Авторы

  • Онахон Рейимбаева

Биография автора

  • Онахон Рейимбаева
    Urganch Innovatsion universiteti 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.127112

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro xonligining iqtisodiy tizimi, savdo aloqalari, hunarmandchilik va dehqonchilikning rivojlanishi kabi muhim jihatlar o‘rganiladi. Xonlik davrida iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va ularning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini tahlil qiladi. Shuningdek, ichki va tashqi savdo bozorlardagi raqobat va moliya tizimining asoslari haqida ham ma’lumot beriladi.


background image

124

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BUXORO XONLIGI DAVRIDA IQTISODIY MUNOSABATLARNING

TARAQQIYOTI

Reyimbayeva Onaxon Ergash qizi

Urganch Innovatsion universiteti 1-bosqich magistranti


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Buxoro xonligining iqtisodiy tizimi, savdo

aloqalari, hunarmandchilik va dehqonchilikning rivojlanishi kabi muhim jihatlar

o‘rganiladi.

Xonlik davrida iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va ularning

ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotga

ta’sirini

tahlil qiladi. Shuningdek, ichki va tashqi

savdo bozorlardagi raqobat va moliya tizimining asoslari haqida ham

ma’lumot

beriladi.

Kalit

so‘zlar:

Buxoro xonligi, iqtisodiy munosabatlar, savdo, hunarmandchilik,

moliya tizimi, ichki savdo, tashqi savdo.

Аннотация:

В

данной

статье

расматривается

экономическая

система

бухарского

ханства,

включая

торговые

связи,

развитие

ремесел

и

земледелия.

Автор

анализирует

формирование

экономических

отношений

в

период

ханства

и

их

влияние

на

социально

экономическое

развитие.

Также

приведены

сведения

о

внутренней

и

внешней

торговле,

рыночной

конкуренции

и

основах

финансовой

системы.

Ключевые

слова:

Бухарское

ханство,

экономические

отнешения,

торговля,

ремесло,

земледелие,

финансовая

система,

внутренняя

торговля,

внешняя

торговля.

Annotation:

This article explores the economic system of the Bukhara Khanate,

focusing on trade relations, the development of handicrafts, and agriculture. The
author analyzes the formation of economic relations during the Khanate period and
their impact on socio

economic progress. It aslo provides insights into internal and

external trade, market competition, and the foundations of the financial system.

Keywords:

Bukhara Khanate, economic relations, trade, handicrafts,

agriculture, financial system, internal trade, external trade.


Buxoro xonligi davlat sifatida XVI asrda yuzaga kelgan siyosiy markazdir.

Temuriylar davlati parokandalik va siyosiy inqirozga yuz tutgandan

so‘ng

uning

o‘rnida

yuzaga kelgan uchta xonlikdan biridir. Shayboniylar davrida aholi turmush

tarzi temuriylar davridagidan deyarli farq qilmagan. Shayboniylar bilan birgalikda
davlat hududidagi bir qator

urug‘

va aymoqlar kelib

o‘rnashgan

bo‘lsada

ular


background image

125

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mahalliy aholi madaniyatiga katta

ta’sir

ko‘rsatmagan.

Xonlikda aholi turli ijtimoiy

guruhlardan tashkil topgan

bo‘lib,

hukumdor sulola vakillari

xon, shahzodalar,

amirlar, turli toifadagi amaldorlar, harbiylar, dindorlar, dehqonlar, hunarmandlar,
savdogarlar, shahar va qishloqlardagi

kambag‘allar

va qullardan iborat

bo‘lgan.

Aholining asosiy qismi

sug‘orma

dehqonchilik bilan

shug‘ullanganligi

uchun

dehqonchilik qilishga qulay

bo‘lgan

vohalarda yashaganlar. Yarim

ko‘chmanchi

hayot tarzida yashagan

qang‘li,

qarluq, abdal, barlos, jaloyir va boshqa shu kabi

urug‘lar,

asosan, lalmi yerlarda yashaganlar va dehqonchilikdan tashqari chorvachilik

bilan ham

shug‘ullangan.

Buxoro xonligi iqtisodiy hayotining asosini dehqonchilik,

hunarmandchilik, chorvachilik, ichki va tashqi savdo tashkil etgan.

Dehqonchilik iqtisodiy hayotning asosiy sohasi

bo‘lgan.

Sun’iy

sug‘orish

tizimlari dehqonchilik rivoji uchun juda muhim hisoblangan. Chunki

O‘rta

Osiyo

dehqonchiligi asosan

sun’iy

sug‘orishga

asoslangan. Mahalliy aholi dehqonchilikda

Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Vaxsh,

Murg‘ob

daryolaridan keng

foydalanilgan.

Iqtisodiy hayot davlat siyosati bilan uzviy

bog‘liq

bo‘lganligi

uchun ham

shayboniy hukumdorlar dehqonchilikni rivojlantirishga katta

e’tibor

berganlar.

Ya’ni

yangi

sug‘orish

tarmoqlari qurilgan va eskilari

ta’mirlangan.

Bu islohotlar

dehqonchilikning jonlanishiga katta

ta’sir

ko‘rsatdi.

Misol uchun Shayboniy hukmdor

Muhammad Shayboniyxon davrida Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga
ajralgan yerida suv taqsimlagich qurilgan. Abdullaxon II davrida yani XVI asrning
ikkinchi yarmida Puli Karmina, Puli Mehtar, Puli Jondor va Oqjobda Abdullaxon
bandi qurilgan. Abdullaxon II tomonidan Zarafshon daryosidan Jizzax vohasigacha,
Amudaryodan Chorjoygacha,

Murg‘ob

daryosidan Marv atrofigacha ariqlar

chiqarilgan, Sangzor daryosi bilan tutashuvchi Tuyatortar

arig‘i,

Afshona

arig‘i

va

Murg‘ob

vohasidagi Hovuzixon suv ombori bunyod etilgan. Bu davrda yurtimizning

deyarli barcha hududlarida ariqlar qazilib,

ko‘priklar

qurilib,

sug‘orish

inshootlari

ishga tushirilgan.

Sug‘orish

tizimining rivojlanishi

g‘allachilik,

paxtachilik,

polizchilik,

bog‘dorchilik,

uzumchilik kabi sohalarni rivojlanishi

ta’minlar

edi. Bu

davrdagi dehqonchilik markazlari Zarafshon va Miyonqol vodiysi edi. Bu hududlarda
asosan boshoqli ekinlar ekilgan. Asosiy oziq-ovqat mahsuloti sifatida sholi
yetishtirilgan. Kunjut,

zig‘ir

asosan

yog‘

olish maqsadida ekilgan. Paxtachilik

markazlari esa Buxoro, Shahrisabz va

Kattaqo‘rg‘on

shaharlari hisoblangaan.

Iqtisodiy hayotning muhim tarmoqlaridan yana biri bu

chorvachilik

bo‘lib

aholi asosan ot,

qo‘y,

sigir

ho‘kiz,

tuya kabi uy hayvonlarini yetishtirish bilan

shug‘ullangan.

Chorva yirik yer egalarining

qo‘lida

moddiy boylik sifatida


background image

126

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

to‘plangan.

Yer asosiy boylik manbai

bo‘lib,

uning bir qancha turlari mavjud edi.

Bular davlat, vaqf va mulk yerlari edi. Yer tuzilmasi iqtisodiy munosabatlar va
ijtimoiy tabaqlanishga kata

ta’sir

ko‘rsatgan.

Shayboniylar davriga kelib davlat

yerlari hajmi ortgan. Davlat yerlari va ulardan undirilgan soliqlar amaldorlarni
taqdirlash uchun asosiy manbai

bo‘lgan.

Amaldorlarni taqdirlash uchun yerlar

suyurg‘ol,

iqto, tiyul va tanho shaklida tortiq etilgan. Biroq aholining katta qismi

o‘z

yerlariga ega emas edi. Aholining bu qismi yer ijaraga olib kun kechirgan. Aynan shu
davrda

ko‘chmanchi

aholining bir qismi iqtisodiy jihatdan tang ahvolga tushib

qolganligi sababli

o‘troqlasha

boshlagan.

Buxoro xonligidi ayniqsa shayboniylar davrida iqtisodiy sohaning yana bir

muhim qismi

bo‘lgan

hunarmandchilik keng rivojlangan. Bu davrda

hunarmandchilikning oltmishdan ortiq turlari sanab

o‘tilgan.

Hunarmandchilikning

eng rivojlangan

tarmog‘i

esa

to‘quvchilik

bo‘lgan.

To‘quvchilar

tomonidan yaratilgan

mahsulotlarga nafaqat aynan shu shaharda balki

qo‘shni

shahar va davlatlarda ham

talab katta

bo‘lgan.

Xulosa qilib aytadigan

bo‘lsak,

Buxoro xonligining iqtisodiy munosabatlari

O‘rta

Osiyo tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xonlik bu davrdagi yirik

strategik markazlardan biri edi. Uning geografik joylashuvi, unumdor yerlari, iqlimga
va

mintaqaga

moslashtirilgan

sug‘orish

inshootlari,

tabiiy

resurslari,

hunarmandchilikning yaxshi taraqqiy etganligi, savdo

sotiqning rivojlanganligi

iqtisodiy hayotning barqarorlashuviga xizmat qildi. Ayniqsa, bu davrdagi aholi
turmush darajasining

o‘sishi

dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan

bevosita

bog‘liq

edi. Hunarmandlar yasagan hunarmandchilik mahsulotlari esa

nafaqat ichki bozorni balki tashqi bozor talablarini ham

o‘z

navbatida qondira olgan.

Ichki va tashqi savdo rivojlanishi esa xonlikni

O‘rta

Osiyo savdo markaziga

aylantirgan. Bu borada Buyuk Ipak

yo‘lining

roli benihoya katta

bo‘lgan.

Bozorlar,

yarmarkalar, karvonsaroylar va timlarning faoliyati esa bu jarayonni

rag‘batlantirgan.

Buxoro xonligidagi soliq, yer egaligi va moliyaviy munosabatlar iqtisodiy hayotni
rivojlanishini

qol’llab

quvvatlagan. Ushbu omillarning barchhasi aholi ijtimoiy

hayotidan tortib davlat siyosatigacha

bo‘lgan

munosabatlarni rivojlanishi uchun asos

bo‘ldi.

Bu ayni damda iqtisodiy munosabatlarning taraqqiyotiga xizmat qilgan.

Shunday qilib, xonlik davridagi iqtisodiy munosabatlar nafaqat xonlik tarixi, balki
tarixiy tajriba hamdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati

:


background image

127

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1.

A’zamxo‘jayev

A. Buxoro xonligining iqtisodiy hayoti

Toshkent: Fan,

2005

2.

Akramov Sh.

O‘zbekistonning

iqtisodiy tarixi

Toshkent: Iqtisodiyot,

2014

3.

Bartold V. V. Turkiston tarixi

Toshkent: Sharq, 1993.

4.

Bobojonov A. Buxoro xomligi davrida hunarmandchilik va savdo

Buxoro: Ilm ziyo, 2012.

5.

Holiqov N. Buxoro tarixi manbalarda

Toshkent, 2016.

6.

Ziyoyev H.

O‘rta

asr iqtisodiy tizimlari: Buxoro misolida

Toshkent,

2021.

7.

Saidov A. Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti

Samarqand, 2010.

8.

Encyclopaedia Iranica: www.iranicaonline.org


Библиографические ссылки

A’zamxo‘jayev A. Buxoro xonligining iqtisodiy hayoti – Toshkent: Fan, 2005

Akramov Sh. O‘zbekistonning iqtisodiy tarixi – Toshkent: Iqtisodiyot, 2014

Bartold V. V. Turkiston tarixi – Toshkent: Sharq, 1993.

Bobojonov A. Buxoro xomligi davrida hunarmandchilik va savdo – Buxoro: Ilm ziyo, 2012.

Holiqov N. Buxoro tarixi manbalarda – Toshkent, 2016.

Ziyoyev H. O‘rta asr iqtisodiy tizimlari: Buxoro misolida – Toshkent, 2021.

Saidov A. Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti – Samarqand, 2010.

Encyclopaedia Iranica: www.iranicaonline.org