Авторы

  • Xожиакбар Ганиев
  • Равшанджон Абдуллаев

Биографии авторов

  • Xожиакбар Ганиев
    Qo‘qon universiteti 1-bosqich talabasi
  • Равшанджон Абдуллаев
    Qo‘qon universiteti v.b. dotsenti tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.127340

Аннотация

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining eng yirik me’moriy inshooti, sayyohlar orasida vodiyning tashrif qog‘ozi deya e’tirof etiladigan Xudoyorxon saroyining davlatning bosh boshqaruv qarorgohidan muzeyga aylantirilguncha bo‘lgan tarixi haqida qisqacha mulohazalar bayon etilgan. Qo‘qon xonligi davrida qurilgan ushbu saroy, o‘zining me’moriy go‘zalligi va tarixiy ahamiyati bilan diqqatga sazovordir.


background image

14

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

XUDOYORXON

O‘RDASI:

SAROYDAN MUZEYGACHA

BO‘LGAN

YO‘L

G‘aniyev

Hojiakbar

Qo‘qon

universiteti 1-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Abdullayev Ravshanjon

Qo‘qon

universiteti v.b. dotsenti tarix fanlari

bo‘yicha

falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

Farg‘ona

vodiysining eng yirik

me’moriy

inshooti, sayyohlar orasida vodiyning tashrif

qog‘ozi

deya

e’tirof

etiladigan

Xudoyorxon saroyining davlatning bosh boshqaruv qarorgohidan muzeyga
aylantirilguncha

bo‘lgan

tarixi haqida qisqacha mulohazalar bayon etilgan.

Qo‘qon

xonligi davrida qurilgan ushbu saroy,

o‘zining

me’moriy

go‘zalligi

va tarixiy

ahamiyati bilan diqqatga sazovordir.

Kalit

so‘zlar:

Xudoyorxon,

Qo‘qon,

Mir Ubaydulloh,

o‘rda,

muzey, rus

bosqini,

Qo‘qon

shahar

o‘lkashunoslik

muzeyi.


XIX asr

O‘rta

Osiyo

me’morchiligining

eng yirik namunalaridan biri shubhasiz

Xudoyorxon saroyi hisoblanadi.

Qo‘qonning

so‘nggi

xonlaridan biri

bo‘lgan

Xudoyorxon (1845

1858, 1862

1863, 1865

1875 yillar) nomi bilan atalgan ushbu

muhtasham saroy qurilishi 1865

1873 yillar

oralig‘ida

amalga oshirilgan. Mazkur

saroy qurilishi va uning tuzilishiga oid

ma’lumotlar

o‘sha

davr tarixchilari hamda

Qo‘qonga

tashrif buyurgan elchi va sayyohlarning esdaliklarida uchraydi. Saroyni

ko‘rgan

mualliflar ushbu obida haqida

o‘z

esdaliklarida katta tasurotlar bilan

yozadilar. Jumladan XIX asrning 70-yillarida

Qo‘qonda

bo‘lgan

amerikalik

sayohatchi va tadqiqotchi Yujin Skayler Xudoyorxon

o‘rdasini

shunday tariflaydi:

O‘rta

Osiyodagi boshqalariga qaraganda eng katta va muhtasham

burchaklaridan

tashqari markazida ikkita minorasi mavjud, old yuzasi butkul oq, moviy va yashil
koshinlar bilan qoplangan va araqilari

bo‘ylab

“Sayyid

Muhammad Xudoyorxon

tomonidan 1287-yilda

qurilgan”

deb bitilgan katta yozuvli, ajoyib ikki yoki uch

qavatli bino

bor”

5

.

Saroy qurilishiga

Qo‘qon

va Buxoro xonligining eng yaxshi ustalari jalb

qilingan.

Me’morboshi

Mir Ubaydulloh loyihasi asosida tepalikka, baland

g‘ishtli

poydevorga qurilgan. Devor va gumbazlarni Mulla Suyarqul, usta

Solihxo‘ja,

5

Скайлер

Ю

.

Туркистон

:

Россия

Туркистони

,

Қўқон

,

Бухоро

ва

Ғулжага

саёҳат

қайдлари

/

Кириш

,

инглиз

тилидан

қисқартирилган

таржима

,

изоҳлар

ва

кўрсаткичлар

муаллифи

З

.

Саидбобоев

Тошкент: O‘zbekiston,

2019.

Б

. 253


background image

15

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

buxorolik usta

Fozilxo‘ja,

Isaboy Maxdum va usta Mulla Azamatlar qurganlar. Usta

So‘fi

Yo‘ldosh,

usta

Fozilxo‘ja,

usta Mamarasul (Muhammad Rasul), usta Maxzum

hoji

Marg‘iloniy

va usta Hakimboy

Marg‘iloniylar

naqsh va

yog‘och

o‘ymakorligi

bezaklarini amalga oshirganlar. Xattot

Muhammad Turdiali, Mirza Bobokalon bin

Muhammadrizo, Mirzo Mir Muhammad

Xo‘qandiy

bin Mirzo Muhammad Buxoriy,

bosh koshinkor

rishtonlik kulol, usta Abdulloh, sirkorlikni Muhammad Olim Sirchi

bajargan

6

.

100 dan ortiq xonadan iborat

bo‘lgan

saroy bir nechta yirik qismlardan iborat

edi:

qal’a,

davlatxona, haram, shahnishin,

xo‘jalik

va

ma’naviy

bo‘limlar.

Mazkur

saroy ayni vaqtda poytaxti

Qo‘qon

shahri

bo‘lgan

yirik bir davlatning bosh boshqaruv

qarorgohi edi.

Afsuski, ushbu yirik inshoot

Qo‘qon

xonlari uchun uzoq xizmat qilmadi. 1876-

yilda Rossiya imperiyasi

qo‘shinlari

tomonidan

Qo‘qon

xonligi butunlay egallanib,

davlat sifatida tugatilganidan

so‘ng

mazkur saroy ham mustamlakachilar tasarrufiga

o‘tdi

va saroyning bosh

ma’muriy

maskan sifatidagi roli

yo‘qotildi.

Saroy rus

ma’muriyati

qo‘liga

o‘tgach,

uning ikkinchi hayoti boshlandi desak

bo‘ladi.

Dastlab, u garnizonga aylantirildi va uning

ko‘p

qismi buzib tashlandi. Shu

bilan birga, saroyda mustamlakachilar uchun maktab, zobitlarning oilalari yashashi
uchun xonadonlar hamda cherkov tashkil etildi.

Sovet hokimiyati yillariga kelib,

o‘rda

binosida Qashshoqlar

qo‘mitasi

hamda

Qo‘shchi

sayuzi idorasi ochildi. 1925-yilda Xudoyorxon saroyi hududida muzey

tashkil etildi. Turli yillarda bir necha bor nomi

o‘zgargan

mazkur muzeyga 1959-

yilda

Qo‘qon

Shahar

o‘lkashunoslik

muzeyi nomi berildi

7

. Aytish joizki, saroyning

muzeyga aylantirilishi uni keyingi talofatlardan asrab qoldi, deyish mumkin.

Mustamlakachilik yillaridagi turli talofatlardan omon qolgan Xudoyorxon saroyi

tarixida

O‘zbekistonning

mustaqillikka erishishi bilan yangi davr boshlandi. Hukumat

tomonidan ushbu muhtasham inshootni asrab-avaylash va uni uzoq yillar davomida
saqlab qolish maqsadida saroy hududida bir necha marotaba

ta’mirlash

ishlari olib

borildi.

Bugungi kunda Xudoyorxon saroyi

Farg‘ona

vodiysining eng diqqatga sazovor

joylaridan biri sifatida tanilgan

bo‘lib,

nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar

orasida ham katta mashhurlikka ega.

Qo‘qon

shahrining markazida joylashgan ushbu

me’moriy

yodgorlik,

o‘zining

betakror arxitekturasi, boy tarixi va madaniy ahamiyati

bilan sayyohlarni

o‘ziga

jalb etadi.

6

O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar Farg‘ona. –

Toshkent: Uzbekistan today, 2016.

B. 120.

7

Қўқон давлат музей

-

қўриқхонаси тўплами. –

Тошкент: Silk Road Media, 2022. –

B. 36.