73
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
DETALLARNI YEYILGAN YUZASINI QAYTA TIKLASHNING DOLZARB
MASALALARI
Rustamov Raxmatali Murodovich
Namangan davlat texnika universiteti, professori
Namangan,
O‘zbaekiston
Ruziyev Akbarali Yunusali
o‘g‘li
Andijon davlat texnika instituti, tayanch doktorant
Andijon,
O‘zbaekiston
Annotatsiya.
Bugungi kunda respublikamizda mashinasozlik sohasini jadal
rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bu texnik modernizatsiya qilish yoki
boshqacha aytganda, ilmiy
-
texnik rivojlanishning yutuqlariga asoslangan yangi
texnika va texnologiyalarni mashinasozlik ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish
hisoblanadi.
Respublikamizda yo‘l qurish, qurilish, konchilikda qazish ishlari hajmini
orttirish, ishlab chiqarishning moddiy va energetik harajatlarini kamaytirish, ularda
keng qo‘llaniladigan texnika vositalaridan samarali foydalanish yuzasidan keng
qamrovli chora
-
tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda.
Annotation.
Today, one of the main conditions for the accelerated development
of the machine-building industry in our republic is technical modernization, or in
other words, the introduction of new equipment and technologies based on the
achievements of scientific and technological development into machine-building
production processes. In our republic, large-scale measures are being implemented to
increase the volume of road construction, construction, and mining operations, reduce
material and energy costs of production, and effectively use the widely used technical
means, and certain results are being achieved.
Kalit so‘zlar:
tosh, tuproq, ekskavator, yeyilish, ishqalanish, resurs, mexanizm,
qayta tiklash, qoplama.
Keywords:
stone, soil, excavator, wear, friction, resource, mechanism,
restoration, coating.
Asosiy qism.
Yo‘l
qurish, qurilish, konchilik va melioratsiya sohalaridagi tosh-
tuproq qazish mashinalarini yeyiladigan detallarining, ayniqsa ularning asosiy
qismini tashkil etadigan ekskavator
cho‘mich
tishlarining, resursini oshirish dolzarb
74
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun respublikamiz sharoitida mavjud tosh-
tuproqlarning turlari va mexanik xossalarini hamda
yo‘l
qurish va tosh-tuproq qazish
mashinalaridan foydalanishning hozirgi holati
o‘rganildi
va tahlil qilindi. Kovshining
sig‘imi
0,15 dan 4 m
3
gacha
bo‘lgan
universal qurilish Ekskavatorlari sanoat, uy-joy
va melioratsiya qurilishida ishlatishga
mo‘ljallangan.
Kovshining
sig‘imi
2 dan 8 m
3
gacha
bo‘lgan
karerbop gusenitsali ekskavatorlar gruntni qazish va ochiq konlarda
foydali qazilmalarni qazib olish uchun ishlatiladi. Kovshining
sig‘imi
6 m
3
dan
oshadigan gusenitsali ochuvchi ekskavatorlar strelasining uzaytirilganligi bilan farq
qilib,
tog‘
-kon sanoatida ochiq konlardagi foydali qazilmalarni berkitib turuvchi
gruntni kavlab, uni belgilangan joyga chiqarib tashlashga
mo‘ljallangan.
Kovshining
sig‘imi
6-10 m
3
li odimlovchi maxsus ekskavatordraglaynlardan ham yuqorida
aytilgan maqsadlarda foydalaniladi. Bir kovshli ekskavatorlarda mexanizmlarni
harakatga keltirish uchun asosan dizel yoki elektr dvigatellar ishlatiladi.
O‘rnatilgan
dvigatellar soniga
ko‘ra
ekskavatorlar bitta dvigateldan va
ko‘p
dvigateldan
yurgiziladigan harakat dvigateldan mexanizmlarga turli xil yuritma sistemalar
vositasida uzatiladi. Gidravlik ekskavatorlar. Bir kovshli ekskavatorlarni
takomillashtirishning eng
ilg‘or
yo‘nalishlaridan
biri ularning ayrim mexanizmlari
konstruksiyasida gidravlik yuritmani
qo‘llashdan
iboratdir. Ammo, ish jihozining
yuritmasi gidravliklashtirilgan ekskavatorlargina gidravlik ekskavatorlar deb ataladi.
Ish jixozining, ish yurishining, burilma platformasining boshqarmasi va
qo‘shimcha
tayanchlarining yuritmasi gidravliklashtirilgan ekskavatorlar eng takomillashgan bir
kovshli gidravlik ekskavatorlar hisoblanadi.
Mavjud mashinalarga davriy ravishda texnik xizmat
ko‘rsatish
va
ta’mirlash
orqali ularning ishga yaroqliligi saqlab turiladi. Bunday tadbirning muhimligini
quyidagi misollardan
ko‘rish
mumkin. Mavjud mashinalarga texnik xizmat
ko‘rsatish
va
ta’mirlash
harajatlari nisbatan yuqori
bo‘lib,
ular mashinalardan foydalanish
samaradorligini pasayishiga olib kelmoqda. Bu esa mashinalarga texnik
xizmat
ko‘rsatish
va
ta’mirlash
ishlarini takomillashtirish va ularga sarflanadigan
harajatlarini kamaytirish
yo‘llarini
izlab topish talabini
qo‘ymoqda.
Gidravlik
yuritmali ekskavatorlar mexanik yuritmali ekskavatorlarga nisbatan qator
afzalliklarga ega:
Jonyang JY-623
O‘lchov
birligi
Qiymati
To‘liq
nomi
Jonyang JY-623ELD
Umumiy vazni
kg
23900
Dvigatel madeli
B5.9-C
75
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Dvigatel turi
dizel
Dvigatel quvvati
kV
133
Aylanish tezligi
Ayl/min
2000
Ishlab chiqaruvchi
Cummins
Maksimal tezlik
Km-soat
4,6
Gabarit
o‘lchamlari
mm
11530x3000x3250
G‘ildiraklar,
orqa-oldi
mm
2400
Qazish chuqurligi
mm
9600
Tushirish balandligi
mm
8010
Cho‘mich
sig‘imi
m
3
0,6
1) konstruksiyasi uncha murakkab emas, massasi va
o‘lchamlari
kichikroq
(konstruksiyadan transmissiyaning
ko‘pgina
elementlari friksion muftalar,
reduktorlar, kardanli uzatmalar, kanatlar va boshqalar chiqarib tashlangan);
2) ish jihozining harakatlari ravonroq (tezlikni poronasiz rostlash mumkinligi
hisobiga);
3) mashinaning dvigateldan ancha uzoqda joylashgan istalgan mexanizmiga
energiya berilishi soddalashtirilgan (tutashtiruvchi truboprovodlar va shlanglar
hisobiga);
4) mashinistning ishlash sharoiti yaxshiroq (boshqarish sistemasi
soddalashtirilgan);
5) oshirilgan quvvatdan foydalanish va shunga mos ravishda katta kavlash
kuchlaridan foydalanish imkoniyatlari kengroq (gidrosistemadagi bosimni oshirish
hisobiga). Ana shu afzalliklar gidravlik ekskavatorlarniyag ish unumini ancha
oshirishga imkon beradi.
1.1-rasm
. Qattiq osmali
to‘liq
buriladigan gidravlik ekskovator:
76
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1 - yurish jihozi; 2 - posangi; 3 - dvigatel; 4 - burilish platformasi; 5 - kabina;
6,8,10 - gidrosilindrlar; 7 - xartum; 9 - tirsak; 11 - teskari
cho‘mich
Gidravlik ekskavatorlarning asosiy tiplari. Sanoatimizda quyidagi tipdagi
gidravlik ekskavatorlar ishlab chiqariladi: kovshining
sig‘imi
0,15 dan 0,4 m
3
gacha
bo‘lgan
to‘liq
burilmaydigan ekskavatorlar kovshining
sig‘imi
0,5 dan 1,5 m
3
gacha
bo‘lgan
to‘liq
buriluvchi ekskavatorlar; gidravlik ekskavator tekislagichlar. Gidravlik
ekskavatorlarning aksariyati universal qilib tayyorlanadi va
ko‘p
miqdorda almashma
jihozlar bilan
ta’minlanadi.
Burilma kovshli
to‘g‘ri
kurak ish jiqozining asosiy turi
hisoblanadi. Ekskavator jihozlari
g‘ildirakli
va gusenitsali traktorlarga
o‘rnatiladi.
Ish
jihozining hamma elementlari (strela, dastak kovsh) gidrosilindrlar yordamida
harakatlantiriladi.
To‘liq
burilmaydigan gidravlik ekskavatorlarning umumiy
komponovkasi va sxemasi asosan bir xil. Ular bir-biridan gidroyuritmasining sxemasi
bilangina farq qiladi. Xitoy Xalq Respublikasidagi JongYang kompaniyasida ishlab
chiqarilgan va dastlabki namunalari
O‘zbekiston
Respublikasiga keltirilgan JY-
623ELD, JY230E rusumli zanjirli hamda JY210E rusumli
pnevmog‘ildirakli
gidravlik ekskavatorlari zamonaviyligi, boshqaruvda qulayligi va ayniqsa eng
so‘nggi
elektron texnika asosida jihozlanganligi bilan ajralib turadi. U soatiga 2,6 km dan 4,6
km gacha tezlikda harakatlanadi va ishlay oladi. Quvvati 133 kVt.Gidromoylari havo
bilan sovitiladi.
Cho‘michi
0,6 m
3
sig‘imga
ega. Mazkur ekskavator 12700 mm
chuqurlikkacha kovlay oladi.
Natijalar.
Shu kungacha ta’mirlashdan chiqqan mashinaning resursi yangisiga
nisbatan 80% bo‘lishi talab etilar edi. Endi esa bu ko‘rsatkich texnikadan
foydalanuvchilarni qanoatlantirmay qo‘ydi. Traktor va avtomobillarning
ta’mirlashdan keyingi resursi yangisi kabi va undan ham ortiq bo‘lishi kerak degan
vazifa qo‘yilmoqda. Amalda mashinalarni ta’mirlash orqali har yili yangi sotib
olinayotgan mashinalar soniga nisbatan bir necha marta ko‘p bo‘lgan texnika yana
qayta foydalanishga qaytarilmoqda.
O‘rta Osiyoda mashinalar havoning yuqori changlanganligi, detallarning tosh
-
tuproq bilan to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri kontaktda bo‘lishi, ularga doimiy va to‘laqonli xizmat
ko‘rsatishning qiyinligi kabi ob’ektiv sabablarga ko‘ra ancha og‘ir sharoitda ishlaydi.
Bular esa mashinalarni ta’mirlashga talabni vujudga keltiradi va buning uchun katta
miqdorda mablag‘ sarflanadi.
Sohaning olimlari mashinalarning ishonchliligini pasayishiga, buning natijasida
ularni
ta’mirlashga
talabning vujudga kelishiga detallarning yeyilishi asosiy sababchi
ekanligini
ta’kidlaganlar.
Respublikaning tekis qismi turli tarkibli tosh-tuproq
qotishmalardan tashkil topgan
bo‘lib
ular quyidagi fraksiyalardan iborat: qumli -
77
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
17...25 foiz, loyli - 65...70 foiz va gil - 13...15 foiz. Ularning asosini kremniy tashkil
etadi (50 foizgacha). Yozda
yog‘ingarchilik
miqdori (yiliga 80... 100 mm)
bo‘lganligi
sababli,
o‘rmonlarning
namligi 3...5 foiz; bu ularning zichlanishiga olib keladi.
Bundan tashqari
tog‘
yon
bag‘irlarida
tuproqlarning mexanik tarkibi minerallarning
nurashi va parchalanishi jarayonlari bilan bevosita
bog‘liq
bo‘lib,
yuqori (0-20 sm) va
o‘rta
(21-60 sm) qatlamlarda
o‘rta
qumoqli, pastki (60 sm dan chuqur) qatlamlarda
esa yengil qumoqli, qumli,
shag‘alli
va toshlidir. Chunki granodiorit, ohaktosh va
boshqa toshli jinslarning nurashi va parchalanishi natijasida
og‘ir
loyli, talqonli
minerallar yuqori va
o‘rta
qatlamlarda
to‘plansa,
pastki qatlamda turli darajada
maydalangan toshli fraksiyalar miqdori
ko‘p
bo‘ladi.
Tekis yerlar tuproqlari yuqori
sho‘rlanganligi,
quruqligi va tarkibida gipsning
ko‘pligi
bilan ajralib turadi.
Tog‘
oldi
tuproqlari tarkibida qum va qattiq qatlamning
ko‘pligi
bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston
Respublikasi yuqori seysmik xudud (8...9 ball) hisoblanganligidan
kelib chiqsak (yiliga 3...5 minggacha mikro yer qimirlashlar) tuproqlar, ayniqsa
bog‘lanmagan
turi doimiy ravishda zichlanish xolatida
bo‘ladi.
Tuproqning
zichlanish xolatining
o‘sishi
o‘z
navbatida ekskavator
cho‘mich
tishlarining
yeyilishini 5 martagacha oshishiga olib keladi (ayniqsa tarkibida gil miqdorining
kamligidan). Olib borilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki,
yeyilish jadalligiga
tuproqning namligi yuqori
ta’sir
ko‘rsatadi.
Masalan, suglinist qora tuproq namligi 10
foizni tashkil etganda, namligi 26 foizni tashkil etganga nisbatan yeyilish jadalligi 6
marta tez sodir
bo‘ladi.
Tuproq namligining
15…20
foizdan kamayishi tuproqning
yeyiltirish xususiyatining ortishiga olib keladi.
O‘zbekistondagi
eng keng tarqalgan
tuproqlarning
o‘ziga
xos xususiyatlari
(shag‘al
-qumli va lessovid) ekskavatorlarni
ekspluatatsiya davrida bir qator
to‘siqlarni
keltirib chiqaradi. Qumli tuproqda
materialning buzilishi, abraziv zarrachalarning kesuvchi va tirnovchi xususiyati
tufayli uzluksiz yuzaga
ta’sir
etishi xisobiga sodir
bo‘ladi.
Loy tuproqlarda -
ko‘p
sonli elastik-plastik deformatsiyalar xisobiga sodir
bo‘ladi.
Shuni
ta’kidlash
kerakki,
gil tuproqlarning yuqori qatlamlari takroriy plastik deformatsiyaga qarshi turish
qobiliyatiga ega, qumli tuproqlarda
–
esa qattiqlik.
Shag‘al
-qumli tuproqlarni qazish
ishlarida mashinalarning ishchi organlari kuchli yeyilishga uchraydi:
cho‘mich
tishlari va ekskavator
cho‘michlari,
rixlitel tishlari, buldozer pichoqlari,
qirg‘ichlar
va
greyderlar.
Shag‘al
-qumli va qattiq qurigan
o‘rmon
tuproqlari qazish ishlarida
mashina ishchi juftliklarida paydo
bo‘ladigan
kuchlar loyihalashtirilgan kuchdan
oshib ketadi, natijada
ko‘plab
buzilishlar (ekskavator tutqichlari, surish moslamasi,
arqonlar va boshqalar) sodir
bo‘ladi.
Respublikamizda hozirgi kunda
yo‘l
qurish va
qurilish ishlari jadal suratda olib borilmoqda.
Yo‘l
qurish va qurilish ishlarida turli hil
78
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
mashinalarda ish jarayonlari olib boriladi. Bu jarayonda asos
bo‘lib
hizmat qiladigan
tosh-tuproq qazish mashinalari,
ya’ni
ekskavatorlar alohida ahamiyatga ega. Bugungi
kunda ekskavatorlardan
yo‘l
qurish ishlaridan tashqari kon qazish, melioratsiya,
qurilish va shu kabi
ko‘plab
sohalarda keng foydalaniladi. Ularning detallarning
ishqalanishi va natijada yeyilishi ustida olib borgan nazariy va amaliy
tadqiqotlarining natijalari detallarning yeyilishiga qarshi kurash choralarini
belgilashda asos
bo‘lib
xizmat qiladi. Yeyilish
–
bu ishqalanish natijasida jism
o‘lchamlarini
sekin-asta
o‘zgarib
borish jarayoni
bo‘lib,
u ishqalanish yuzasidan
material zarrasini ajralib chiqishi va (yoki) qoldiq deformatsiya hosil
bo‘lishi
bilan
kechadi
(ГОСТ
27674-88). Yeyilish zanglash jarayoni bilan birga sodir
bo‘lishi
mumkin va u murakkab fizik-kimyoviy jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ham,
mamlakatimizda va chet elda, yeyilishni
o‘rganishga
bag‘ishlangan
keng qamrovli
tadqiqotlarning natijalari yoritilgan asarlar chop etilgan. Ishqalanish jufti detallarining
ikki tutash yuzalarini bir-biriga nisbatan harakatlanishi natijasida ularning yuza
qatlamida mexanik va molekular
o‘zaro
ta’sirlanish
sodir
bo‘ladi,
u
o‘z
navbatida
yuzalarning mikrohajmdagi materialini
ko‘chib
chiqishiga,
ya’ni
yeyilishiga olib
keladi. Mashina detallarining yeyilish jarayonida ishonchliligini hisoblash va
bashoratlash uchun, ularni
ma’lum
ish sharoitlarga mos, eng maqbul material tanlash
uchun,
o‘lchamlari
va konstruksiyasini tanlash uchun materiallarning yeyilish
jarayonining asosiy qonuniyatlarini bilish kerak
bo‘ladi.
Yeyilishda faqat detal
materialida yuzaga kelgan
o‘zgarishlar
darajasini miqdoran baholash orqaligina
yuqoridagi vazifani yechish mumkin. Bugungi kunda yeyilgan detallarni qayta
tiklashda uning
o‘lchamini
qayta tiklash bilan birga unga yangi jiddiyroq vazifalar
ham
qo‘yilmoqda.
Bular yangi
ma’no
va texnologik mazmunga ega
bo‘lib,
ta’mirlanayotgan
texnikalarning sifatini oshirish,
ta’mirlash
va ulardan foydalanish
harajatlarini kamaytirish kabi vazifalardan iborat asosiy muammoni yechishga
qaratilgan. Yeyilgan detallarni qayta tiklash, odatda, belgilangan dopusk doirasidagi
nominal
o‘lchamni
qayta tiklash maqsadida ularning ishchi yuzalariga material
qatlamini qoplash jarayonidan iborat
bo‘ladi.
Ushbu
o‘ziga
hoslik, detallarni qayta
tiklash vaqtida, ularning tez yeyiluvchi yuzalariga yeyilishga chidamliligi
o‘zining
avvalgi yuzasinikiga qaraganda
ko‘p
marta yuqori
bo‘lgan
material qatlamini qoplash
orqali, detalning fizik-mexanik va texnologik hos salarini ancha yaxshilash imkonini
beradi. Ammo, yeyilgan detallarni qayta tiklashda, ushbu
o‘ziga
hos likka yetarli
e’tibor
berilmayapti. Shuning uchun mavjud texnikalaridan foydalanish
samaradorligini oshirishda detallarining ishqalanuvchi yuzalarini yeyilishga
chidamliligini oshirish texnologiyalarini
o‘rganish
va ular asosida yangi
79
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
takomillashgan texnologiyani ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi
Xulosa
Ushbu ishda ishlab chiqilgan texnologiya detallarning yeyilgan tashqi ishchi
yuzalarini yeyilishga chidamliligini oshirish imkonini beradi. Bu esa respublikamiz
xalq
xo‘jaligi
oldida turgan muhim muammolardan biri
bo‘lgan
mashinalarning uzoq
muddat buzulmay ishlashini
ma’lum
darajada
ta’minlaydi.
Ta’mirlash
ishlarining
tannarxi va unga sarflanadigan mehnat, material, energiya resurslarining
o‘zaro
bir-
biriga
bog‘liqligini
hisobga olganda ularning yildan-yilga ortib borishi xalq
xo‘jaligi
uchun juda zararlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
.
1.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-
son
“2022
-2026 yillarga
mo‘ljallangan
Yangi
O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi
Farmoni.
2.
http://www.jonyang.com/enus/products/JY625Elvdaishiyeyawajueji.htm
3.
Tojiev U., Namozov X., Nafetdinov Sh., Umarov K.
O‘zbekiston
tuproqlari. Toshkent. 2004. 126-148 bet
4.
Kabashev R.A.
Повышение
эффективности
землеройных
машин
на
основе
совершенствования
системы
эксплуатации
и
конструкции
режущих
элементов.
Автореф.
дисс.
докт.техн.
наук.
M., 1987.
–
С.
38.
5.
Вайскранц
М.А.
Особенности
эксплуатации
землеройных
машин
в
Средней
Азии.
-
Фрунзе.
1973.
–
С.
161.
6.
Sh.U.Yo‘ldoshev.
Mashinalar ishonchliligi va
ta’mirlash
asoslari.
Toshkent.
“O‘zbekiston”
2006 yil.-12-14 b.
7.
Проников
А.С.
Параметрическая
надежность
машин.
–
Москва:
Изд
-
во
МГТУ
им.
Н.Э.
Баумана,
2002. - 560
с
8.
Qosimov K.Z. Mashina detallari resursini oshirishning ilmiy-texnologik
asoslari: Monografiya.- Andijon.- 2020.- 15 b.
