borliqni ikki asosiy unsurga ajratgan –
yorug‘lik va zulmat. Unga ko‘ra, moddiy olam zulmatning bir qismi bo‘lib, haqiqiy
borliq faqat ma’naviy nur bilan bog‘liq. Insonning maqsadi moddiy dunyodan
qutulib, ruhiy ozodlikka erishishdir.
Eron falsafasi keyinchalik islom falsafasi bilan uyg‘unlashib, borliq haqidagi
qarashlar Ibn Sino, Sohravardiy va Mulla Sadraga kelib yanada rivojlangan. Ibn Sino
borliqni vajib al-vujud (zaruriy mavjudlik) va mumkin al-vujud (mumkin mavjudlik)
sifatida ajratgan. Unga ko‘ra, borliqning asosida Alloh turadi va barcha boshqa
mavjudotlar Uning iroda va mohiyatidan kelib chiqadi. Ibn Sino falsafasida borliq o‘z
mohiyatiga ko‘ra tafakkur va idrok orqali anglanishi mumkin bo‘lgan haqiqatdir.
Sohravardiy (XII asr) esa borliqni nurning darajalari sifatida tushuntirib,
Ishroqiylik (nur falsafasi) maktabini yaratgan. Unga ko‘ra, barcha mavjudotlar Ilohiy
nur ning turli darajalari bo‘lib, insonning maqsadi bu nurning asl manbaiga
qaytishdir. Sohravardiy borliqni moddiy dunyodan ruhiy olamga yo‘naltirilgan
zinalar sifatida tasavvur qilgan.
Mulla Sadra (XVI asr) esa borliqning harakatlanuvchi tabiatga egaligi haqidagi
falsafiy g‘oyani ilgari surgan. Unga ko‘ra, borliq doimiy o‘zgarishda bo‘lib, har bir
34
Chittick, W. C. The Sufi Path of Knowledge: Ibn al-
Arabi’s Metaphysics of Imagination. –
Albany: SUNY Press,
1989. B-54
237
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
mavjudot o‘z mohiyatini rivojlantirish orqali ilohiy haqiqatga yaqinlashadi. U "Vujud
primati" tushunchasini ilgari surib, borliq mohiyatdan ustun ekanligini ta’kidlagan.
Eron falsafasida borliq tushunchasi diniy va falsafiy g‘oyalar bilan bog‘liq
bo‘lib, u moddiy va ruhiy olam o‘rtasidagi bog‘liqlik, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi
kurash hamda ilohiy nur konsepsiyasi bilan izohlangan. Bu qarashlar keyinchalik
islom falsafasida ham o‘z aksini topgan va g‘arb falsafasiga ta’sir ko‘rsatgan.
Borliq tushunchasi Sharq falsafasining markaziy mavzularidan biri bo‘lib,
ayniqsa, islom falsafasi va tasavvufida alohida o‘rin egallaydi. Ushbu qarashlar
orasida "vahdat al-
vujud" (borliqning birligi) nazariyasi eng muhimlaridan biri bo‘lib,
u borliqning yagona haqiqiy manbasi sifatida Allohning mutlaq mavjudligini
tasdiqlaydi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, butun olam va undagi barcha mavjudotlar faqat
Allohning tajalliyoti, aks etishidir. Bu tushuncha Ibn al-Arabiy tomonidan keng
ishlab chiqilgan bo‘lsa
-da, uning ildizlari Al-Kindiy, Al-Forobiy, Ibn Sino,
G‘azzoliy, Ibn Rushd, Najmuddin Kubro kabi mutafakkirlarning asarlarida ham
uchraydi.
Al-Kindiy borliqni yagona manba
–
mutlaq aql va ilohiy haqiqat sifatida
tushuntirib, barcha mavjudotlarni Allohning yaratgan narsa sifatida talqin qilgan.
Uning fikricha, borliq mustaqil emas, balki ilohiy qudratdan kelib chiqadi va inson
uni tafakkur orqali anglay oladi. Shu asosda, u borliqning ma’naviy va falsafiy
jihatlarini ochib berishga harakat qilgan.
Al-
Forobiy esa borliqni ilohiy aqlning natijasi deb tushuntiradi. Unga ko‘ra,
Alloh zaruriy mavjudot bo‘lib, barcha boshqa mavjudotlar Uning fikri va
tafakkuridan paydo bo‘lgan. Borliq turli bosqichlarga bo‘linadi va insonning maqsadi
uni anglash orqali ilohiy haqiqatga yetishishdir. Uning bu qarashlari keyinchalik
tasavvufiy g‘oyalarga ham ta’sir ko‘rsatgan.
Ibn Sino borliqni "vajib al-vujud" (zaruriy mavjudot) va "mumkin al-vujud"
(mumkin mavjudot) tushunchalari bilan tahlil qilgan. Unga ko‘ra, Alloh –
mutlaq
zaruriy mavjudot bo‘lib, barcha boshqa narsalar faqat Uning borligidan kelib chiqadi.
Moddiy olam esa mavjudlikning bir shakli bo‘lib, uning haqiqatga aylanishi
Allohning iroda va qudrati bilan bog‘liq. Ibn Sino fikricha, inson tafakkur va aql
orqali borliqning haqiqiy mohiyatini anglashga harakat qilishi kerak.
G‘azzoliy borliqni anglash uchun faqat falsafa yetarli emasligini, haqiqiy
haqiqatni faqat ruhiy poklanish va mistik tajriba orqali bilish mumkinligini
35
Al-Forobiy. Aql va borliq haqida.
–
Toshkent: Fan nashriyoti, 1990.
238
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ta’kidlagan. U Ibn Sinoning falsafasiga qarshi chiqib, borliqning mohiyati ilohiy sir
bo‘lib, uni anglash uchun inson qalban Allohga yaqinlashishi kerak deb hisoblagan.
Ibn Rushd esa borliqni aql orqali tushunish mumkinligini ilgari surgan. U
Aristotel ta’limotiga tayanib, moddiy olam ham haqiqiy borliqning bir qismi
ekanligini ta’kidlagan. Uningcha, borliqni tushunish uchun aql va ilmiy kuzatish
zarur, lekin u mutlaq Allohga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.
Ibn al-Arabiy esa "vahdat al-
vujud" nazariyasini to‘liq shakllantirgan bo‘lib, u
borliqni faqat Allohning mavjudligi orqali tushuntirgan. Unga ko‘ra, moddiy olam va
undagi barcha narsa
–
bu faqat Allohning aksidir, ya’ni butun borliq ilohiy
tajalliyotning natijasi. Ibn al-Arabiy fikricha, insonning vazifasi
–
borliqning yagona
manbasi Alloh ekanligini anglash va U bilan birlikka erishishdir.
esa borliqni anglash yo‘lida ruhiy poklanish va ichki tajribani asosiy vosita deb
bilgan. Unga ko‘ra, insonning qalbi nurlangan sari, u borliqning ilohiy mohiyatini
chuqurroq tushunadi va haqiqatga yaqinlashadi.
Shunday qilib, "vahdat al-vujud" nazariyasi Sharq mutafakkirlarining borliq
haqidagi qarashlarini umumlashtiruvchi asosiy kontseptsiya bo‘lib, unga ko‘ra borliq
yagona va faqat Allohning tajalliyoti sifatida mavjud. Shu bois, inson haqiqatga
yetishish uchun o‘z ruhiy va intellektual imkoniyatlarini ishga solishi, borliqning
ilohiy mohiyatini anglashga harakat qilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Al-Kindiy. Falsafa va aql haqida risolalar.
–
Qadimgi islom falsafasi
matnlari to‘plami. Toshkent: Fan nashriyoti, 2006.
2.
Al-Forobiy. Aql va borliq haqida.
–
Toshkent: Fan nashriyoti, 1990.
3.
Ibn Sino. Kitob ash-Shifo (Tuzalish kitobi).
–
Qohira: Dar al-Ma'arif,
1987.
4.
G‘azzoliy. Ihyou ulum ad
-din (Din ilmlarini tiriltirish).
–
Istanbul:
Hakikat Kitabevi, 2005.
5.
Ibn Rushd. Fasl al-
maqol (So‘zning ajratilishi). –
Beyrut: Dar al-Kutub
al-Ilmiyya, 1998.
6.
Ibn al-Arabiy. Fusus al-Hikam (Donishmandlik javohirlari).
–
Qohira:
Maktabat al-Turath, 2001.
7.
Najmuddin Kubro. Tasavvuf va borliq mohiyati haqida risolalar.
–
Samarqand: Sharq nashriyoti, 2015.
36
Al-Kindiy. Falsafa va aql haqida risolalar.
–
Qadimgi islom falsafasi matnlari to‘plami. Toshkent: Fan nashriyoti,
2006. B-5.
239
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
8.
Nasr, S. H. Science and Civilization in Islam.
–
Cambridge: Harvard
University Press, 1968.
9.
Corbin, H. History of Islamic Philosophy.
–
London: Kegan Paul
International, 1993.
10.
Chittick, W. C. The Sufi Path of Knowledge: Ibn al-
Arabi’s Metaphysics
of Imagination.
–
Albany: SUNY Press, 1989.
