Авторы

  • Алижон Мажитов

Биография автора

  • Алижон Мажитов
    Toshkent davlat yuridik universiteti “70420123-Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati” yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.127339

Аннотация

Ushbu maqolada korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilgan jinoyatchi shaxs muammolari hamda uning kriminologik portretini o‘rganish masalalari, ushbu sohaga oid ilmiy va amaliy tavsiyalar tahlil qilingan hamda uni o‘rganishni takоmillashtirishga qaratilgan tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan.


background image

8

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

KORRUPSIYA JINOYATINI SODIR QILGAN SHAXSNING

KRIMINOLOGIK PORTRETINI

O‘

RGANISH MUAMMOLARI

Majitov Alijon Vali

o‘g‘

li

Toshkent davlat yuridik universiteti

“70420123

-Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens

nazorati”

yo‘nalishi

magistranti

alijonmajidov7@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilgan

jinoyatchi shaxs muammolari hamda uning kriminologik portretini

o‘

rganish

masalalari, ushbu sohaga oid ilmiy va amaliy tavsiyalar tahlil qilingan hamda uni

o‘

rganishni

takоmillashtirishga

qaratilgan tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit s

o‘

zlar

: korrupsiya, kriminologik tavsif, jinoyatchi shaxs, latent jinoyat,

korrupsioner, xulq-atvor kodeksi, maishiy korrupsiya, ochiqlik.

ПРОБЛЕМЫ

ИЗУЧЕНИЯ

УГОЛОВНОГО

ПОРТРЕТА

ЛИЦА,

СОВЕРШИВШЕГО

КОРРУПЦИОННЫЙ

ПРЕСТУПЛЕНИЙ

Аннотация:

В

данной

статье

анализируются

проблемы

личности

преступника,

совершившего

коррупционные

преступления,

и

вопросы

изучения

ее

криминологического

портрета,

научные

и

практические

рекомендации

в

этой

области,

а

также

разрабатываются

рекомендации

и

предложения,

направленные

на

совершенствование

его

изучения.

Ключевые

слова:

коррупция,

криминологическая

характеристика,

личность

преступника,

латентная

преступность,

коррупционер,

кодекс

поведения,

бытовая

коррупция,

открытость.

PROBLEMS OF STUDYING THE CRIMINAL PORTRAIT OF A PERSON

WHO COMMITTED CORRUPTION CRIME

Annotation:

This article analyzes the problems of a criminal person who

committed corruption crimes and the issues of studying his criminological portrait,
scientific and practical recommendations in this area, and develops recommendations
and proposals aimed at improving its study.


background image

9

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Keywords:

corruption, criminological description, criminal person, latent crime,

corrupt person, code of conduct, domestic corruption, openness.


Material va metodlar:

Maqola tayyorlashda

O‘zbekiston

va xorijiy

davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati, xalqaro huquqiy

me’yorlar,

davlat

dasturlari,

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, shuningdek,

ilg‘or

ilmiy va yuridik adabiyotlardan keng foydalanildi. Matnda bir qator xorijiy va

milliy olimlarning izlanishlari, Daniya, Singapur, Ukraina,

Qozog‘iston

va boshqa

mamlakatlarning qonunchilik tajribasi, Transparency International xalqaro reytinglari
va

O‘zbekistonning

rasmiy statistik

ma’lumotlari,

tahliliy, mantiqiy, tizimli va

qiyosiy-huquqiy metodlar asosida tahlil qilindi.

Kirish.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan

“Korrupsiyaga

qarshi kurash

Konvensiyasi”

muqaddimasida

“Korrupsiya

jamiyat

barqarorligi va xavfsizligiga tahdid soladigan, demokratik institutlar, axloqiy
qadriyatlar va adolatga putur yetkazadigan hamda barqaror rivojlanish va qonun
ustuvorligiga zarar yetkazuvchi muammolar va tahdidlarning

jiddiyligi

1

deya qayd

etilgan. Aytishimiz mumkinki, korrupsiya faqat mahalliy muammo emas, balki
barcha mamlakatlar jamiyati va iqtisodiyotiga ta'sir qiluvchi transmilliy hodisaga
aylanib bormoqda.

Hozirgi kunda

O‘zbekiston

jamiyatdagi korrupsiyaga qarshi faol kurash

yo‘lidan

bormoqda.

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

ta’kidlaganidek,

“Korrupsiyaning

oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini

yaratib

bo‘lmaydi,

umuman, jamiyatning birorta

tarmog‘i

rivojlanmaydi”.

Bugungi

kunda mamlakatimiz uchun korrupsiya muammosi, uning turli

ko‘rinishlarini

yo‘q

qilish va tarqalishiga qarshi kurashish, korrupsiyaga qarshi samarali siyosatni ishlab
chiqish va amalga oshirish juda keskin va hayotiy ahamiyatga ega. Aynan shu
maqsadda keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalari natijasida

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli

“O‘zbekiston

2030”

strategiyasini

“Yoshlar

va biznesni

qo‘llab

-quvvatlash

yili”da

amalga

oshirishga oid davlat dasturi

to‘g‘risidagi

farmoni

e’lon

qilingan

bo‘lib,

unda

korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom
ettirish asosiy ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilab

qo‘yilgan.

1

United Nations Convention against Corruption (Adopted by General Assembly resolution 58/4 of 31 October 2003).

htt

р

s://www.un.

о

rg/ru/d

о

cuments/decl_c

о

nv/c

о

nventi

о

ns/c

о

rru

р

ti

о

n.shtml.


background image

10

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Asosiy qism.

Har qanday ijtimoiy-salbiy hodisani yoki jinoyatchilikni, shu

jumladan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda mazkur illatni vujudga
keltiruvchi sabablar va unga imkon beruvchi shart-sharoitlarni

o‘rganish,

tahlil qilish

muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan ushbu ijtimoiy-salbiy hodisani
vujudga keltiruvchi sabablar va unga imkon beuvchi shart-sharoitlarni

o‘rganish

va

aniqlash orqaligina korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish imkoniyati
vujudga keladi.

Professor G.A.Avanesovning fikricha, har bir ijtimoiy voqelik, shuningdek

jinoyatchilikni

o‘rganish

ham

o‘z

mohiyatiga ega. Zotan, kriminologiya

jinoyatchilikni mavjud voqelik,

“yaxlit

bir

organizm”

sifatida

o‘rganadi

2

.

Kriminologiya nuqtayi nazaridan korrupsiya bu mansabdor shaxslar va davlat

xizmatchilarining sotib olinishi va shu asosda ularning

o‘z

shaxsiy yoki jinoiy guruh,

uyushgan guruh manfaatlarini

ko‘zlab

rasmiy xizmat vakolatlaridan hamda ular bilan

bog‘liq

obro‘si

va imkoniyatlaridan foydalanishi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy

hodisadir

3

. Ushbu jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, ularning sodir

etilishi natijasida davlat organlarining normal faoliyati jiddiy ravishda buziladi,
umuman olganda jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkaziladi.

Korrupsiya fenomenini tushunishga oid turli metodologik yondashuvlar mavjud

bo‘lgan.

Uning bir qancha: ijtimoiy, siyosiy, kriminologik, huquqiy jihatlari

ko‘rib

chiqilgan. Xususan, Aflotun va Arastu korrupsiyani siyosiy kategoriya, N.Makiavelli
davlat umumiy kasalligining

ko‘rsatkichi;

Sh.Monteskiyo esa uni disfunksional

jarayon ekanligi sababli yaxshi siyosiy tartib yoki tizim yaroqsiz

bo‘lib

qoladi deb

baholashgan

4

.

Jinoyatchi shaxsini

o‘rganish

korrupsiyaga oid jinoyatlar kriminologik jihatining

muhim elementlaridan biridir. Jinoyatchi shaxsini

o‘rganishning

ahamiyati birinchi

navbatda, jinoyat inson harakati va muayyan shaxsning irodasi sifatida uning asosiy
belgilari va xususiyatlaridan kelib chiqadi. Majoziy

ma’noda

jinoyat va jinoyatchi

o‘ziga

xos jinoyat organizmining hujayralari

bo‘lib,

ularni

o‘rganish

va bilish

huquqbuzarliklar profilaktikasini keyinchalik tashkil etish va amalga oshirish uchun
muhim ahamiyat kasb etadi.

Jinoyatchi shaxsi

avvolo jinoyat subyektining shaxsidir. Jinoyat

qonunchiligiga

ko‘ra

jinoyat sodir qilgan shaxsni jinoyat subyekti deb topishimiz

2

Kriminologiya: Darslik/ Z.S. Zaripov, Y.S.Pulatov, G.A.Avanesov va boshq.-

T.:O‘z.Res.IIV Akademiyasi, 2006. 46

-

b.

3

Q.R. Abdurasulova. Kriminologiya. Darslik. -

T.: Adolat”,2007.182

-b.

4

Q.R. Abdurasulova. Korrupsiya jinoyatchiligining umumiy tavsifi, sabablari va oldini olish // Huquqiy tadqiqotlar

jurnali. -2022.-T.1.

№3

, 23-b.


background image

11

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

uchun quyidagi

ko‘rsatkichlarga

ega

bo‘lishi

zarur: jismoniy shaxs, shaxsning

muayyan yoshga

to‘lganligi

(JK 17-moddaga

ko‘ra

16 yosh) hamda aqli rasolik.

Korrupsiyalashgan shaxsni

o‘rganishda

dastlab umumiy kriminologik

yondoshish lozim

bo‘ladi.

Umuman, jinoyatchilarning, shu jumladan,

korrupsionerlarning psixologik (ruhiy) xususiyatlari deyilganda, ularning individual
sifatlari, turli sharoit va vaziyatlarga moslashuvchi axloqi,

o‘zi

to‘gʼrisidagi

tasavvurlari, shaxslararo munosabatlar va ijtimoiy

taʼsirlar

tavsifini qamrab oladi.

Shaxs, shu jumladan, korrupsioner jinoiy xulqining bevosita shakllanishi va

ro‘yobga

chiqishida shaxsiy omillari sifatida talablari, manfaatlari, qiziqishlarining

yo‘nalishlari,

ijtimoiy qarashlari va shaxs ruhiy strukturasi elementlarining ijtimoiy

yo‘nalishlari

ham qatnashadi.

Korrupsionerlar qonunga itoatkor fuqarolardan qadriyat-

meʼyoriy

tizimlarga

nisbatan salbiy munosabatdagi shaxsiyatining xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu
ularning jinoyat sodir etishdagi omillardan biri axloqiy-ruhiy xususiyatlarida
yotishini namoyon qiladi. Biroq, bu shaxs axloqiy-ruhiy shakllanishida ijtimoiy
munosabatlar

taʼsiri

ostida

bo‘lishini

inkor etmaydi. Bunda shu narsa aniqki,

korrupsionerlar shaxsi boshqa jinoyatchilar shaxsidan farq qiladi. Bunday
odamlarning aksariyati yaxshi oiladan kelib chiqqan, yaxshi xodim

(baʼzilari

ishchanligi, ijobiy xizmat qilganligi bilan farqlanadi), oliy

maʼlumotga

ega, yoshiga

kelganda esa, ular ruhan va dunyoqarash jihatidan ancha mustahkam kishilar
sanaladi. Moddiy

taʼminlanganlik

jihatdan ham ularning

ko‘plari

yuqori daromad

manbalariga ega kishilardir (jinoyat sodir etmagan taqdirda ham). Ularning

ko‘pchiligida

vatanparvarlik

tuygʼulari

yo‘q

deyishga ham yetarli asos

yo‘q.

Boshqacha aytganda, korrupsionerlar shaxsini

o‘rganish

jinoyatchi shaxsiga umumiy

odatiy yondoshuvlarga qaraganda, ijtimoiy va yuridik - psixologik jihatdan

o‘rganish

kerak

bo‘ladi.

Korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishiga

ragʼbat

bo‘ladigan

holatlardan biri

jamiyatda aksar bunday turdagi jinoyatlarning latent jinoyatligicha qolishi
hisoblanadi. Qator davlatlardagi amaliyot shundan guvohlik beradiki, odatda quyi
darajadagi va borsa

o‘rta

darajadagi korrupsionerlar jinoiy jazoga tortilishadi.

Ko‘rsatilgan

holatlar quyidagilar bilan

bogʼliq

deb hisoblaymiz: korrupsiyaviy

jinoyatlar sodir etuvchi uyushmalarning, shaxslarning professionalizmi oshib
bormoqda; amaldagi qonunchilikning takomillashmaganligi; korruptsiyaviy
hodisalarga nisbatan aholining toqatliligi va loqaydligi; jinoiy

yo‘l

bilan topilgan

yirik miqdordagi pul

mablagʼlariga

ega

bo‘lgan

shaxslar bilan yuqori lavozimlarda


background image

12

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ishlovchi, hokimiyat vakolatlariga ega

bo‘lgan

mansabdor shaxslarning uzviy ish

aloqalari

o‘rnatilganligi.

Xulosa.

Fikrimizcha, maishiy korrupsiya amaldorlarning korrupsiyasidan

deyarli farq qilmaydi, chunki bu harakatlar pora berishga tayyor

bo‘lgan

odamlarning

katta qismini qamrab oladi hamda ular mansabdor shaxslar korrupsiyasi uchun
imkoniyat yaratadi.Shu sababdan ham profilaktika har qanday salbiy jarayonlarning
dastlabki bosqichlarida rivojlanishining oldini olishning muhim vositasidir.

Korrupsiyaning maxsus oldini olish choralariga esa quyidagilar kiradi:
davlat xizmatchilariga va mansabdor shaxslarga munosib hayot kechirish

imkonini beradigan ijtimoiy

ta’minot

tizimini yaratish;

davlatning mansabdor shaxslari va boshqa toifaagi xizmatchilarining

daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash tizimini

yo‘lga

qo‘yish;

davlat xizmatiga kirishda kadrlar siyosati ustidan qattiq nazorat

o‘rnatish;

korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurash olib borayotgan shaxslar (va

ularning oila

a’zolari)ning

xavfsizligini

ta’minlash;

korrupsiyaning oldini olishda davlat organlari faoliyatinng ochiqligi, shaffofligi,

hisobdorligi hamda bu boradagi jamoatchilik nazoratini

ta’minlash;

yosh avlod ongida korrupsiyaga qarshi kuchli va murosasiz immunitet

shakllantirishga

yo‘naltirilgan

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi

o‘quv

darslarini umumiy

o‘rta

ta'lim maktablari dasturlariga kiritish;

mansabdor shaxslar va davlat xizmatchilarining nohuquqiy, tamagirlik bilan

fuqarolardan

sovg‘a,

hadya niqobi ostida pora olishlarini cheklash maqsadida

ularning

sovg‘a,

hadya tariqasida olishi mumkin

bo‘lgan

tovarlar narxining maksimal

miqdorlarini belgilab

qo‘yish;

xodimlarning man etilgan xulq-atvor

ko‘rinishlarini

namoyon etadigan,

korrupsiya harakatlarining turli shakllarini aniq belgilaydigan Xulq-atvor Kodeksini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

Yuqoridagilarga

qo‘shimcha

ravishda aytishimiz mumkinki, davlatning

korrupsiyaning oldini olish borasidagi siyosati ikki

yo‘nalishda

qurilishi kerak:

Davlat, birinchi navbatda, jinoyat-huquqiy chora-tadbirlarni

qo‘llash

va kriminal

profilaktika choralarini

qo‘llash

orqali korrupsiyaning oldini olishga majburdir.

Korrupsiyaning oldini olish tizimida asosiy

urg‘u

korrupsiyaga uchrashi mumkin

boʻlgan

sohalar ustidan

maʼmuriy,

moliyaviy va ijtimoiy-huquqiy nazoratning turli

shakllarini amalga oshirish

boʻyicha

chora-tadbirlarni amalga oshirishda namoyon

bo‘ladi.


background image

13

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Boshqa tomondan, korrupsiyaga qarshi kurashda viktimologik choralar muhim

rol

o‘ynaydi.

Umuman olganda, korrupsiya qurboni jamiyatning

o‘zidir.

Shuning

uchun ham har bir fuqaro jamiyat

a’zosi

sifatida korrupsiyadan nafratlanishini

namoyon qilishi, har bir shaxs yagona jamiyat a'zosi sifatida korrupsiyaga qarshi faol
pozitsiyani egallashi davlat hokimiyati vakillarining korrupsion harakatlariga sharoit
yaratilishining oldi olishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati:

1

. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot

yo‘limizni

qat'iyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga

ko‘taramiz.

Toshkent:

“O‘zbekiston”

NMIU, 2017.

52

2

.

O‘zbekiston

Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi

“Korrupsiyaga

qarshi

kurashish

to‘g‘risida”gi

O‘RQ

-419-sonli Qonuni // [Elektron manba]. URL:

https://lex.uz/docs/3088008.

3.

O‘zbekiston

Respublikasining 2008 yil 7 iyuldagi

“Birlashgan

Millatlar

Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31

oktyabrь)

O‘zbekiston

Respublikasining

qo‘shilishi

to‘g‘risida”gi

Qonuni // [Elektron

manba]. URL:

https://lex.uz/docs/1369505

.

3. Q.R. Abdurasulova. Korrupsiya jinoyatchiligining umumiy tavsifi, sabablari

va oldini olish // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. -2022.-T.1.

№3,

23-b.

4. Kriminologiya: Darslik/ Z.S. Zaripov, Y.S.Pulatov, G.A.Avanesov va boshq.-

T.:O

z.Res.IIV Akademiyasi, 2006. 46-b.

5

.

Конвенция

о

борьбе

с

дачей

взяток

иностранным

государственным

должностным

лицам

при

осуществлении

международных

деловых

операций

(Принята

Конференцией

полномочных

представителей

стран

-

членов

ОЭСР

21

ноября

1997

года)

//

[Электронный

ресурс].

URL: http://docs.cntd.ru/

document/901934989

6.

United Nations Convention against Corruption (Adopted by General Assembly

resolution

58/4

of

31

October

2003).

httрs://www.un.оrg/ru/dоcuments/decl_cоnv/cоnventiоns/cоrruрtiоn.shtml

.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 52

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni // [Elektron manba]. URL: https://lex.uz/docs/3088008.

O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabrь) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni // [Elektron manba]. URL: https://lex.uz/docs/1369505.

Q.R. Abdurasulova. Korrupsiya jinoyatchiligining umumiy tavsifi, sabablari va oldini olish // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. -2022.-T.1. №3, 23-b.

Kriminologiya: Darslik/ Z.S. Zaripov, Y.S.Pulatov, G.A.Avanesov va boshq.- T.:O‘z.Res.IIV Akademiyasi, 2006. 46-b.

Конвенция о борьбе с дачей взяток иностранным государственным должностным лицам при осуществлении международных деловых операций (Принята Конференцией полномочных представителей стран - членов ОЭСР 21 ноября 1997 года) // [Электронный ресурс]. URL: http://docs.cntd.ru/ document/901934989

United Nations Convention against Corruption (Adopted by General Assembly resolution 58/4 of 31 October 2003). httрs://www.un.оrg/ru/dоcuments/decl_cоnv/cоnventiоns/cоrruрtiоn.shtml.