20
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BUXORO XONLIGI DIPLOMATIYASI VA TASHQI IQTISODIY
ALOQALARI
Bektoshev
G‘iyos
Saxriddin
o‘g‘li
ShDPI Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix
yo‘nalishi
2-kurs talabasi
bektoshevgiyosiddin03@gmail.com
https://orcid.org/0009-0000-2832-649X
Annotatsiya:
Maqolada Buxoro xonligining tashqi diplomatik siyosati va
iqtisodiy aloqalarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning mintaqaviy
ahamiyati tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Xususan, Rossiya imperiyasi,
Hindiston va Usmoniylar davlati bilan olib borilgan muzokaralar, elchilar
almashinuvi va xalqaro shartnomalar tuzish tajribasi yoritilgan. Tashqi savdo
aloqalari, karvon
yo‘llari,
savdo markazlari hamda eksport-import mahsulotlari
tarkibi va ularning Buxoro iqtisodiy hayotiga
ta’siri
o‘rganilgan.
Maqola natijasida
Buxoro xonligi diplomatiyasi mintaqaviy barqarorlikni
ta’minlash
va xalqaro savdoni
rivojlantirishda muhim omil
bo‘lgani
ilmiy asoslab berilgan.
Kalit
so‘zlar:
Buxoro xonligi, Abdullaxon II, Rossiya, Hindiston, Mirza
Po‘lat
tashqi siyosat,
boshqaruv,
savdo aloqalari.
Аннотация:
В
статье
на
основе
исторических
источников
анализируются
становление,
этапы
развития
и
их
региональное
значение
внешнеполитических
и
экономических
связей
Бухарского
ханства.
В
частности,
освещается
опыт
переговоров
с
Российской
империей,
Индией
и
Османской
империей,
обмен
послами
и
заключение
международных
договоров.
Изучаются
внешнеторговые
связи,
караванные
пути,
торговые
центры
и
состав
экспортно
-
импортной
продукции
и
их
влияние
на
экономическую
жизнь
Бухары.
В
результате
статьи
научно
обосновано,
что
дипломатия
Бухарского
ханства
была
важным
фактором
обеспечения
региональной
стабильности
и
развития
международной
торговли.
Ключевые
слова:
Бухарское
ханство,
Абдуллахан
II,
Россия,
Индия,
Мирза
Полат
внешняя
политика,
управление,
торговые
связи.
Abstract:
The article analyzes the formation, stages of development and their
regional significance of the foreign diplomatic policy and economic relations of the
Bukhara Khanate based on historical sources. In particular, the experience of
negotiations with the Russian Empire, India and the Ottoman Empire, the exchange
of ambassadors and the conclusion of international treaties is covered. Foreign trade
21
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
relations, caravan routes, trade centers and the composition of export-import products
and their impact on the economic life of Bukhara are studied. As a result of the
article, it is scientifically substantiated that the diplomacy of the Bukhara Khanate
was an important factor in ensuring regional stability and developing international
trade.
Keywords:
Bukhara Khanate, Abdullakhan II, Russia, India, Mirza Polat
foreign policy, governance, trade relations.
Kirish.
Buxoro xonligi Markaziy Osiyoning yirik siyosiy va iqtisodiy
markazlaridan biri sifatida
o‘z
davrida nafaqat ichki boshqaruv tizimi, balki tashqi
siyosat va iqtisodiy aloqalari bilan ham alohida
o‘rin
egallagan. Xonlik
o‘zining
qulay geografik joylashuvi,
ya’ni
Buyuk Ipak
yo‘li
yo‘nalishlaridagi
strategik mavqei
tufayli uzoq
o‘lkalar
bilan diplomatik va savdo aloqalarini rivojlantirishga intilgan.
Buxoro hukmdorlari tashqi siyosatda
qo‘shni
davlatlar - Eron, Hindiston, Xiva,
Qo‘qon
xonliklari, shuningdek, Rossiya imperiyasi bilan turli
ko‘rinishdagi
diplomatik munosabatlarni
yo‘lga
qo‘ygan
va bu orqali xonlik iqtisodiy taraqqiyotini
ta’minlashga
harakat qilgan.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Buxoro xonligi diplomatiyasi va tashqi
iqtisodiy aloqalarini
o‘rganishda
bir qator tarixiy tadqiqotlar va hujjatli manbalar asos
bo‘lib
xizmat qiladi. Jumladan,
Йўлдошев
М.
Й.
“XVI
–
XVII
асрларда
Бухоро
билан
Россия
ўртасида
элчилик
муносабатлари”
asarida Buxoro-Rossiya
munosabatlari arxiv hujjatlari asosida tahlil etilgan. Shuningdek, Sh. Vohidov va A.
Ziyo kabi mahalliy tarixchilarning asarlarida Buxoro xonligi tashqi siyosati, savdo
yo‘llari
va tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish
yo‘nalishlari
ilmiy asosda
ko‘rib
chiqilgan.
Tadqiqotda tarixiy-tahliliy, qiyosiy va tizimli yondashuvlardan foydalanildi.
Tarixiy-tahliliy usul Buxoro xonligining diplomatik siyosati va savdo aloqalarini
tarixiy jarayonlar bilan
bog‘liq
holda
o‘rganishga
xizmat qildi. Qiyosiy tahlil orqali
xonlikning Rossiya, Hindiston, va Usmoniylar kabi davlatlar bilan aloqalaridagi
o‘xshashlik
va farqlar aniqlab chiqildi. Tizimli yondashuv esa tashqi siyosat va
iqtisodiy aloqalarni ichki boshqaruv tizimi hamda xonlikning geosiyosiy mavqeidan
kelib chiqib tahlil qilish imkonini berdi. Tadqiqot asosan hujjatli manbalar, tarixiy
xronikalar va zamonaviy ilmiy ishlarga tayangan holda olib borildi.
Muhokama va natijalar.
Rossiya bilan diplomatik munosabatlar va savdo
aloqalari. Abdullaxon II tomonidan 1585- yilda Muhammad Ali boshchiligida, 1589-
yilda Do`stum boshchiligida Moskvaga yuborilgan. Elchilar Moskva hukmdori
22
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
tomonidan iliq kutib olingan. Bu ikki elchilik oldiga o`rtadagi savdo-sotiq
munosabatlarini tartibga solish vazifasi yuklatilgan edi. Elchilar Rossiya podshosi
Fyodor Ivanovichga Abdullaxon II ning buxorolik savdogarlar uchun Moskva
davlatidagi barcha shaharlarda erkin savdo qilish imkoniyatini yaratish, Qozon va
Astraxanda doimiy bozorlar ajratish iltimos qilingan xatini keltirgan. Rus podshosi bu
iltimoslarni to`liq bajarganligi o`sha davr hujjatlarida o`z aksini topgan.[1]
Buxoro va Rossiya o`rtasidagi do`stona aloqalar XVI asr oxirida, xususan Sibir
xonligining ruslar tomonidan bosib olinishi tufayli biroz buzilgan bo`lsada, amalda
butunlay to`xtab qolmadi. 1589- yili Moskvada bo`lgan Buxoro elchisi Do`stum
orqali Abdullaxon II ruslarning Sibir xonligidagi tajovuzini qoralagan va o`z
noroziligini bildirgan edi. 1589- yildayoq Buxoroga tatar millatiga mansub Boybo`ri
Toychiev boshchiligidagi Moskva elchilari keladi va buxorolik savdogarlarga Sibir
shaharlarida katta imtiyozlar yaratishga rus hukumati tayyor ekanini bildirib, ikki
o`rtadagi siyosiy kelishmovchiliklarni biroz yumshatishga erishdi. XVII asrda
Buxoro va Moskva davlati o`rtasidagi elchilik aloqalari yanada rivojlandi. Mazkur
davrda Buxoro va Xiva elchilari 26 marta Moskvaga tashrif buyurgan bo`lsalar, rus
elchilari 9 marta Buxoro va Xivaga kelganlar. Masalan, 1619- yilda
Imomqulixonning Odambiy boshchiligidagi elchilari Moskvada, Rossiya podshosi,
Romanovlar sulolasining birinchi vakili Mixail Fyodorovich huzurida bo`ldi. Bu
elchilik missiyasiga javoban podsho Mixail Fyodorovich tomonidan Ivan Danilovich
Xoxlov boshchiligida elchilar Buxoroga jo`natiladi. Lekin bu elchi Buxoroda
ushlanib qolganligi va quruq qo`l bilan qaytarilganligi uchun Sibir (Tyumen shahri)
orqali 1622- yilda Tobolskka kelgan va Moskvaga borishni mo`ljallagan Buxoro
elchisi Balik Chobakov sovuq kutib olinib, rus podshosining Imomqulixonga yozgan
xati bilan Buxoroga qaytarib yuborilgan. Bu xatda rus podshosi o`rtadagi aloqalarni
davom ettirish taklif etib, elchilarni Moskvaga uzoq Sibir orqali emas, Astraxan
orqali yuborishni taklif qilgan.[2]
Mazkur davrda Buxoro xonligi va Rossiya o`rtasidagi elchilik aloqalarida
buxorolik Ernazar Maqsudov alohida o`rin tutadi. 1761- yilda savdo karvoni orqali
kelgan E.Maqsudovga elchilik talablariga rioya qilinmagani bois Orenburgdan
Peterburgga borishga ruxsat berilmagan. 1774- yilda yana u elchi sifatida kelganida
Peterburgga qadar borishga muvaffaq bo`lgan va Rossiya imperatritsasi Ekaterina II
qabulida bo`lgan. Manbalarda qayd etilishicha, E.Maqsudovning mohir diplomatligi
tufayli Rossiya imperatritsasining hurmat-e`tiboriga sazavor bo`lgan. Uning 1780-
yilgi elchi sifatidagi tashrifi
chog‘ida
Peterburgda yuqori darajadagi e`tibor bilan
qabul qilingan. 1780- yil 18- avgustida Rossiya imperatori Buxoro amiriga yozgan
23
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
xatida Rossiya ilgarigidek Buxoro bilan o`zaro munosabatlarni tinch-totuvlikka
asoslangan hollarda olib borish hamda savdo aloqalaridan har ikki tomon
foydalanishi hamda so`ralgan metall bilan ta`minlanish qayd etilgan edi. Ammo yana
Buxoro savdogarlariga nafaqat Orenburgda, balki Rossiyaning boshqa shaharlarida
ham savdo qilish bo`yicha so`rovi qondirilmaydi. Chunki Buxoro savdogarlarining
Rossiyaning markaziy shaharlarida erkin savdo qilishlari rus savdosi uchun zarar
keltirishi qayd etilardi.[3]
1780- yili rus savdogarlari istak va talablariga muvofiq Buxoroda savdo
vakolatxonasini ochish maqsadga muvofiq deb topildi. Shu munosabat bilan
Orenburgdan Buxoroga 1780- yili Rossiya davlati va umumiy manfaatlaridan kelib
chiqib, Buxoroda savdo vakolatxonasini ochish uchun M. Bikchurin boshchiligidagi
maxsus elchilikni Orenburgdan Buxoroga yubordi. M.Bikchuringa yuklatilgan
vazifalar qatorida Orenburg va Buxoro
oralig‘idagi
yo`lni har tomonlama o`rganish
ham bor edi. M.Bikchurin ko`zda tutilgan hamma vazifalarni bajargani holda, Buxoro
amirining Rossiya savdo vakolatxonasini ochishga roziligini ololmay qaytdi.[4]
1809- yil 17- oktabrda Orenburgdan A.Subxonqulov va uning yordamchisi B.
Rahmonqulov boshchiligida Rossiya elchiligi Buxoroga yo`l olgan. Ushbu elchilik
zimmasiga kimlar va qaysi muddatga savdo uchun Buxoroga kelayotganini,
amaldorlardan Amudaryo va Sirdaryoda kema qatnovini yo`lga qo`yishga xohish bor-
yo`qligini aniqlash hamda Buxoro amiriga Rossiya imperatorining elchilar nomiga
bergan
yorlig‘ini,
tashqi ishlar vaziri N.P.Rumyansev va G.S.Volkonskiyning ikkita
maktubini topshirishlari kerak edi. Shuningdek, A.Subxonqulov zimmasiga Buxoroga
boradigan yo`l masofasi, dam olish joylari, turli xalqlar, xususan qoraqalpoqlarning
Rossiyaga munosabatini aniqlash vazifasi ham topshirilgan edi. 1810- yil 28-
yanvarda A.Subxonqulov Buxoro amiri Haydar tomonidan qabul qilingan. Amir
Haydar Rossiya imperatori tashqi ishlar vaziri N.P.Rumyansevni, Orenburg general
gubernatori G.S.Volkonskiylarning tegishli tarzdagi yorliq va xatlari bilan tanishib
chiqib, faqat imperatorga javob xati yozgan hamda qolgan xatlarga ham javob ushbu
maktubda ekanligini ta`kidlagan. Buxorodan qaytgan A.Subxonqulov tomonidan
yig‘ilgan
materiallar Davlat kengashi a`zolarida qiziqish
uyg‘otib,
uni Peterburgga
hisobot uchun chaqirilgan.[5]
Buxoro-Hindiston munosabatlari (XVI-XVII-XVIII asrlar). Boburiylar davlati
Buxoro xonligining janubiy
qo‘shni
davlati
bo‘lib,
bu ikki davlat
o‘rtasida
siyosiy,
iqtisodiy munosabatlar
qizg‘in
dovom etib kelgan. Ikki davlat
o‘rtasidagi
siyosiy
iqtisodiy diplomatik munosabatlar asosan XVI-asrning 70 yillaridan boshlab
muntazam ravishda dovom etib kelgan. Bu haqida N. Nizomiddinovning XVI-XVIII
24
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
asrlarda
O‘rta
Osiyo va Hindiston munosabatlari kitobida diplomatik va iqtisodiy
munosabatlar haqida keng mulohaza yoritilgan. Ikki davlat
o‘rtasida
ilk elchilik
munosabatlari bir necha marta
bo‘lgan.
Demak ulardan
–
1572 yili Hindistonga
Abdullaxonning birin chi elchisi
Xo‘ja
Oltamish yuboriladi. Keyingi ikkinchi elchilik
ham Abdullaxon II tomonidan yuborilib. Bu safar Abdiraxm boshchiligidagi elchilar
yo‘boriladi.
Keyingi elchilar esa 1579 -yili Abdullaxon saroyiga sunniy mahzabdagi
Mirza
Po‘lat
boshchiligida hind elchilari yuborilgan. Uzoq yillardan
so‘ng
Akbar
Buxoroga elchi yuborishga qaror qiladi. 1597- yili 17 mayda Hindistondan Buxoroga
Xo‘ja
Ashraf Naqshbandiy boshliq elchilar
yo‘lga
chiqadi”.
Demak XVI asrning
ikkinchi yarmidan XVII asrning boshlarigacha, Shayboniylar
so‘lola
hukumronlik
yillari yani Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi bilan Boburiylar davlati
o‘rtasida
olib borilgan elchilik munosabatlar muntazam ravishda dovom etib turgan. Bunda har
ikki davlat iqtisodiy va siyosiy munosabatlarining
yo‘lga
qoyilishida manfaatdar
bo‘lganligini
bilish mumkin.[6]
Buxoro xonligi bilan Boburiylar davlati iqtisodiy (savdo) munosabatlarida
asosan tovor mahsulotlarni Hindistondan dorivorlar, har xil boyoqlar, choy va
Buxoro xonligidan esa quruq va
ho‘l
mevalar asosiy mahsulotlar hisoblanganligini
keltirib
o‘tish
joiz. Olimlarning aniqlashicha Buxoro xonligi va Boburiylar davlati
o‘rtasidagi
savdo munosabatlar esa asosan 3 xil asosiy shakli mavjud ekanligini
e’tirof
etiladi.
1. Xususiy savdo.
2. Xonlikning maxsus vakillari vositachiligida olib boriladigan savdo.
3. Podshohlar
o‘rtasidagi
bir-birlariga
to‘hfa
va hadiyalar yuborish
yo‘li
bilan
mol ayirboshlash.[7]
Usmonli turklar va Buxoro diplomatik munosabatlari. Uzoq
o‘tmishga
taqalgan
O‘rta
Osiyo va Usmoniylar davlatlari
o‘rtasidagi
siyosiy munosabatlar Usmoniylar
sultonlarining tashabbusi natijasida XVI asrda qayta jonlandi. Eronning Usmoniylar
davlatiga qarshi tajovuzlar siyosatini bartaraf qilish uchun 1514-yil avgust oyida
Usmoniylar sultoni Salim I (Yovuz)ning (1512-1520) Muhammadbek orqali
Shayboniylar hukmdori
Ko‘chkinchixonga
(1510-1530) yuborgan maktubi ikki
davlat
o‘rtasida
siyosiy munosabatlarning
o‘rnatilishiga
yo‘l
ochdi. Usmoniylar
sultoni Sulaymon (Qonuniy) (1520-1566) va Shayboniylar hukumdori
Ubaydulloxonning (1533-39) Eronga qarshi birgalikda kurashish maqsadida qilgan
harakatlari bu davlatlar
o‘rtasidagi
munosabatlarning kuchayishiga olib keldi. 1529-
yildagi Usmoniylar Avstrya urishi usmoniylardan Eron masalasini ikkinchi
o‘ringa
surishni taqazo qildi. Lekin 1533-yil Usmoniylar davlati Avstrya bilan sulh
25
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
shartnomasi imzolangandan
so‘ng
Eron masalasiga yana
o‘z
etiborini qaratdi. 1548-
yil Shayboniylar hukumdori Abdulatif (1540-1551) Sulaymon Qonuniyning Eronga
qarshi birgalikda kurashish taklifini qabul qilib undan qurol
yaro‘g‘
yuborishni
so‘raydi.
Tadqiqodlarda
ko‘rsatilishicha
Istanbuldan yuborilgan qurol-
yarog‘lar
Samarqandga yetib kelganda Abdulatif vafot etgan edi. Natijada uning Usmoniylar
bilan birga Eronga qarshi harbiy yurish rejasi amlga oshmadi.[8]
1639-yilda Usmoniylar sultoni Murod IV (1623-1640) Ashtarxoniylar
hukumdori Imomqulixonga (1611-1642) elchi yuborib Eronga qarshi birgalikda
hujum qilishni taklif qiladi. Uning taklifiga Imomqulxon qanday javob berganligi
haqida manbalarda
ma’lumot
uchramasa ham shunisi
ma’lumki
bu davrda
Imomqulixon va Eron shoxi Abbos
o‘rtasida
yaxshi munosabatlar
yo‘lga
qo‘yilgan.
1690-yilda Ashtarxoniylar va Usmoniylar
o‘rtasidagi
do‘stona
munosabatlarni
rivojlantirish maqsadida Subxonqulixon (1681-1701) Sulton Sulaymon II (1687-
1691) huzuriga elchilarni yuboradi. Shundan
so‘ng
manbalarda
ko‘rsatilishicha
sulton
Ahmad II ning (1691-1695) elchisi mustafo Choush Subxonqulixon huzurida
bo‘lgan.[9]
XVIII asrning oxirlariga kelib Usmoniylar davlati
O‘rta
Osiyo xonliklari bilan
hamkorlik qilishdan manfaatdor edi. 1779-yilda Buxoro amiri Doniyolbiy (1759-
1784) Ernazar Masud
o‘g‘lini
dastlab chor Rossiyasidagi
so‘ngra
esa Usmoniylar
davlatidagi elchisi qilib tayinlaydi. Ernazar Masud
o‘g‘lining
zimmasidagi asosiy
vazifasi
o‘sha
vaqtlar musulmon dunyosidagi qudratli davlat Usmoniylar bilan
aloqani mustahkamlash
bo‘lgan.[10]
O‘rta
Osiyoda chor Rossiyasi hukumronligi
to‘la
o‘rnatilgach,
hukumat
ma’murlari
o`lkaning Usmoniylar davlati bilan ijtimoiy siyosiy munosabatlar olib
borishiga imkon bermaslikka xizmat qildi. 1910-yilda Buxoroning 56-ulamosi
maxsus xat bilan Usmoniylar davlatiga murojaat qilib chor Rosssiyasi
hukumronligidan xalos qilishni
so‘ragan.
XX asrning boshlarida Usmoniylar
davlatidagi siyosiy faollik
O‘rta
Osiyoga ham
o‘z
ta’sirini
o‘tkazdi.
Ba davrda
Usmoniylar bilan ijtimoiy siyosiy va
ma’naviy
ma’rifiy
aloqalar yanada rivojlandi.
Arxiv xujjatlarida bu davrdagi
ma’naviy
ma’rifiy
aloqalarga Turkiston ziyolilari
boshchilik qilganligi
O‘rta
Osiyoda tuzilgan
“Tarbiyayi
atfol”
jamiyati 1911-yil 15-ta
1912-yil 10-ta talabani Istanbulga yuborilganligi boshqa bir
ma’lumotga
ko‘ra,
faqat
Buxoro xonligidan 1910-1913-yllarda 75
o‘quvchi
Istanbulga tahsil olish uchun
yuborilganligi
ko‘rsatib
o‘tilgan.[11]
Xulosa.
Buxoro xonligi
o‘zining
qulay geografik joylashuvi va siyosiy
salohiyati tu.fayli Markaziy Osiyoda mustahkam
o‘rin
egallagan va xalqaro
26
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
munosabatlar tiziida muhim
o‘yinchilardan
biriga aylangan. Xonlikning Rossiya
imperiyasi, Usmonli davlati va Boburiylar saltanati bilan olib borgan diplomatik
aloqalari uning tashqi siyosiy strategiyasining asosini tashkil etgan. Rossiya bilan
munosabatlar asosan savdo manfaatlarini
ko‘zlab,
chegara xavfsizligini
ta’minlash
va
siyosiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan
bo‘lsa,
Usmonli davlati bilan
aloqalar diniy-
ma’naviy
birdamlik va musulmon ummati manfaatlarini
ko‘zlash
zaminida rivojlangan. Boburiylar imperiyasi bilan
bo‘lgan
munosabatlar esa asosan
savdo karvonlari harakati, iqtisodiy hamkorlik va madaniy almashinuv bilan ajralib
turgan.
Buxoro xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari uning diplomatik faoliyati bilan
uzviy
bog‘liq
bo‘lib,
xonlik xalqaro savdo
yo‘llarini
nazorat qilish, boj va soliq tizimi
orqali davlat xazinasini mustahkamlash va ichki siyosiy barqarorlikni
ta’minlashga
intilgan. Xonlik tashqi siyosatini olib borishda murakkab geosiyosiy vaziyatlarga
moslashish, mustaqillikni saqlash va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ustuvor
vazifa deb bilgan. Ushbu
yo‘nalishlar
Buxoro xonligini
o‘z
davrida nafaqat Markaziy
Osiyo, balki kengroq xalqaro maydonda ham tarixiy ahamiyatga ega
bo‘lgan
mustaqil
davlat sifatida namoyon etgan.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1.
Абаева
Т.
Г.
Из
истории
взаимоотношений
государства
русского
и
народов
Афганистана
(XVII
–
начало
Х
I
Х
вв.)
//
Очерки
по
новой
истории
Афганистана.
Ташкент.
1966.
2.
Азамат
Зиё.
Ўзбек
давлатчилиги
тарихи.
–
T.:
«Шaрқ»,
2000.
3.
Веселовский
Н.И.
Иван
Данилович
Хохлов:
Русский
посланник
в
Персию
и
Бухару
в
XVII
веке.
СПб.,
1891.
4.
Йўлдошев
М.
Й.
XVI
–
XVII
асрларда
Бухоро
билан
Россия
ўртасида
элчилик
муносабатлари.
–
Т.,
1957.
5.
Муҳаммаджанов
Р.
Неъматов
Т.
Бухоро
ва
Хиванинг
Россия
билан
муносабатлари
тарихига
доир
баъзи
манбалар.
Т.:
Ўзбекистон
ССР
Фанлар
Академияси,1957.
6.
Эрматов
М.
Ўрта
Осиё,
Россия
ва
Ҳиндистон
халқлари
ўртасидаги
дўстона
алоқалар
тарихидан.
–
Т.,
1959.
7.
Низомиддинов
И.
XVI
–
XVIII
асрларда
Урта
Осиё
-
Хиндистон
муносабатлари.
–
Т.:
Фан,
1966.
27
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
8.
Эрқўзиев
А.А.
Ўрта
Осиё
ва
Ғарбий
Европа
ўртасидаги
иқтисодий
алоқалар
(XVI
–
XIX
асрнинг
биринчи
ярми):
Тарих
фан.
номз.
дисс...
–
Т.:
ЎзМУ,
2009.
9.
Содиқов
Х.
Шамсутдинов
Р.Ўзбекистоннинг
янги
тарихи.1
китоб.
-T.:
Sharq.2000.
10.
Соколов
Ю.
А.
К
вопросу
о
причинах
провала
английских
устремлений
в
Восточную
Европу,
Среднюю
Азию
и
Персию
(XVI
–
XVII
вв.)
Труды
САГУ.
История
стран
Востока.
Вып.
68.
–Т.,
1955.
11.
Исмоилова
Б.
Бухарский
эмират
при
эмире
Ҳайдаре
.
Худжанд
. 2000.
