111
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MUNOJAT
YO‘LCHIYEVA
IJODIY FAOLIYATI VA UNING
O‘ZBEK
MAQOM
SAN’ATIDAGI
O‘RNI
Toshboyeva Madina
Yunus Rajabiy nomidagi
O‘zbek
milliy musiqa
san’ati
instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
O‘zbekiston
xalq artisti,
O‘zbekiston
Qahramoni
Munojat
Yo‘lchiyevaning
hayoti, ijodi, ustoz-shogirdlik
an’anasi
asosidagi
san’at
yo‘li,
pedagogik faoliyati, bastakorlik asarlaridagi roli va xalqaro miqyosdagi
faoliyati haqida
so‘z
yuritiladi.
Kalit
so‘zlar:
Munojat Y
o‘
lchiyeva, maqom, ustoz Shavkat Mirzayev, maqom
ijrochiligi,
an’anaviy
musiqa,
O‘zbek
xonandaligi.
Kirish:
O‘zbek
maqom
san’ati
Sharq musiqa madaniyatida yetakchi
o‘rinni
egallagan murakkab va yuksak
san’at
yo‘nalishidir.
Bu sohaning davomchilari va
tar
g‘
ibotchilari orasida
O‘zbekiston
Qahramoni, xalq artisti, professor Munojat
Yo‘lchiyeva
alohida
o‘rin
egallaydi. Uning hayoti va ijodi nafaqat milliy, balki
xalqaro miqyosda
e’tirof
etilgan. Ushbu maqolada Munojat
Yo‘lchiyevaning
san’at
yo‘li,
ijodiy merosi va uning
o‘zbek
musiqa madaniyatiga
qo‘shgan
ulkan hissasi
tahlil etiladi.
Asosiy qism:
Munojat
Yo‘lchiyeva
1960-yil 26-noyabrda Andijon viloyatining
Buloqboshi tumanida tu
g‘
ilgan. Otasi Abduvali
Yo‘lchiyev
hamda volidalari
Muborakxon
Yo‘lchiyeva
oilasida ul
g‘
aygan 8 farzandning uchinchisi Munojatxon
edi. Aynan oilaviy muhit Munojatxon va boshqa farzandlarda ham
san’atga
bo‘lgan
cheksiz muhabbatni shakllantirgan edi. Onalari xirgoyi qiladigan xalq
qo‘shiqlari,
ashulalar ularning qulo
g‘
iga singib ul
g‘
ayishdi. Munojatxon Shirmonbuloq
qishlo
g‘
idagi
O‘rta
maktabda
o‘qigan.
Yosh Munojatxonning
iste’dodini
ustozi
Maxfirat aya
(O‘sha
vaqtlarda maktabda ayol
O‘qituvchilarga
“aya”,
erkak
O‘qituvchilarga
“domla”
deb murojaat qilinar edi) sezgan edi. Munojatxonning
ashulachilik borasida
iste’dodini
nafaqat maktab jamoasi, balki butun Shirmonbuloq
ahli bilishardi. U oilaviy muhit sabab bolaligidan
san’atga
qiziqdi.
O‘quvchilik
davrida maktabda
o‘tkaziladigan
turli tadbirlarda faol
bo‘lishga
intilib, ashula va raqs
to‘garaklariga
qatnadi. U ustoz xonanda, 1987-yili hind va urdu tillari
bo‘yicha
mutaxassis Hurmatillo
Bo‘riyevga
turmushga chiqqan. Ularning Muzaffar va Shuhrat
ismli farzandlari bor. Hozirda Munojat
Yo‘lchiyeva
oilasida talabchan ona, mehribon
qaynona hamda shirindan shakar nabiralarining mehribon buvijonisi hamdir.
112
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
San’atga
bo‘lgan
muhabbat unga bolalikdanoq oilaviy muhitda singdirilgan. U
maktabda
O‘qib
yurgan kezlaridayoq xalq
qo‘shiqlariga
qiziqib, maktab tadbirlarida
faol qatnashgan. 1980-yilda
“Nazm
va
navo”
ko‘rsatuvida
“Munojot”
va
“Ushshoq”
ashulalarini ijro etib, el nazariga tushadi. Aynan shu chiqishi orqali u Toshkentdagi
maqom ansambliga taklif etiladi.
Munojat
Yo‘lchiyevaning
san’atdagi
parvozi ustoz Shavkat Mirzayev bilan
bo
g‘
liq. Mirzayev uning ovoz salohiyatini
to‘g֥‘
ri baholab, uni maqom xonandaligiga
tayyorlaydi. Ustoz-shogird munosabatlari
an’anaviy
og‘zaki
ta’lim
asosida rivojlanib,
Munojat
Yo‘lchiyeva
maqom ijrochiligida yuksak
cho‘qqilarga
erishadi. Shavkat
Mirzayev unga faqat ijro mahoratini emas, balki
san’atda
sabr, fidoyilik va estetikani
ham
o‘rgatgan.
Munojat
Yo‘lchiyeva
ustozining yordami bilan butun dunyoga
mashhur maqom xonandasiga aylandi. Munojat
Yo‘lchiyevaning
ijodi
an’anaviy
maqom
san’atining
eng nafis qirralarini
o‘zida
mujassam etadi. U
O‘zbek
xalq
qo‘shiqlari,
katta ashulalar, maqom
yo‘llarini
o‘zbekona
noziklik bilan kuylaydi.
Munojot
Yo‘lchiyeva
Fransiya, Germaniya, Angliya kabi davlatlarda konsertlar
bergan va maqom
san’atini
xalqaro miqyosda tar
g‘
ib etgan. 1997-yilda
“Sharq
taronalari”
festivalining
g‘
olibi
bo‘lgan.
U
o‘zining
pedagogik faoliyatini ham 1989-
yildan boshlab Toshkent davlat konservatoriyasida olib borgan. Bugungi kunda
yuzlab shogirdlari turli
san’at
maktablarida faoliyat yuritmoqda.
Munojat
Yo‘lchiyeva
ijodida bastakorlik asarlari ahamiyati
Munojat
Yo‘lchiyeva
ijro etgan bastakorlik asarlari orasida
“Ashraqat”,
“Dashti
navo”,
“Aylading”,
“Nihon
etdi”
kabi mashhur kuylar bor.
“Ashraqat”
asari Alisher
Navoiy
g‘
azali asosida,
“Dashti
navo”
esa Gadoiy
g‘
azali bilan Shavkat Mirzayev
tomonidan yaratilgan. Xonanda ushbu asarlarni sol minor tonallikda, talqin uslubida
mahorat bilan ijro etgan. Har bir asarda asarning ruhiyatini
to‘liq
yetkazish,
musiqaning mohiyatini chuqur tushunish Munojat
Yo‘lchiyeva
ijrochiligining muhim
jihatlaridandir. Uning ijrosidagi har bir kuy
o‘zining
ichki mazmuni, ohangdorligi
bilan tinglovchini
o‘ziga
tortadi.
Ashulalarning har birini
o‘z
yaralish tarixi bor. Bu borada ustozimiz shunday
degan edi:
“Qo‘shiqlarimning
hammasini sevaman. Chunki
o‘zim
tanlab
kuylaganman. Ayniqsa, Muhammadjon Mirzayev kuyi, Akmal
Po‘lat
she’ri
bilan
aytiladigan
“Mehnat
ahli”
(Bu
qo‘shiqni
bir paytlar mashhur ustoz-xonanda Halima
Nosirovadek kuylashni orzu qilganman), yana shu bastakor ustozimiz musiqalari,
Uvaysiy
g‘azali
bilan ijro etiladigan
“Nihon
etdi”,
Huvaydo
g‘azali
bilan aytiladigan
“Aylading”
hamda Xalq ashulalaridan
“Talqini
Ushshoq”,
“Bayoti
Sheroziy
Talqinchasi”
“Izlayman”,
“Girya”larni
kuylaganimda
o‘zimni
sahnada emas, goh
113
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
mehnat ahli ichida, goh ishq va vafo
bog‘ida,
goh
ko‘rkam
chamanda yurgandek his
etaman”.
Har birlarining yaratilishi ham, ijro etilishi ham olam-olam tarixga ega.
Ustozimizning Munojat
Yo‘lchiyeva
ovoziga, ijrosiga asoslanib yaratgan
musiqiy asarlaridan yana biri bu
“Dashti
navo”
ashulasidir. Ustoz Shavkat Mirzayev
“Dashti
Navo”ni
Xorazm surnay
cholg‘u
yo‘llari
tarkibidagi asarlardan birining
ma’lum
bir kuy jumlasidan foydalanib ijod qilagan va unga Gadoiy
g‘azalini
bog‘lab,
biz bilgan
“Dashti
Navo”
holiga keltirgan. Buning uchun esa bastakordan
o‘ta
nozik
did, qolaversa musiqiy bilim ham talab etiladi.
O‘zbek
mumtoz musiqasi ulkan
dengiz kabi keng va serjilodir. Undagi
go‘zal
ohanglar, diltortar navolar kishi qalbini
ezgu hislarga
to‘ldiradi,
tinglovchini beixtiyor
o‘ziga
tortadi. Ana shunday
navolardan biri
bo‘lgan
“Dasti
Navo”
ashulasi haqida izlanganimda tarixi haqida
topganlarim bilan
bo‘lishmoqchiman:
“Rivoyat
qilishlaricha Buxoro shahrining qoq markazidan katta karvon
“Ipak
yo‘li”
bo‘ylab
yo‘lga
tushadi. Karvonda Buxoroning eng mashhur boy va badavlat
savdogarlari jamlangan edi. Ular uzoq va mashaqqatli
yo‘lni
yaqin qilish, birday
dashtdan xushkayfiyat bilan
o‘tib
olish maqsadida
o‘zlari
bilan birga
o‘sha
davrning
mashhur sozandasini hamroh qilib oladilar. Sozandaning
ko‘zlari
ojiz
bo‘lib,
nay va
surnay chalishni
o‘ziga
kasb qilib olgandi. Sozandaning yana bir
iste’dodi
shundan
iborat ekanki, u qaysi manzilda, qaysi vaziyatda, qaysi hollarda, qanaqa davrada
bo‘lmasin
o‘sha
muhitga moslashtirib dilnavo ohang bastalab, olqishlar olar ekan.
Ittifoqo, katta karvon dashtning qoq
o‘rrasiga
kelib qoladi. Karvonboshi shuyerda
tuyalarga dam bermoqchi,
o‘zlari
ham tamaddi qilishni raklif qiladi. Savdogarlar
darrov yaxshi joyni axtarib, chodir quradilar, dasturxon yozib
o‘zlari
bilan birga olib
kelgan yeguliklarni
qo‘yadilar.
Choy ichib
bo‘lishgach,
karvonboshi sozandadan kuy
114
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
chalib berishni ilimos qiladi. Sozanda
qo‘ynidan
baxmal duxobaga
o‘ralgan
qamish
nayni ehtiyorkorlik bilan olib, uning teshiklariga suv quyadi,
ho‘llatib,
so‘ng
chaladi.
Naydan sehrli
nag‘ma
taralib butun borliq sukunatga tobe
bo‘ladi.
Bir shoir
sozandaning mahoratini quyidagicha rasvirlaydi:
Agar chun
nag‘masini
aylasa soz,
Sadodek tosh-u qumdan
chiqg‘ay
ovoz.
Mayin va latofatli kuy butun dasht uzra taralar, sehrli kuy jozibasidan nafaqat
inson, balki dashtni makon qilib olgan jami jonzotlar ham orom va zavq olishadi.
Sozandani qurshab olgan savdogarlar hozirgina ijro erilgan bu dilrabo kuyni hech
qachon eshitmagan edilar. Chunki ijro erilgan kuy
o‘zining
ohangdorligi,
xushnavoligi, serjiloligi, yurakni
o‘rtovchi
o‘ynoqiligi
bilan barchani maftun etib
qo‘ygandi.
Savdogarlar har doimgidek safar asnosida aynan ana shu joyga kelib
qo‘nganlarida
shu kuy ijro etilardi. Bora-bora savdogarlar ushbu jozibali kuyni
“Dashti
navo”
deb nomlaydilar. Shu-shu asrlar osha, yillar osha bu kuy zamonasining
bastakorlari, mohir sozandalari tomonidan yanada sayqal topib mukammal holga
kelib bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Buxoro amiri saroyida Ota Jalol Nosirov rahbarligida faoliyat
ko‘rsatgan
“Shashmaqom”
ansambli sozanda, xonanda va bastakorlari Shashmaqomni yaxlit bir
turkumga keltirayotgan bir paytda
“Dashti
Navo”
kuyini ham
e’tibordan
chetda
qoldirmaydilar. Bu dilrabo kuy Shashmaqomning Navo maqomi tarkibidan joy oldi.
Kuyga Qoriy
g‘azali
solinib, yangi maqom asari vujudga keltirilgan. Keyinchalik
O‘zbekistonda
xizmat
ko‘rsatgan
artist Shavkat Mirzayev
“Dashti
Navo”ga
Gadoiy
g‘azalini
moslashtirib yangi variantini yaratishga muvaffaq
bo‘ldi.
“Dashti
navo”ning
buyangi variantini
O‘zbekiston
xalq artisti Munojat
Yo‘lchiyeva
esa mahorat bilan
ijro etib kelmoqda. 1982-yilda ustoz xonanda
Is’hoq
Kattayev va Shavkat Mirzayev
hamda Munojat
Yo‘lchiyevadan
ruxsat
so‘rab,
“Dashti
Navo”
ashulasini ijro qilgan.
Har bir xonanda
o‘z
ijro
yo‘liga
ega. Ushbu ashula
Is’hoq
Kattayev ijrosida
o‘zgacha
talqin etiladi.
Is’hoq
Kattayev ijrosidan farqli
o‘laroq
Munojat
Yo‘lchiyevaning
“Dashti
Navo”si
Shavkat Mirzayevning nozik did va mohirona bastakorlik
hissiyotlarini namoyon qilgan.
Munojat
Yo‘lchiyeva
nafaqat ijrochi, balki mohir pedagog hamdir. U bir necha
yillardan buyon konservatoriyada talabalarga dars berib, ustozlik
an’analarini
davom
ettirib kelmoqda. Ustoz xonanda hozirda Yunus Rajabiy nomidagi
O‘zbek
milliy
musiqa
san’ati
institutining professori sifatida faoliyat yuritadi. Ustozning shogirdlari
orasida respublika va xalqaro mukofot sohiblari bor. 2022-yilda uning nomidagi
115
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
stipendiya
ta’sis
etildi. 2024-yildan boshlab u Oliy Majlis Senatining
a’zosi
sifatida
ham faoliyat yuritmoqda.
Yutuqlar va
e’tiroflar
Xonanda Munojat
Yo‘lchiyeva
o‘z
ijodiy faoliyati
davomida
ko‘plab
mukofot va unvonlarga sazovor
bo‘lgan
:•
1990-yil
—
“O‘zbekistonda
xizmat
ko‘rsatgan
artist”
unvoni
;•
1994-yil
—
“O‘zbekiston
xalq
artisti”
unvoni;
•
1998-yil
—
“El
-yurt
hurmati”
ordeni;
•
2004-yil
—
“Fidokorona
xizmatlari
uchun”
ordeni;
•
2011-yil
—
“Buyuk
xizmatlari
uchun”
ordeni;
•
2019-yil
—
“Mehnat
shuhrati”
ordeni;
•
2021-yil
—
“O‘zbekiston
Qahramoni”
unvoni;
•
2024-yil
—
“Tojikiston
xalq
hofizi”
faxriy unvoni.
Bu mukofotlar uning maqom
san’atiga
qo‘shgan
ulkan hissasining
e’tirofidir.
Xulosa
Munojat
Yo‘lchiyeva
—
O‘zbek
maqom
san’atining
yorqin vakili, xalqaro
miqyosda tan olingan
san’atkor,
fidoyi ustoz va chinakam inson. Uning
san’atga
bo‘lgan
muhabbati, ustozlariga sadoqati, shogirdlarga mehr-muhabbati, milliy
merosga fidokorona xizmatlari
—
barchasi uni el-yurt hurmatiga sazovor qildi.
Ustozining tayyorlagan har bir kuyini qalbidan
o‘tkazib
ijro etgani, maqomga chuqur
mehr bilan yondashgani uni buyuk shaxsiyatga aylantirdi. Munojat
Yo‘lchiyeva
–
bugungi va kelajak avlodlar uchun ibrat namunasi, maqom
san’atining
buyuk elchisi
sifatida
o‘zbek
musiqa tarixida abadiy qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Ulasheva M. Munojat
Yo‘lchiyeva.
Monografiya. T., 2024
2.
Rajabov I. Maqomlar. T.:
San’at
nashriyoti, 2006.
3.
JOURNAL
OF
NEW
CENTURY
INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume
–
21_Issue-1_January_2023
4.
Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir. T.:1963
5.
O.Matyoqubov
“Maqomot”
Monografiya T., 2004 y
6.
“Hurriyat”
gazetasi. 2009. 01.14.
7.
“Ma’rifat”
gazetasi. 17.11.2001-yil.
8.
O.Matyoqubov
“Dodekagramma”.T.,
2005
116
Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
9.
Qosimova-Isroilova H.
An’anaviy
hofizlik
san’ati
(Yakkaxon
qo‘shiqchilik).
T., 2007
10.
11.
http.//gulobodtongi.uz/madaniyat/dashti-navo-tarixi
12.
R.Usmonova.
“Toshkent
haqiqati”gazetasi.
