Авторы

  • Дилрабо Нуриддинова

Биография автора

  • Дилрабо Нуриддинова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.126933

Аннотация

Ushbu maqolada atoqli adib, o‘ziga xos uslub egasi O‘tkir Hoshimovning o‘z asarlarida jumladan, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari”, “Ikki karra ikki-besh” qissalarida chegaralangan qatlam birliklaridan foydalanish mahorati, badiiy didi, so‘z tanlash va mavjud vaziyat, mahalliylikni ochib berish xususiyatlari haqida so‘z boradi.


background image

41

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O‘TKIR

HOSHIMOV QISSALARIDA CHEGARALANGAN QATLAM

BIRLIKLARINING

O‘RNI

Nuriddinova Dilrabo Nurbek qizi

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti 1-bosqich magistranti

gmail- dilyanuriddinova3@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada atoqli adib,

o‘ziga

xos uslub egasi

O‘tkir

Hoshimovning

o‘z

asarlarida jumladan,

“Bahor

qaytmaydi”,

Dunyoning

ishlari”,

“Ikki

karra ikki-

besh”

qissalarida chegaralangan qatlam birliklaridan foydalanish

mahorati, badiiy didi,

so‘z

tanlash va mavjud vaziyat, mahalliylikni ochib berish

xususiyatlari haqida

so‘z

boradi.

Kalit

so‘zlar:

dialektal leksika, terminologik leksika, jargotizmlar, argotizmlar,

vulgarizmlar, varvarizmlar.

Annotation:

This article will talk about the skill of Utkir Hoshimov in using

delimited layer units, artistic taste, choice of words and features of the current
situation, disclosure of locality, including in the works of him, who is the owner of a
unique style, especially in his stories called

“Spring

will not

return”,

“Works

of the

world”,

“Two

-time two-

five”.

Keywords:

dialectal lexicon, terminological lexicon, jargotisms, argotisms,

vulgarisms, varvarisms.


Ushbu qatlamga doir leksika

qo‘llash

doirasining chegaralanish xarakteriga

ko‘ra

uch turga

bo‘linadi.

Bular:

1)

dialektal leksika;

2)

terminologik leksika;

3)

jargon va argolar.

Shundan kelib chiqqan holda dastavval dialektizmlar

ya’ni

shevaga xos

so‘zlarga

to‘xtalamiz.

Dialektizmlar

Ma’lum

bir hududda, territoriyada yashovchi kishilar nutqiga xos

bo‘lgan

adabiy

til leksikaga kirmaydigan

so‘zlar

dialektal leksikani tashkil etadi.

Ma’lum

dialekt va

sheva vakillarigagina

qo‘llaydigan

bunday

so‘zlar

dialektizmlar deb yuritiladi.

1

1

Jamolxonov X “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent “Talqin” 2005 127

-128-betlar


background image

42

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O‘zbek

tilining dialektal qatlami nihoyatda murakkab rang-barang

bo‘lib,

u

o‘z

ichiga bir qancha sheva va dialektlarni oladi.

Bu sheva va dialektlarning har biri

o‘ziga

xos fonetik, leksik-grammatik

xususiyatlari bilan adabiy tildan, shuningdek,

o‘zaro

farqlanadi

2

Dialektizmlarning adabiy tildan farqi avvalo,

so‘zning

talaffuzida

ko‘rinadi.

Masalan:

Gurgut-gugurt, bala-bola, yuzum-uzum,

yig‘namoq

-

yig‘moq,

buginmoq-

bekinmoq,

chig‘di

-chiqdi

kabi.

Badiiy adabiyotda mahalliylikni berish, qahramonlar nutqini individuallashtirish

uchun dialektizmlardan foydalaniladi. Lekin bunday

qo‘llash

bilan dialektal

so‘zlar

adabiy tilga oid

bo‘lib

qolmaydi.

-Ishonmasangiz

peshanamni

ushlab

ko‘ring!(“Bahor

qaytmaydi”

19-b)

-Ablah! Allaqanday

so‘takka

alishtirib

o‘tiribsanmi

meni! (66-b)

Xuddi

adasining

o‘zi,

-

o‘yladi

Muqaddam unga jilmayib tikilarkan.(69-b)

-Dard!

Dadamning jaxli chiqib ketdi.

O‘ng

lunji paydar-pay ucha boshladi.-

Misol uchun senda ikkita yigirma tiyinlik bor. Xloppunkt yonida

o‘tiradigan

Rahmon

pistachidan semichka olmoqchisan. Bir

istikon

pistachka yigirma tiyin turadi. Ikki

istikoni

qancha

bo‘ladi?!

Rahmon pistachidan semichka olaverib pishib ketganman.
-Qirq tiyin!-dedim ishonch bilan.
-

Bo‘pti

-da

ulim!

-Dadam quvonib ketdi. -Hisobda adashib

bo‘lmaydi.

Adashsang

o‘zingga

jabr

qilasan!(“Ikki

karra ikki-

besh”124

-b)

Yuqorida keltirib

o‘tgan

gaplarimizda affiksal leksik usullar bilan shevalar hosil

qilingan.

“Peshana”,

“alishtirib”,

“adasining”,

“Istikon”,

“ulim”

so‘zlari

“peshona,

almashtirib, dadasining, stakan,

o‘g‘lim”

so‘zlarining

dialektal variantidir. Bundan

tashqari adabiy tilga nisbatan shevaga xos

so‘larning

lug‘at

tarkibi boshqacharoqdir.

Chunonchi, mahalliy dialektlar

lug‘atida

fan,

san’at

va murakkab texnikaga doir

bo‘lgan

so‘zlar,

terminlar deyarli uchramaydi. Dialektlardagi

ba’zi

so‘zlar

esa adabiy

tilda butunlay

bo‘lmasligi

mumkin. Bunday

so‘zlar

shu sheva vakillari nutqidagina

foydalaniladi.

O‘zbek

shevalari

lug‘atida

yana shunday

so‘zlar

uchraydiki, bular adabiy tilda

boshqa

so‘z

bilan ifodalanadi. Badiiy asarda qahramonlar nutqiga mahalliylikni

berish zaruriyati bilan

qo‘llangan

bunday

so‘zlarning

qavs ichida adabiy tildagi

muqobilini keltirish maqsadga muvofiqdir.

2

Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo’ng’urov R., Rustamov X. O’zbek tili stilistikasi. Toshkent “O’qituvchi” 1983. 56

-

58-betlar.


background image

43

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Adabiy tilning ayrim dialektlar lug`aviy birliklari hisobiga boyib borishi
tillar taraqqiyotida qonuniy bir holatdir. Hozirgi adabiy nutq lug`atning katta bir

qismi ham aslida dialektlarga xos deb qaralishining sababi bunday lug`aviy
birliklarning umumlashib ketganligidadir.

3

Dialektizmlarni quyidagi holatlarda adabiy nutqqa olib kirish mumkin: agar u

yoki bu mahalliy tushuncha umumnutq qatlamda aniq nomga ega bo`lmasa yoki
uning shevadagi atamasi leksik ma`no ottenkasi bilan stilistik bo`yog`i bilan
umumtildagi so`zdan farqlanib tursa, uning adabiy nutqqa kirishi to`g`ridir.

-Mayli endi

ma’limjon…

Bu-dadamning ovoziligini bildim

.(“Ikki

karra ikki-

besh”

133-b)

-Men qamalib ketsam,

bachalarni

sen boqasanmi, ahmoq xotin!deb mushtini

do‘laytirgan

edi, onam

paqirni

lapanglatib

qochdi.(“Ikki

karra ikki-

besh”

134-b)

Biror dialektal so`zning adabiy nutqqa ko`chish hodisasi bilan dialektal

so`zlarning badiiy asarda ishlatilishi hodisasini bir-biridan farqlash zarur.
Yozuvchilar o`z asarlarida hayotning realistik tasvirini chizish, mahalliy kaloritni
berish, personajlar nutqini individuallashtirishda yoki biron tushunchaning shevadagi
atamasi kitobxonga ahamiyatli bo`lgan holatning ma`lum mahalliy belgisini
bildirsagina dialektal so`zlardan foydalanishlari mumkin.

Har qanday adabiy tilning taraqqiyoti, boyishi adabiy til bilan shevalar

o`rtasidagi munosabatlarning bir-biriga ta`sir qilish darajasiga bog`liq. Shuning
uchun dialektizmlarning badiiy asarda qo`llanishi hamda ularning adabiy tilga o`tish
o`tmasligini konkret tarixiy sharoitlarga ko`ra izohlash zarur.

-

“Yo‘lingdan

qolma,

ena

!”

-degan sotuvchi sansirab.

Onam

o‘zidan

kattani sansirash mana bunaqa

bo‘ladi,

deb melisa boshlab

kelgan.

Melisa yaxshi kishi ekan. Onamni yupatgan:

“Xafa

bo‘lmang,

ena, narigi aptalapkadan

olaqoling!”

Yozuvchilar o`z asarlarida sheva so`zlardan foydalanishga asosiy sabab, o`sha

personaj yoki obrazning qanday xarakterga ega ekanligini, qaysi voha farzandi
ekanligini aniq, tiniq bilib olsa bo`ladi. Bu ham asar qimmatini yanada oshiradi. Asar
qahramonlari shu xususiyati bilan o`quvchi yodidan hech qachon ko`tarilmaydi.
Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish
mahoratini namoyon etadigan, emotsional

ekspressiv ifoda semalari qabariq holda

reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy

estetik maqsadiga qay

3

U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev “Hozirgi o`zbek adabiy tili”, “O`qituvchi” nashriyoti, Toshkent,

1965,

158-bet.


background image

44

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun badiiy
asar tilidagi

ma’nodosh,

shakldosh, zid

ma’noli,

ko‘p

ma’noli,

tarixiy va arxaik

so‘zlar,

yangi yasalmalar, shevaga oid

so‘zlar,

chet va vulgar

so‘zlar

ajratib olinadi va

asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlanadi.

4

-Jubor!-

dedi hayqirib. Panshaxani

“Qora

ko‘zaynak”ning

qorniga tiradi..-

Qo‘yib

jubor!

“Qora

ko‘zoynak”

hamon bizni changallagancha orqaga chekina boshladi.

-

Qo‘yasanma

-

jo‘qma?

-Qanaqa odamsiz

o‘zi?

-

“Qora

ko‘zoynak’

qo‘lini

bo‘shatdi.

Shodivoy u yoqqa,

men bu yoqqa qochib, har ehtimolga qarshi

o‘n

qadamcha nariga borib oldik.-

Ressorim…

-

Jo‘lingdan

qolma!-

“Ferma

tog‘a”

panshaxani bir silkitgan edi,

“Qora

ko‘zoynak”

it quvgan soqovdek sim

to‘siq

tomonga

qochdi…

-Obbo, polvon-ey!-

“Ferma

tog‘a”

Shodivoyning yelkasiga qoqdi.-

Sho‘xlik

qipjatipman

, deng! Ammo

siyirlarni

qo‘rqitib

jubording‘iz

-da

, polvon!

Yozuvchilar o`z qahramonlarini o`zlari yashaydigan hudud va muhitdan

ayirmagan holda, hayotdagidek ishonarli va jonli tasvirlash ehtiyojidan kelib chiqib
shevaga xos so`zlarni ishlatadi. Sheva so`zlari mahalliy kolorit, hududiy mansublikni
o`zida aniq aks ettirish bilan birga badiiy nutqda muayyan estetik funksiyani bajaradi.
Biroq dealektizmlarning estetik qimmat kasb etishi ularning badiiy nutqdagi

me’yori,

qanday ishlatilishi va ayni paytda qanday dialektizmlarning qo`llanishi bilan
bog`liqdir.

5

-

Juring‘izlar,

jigitlar.

Choy

ichabiz.

Ko‘k

choy,-

“Ferma

tog‘a”

bir gapirib,

o‘n

kulib bizni aziz mehmondek oq bino tomonga endi yetaklagan edi, hovlining narigi
burchagidagi darvozada

“Gazik”

mashinasi

ko‘rindi.(“Ikki

karra ikki-

besh”

158-b)

-Xush

ko‘rdik,

Rais

bova, assalom alayke-e-em!

-Qalaysan,

Musayip?

Shodivoy dadasining ovozini tanib, rangi

o‘chib

ketdi. Shitir-shitir qilib orqasi

bilan xirmon ichiga kirishga urindi.

-

Jotibmiz,

Rais

bova

!

-Sen shunaqa yotishni bilasan.-Birpas jimlik

cho‘kdi.

Keyin yana Rais buvaning

ovozi eshitildi. -Ertaga kamissiya keladi.

-Kelsa

jaxshi.

-Yaxshi-ya, yaxshi! Bu galgisi anoyi emas. Viloyatdan keladi.

4

M.Axmedova “O’tkir Hoshimov hikoyalarining lingvopoetik tahlili” magistrlik dissertatsiyasi Navoiy

-2014

5

Yo`ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. Toshkent, 2007 yil. 58-59 - betlar.


background image

45

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

-

Jaxshi!

-Yana yaxshi deydi-ya! Fermangga qara! Axlatxonaga aylanib ketibdi-ku!
-

Ma’qul,

Rais

bova, tozalaybiz.

-

Tozalaysan…

Menga qara,

Musayip

,

go‘sht

planini qancha qilib yozgansan?

-

Juz

o‘ttiz

poiz

! Yanvarda

do‘ndirg‘anmiz.

-Isparapkalar joyidami?
-Joyida, Rais

bova

!

-Sut-chi?
-Har

siyirdan ikki

ming‘

uch juz

kilo.

-

Qog‘ozi

bormi?

-Bor, Rais

bova

! (159-b)

Dialektizmlar asar tilining jozibadorligi, qahramonlar nutqining o`ziga xosligi,

tasvirlanayotgan voqea-hodisalarning qaysi hududda kechayotganligi haqida
ma`lumot beradi. Dialektizmlar ayrim sabablarga ko`ra va

ma’lum

maqsadni ko`zlab

badiiy til tarkibida qo`llaniladigan, unda

ma’lum

bir vazifani bajaradigan alohida

biror dialekt va mahalliy shevalarning fonetik, morfologik, leksik va sintaktik
xususiyatlarini o`zida aks ettiradigan so`z va so`z birikmalaridir.

6

-Hov,

Musayip

?- Rais buva

“Ferma

tog‘aga

chaqchaydi.-Nima bu?

“Ferma

tog‘a”

juda

g‘alati

iljaydi.

-

Moshin

-

Moshinligini

ko‘rib

turibman,kimniki?

-

Sizdiqi!

-dedi

“Ferma

tog‘a”

pinagini buzmay.

-Meniki

“Zaparoj”ku,

- dedi Rais buva xunob

bo‘lib.

“Ferma

tog‘a”

yana iljaydi.

-

Tuvibdi-da!

-Nima?
-

“Zaparoj”inggiz

bo‘voz

ekan,

“Volga”

tuvib

berdi,

Rais bova

.

Qutti

bo‘lsin.

(162-b)

Dialektal so`zning badiiy matnga olib kirilishi yozuvchidan katta mahorat talab

qiladi. O`tkir Hoshimovning ushbu qissasida ham dialektizmlar o`ziga xos tarzda
ifoda etilgan. Yozuvchi o`z asarining badiiy ifodaliligi va

ta’sirchanligini

oshirishda

shevaga xos so`zlardan ustalik bilan foydalangan.

Kasb-hunarga oid terminlar.

6

Xudoyqulova Sh. E.Vohidov she’riyatida dialektizmlar. // O’zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy

maqolalar to’plami.

-

№2.

-T.:TDPU, 2008. -B.98-99.


background image

46

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Lug`at tarkibidagi so`zlar ishlatilishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: aktiv

ya’ni

(faol)

so`zlar va passiv (nofaol) so`zlar. Kundalik turmushda qo`llanilishi odat bo`lib
qolgan, yangi xususiyatlari ham bo`lmagan so`zlar

faol so`zlar

deb yuritiladi.

So`zlarning aktivligi umumiy til doirasida bo`lishi bilan birga biror kasb sohasida
ham bo`ladi. Tildagi nofaol so`zlar hayotdagi yangiliklarni yoki eskirib qolgan
tushunchalarni anglatgani uchun turli o`zgarishlarni aks ettirib turadi. Leksikalogiya
esa tilning lug`at tarkibini guruhlarga va qatorlarga bo`lib o`rganadi. Qo`llanilishi

ma’lum

bir hudud bilan chegaralangan so`zlar dialektizmlar deb ataladi va ular ham

alohida guruhni tashkil qiladi. Lug`at tarkibidagi fan va texnika sohalarida
ishlatiluvchi so`zlar terminlar, ularni o`rganuvchi soha terminologiya deb ataladi.
Terminlar nutqda qo`llanganda esa ekspressiv bo`yoqqa ega bo`lmaydi. Tilning
lug`at tarkibidagi so`zlar asosan quyidagilarga bo`linadi:

- umumxalq ishlatadigan so`zlar;
- shevalarga xos so`zlar (dialektizmlar);
- kasb-hunarga oid so`zlar (terminologik yoki professional leksika);
- eskirgan so`zlar (istorizm va arxaizm);
- neologizmlar - jargon va argotika;
-ekspressiv-stilistik leksika.
Albatta, har qanday badiiy asarda tilning kommunikativ vazifasi ham

reallashadi, ammo estetik vazifa birinchi o`rinda turadi, yetakchilik qiladi. Shuning
uchun ham lingvistik adabiyotlarda buholatga mana bu tarzda alohida urg`u beriladi:

“Badiiy

matn har qanday nobadiiy matndan farqli o`laroq alohida vazifani

kommunikativ vazifa bilan murakkab o`zaro aloqadorlikda namoyon bo`luvchi va
matnning o`ziga xos qurilishida hal qiluvchi omil hisoblanuvchi estetik vazifani

bajaradi”.

Shu o`rinda alohida

ta’kidlab

o`tish kerakki, tilning bu o`ziga xos estetik

vazifasinamoyon bo`ladigan soha faqat badiiy asar matnidir, undan boshqa biror bir
nutq ko`rinishida til o`zining bu vazifasini reallashtira olmaydi. Lekin bu fikrlarga
ham bir qancha

e’tirozli

fikrlar ilmiy adabiyotlarda uchraydi. Kasb-hunar leksikasi

ijtimoiy mehnatning u yoki bu turiga, ishlab chiqarish, ilm-fan, adabiyot-

san’at

va

hokazo sohalariga oid narsa-hodisa hamda tushuncha nomlaridir. Kasb-hunar
leksikasi(professionalizmlar), asosan, muayyan sohaga oid og`zaki va yozma
matnlarda faol qo`llanadi, umumtil doirasida esa ular ancha passiv bo`ladi. Bunday
qatlam leksemalarining ishlatilish doirasidagi chegaralanish shu bilan belgilanadi.

7

7

Jamolxonov X. “Hozirgi o`zbek adabiy tili”. Toshkent. “Talqin”. 2005. 201

-bet.


background image

47

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O`tkir Hoshimov qissalarida ham qahramonlarning kasbiy atamalaridan o`z

o`rnida foydalanish hollari uchraydi. Xususan,

“Bahor

qaytmaydi”

qissasida

Muqaddam bilan

bog‘liq

voqealarda uning kasbiga,

ya’ni

hamshiralikka oid

ko‘plab

terminlarga duch kelamiz.

-Mayli,-dedi pichirlab.-Bezovta qilmay

qo‘ya

qolaylik.

Sterilazatorni

tashlab

ketaman. Ertaga ertalab kela qolaman.

(“Bahor

qaytmaydi”

12-b)

-

Bronxit

ekanmi?- dedi Anvarga qarab. (13-b)

-Muqaddam

flakondagi

dorini

shpritsga

tortib oldi-da,

ignasini

yuqoriga

ko‘tardi.

Igna uchidan tizillab dori otildi.

Muqaddam

ambulatoriyaga

kirib kelganida anchagina odam

to‘planib

qolgan

edi.

Bundan tashqari yozuvchi Alimardon bilan

bog‘liq

vaziyatlarda

san’atga

doir

terminlarni ham

o‘z

o‘rnida

qo‘llaganligining

guvohi

bo‘lishimiz

mumkin.

Repitetsiya

qilishyapti”,

deb

o‘yladi

u

sahna

tomonga yurib borarkan.

-

Grimxonaga

kirmaysizmi?- dedi Zufar Xodiyevich

tag‘in

o‘sha

koyigan

ohangda.

Alimardon yengil, ishonchli qadamlar bilan

sahna

o‘rtasiga

mikrafon

oldiga

yetib bordi.

Konferanse

navbatdagi artistlar nomini

e’lon

qila boshlagan edi, tomoshabinlar

guvullab, tartibsiz qarsak chalib yuborishdi.

Kasb-hunar leksikasidan badiiy asar tilida

ma’lum

uslubiy maqsadlarda

foydalanish holatlari ham uchraydi.

JARGOTIZM

Qo`llanish doirasi chegaralangan leksikaning uchinchi turi bu jargon, argo,

varvarizmlar, vulgarizmlar hisoblanadi. Mahalliy territorial dialektlarga mansub
so`zlar (sheva so`zlari) dialektizmlar sanalsa, sinfiy dialektga mansub

bo‘lgan

so‘zlar

jargonlar deyiladi. Jargonlar sinfiy ayirmalikni ko`rsatib beradigan yuqori tabaqa
vakillari uchun tushunarli bo`lgan so`z va iboralardir.

Jargonlar o`zbek tilining o`z so`zlaridan ba`zan boshqa tillardan (arab va tojik

tillardan) olinib qo`llangan so`zlardir. Bunday so`zlar umumxalq tilidan farq qilib
biror ijtimoiy guruh o`rtasida yaratilgan va ularning talablarini ifodalovchi maxsus
so`z va iboralarga jargon so`zlar deyiladi. Jargon fransuz tilidan olingan bo`lib,

“buzilgan

til”

ma`nosini anglatadi. Jargonlarning eng xarakterli belgisi o`zaro

so`zlashuvda fikrni boshqalardan maxfiy, sir tutishdir. Shunga ko`ra jargonlarning
yaratilish yo`llari ham ko`pincha tilning so`z yasash sistemasiga to`g`ri kelmaydi.
Ular o`ziga xos sun`iy shartli so`zlardir. Jargonlar ko`pincha tildagi so`zlarning


background image

48

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tovush tomonini o`zgartirish, buzib qo`llash, boshqa tillardan so`z o`zlashtirish va
tildagi mavjud so`zlarga maxsus ma`no berish yo`li bilan hosil qilinadi.

Ertalab suv muzdek

bo‘lgani

uchun

oyog‘inggiz

sovqotib

“kesilib”

ketadi.

Ammo gap bunda ham emas. Hammasidan yomoni - tong otmasidan turish.

O‘zi

yarim kechagacha

“ko‘cha

sang‘ib”

rosa holdan toyamiz. (

“Dunyoning

ishlari”

Ikki

afsona 14-b)

Jargonlarning biror guruh yoki tabaqa doirasida paydo bo`lishiga qarab ikkiga

ajratish mumkin: professional jargonlar va ijtimoiy jargonlar. Professional ya`ni
kasbiy jargonlarga biror kasb-hunar kishilari orasida ishlatiladigan maxsus so`z va
iboralar kiradi. Bu xil jargonlarning paydo bo`lishi, odatda ishlab chiqarish, ixtisosi,
mehnatning umumiy sharoiti va ba`zan turmushmadaniyat tarzlari bilan ham bog`liq
bo`ladi. Professional jargonlar ijtimoiy jargonlardan manfiy (nomaqbul) ma`no ifoda
qilishi va ba`zan vulgar xarakterga ega bo`lishi bilan farqlanadi.

-

O‘zimizning

odam gunohidan

o‘ta

qoling, dedim. Hozircha

ko‘nmay

turibdi-

yu,

ko‘nadi.

Ko‘nmay

qayoqqa borardi.

“Qurug‘i”

dan obkeb beraman,

dedim.(“Dunyoning

ishlari”

Imon 99-b)

Ukam, boshi devor

tomonda’

bir

oyog‘i

mening qornim ustida, mazza qilib

uxlab yotibdi. Hali turgandan keyin

“lo‘lilik”

qilib opamning dodini beradi.

(“

Dunyoning

ishlari”

Opamni topib oldim 106-b)

Jargon umumxalq tilidan maxsus leksikasi va frazeologiyasi hamda yasovchi

vositalarining o`ziga xos tarzda qo`llanishi bilan farqlanadi. Ular talabalar tilida
(chizmoq-qochmoq), (yopmoq-sessiyani tugatmoq), yoshlar tilida esa (g`ishtxunuk),
(sindirmoq-lol qilmoq), (uxlatmoq-aldamoq) kabi. Jargonlar tarkibi boshqa tildan
olingan o`zlashma birlik bilan boyib boradi. Tez-tez yangilari bilan almashib turadi.
Ayrim soha vakillari va soha guruhlari nutqiy tejamkorlik, qulaylik uchun ham jargon
qo`llaydi.

8

ARGOTIZMLAR

Argo so`zi fransuzcha

“argot”

so`zidan olingan bo`lib biron ijtimoiy guruhning

o`ziga xos, boshqalar tushunmaydigan yasama tili. Argo bir necha til unsurlaridan
iborat qorishiq va ko`p hollarda, boshqalarga tushunarsiz nutq turida namoyon
bo`ladi. Argo nutqda kommunikatsiya predmetini sir tutish maqsadida qo`llanadi: 1.
O`g`rilar nutqida: (mandarin-tilla), (akula-panjarani kesish uchun moslama),
(kalamush-o`z yaqinlarinikiga

“tushadigan”),

(urkagan-tajribali o`g`ri);

8

R.Sayfullayeva va boshqalar. “Hozirgi o`zbek adabiy tili”. Darslik 125

-126-betlar


background image

49

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2.Mahbuslar nutqida: (maymun-oyna), (shobla-qalloblar guruhi), (krokodil

qaychi), (ment-militsioner), (pushka-pistolet).

9

Argolar ham jargon so`zlar kabi biror

ijtimoiy guruh yoki toifalarning, masalan, sportchilar, o`g`rilar, olibsotarlar,
poraxo`rlar va boshqalarning

“yasama

tili”dir.

Argotizmlar yashirin ma`no

ifodalaydi. Argolar qiziqishlari, mashg`ulotlari, yoshlari bir xil bo`lgan juda tor doira
(guruh)ga mansub kishilar qo`llaydigan, ma`nosi shunday kishilarga tushunarli
bo`lgan so`zlardir. Ular umumxalq tiliga oid so`zlardan bo`lsa-da, ammo bunday
so`zlar ham keng xalq ommasiga tushunarli bo`lmaydi. Shu jihatdan argolar
jargonlarga o`xshaydi. Argotizm va jargonizmlar asosan, jonli so`zlashuvda tor
doirada ishlariladi. Ulardan badiiy asarda obraz va personajlarni tipiklashtirish
maqsadida foydalanish hollari uchraydi. Jargonlar va argolar tilni bulg`aydi.

VULGARIZMLAR

Vulgarizmlar - haqorat ma`nosida qo`llaniladigan so`zlar. Masalan: xunasa,

dayus, so`tak, to`nka kabilar. Bunday leksemalar yoki ularning vulgar ma`nolari
adabiy til birligi sanalmaydi, ularni qo`llash nutq madaniyatiga xilof deb qaraladi.
Ammo badiiy asar tilida bunday so`zlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladi.

10

VARVARIZMLAR

O`zbek tilida shunday so`zlar borki, o`zbek tiliga o`zlashmagan, o`zga tilning

so`zi yoki iboralari - varvarizmlar deyiladi. Varvarizmlar odatda o`zga yerga xos
rasm-odatlarni tasvirlashda, mahalliy koloritni berishda va yaratishda foydalaniladi.
Varvarizmlarga adibning deyarli barcha asarlaridan misollar topish mumkin.

-Nastayashiy

Sibir!

dedi negadir

jilmayib.(“Dunyoning

ishlari”

Imon 96-b)

-Nichevo,

dedi Achinska dadamni yupatib.

Yakshi bala. Tuzaladi. (96-b)

-Vsyo, vsyo, -

dedi jilmayib- Ugil bala

yi’lamaydi.

(97-b)

-

Chepuxa!

Xish nima kilmaydi. (97-b)

- Ha, endi shunaqa ekan, bir

og‘iz

aytmaysizmi, shu ishni shundoq

qilmoqchiman, deb. Axir jahon bedarvoza emas, tartib bor,

zakun

bor…(99

-b)

- Endi ukam biz

prostoy

odammiz. Bunaqa qonunlarni tushunmasak, bu yoqda

bolalar sovuqda qoldi. (99-b)

9

R.Sayfullayeva va boshqalar. “Hozirgi o`zbek adabiy tili”. 125

-126-betlar.

10

Jamolxonov X. “Hozirgi o`zbek adabiy tili”. Toshkent. “Talqin”. 2005. 202

-203-betlar