Авторы

  • Рамазон Онгбоев

Биография автора

  • Рамазон Онгбоев
    Qarshi davlat universiteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.127262

Аннотация

Ushbu maqolada Qashqadaryo dostonlarida ishlatilgan zoonimlar, xususan afsonaviy ot nomi — G‘irot, kabi timsollar lingvistik va madaniy (lingvomadaniy) jihatdan tahlil qilinadi. G‘irot obrazining dostonlardagi talqini orqali o‘zbek xalqining hayvonga bo‘lgan qadimiy e’tiqodi, otni do‘st va hamrohi sifatida ko‘rish an’analari ochib beriladi. Zoonimlar faqat hayvon nomi bo‘lib qolmay, xalq ruhiyati va tafakkurining ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.


background image

158

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

“YUSUFBEK”DOSTONDAGI

ZOONIMLARNING

LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

O‘ngboyev

Ramazon Mahmadali

o‘g‘li

Qarshi davlat universiteti 2-bosqich talabasi

ongboyevramazon2@gmail.com


Annotatsiya

: Ushbu maqolada Qashqadaryo dostonlarida ishlatilgan

zoonimlar

, xususan afsonaviy ot nomi

G‘irot

, kabi timsollar

lingvistik

va

madaniy

(lingvomadaniy) jihatdan tahlil qilinadi.

G‘irot

obrazining dostonlardagi

talqini orqali

o‘zbek

xalqining hayvonga

bo‘lgan

qadimiy

e’tiqodi,

otni

do‘st

va

hamrohi sifatida

ko‘rish

an’analari

ochib beriladi. Zoonimlar faqat hayvon nomi

bo‘lib

qolmay, xalq ruhiyati va tafakkurining ifodasi sifatida namoyon

bo‘ladi.

Kalit

so‘zlar

: zoonim, mifozoonim,

G‘irot,

lingvokulturologiya, ot

Annotation

: In this article the zoonyms used in the Kashkadarya sagas,

especially the symbols, such as the legendary horse name - Girot, are analyzed
linguistically and culturally. Through the interpretation of the Girot image in the
epics, the ancient belief of the Uzbek people in the animal, the traditions of seeing the
horse as a friend and companion are revealed. Zoonyms are not just the name of an
animal, but also manifest themselves as an expression of the psyche and thinking of
the people.

Keywords

: zoonym, mifozoonym, giroth, lingvoculturology, horse.


Qashqadaryo dostonlari matnida bir qator zoonimlar ham

qo‘llangan.

Izohlilug‘atda

zoonim

zoo…

+ yun. onuma

nom, ism

ma’nolarini

anglatishi qayd

etilgan.

“Hayvon

nomlariga aloqador

so‘zlar”

tilshunoslikda shu termin bilan

nomlanadi. Hayvon va boshqa xil mavjudotlarga

qo‘yilgan

maxsus laqab-nomlar

zoonimlar hisoblanadi[2.159-bet]. It, mushuk,

ba’zi

hollarda qushlarga nisbatan ham

maxsus nom berish

o‘zbek

tilida keng tarqalgan.

O‘zbek

tilida qush va hayvonlar

uchun maxsus

qo‘yilgan

laqab-nomlar azaldan mavjud.

O‘zbek

tilida hayvon va

qushlarga nisbatan maxsus nom berish qadimdan mavjud

bo‘lib,

bu holat xalq

og‘zaki

ijodining boy qatlamida

dostonlarda ham keng uchraydi. Ayniqsa, ot

zoonimlari dostonlarda markaziy semantik yukni tashiydi. Otlar nafaqat hayvon,
balki qahramonning

do‘sti,

yo‘ldoshi,

hamrohi, jangdagi quroli, va murod sari

yo‘l

ochuvchi vosita sifatida talqin etiladi.


background image

159

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Masalan,

“Yusufbek”

dostoni matnida quyidagi misralarda

G‘irot

nomli tulpor

quyidagicha tasvirlanadi:

Yulduz

ko‘zlar

dol

G‘irot

,

Jo‘nasa,

yozar qanot,

Bu tulporni kim minsa,
Doimo topgan murod [1.5-bet].

G‘irot

tulpori afsonaviy, kuchli, aqlli va orzularni

ro‘yobga

chiqaruvchi vosita

sifatida tasvirlangan. Unga ega

bo‘lgan

kishi

ya’ni

uni minib olgan

faqat kuch

emas, balki irodali, aql-zakovatli inson sifatida tasvirlanadi va bu inson hayotda
maqsadiga albatta yetadi.

G‘IR

//

G‘IROT

[o‘z.]

juda tez harakat qiladigan afsonaviy ot nomi. Bu

nom Qashqadaryo xalq dostonlari matnida

Go‘ro‘g‘lini

faqat

g‘alabalar

sari olib

boradigan, uning dushmanlarining boshiga qiyomat kunini soladigan uchqur ot
sifatida

ta’riflangan

va bu ot

Go‘ro‘g‘li

davlatida erk va qudrat ramzi sifatida

e’tirof

etilgan.

Ko‘ring

Go‘ro‘g‘li

marddi,

G‘irning

qoshiga yetdi,

qo‘l

uzatdi

otning yetim yoliga, terakday

irg‘ilib

mindi beliga, Soqi jugandi berdi

qo‘liga,

G‘irot

olchi-chikka

bo‘lib

tushdi Charmgarning

yo‘liga,

bek Soqi ham qora

tulporni minib, yigitlar bilan teng

bo‘lib

keta berdi [3.101-bet].

Goh guldirab kishnaydi,
Kishnasa

cho‘l

yashnaydi,

Sekin erkalab kelib
Bek

qulog‘in

tishlaydi,

Shunday

o‘ynar

dol

G‘irot,

Qanday

o‘ynar

dol

G‘irot

[1.7-bet].

G‘irot

nafaqat kuchli va tez, balki sezgir, quvnoq, sadoqatli va tiriklikni

ifodalovchi hayvon sifatida tasvirlangan. U qahramon

"bek"

bilan chuqur ruhiy

bog‘liqqa

ega.

Cho‘lni

yashnatadigan darajadagi kuchi bilan, ayni paytda

o‘ynoqi

va

mehribon tusda

bo‘lishi

G‘irotni

nafaqat afsonaviy, balki ideal tulpor sifatida

tasvirlaydi.

Tuyoqdan sochar olov,
Hilpirab qolar jalov,
Ot piri tilar tilov,
Nazari tulpor bulov
Dol

G‘irotning

hovriga

Chopsa

ko‘ksi

o‘sadi,

Ko‘rsa

devlar pisadi,


background image

160

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Qaddi tovni

to‘sadi,

Quvsa dev qon qusadi,

G‘irotning

to‘rt

tuyog‘i

Toshni suvday kesadi [1.24-25-bet].
Afsonaviy tulpor

G‘irot

ning haybatli,

g‘ayritabiiy

va deyarli ilohiy darajadagi

kuchi tasvirlanmoqda. Har bir misrada

G‘irotning

qahramonlik, tezlik, qudrat, hatto

dushmanni larzaga soluvchi

ta’siri

badiiy til orqali ifoda etilgan.

Keling, endi

Go‘ro‘g‘li

turkumidagi boshqa dostonlarda

qo‘llangan

G‘irot

mifozoonimining lingvomadaniy xususiyatlariga

to‘xtalib

o‘tamiz.

“Nurali

va

Semurg‘”

dostonidagi asosiy qahramon hisoblangan

Go‘ro‘g‘li

bor

nasihatlarini aytib, Nuralidan borar joyini

so‘radi.

Nurali:

“Bilmayman”,

deb javob

berdi. Shunda

Go‘ro‘g‘li

bilan Soqibek

qo‘l

ko‘tarib:

“Ovmin!

Ollo yoring

bo‘lsin,

Xidir jilovdoring, qirq Chilton madadkoring

bo‘lsin”,

deb yuziga fotiha tortishdi.

“Nurali

quvdoniga quv olib, suvdoniga suv olib, bobosidan duo olib,

dumog‘i

choq

bo‘lib,

nasiyasi naq

bo‘lib,

otini burib

yo‘lida

davom etayotgan yeri:

Gul ochildi bahordan,
Bulbul sayraydi sahardan,
Ot

do‘g‘inadi

nahordan,

Sahar-sahar chiqib ketdi,
Chambilday katta shahardan.
Qarang Avazning uliga,
Minib

dal

G‘irot

beliga,

Jilovni ushlab

qo‘liga,

Sahar-sahar chiqib bordi,
Chambilning katta

cho‘liga”

[4.23-bet].

Qodir baxshi Rahimovning

“Jorxun

maston”

dostonida

Go‘ro‘g‘lining

afsonaviy

oti

G‘irot

nomi keltirilib, u shunchaki hayvon emas, balki

Go‘ro‘g‘lining

yurti uchun

omonlik olib keluvchi tinchlik ramzi ekanligi ham

ta’kidlanadi,

chunki bu otning

beliga chiqqan sulton

Go‘ro‘g‘lini

birorta

g‘anim

mag‘lubiyatga

uchrata olmagani

uchun ham bu ot nomi hozirgacha

she’riyatda

keng

qo‘llanib

keladi. Bundan tashqari,

ushbu dostonda

Majnunko‘k,

Qora tulpor singari otlar nomi ham keltirilgan.

G‘ani

aytdi:

“Farzand

toshni

eritar”,

degan gap bor. Sen chini bilan otangga yalinsang,

albatta,

G‘irot

ni olib beradi[5.112-bet].

Yuqoridagi doston matnida ot nomlarining faol

qo‘llanganligidan

bilinib

turibdiki, xalqimiz otga azaldan chuqur mehr

qo‘ygan,

shu bilan birga har bir yigit

uchun ot ularning qanoti,

ya’ni

yaqin

yo‘ldoshi

sanalgan. Otli yigit

g‘ururli

yigit


background image

161

Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

hisoblangan. Xalq dostonlaridagi otlar shunchaki hayvon sifatida talqin etilmasdan, er
yigitning

yo‘ldoshi,

uni murodiga yetkazish-u, murakkab vaziyatlardan qutqarish

uchun jonini ayamagan sadoqatli

do‘st

timsoli sifatida ham qaraladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.“Yusufbek”.

Aytuvchi: Qahhor baxshi Rahimov,

O‘zbekiston

xalq baxshisi.

Yozib olib nashrga tayyorlovchilar: Shahnoza Qahhorova, f.f.n., dotsent, Doston
Abatov, f.f.f.d., v.b. dotsent.

Dehqonobod,

2022.

2.

Ўзбек

тилининг

изоҳли

луғати.

Беш

жилдли.

2-

жилд.

Тошкент:

«ЎзМЭ»

Давлат

илмий

нашриёти,

2006.

3.

Бегматов

Э.

Ўзбек

тили

антропонимикаси.

Тошкент:

Фан,

2013.

4.

Қора

бахши

Умиров.

Нурали

ва

Семурғ.

Қарши,

2016.

5.

Қодир

бахши

Раҳимов.

Жорхун

мастон

// www. Ziyouz. com

кутубхонаси.

Библиографические ссылки

“Yusufbek”. Aytuvchi: Qahhor baxshi Rahimov, O‘zbekiston xalq baxshisi. Yozib olib nashrga tayyorlovchilar: Shahnoza Qahhorova, f.f.n., dotsent, Doston Abatov, f.f.f.d., v.b. dotsent. – Dehqonobod, – 2022.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдли. 2-жилд. – Тошкент: «ЎзМЭ» Давлат илмий нашриёти, 2006.

Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. – Тошкент: Фан, 2013.

Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. – Қарши, 2016.

Қодир бахши Раҳимов. Жорхун мастон // www. Ziyouz. com кутубхонаси.