229
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
YER OSTI BOYLIKLARIDAN RUXSATNOMA ASOSIDA FOYDALANISH
SHARTLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Allaberdiyev Sardor Shuxrat o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Tabiiy resurslar huquqi mutaxassisligi
magistratura bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tabiiy resurslardan, xususan yer osti
boyliklaridan maxsus ruxsatnomalar asosida foydalanishda belgilangan shartlarning
buzilishi holatlari va ular uchun belgilangan javobgarlik tahlil qilinadi. Amaldagi
qonunchilik me’yorlari xalqaro huquqiy normalar bilan solishtirilib, zamonaviy
talablar asosida javobgarlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirilgan.
Аннотация
:
В статье анализируется правовая ответственность за
нарушение условий использования природных ресурсов на основе специальных
разрешений, в частности недр. Рассматриваются действующие механизмы в
Узбекистане и сравниваются с международной практикой. На основе анализа
предложены
конкретные
меры
по
совершенствованию
системы
ответственности.
Annotation:
This article examines the legal liability for violating the terms of
special permits for the use of natural resources, particularly subsoil resources. The
current legal norms of Uzbekistan are compared with international practices. Based
on the analysis, specific recommendations for improving the liability system are
proposed.
Kalit so‘zlar
: Er osti boyliklaridan foydalanish, er osti boyliklari, qonunchilik,
litsenziyalash, ortiqcha yo‘qotishlar, foydali qazilmalar, ruxsatnomalar, resurslardan
foydalanish, ommaviy tanlovlar, sud.
KIRISH
“Yer
qa’ridan
foydalanish
markazi“
DM
direktori
Shuhrat
Mirxodiyevning ta’kidlashicha,
2023-
2024 yillarda yer qa’ri uchastkalaridan
foydalanish huquqi va yer osti suvlaridan foydalanish uchun jami
100 ming 92 ta
ruxsatnoma berildi. Strategik turdagi asosiy foydali qazilmalar bo‘yicha (oltin,
ko‘mir, mis, qo‘rg‘oshin, rux, kumush, marganets va nodir metallar) jami 11 ta yer
qa’ri uchastkasi elektron auksionga joylashtirilib, 9 tasi sotildi. Noruda xomashyosi
bo‘yicha (qum
-
shag‘al aralashmasi, kvars, gil, marmar, gips, granit, mineral tuzlar va
230
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
boshqalar) jami 412 ta yer qa’ri uchastkasi auksionga qo‘yilib, 167 tasi realizatsiya
qilindi. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun 50 ta yer
uchastkasi auksionga qo‘yilib, 19 tasi sotildi
O‘z navbatida, bu ko‘rsatgichlar
tabbiy resursalardan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni va uning
shartlariga rioya qilishning muhimligini ko‘rsatadi.
Tabiiy resurslar
—
davlatning asosiy boyliklaridan biri bo‘lib, ularning
oqilona, maqsadli va qonuniy asosda ishlatilishi barqaror ekologik rivojlanish va
iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biridir. Yer qobig‘ining tuproq qatlamidan
quyida joylashgan, tuproq qatlami mavjud bo‘lmaganda esa yer yuzasidan yoki suv
obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan o‘rganish va o‘zlashtirish
mumkin bo‘lgan chuqurlikka qadar yastangan qismi yer qari hsioblanadi.
Ruxsatnoma asosida yer qa’ridan foydalanish —
iqtisodiy rivojlanish va ekologik
xavfsizlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan muhim mexanizmdir. Ammo bu
tartib buzilganda, ya’ni foydalanuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni
bajarmaganda, davlat tomonidan javobgarlik choralarini ko‘rish tizimi ishga
tushiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘
-kon sanoati va geologiya vazirligi
huzuridagi Yer qaridan foydalanish davlat muassasi
tomonidan taqim etilgan
statistik ma’lumotlarga asosan, so‘ngi 2 yillikda yer qaridan maxsus foydalanishda
jami 376 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan
MUHOKAMA
Vaziyatga maxsus yondoshishdan oldin ekologik javobgarlik tushunchasiga
oydinlik kiritib oladigan bo‘lsak, Ekologik (yuridik)
javobgarlik deganda huquq
normalarini buzganlik uchun jazo choralarini qo‘llash oqibatida huquqbuzarga salbiy
oqibatlar tug‘dirish va davlat tomonidan huquq talablarini bajarishga majbur etish
tushuniladi. Bu borada olimlarning turli toifadagi qarashlar mavjud. Masalan,
Sh.R.
Qobilov
: “Yuridik javobgarlik huquqiy institut bo‘lib, u qonuniylikni ta’minlash
maqsadida huquqbuzarga ta’sir ko‘rsatadigan choralarni belgilovchi huquqiy
normalar yig‘indisidan iboratdir”,
-
deb ta’kidlasa,
B.V. Yerofeyev
fikriga ko‘ra,
“yuridik javobgarlik
-
huquq normasini buzganlik sanksiyasiga ko‘ra, huquqbuzarlik
sodir etilganligi uchun qo‘llanadigan shaxsiy yoki moddiy xarakterdagi mahrum etish
majburiyatidir” deb hisoblagan
33
34
https://yqfm.uz/bussinessman-reestr?page=19
35
Narzullayev, O.X., Nurmatov, M.
Μ
. Ekologik-huquqiy javobgarlik [Matn]: darslik /Narzullayev Olim
Xolmamatovich, Nurmatov Mirg'olib Mirzayevich.
–
T.: TDYU nashriyoti, 2024; 224 bet
231
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Yuridik javobgarlik
–ijtimoiy javobgarlikning bir turi boʻlib, huquqbuzarlik sodir
etgan shaxsga nisbatan, u buzgan huquq normasi sanksiyasida ko‘zda tutilgan davlat
majburlov chorasini qo‘llash va muayyan salbiy oqibatlarni tayinlash zaruriyatini
ifodalab, shaxs muayyan shaxsiy, mulkiy, tashkiliy va h.k. ne’matlardan mahrum
etilishida namoyon bo‘ladi.
Ekologik qonunchilikni buzganlik uchun asosan 4 ta turdagi javobgarlik
choralari qo‘llaniishi mumkin.
1.
Ekologik qonunchillikni buzganlik uchun intizomiy javobgarlik;
2.
Ekologik qonunchillikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik;
3.
Ekologik qonunchillikni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik;
4.
Ekologik qonunchillikni buzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun
fuqarolik-huquqiy javobgarlik
;
Amaldagi huquqiy asoslar 2022-yil 25-
martdagi “Yer qa’ri uchastkalaridan
foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish
chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 133
-
sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaroriga binoan yer qa’ridan foydalanish huquqini berish tartibi aniq
belgilangan. Javobgarlik shakllari ruxsatnoma talablarini buzganlik quyidagi
shakllarda aks etadi:
➢
Hisobot topshirmaslik (masalan, foydali qazilmalar hajmi bo‘yicha);
➢
Belgilangan miqdordan kam qazish yoki konni ishlatmaslik;
➢
Geologik ekspertiza talablarini bajarmaslik;
➢
Ekologik ekspertiza talablarini buzish;
➢
Soliqlarni yoki litsenziya to‘lovlarini to‘lamaslik;
Ushbu jihatlar kelib chiqqanligi asosida O‘zbekiston Respublikasining
31.10.2024 yildagi “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi 987
-
sonli Qonuniga asosan yer qa’ridan
foydalanish sohasidagi tartibni buzganlik uchun asosan 3 ta ko‘rinishda, ya’ni yer
qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar to‘xtatib turilishi, bekor
qilinishi yoki tugatilishi mumkin.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligi normalariga
ko‘ra, g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning
shaxsiga yoki mol-
mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu
jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda
qoplanishi lozimligi belgilangan.
Bugungi kunda belgilangan talablarni bajarmaganlik uchun ruxsatnomalarni
bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Tog‘
-kon sanoati va geologiya vazirligi
huzuridagi Tog‘
-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoki
232
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
boshqa nazorat qiluvchi organ tomonidan Yer qa’ridan foydalanish markaziga
taqdimnoma kiritilishi yer qa’ridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy
turlariga doir ruxsatnomani muddatidan ilgari bekor qilish yuzasidan qonunchilikka
muvofiq choralar ko‘rish uchun asos orqali amalga oshiriladi. Yer qa’ridan
foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomani muddatidan
ilgari bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra
tegishincha Yer qa’ridan foydalanish markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi
Ekologiya, atrof-
muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan
qabul qilinadi. Yer qa’ridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir
ruxsatnomani ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa asoslarga ko‘ra bekor
qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yer qa’ridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy
turlariga doir ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Yer
qa’ridan foydalanish markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof
-
muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi yer qa’ridan foydalanuvchiga
bir ish kuni ichida tegishli xabarnoma yuboradi hamda ruxsatnomalar reyestriga
tegishli yozuv kiritiladi. Yer qa’ridan foydalanuvchilar ruxsatnomalarni bekor qilish
to‘g‘risidagi qarorlar ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqliligi belgilangan.
Yer qa’ri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
164-moddasiga
asosan
yer qa’ridan foydalanuvchiga boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan
zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozimligi, yer qa’ridan
foydalanuvchilarga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat tomonidan
asossiz ravishda cheklanganligi, to‘xtatib turilganligi yoki tugatilganligi sababli
yetkazilgan zararlarning o‘rni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda
qoplanishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Ammo hozirda boy berilgan foydani javobgar
yoki huquqbuzar tomonidan qoplab berilish masalalari chuqur islohotlar talab etadi.
Ushbu sohada qator kamchiliklar kuzatilmoqda. Birinchidan,
Javobgarlik
mexanizmlarining faqat ma’muriy choralar bilan cheklanishidir
.
Amaldagi
qonunchilikda ko‘proq ruxsatnomani bekor qilish yoki faoliyatni to‘xtatib turish kabi
ma’muriy javobgarlik choralari
qo‘llanilishi ustuvor bo‘lib qolmoqda. Bu esa
ruxsatnoma shartlarini buzgan subyektlarga nisbatan fuqarolik-huquqiy yoki moddiy
javobgarlik choralarining yetarli darajada qo‘llanilmasligiga olib kelmoqda. Masalan,
zararni qoplash majburiyatlari yoki foydani davlat byudjetiga undirish choralari
kamdan-
kam qo‘llaniladi, bu esa preventiv (oldini oluvchi) ta’sir samaradorligini
pasaytiradi.
Ikkinchidan,
Zararni baholash metodikasining noaniqligidir.
Tabiiy resurslarga
yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashda foydalaniladigan
ekspertiza va
baholash
233
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
metodikasi yetarli darajada qonunchilik bilan tartibga solinmagan yoki amaliyotda
samarali qo‘llanilmayapti. Natijada, ekologik zarar, yo‘qotilgan foyda va restitutsiya
imkoniyati haqida huquqiy bahslar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, kompensatsiya
miqdorini aniqlashda bir xillik va shaffoflik yetishmaydi.
Uchinchidan,
raqamli monitoring va nazorat tizimlarining to‘liq joriy
etilmaganligi hisoblanadi.
Atmosfera havosi, suv resurslari va yer qa’ridan
foydalanish ustidan monitoring olib borish bo‘yicha normativ asoslar mavjud bo‘lsa
-
da, ushbu nazoratning raqamlashtirilgan, avtomatlashtirilgan shakli to‘liq
shakllanmagan. Masalan, GIS texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari va real
vaqtda monitoring tizimlari bilan bog‘liq mexanizmlar hanuz to‘liq joriy etilmagan.
Bu esa ruxsatnoma shartlari buzilgan holatlarni tez aniqlash va huquqiy baho berish
imkoniyatlarini cheklaydi.
To‘rtinchidan,
Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning sustligi sababli
r
uxsatnoma
talablari buzilgan holatlarda fuqarolik-huquqiy javobgarlik
–
xususan, zarar
yetkazgan subyektning to‘liq moddiy javobgarligini ta’minlash mexanizmi kam
qo‘llanilmoqda. Aksariyat holatlarda jarimalar bilan cheklanilib, tushgan zarar yoki
buzilgan ekologik muvozanat uchun real kompensatsiya (reparation) olinmaydi. Bu
esa tabiatga yetkazilgan zararning oqibatlarini bartaraf etishda va tiklashda samarali
natijalarga erishishga to‘sqinlik qiladi.
Ushbu sohada horij tarjibasini o‘rganadigan bo‘lsak,
Dunyoning rivojlangan
mamlakatlaridan hsioblangan
Kanada
davlatida yer qa’ridan foydalanish qoidalari
federal darajada qat’iy nazorat qilinadi. Har qanday shartnoma buzilishi ekologik
audit orqali aniqlanadi. Mas’ul subyektga nisbatan katta miqdorda jarimalar va sud
orqali faoliyatni to‘xtatish choralari qo‘llaniladi
Avstraliyada
yer osti resurslaridan
foydalanishda majburiy hisobot va monitoring tizimi joriy etilgan. Buzilish holatlari
uchun 10 million Avstraliya dollarigacha jarima belgilanadi
. Norvegiyada
neft va
gaz resurslarini ishlatish qat’iy ekologik mezonlar asosida yuritiladi. Shartlar
buzilganda kon to‘liq yopiladi, kompensatsion to‘lovlar undiriladi va davlat
tomonidan taftish doimiy ravishda olib boriladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari
dagi so‘ngi huquqiy o‘zgarishlarga qaraydigan
bo‘lsak, AQSh prezidenti Donald Tramp 25.04.2025 yilda federal hukumatga muhim
foydali qazilmalarni olish uchun AQSh va xalqaro suvlarda chuqur dengiz konlarini
qazib olish uchun ruxsatnomalarni tezlashtirishni ko‘rsatuvchi farmonni imzoladi.
36
Government of Canada. Environmental Enforcement Act, S.C. 2009, c. 14.
37
EPBC Act Guide, Department of the Environment and Energy, Australia, 2023.
38
Norwegian Ministry of Petroleum and Energy. Petroleum Activities Act, 2020
.
234
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ammo bu farmon “Xitoy Tashqi ishlar vazirligi aprel oyi oxirida boʻlib oʻtgan
navbatdagi matbuot anjumanida AQSh ijroiya qarori bilan qamrab olingan xalqaro
dengiz tubi hududi milliy yurisdiktsiya chegarasidan tashqariga chiqib ketib, 1982-
yildagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengiz huquqi to‘g‘risidagi
konventsiyasiga (UNCLOS) muvofiq tashkil etilgan Xalqaro dengiz tubi ma’muriyati
(ISA) islohotlarini chetlab o‘tib, chuqur dengizdagi foydali qazilmalarni qazib
olishga ruxsat bermoqda
” deb baholagan.
Ushbu farmonning 2
bandiga asosan, Prezidentning Iqtisodiy siyosat bo‘yicha
yordamchisiga, Energiya ustunligi bo‘yicha milliy kengash raisiga va Milliy energiya
ustunligi kengashi raisining o‘rinbosariga dengiz tubidagi mineral resurslarni qazib
olish va har qanday davlatning milliy yurisdiksiyasidan tashqarida joylashgan
hududlarni o‘zlashtirish bo‘yicha xalqaro manfaatlarni taqsimlash mexanizmining
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qo‘shma hisobot taqdim etishni qo‘ygan
XULOSA VA TAKLIFLAR
Birinchidan,
zararni baholash va kompensatsiya mexanizmlarini kuchaytirish
Xalqaro tajribaga asoslanib, ekologik zararlarni moliyaviy hisoblash metodikasini
ishlab chiqish zarur. Bu asosda fuqarolik-huquqiy javobgarlikni kengaytirish kerak.
Ikkinchidan,
Ruxsatnoma monitoring tizimini raqamlashtirish Ruxsatnoma
olgan har bir subyekt faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish tizimini joriy etish. Bu
uchun geoinformatsion platformalar va sun’iy yo‘ldosh monitoringi asosida tizim
yaratish mumkin.
Uchinchidan,
Javobgarlik choralarini bosqichli joriy etish Ruxsatnoma bekor
qilinishidan oldin ogohlantirish, jarima, vaqtincha to‘xtatish kabi yumshoq bosqichlar
qo‘llanilishi kerak.
To‘rtinchidan,
Sud tizimida ekologik mutaxassislikni kuchaytirish Ekologik
nizolarni ko‘rib chiqish uchun maxsus sud bo‘limlari yoki ekspertlar tayinlanishi
lozim.
Beshinchidan,
Huquqiy madaniyatni oshirish Tadbirkorlar va yer qa’ridan
foydalanuvchilar o‘rtasida ekologik va yuridik madaniyatni oshirish bo‘yicha
muntazam treninglar, axborot kampaniyalari tashkil etilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR TO‘YXATI
:
39
The author is an associate professor at the School of International Studies at Nanjing University.
. https://www.globaltimes.cn/page/202504/1333160.shtml?utm_source=chatgpt.com
40
Unleashing America’s Offshore Critical Minerals And Resources,
https://www.whitehouse.gov/presidential-
actions/2025/04/unleashing-americas-offshore-critical-minerals-and-resources/
235
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1.
Narzullayev, O.X., Nurmatov, M.Μ. Ekologik
-huquqiy javobgarlik
Darslik /Narzullayev Olim Xolmamatovich, Nurmatov Mirg‘olib Mirzayevich. –
T.:
TDYU nashriyoti, 2024; 224 bet;
2.
O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
3.
“Yer qa’ri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni;
4.
Government of Canada. Environmental Enforcement Act, S.C. 2009;
5.
EPBC Act Guide, Department of the Environment and Energy,
Australia, 2023;
6.
Norwegian Ministry of Petroleum and Energy. Petroleum Activities Act,
2020;
7.
8.
http://www norma.uz.
9.
10.
http://www. inlibrary.uz.
