Авторы

  • Гульирухсор Абдумуродова

Биография автора

  • Гульирухсор Абдумуродова
    Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi yo‘nalishi magistratura talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.127410

Аннотация

ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning muomala layoqati tushunchasi, uning toifalari va emansipatsiya holatlari o‘rganiladi. Shuningdek, kichik yoshdagi bolalar va o‘smirlar muomala layoqati darajasidan kelib chiqib, qanday bitimlar tuzishi mumkinligi tahlil etiladi. Yakunda voyaga yetmaganlar muomala layoqati bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berilgan bo‘lib, ular voyaga yetmaganlarning muomala layoqati asosida mulkiy manfaatlari muhofazasini yanada kuchaytirishga yordam beradi.


background image

33

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

VOYAGA YETMAGANLARNING MULK HUQUQI SUBYEKTI SIFATIDA

MUOMALA LAYOQATI

Abdumurodova Guliruxsor Abdumalik qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Biznes huquqi

yo‘nalishi

magistratura talabasi

Annotatsiya:

ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning muomala layoqati

tushunchasi, uning toifalari va emansipatsiya holatlari o‘rganiladi. Shuningdek,

kichik

yoshdagi bolalar va o‘smirlar muomala layoqati darajasidan kelib chiqib,

qanday bitimlar tuzishi mumkinligi tahlil etiladi. Yakunda voyaga yetmaganlar

muomala layoqati bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va
tavsiyalar berilgan bo‘lib, ular voyaga yetmaganlarning muomala layoqati asosida

mulkiy manfaatlari muhofazasini yanada kuchaytirishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar:

voyaga yetmaganlar, muomala layoqati, mayda maishiy bitim,

hadya, mehnat shartnomasi, emansipatsiya.


Fuqarolarning mulkiy munosabatlarda ishtirok etishi va huquqlarini amalga

oshirishining zaruriy shartlari

huquq va muomala layoqatining mavjudligidir.

Muomala layoqati

fuqarolarning

o‘z

harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga

ega

bo‘lish

va ularni amalga oshirish,

o‘zi

uchun fuqarolik burchlarini vujudga

keltirish va ularni bajarish layoqatidir. Bu Fuqarolik kodeksi 22-moddasida
belgilangan.

Muomala layoqatining huquq layoqatidan farqi shundaki, barcha fuqarolar

huquq layoqatiga ega

bo‘ladi,

ammo hammasi ham muomala layoqatiga ega

bo‘lmasligi

mumkin. Muomala layoqatiga ega

bo‘lishning

asosiy sharti shundaki,

muomala layoqatiga ega

bo‘lgan

fuqarolar aqlirasolik bilan

o‘z

harakatlarining

oqibatlarini tushunib harakat qiladilar. Masalan, yangi

tug‘ilgan

chaqaloq

to‘liq

huquq layoqatiga ega

bo‘lsa

-da,

o‘z

harakatlari bilan birorta huquq va majburiyat ola

olmaydi.

“Fuqarolik

muomala

layoqati”

instituti sivilistlar tomonidan

o‘rganib

kelingan

va hozir ham atroflicha

o‘rganilmoqda.

Uni

ta’riflashda

turlicha yondashuvlar

mavjud

bo‘lib,

S. N. Bratus va E. A. Suxanovlar muomala layoqati mazmuniga

bitimlar tuzish, delikt layoqati, shuningdek, boshqa qonuniy harakatlarni amalga
oshirish qobiliyati kiradi,

6

deb hisoblagan

bo‘lsa,

Ya. R. Vebers

7

va yaponiyalik S.

6

Суханов Е.А. «Гражданское право. Том I. Общая часть». учебник. Москва: Статут, 2023, 130с.

7

Веберс Я.Р. Правосубъектность граждан в советском гражданском и семейном правею Рига, 1976. С.76


background image

34

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Vagatsuma

8

muomala layoqatini faqat qonuniy harakatlar

bitimlarni tuzish

qobiliyati bilangina

bog‘lagan.

L.G. Kuznetsova esa muomala layoqatini chuqur

tahlil etib, uning

to‘rtta

elementini ajratib

ko‘rsatgan:

huquqni egallash

bu

shaxsning

o‘z

harakatlari bilan huquq va majburiyatlarga ega

bo‘lish

qobiliyatini

nazarda tutadi;

huquqni amalga oshirish

fuqarolik huquqlarini mustaqil ravishda

amalga oshirish qobiliyati;

huquqni ijro etish

o‘z

harakatlari bilan fuqarolik

majburiyatlarini bajarish qobiliyati; va

delikt layoqati

o‘z

harakatlari uchun

javobgar

bo‘lish

qobiliyati hisoblanadi.

9

N. F. Imomov ham Bratus va Suxanovlar

fikrini

qo‘llab

-quvvatlab, muomala layoqatini bitim tuzish layoqati va delikt

layoqatidan iboratligini

ta’kidlaydi.

10

N. Ashurova esa muomala layoqatiga ega

bo‘lishni

turli xil yuridik harakatlarni

shaxsan amalga oshirish qobiliyatiga ega

bo‘lish:

shartnomalar tuzish,

ishonchnomalar berish, shuningdek, keltirilgan mulkiy zararlar, shartnoma va boshqa
majburiyatlar yuzasidan javobgar

bo‘lishlik

bilan izohlaydi.

11

Bular ham bitim tuzish

va delikt layoqati hisoblanadi.

T. A. Umarov muomala layoqati shaxsning

o‘z

xatti-harakatlari bilan fuqarolik

huquqlarini

qo‘lga

kiritishi va

o‘zi

uchun fuqarolik majburiyatlarini vujudga keltira

olishi,

12

deb

ta’riflagan

bo‘lsa,

I. B. Zokirov muomala layoqati yuridik harakatlar

qilish,

ya’ni

qonun

bo‘yicha,

ma’lum

huquqiy oqibatlar qilish (masalan, shartnomalar

tuzish, yetkazilgan zararni

to‘lash

va hokazolar) layoqatidir, deydi.

13

Huquqshunos olimlarning mazkur fikrlarini inobatga olib, quyidagi xulosaga

kelishimiz mumkin:

Muomala layoqati

fuqarolarning qonunda belgilangan huquqlarini

o‘z

harakatlari bilan mustaqil amalga oshirish, shuningdek, boshqa shaxslar bilan
shartnomaviy munosabatlarga kirishib,

o‘ziga

yangi huquq va majburiyatlar vujudga

keltirish, bajarish hamda ular uchun javobgar

bo‘lish

layoqatidir.

Fuqaroning yoshi va muomala layoqati

uning mulkiy huquqlarini

to‘liq

yoki

qisman amalga oshirish imkoniyatini belgilovchi asosiy mezonlardan hisoblanadi.

8

Вагацума С. Гражданское право Японии.

-

М.: 1983.

-

Б. 47.

9

Мусабаева Т.Ж. (2020). ГРАЖДАНСКАЯ ДЕЕСПОСОБНОСТЬ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ. Вестник

магистратуры, (1

-1 (100)), 77-79.

10

Фуқаролик ҳуқуқи. 2

-

қисм. Тошкент.Адолат,2007 Б.579

11

Ашурова Н.А. Вояга етмаганларнинг фуқаролик

-

ҳуқуқий муносабатлардаги иштироки. Юрид. фан. номз.

Дисс... Тошкент: 2008.

-

Б. 46

12

R.J. Ro’ziyev, V.R. Topildiyev, M.Sh. Choriyev.

Fuqarolik va oila huquqi. Darslik. -

Toshkent. O’zbekiston

Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. 2022.

78-bet.

13

Зокиров

И

.

Б

.

Ўзбекистон Республикаси фуқаролик

ҳуқуқи

.

Тошкент

:

ТДЮИ

, 2006. -262

б

.


background image

35

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Muomala layoqati fuqaro voyaga yetgach,

ya’ni

o‘n

sakkiz yoshga

to‘lgach

to‘la

hajmda vujudga keladi. Turli yurisdiksiyalarda bu yosh turlicha belgilangan.
Germaniya Fuqarolik kodeksi (BGB) 2-moddasida, Fransiya Fuqarolik kodeksi 388-
moddasida, Italiya Fuqarolik kodeksi 2-moddasida, Avstriya Fuqarolik kodeksi 21-
moddasida muomala layoqati 18 yoshga kirganda vujudga kelishi belgilangan

bo‘lsa,

Yaponiya Fuqarolik kodeksi 4-moddasi

balog‘at

yoshi sifatida 20 yoshni, AQSHning

Alabama shtati Fuqarolik kodeksi 26-moddasi esa 19 yoshni belgilagan.

Fuqarolarning muomala layoqati quyidagi guruhlarga

bo‘lib

o‘rganiladi:

to‘liq

muomalaga layoqatsizlik (6 yoshgacha

bo‘lgan

bolalar, sud tomonidan

ruhiy kasal va aqli zaif deb topilganlar);

qisman muomalaga layoqatlilik (6-14 yoshli hamda 14-18 yoshli voyaga

yetmaganlar);

muomala layoqati cheklanganlik;

to‘liq

muomalaga layoqatlilik (aqli raso 18 yoshdan oshgan hamda

emansipatsiya holati

qo‘llanilganlar

va 18 yoshga yetmasdan nikoh munosabatlariga

kirishgan fuqarolar).

Fuqarolarning muomala layoqatini guruhlarga

bo‘lishdan

maqsad shuki, bola

qanchalik katta

bo‘lsa,

uning

o‘ylab

ish qilish va

o‘z

harakatlarini anglash qobiliyati

shunchalik yuqori

bo‘ladi.

Yosh

ulg‘ayishi

bilan bola ruhiy yetuklikka va aqliy

salohiyatga

to‘ladi,

huquqiy nuqtai nazardan olib qaralsa, uning bitim tuzish va

huquqbuzarlikka javobgarlik doirasi (delikt layoqati) kengayib boradi.

Mazkur guruhlardan

ma’lumki,

voyaga yetmaganlar qisman muomalaga

layoqatli hisoblanadi. Fuqarolik qonunchiligi voyaga yetmaganlarni ikki yosh
guruhiga

bo‘lib,

ularning har biriga turli hajmdagi muomala layoqatini beradi. H.

Rahmonqulov ham ushbu fikrni

qo‘llagan

holda voyaga yetmaganlarni quyidagi ikki

toifaga

bo‘lgan.

14

Birinchi guruh

14 yoshgacha

bo‘lgan

shaxslar (kichik

yoshdagilar), ikkinchisi

14 yoshdan 18 yoshgacha

bo‘lgan

shaxslar (voyaga

yetmaganlar). Amaldagi qonunchilik kichik yoshdagi bolalarning muomala layoqatini
faqat 6 yoshga

to‘lgandan

so‘ng

amalga oshirishni nazarda tutadi. Shunday qilib, 6

yoshgacha

bo‘lgan

bolalar yuridik ahamiyatga ega

bo‘lgan

harakatlarni amalga oshira

olmaydilar, demak, ular muomalaga layoqatsizdirlar. Biroq, Germaniya va bir nechta
Yevropa davlatlarida kichik yoshdagi bolalarning muomala layoqati 7 yoshga

to‘lgandan

boshlanadi.

14

Раҳмонқулов

Ҳ

.

Р

.

Фуқаролик

ҳуқуқининг

субъектлари

.

Тошкент

: O

zbekiston, 2008. -19

б

.


background image

36

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Har bir toifaga alohida

to‘xtaladigan

bo‘lsak,

Fuqarolik kodeksi 29-moddasiga

muvofiq, olti yoshdan

o‘n

to‘rt

yoshgacha

bo‘lgan

kichik yoshdagi bolalar qisman

muomalaga layoqatliligidan kelib chiqib, quyidagi bitimlarni mustaqil ravishda
amalga oshirishga haqlidirlar:

1) mayda maishiy bitimlar;
2) tekin manfaat

ko‘rishga

qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat

ro‘yxatidan

o‘tkazishni

talab qilmaydigan bitimlar;

3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan

maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan

mablag‘larni

tasarruf etish borasidagi

bitimlar.

Kichik yoshdagi bolaning bitimlari, shu jumladan,

o‘zi

mustaqil ravishda tuzgan

bitimlari

bo‘yicha

uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiy, agar ular

majburiyatning buzilishida

o‘zlarining

ayblari

yo‘qligini

isbotlay olmasalar, mulkiy

javobgar

bo‘ladilar.

Ushbu shaxslar qonunga muvofiq kichik yoshdagi bolalar

yetkazgan zarar uchun javobgar

bo‘ladilar.

15

Olti yoshdan

o‘n

to‘rt

yoshgacha

bo‘lgan

kichik yoshdagi bolalarning

muomalaga layoqatliligi xususida yuridik adabiyotlarda turli fikrlar mavjud.

Ko‘pchilik

mualliflarning ta

kidlashicha,

o‘n

to‘rt

yoshgacha

bo‘lgan

voyaga

yetmagan bolalar muomala layoqatiga ega emas, ular tor doirada bitimlar tuzish
huquqiga ega

bo‘lsalar

-da, yetkazilgan zararni qoplash, ya

ni delikt qobiliyatiga ega

emas.

16

Boshqa mualliflarning fikricha,

o‘n

to‘rt

yoshgacha

bo‘lgan

bolalar delikt

qobiliyatiga ega

bo‘lmasalar

-da, qonunda nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish

qobiliyatiga ega va shunday ekan, ular ma

lum darajada muomala layoqatiga ham

ega.

“Voyaga

yetmaganlar muomala

layoqati”

kategoriyasini

o‘rganish

bilan

shug‘ullanuvchi

deyarli barcha tadqiqotchilar mayda maishiy bitim deganda nimani

tushunish kerak, degan savolni

o‘z

oldiga

qo‘yadilar.

O‘zbekiston

Respublikasi

Fuqarolik kodeksida mayda maishiy bitim tushunchasi keltirilmagan, buni amalga
oshirish qiyin, chunki bir qator omillarni hisobga olish zarur: bola yashayotgan
oilaning moddiy ahvoli, bitim predmeti, uning maqsadi, ashyoning qiymati va
boshqalar.

Borisovning fikricha, fuqaroning shaxsiy va oddiy ehtiyojlarini qondirish

maqsadida naqd pul evaziga kichik summaga tuziladigan bitimni mayda maishiy

15

21.12.1995. O

zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 29-moddasi.

https://lex.uz/docs/-111189

16

Братусь С.Н. Субъекты гражданского права. –

М.: 1950. –

С.68


background image

37

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bitim deb hisoblash mumkin.

17

Masalan, oziq-ovqat,

o‘quv

qurollarini sotib olish,

maktab oshxonasida tushlik, shahar transportida

yo‘l

haqini

to‘lash

va boshqalar. Har

bir muayyan holatda tuzilgan bitim mayda maishiy buyumlar toifasiga kirishini
aniqlashda ushbu bitimni tuzgan shaxs oilasining turmush darajasi e

tiborga olinishi

lozim. O.V. Kirichenko fikriga

ko‘ra,

voyaga yetmagan shaxsning odatdagi

ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bitimlarni maishiy bitimlar deb hisoblash
mumkin.

18

Ular

o‘z

xususiyatiga

ko‘ra

voyaga yetmagan shaxsning yoshiga mos

kelishi lozim. Huquqiy adabiyotlarda

ko‘pincha

mayda maishiy bitimning uchta

asosiy mezonini ajratish zarurligi haqida fikr bildiriladi: qiymat, mohiyat va yosh.
Shunga muvofiq, O.V. Kirichenko ta

kidlaganidek, mazkur bitim uchta asosiy

belgiga ega: bitimning past (ahamiyatsiz darajada) narxi; bitimning maishiy
xususiyati (kundalik ehtiyoj); bitimning past narxi va mohiyatining muayyan voyaga
yetmagan shaxsning yoshi hamda rivojlanish xususiyatlariga muvofiqligi.

N. Ashurova esa kichik yoshdagi bolalar mustaqil tuza oladigan mayda maishiy

bitim deganda, bola yoki uning oila

a’zolarining

odatdagi, har kungi ehtiyojini

qondirishga qaratilgan, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidagi
bahodan ortiq

bo‘lmagan,

tuzilishi bilan ijro etiladigan bitim tushunilishini

ta’kidlaydi.

19

Shu

o‘rinda,

ko‘pchilik

davlatlar qonunchiligiga nazar tashlasak, mayda maishiy

bitimga huquqiy jihatdan

ta’rif

berilganini

ko‘rishimiz

mumkin. Ukraina Fuqarolik

kodeksi 31-moddasi 2-qismi bilan

“Agar

bitim shaxsning maishiy ehtiyojlarini

qondirsa, uning jismoniy,

ma’naviy

yoki ijtimoiy rivojlanishiga mos kelsa va past

qiymatli narsaga taalluqli

bo‘lsa,

u mayda maishiy bitim

hisoblanadi”

deb

20

, mayda

maishiy bitim tushunchasiga

ta’rif

berib

o‘tgan.

Qozog‘iston

Respublikasi Fuqarolik

kodeksi 23-moddasi 2-qismida

“O‘n

to‘rt

yoshgacha

bo‘lgan

voyaga yetmaganlar

(kichik yoshdagi bolalar) faqat

o‘z

yoshlariga mos keladigan va bajarilishi bilan bir

vaqtda amalga oshiriladigan mayda maishiy bitimlarni mustaqil ravishda tuzishga

haqli

21

deb belgilab

qo‘yilgan.

Yaponiya Fuqarolik kodeksi 9-moddasida mayda

maishiy bitim tushunchasi aniq keltirilmagan

bo‘lsa

-da, vasiylik ostidagi

o‘smir

17

Борисов В.В. Вопросы квалификации сделок, совершаемых несовершеннолетними гражданами и проблемы

применения норм об их недействительности https://justicemaker.ru/view

-article.php?id=4&art=1713

18

Кириченко О.В. К вопросу о юридической природе мелкой бытовой сделки [Электронный ресурс] / О. В.

Кириченко

//

Консультант

Плюс:

справочно

-

правовая

система.

URL:http://www.consultant.ru/cons/cgi/online.cgi?req= doc&base=CJI&n=88168# 0296684925892027, требуется
авторизация. –

Загл. с экрана (дата обращения : 01.06.2025).

19

Ашурова Н.А. Вояга етмаганларнинг фуқаролик

-

ҳуқуқий муносабатлардаги иштироки. Юрид. фан. номз.

Дисс... Автореферати. Тошкент

: 2008 -

11 б.

20

Цивільний кодекс України Стаття 31.

https://uristy.ua/laws/civilnij-kodeks-ukraini/glava-4-statta-31

21

Гражданский кодекс Республики Казахстан Статья 23.

https://adilet.zan.kz/rus/docs/K940001000_


background image

38

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

shaxs tomonidan amalga oshirilgan yuridik harakat bekor qilinishi mumkinligi, biroq,
bu kundalik zaruriy narsalarni xarid qilishga yoki kundalik hayot bilan

bog‘liq

boshqa harakatlarga nisbatan

qo‘llanilmasligini

ta’kidlaydi.

22

Bu normalar

o‘z

navbatida, yuqorida keltirilgan huquqshunos olimlarning fikrini tasdiqlab, mayda
maishiy bitim kundalik ehtiyoj bilan

bog‘liq

bo‘lishi,

bitimning qiymati voyaga

yetmaganning yoshiga mos darajada past

bo‘lishi

hamda tuzilishi bilan bir vaqtda

bajarilishi kerakligini nazarda tutadi.

Demak, mayda maishiy bitimlar voyaga yetmagan shaxsning yoshiga mos

bo‘lishi,

kundalik

iste’mol

uchun talab etiladigan tovar

bo‘lishi

va albatta, uning

narxi past

bo‘lishi

kerak. Bulardan kelib chiqib, mayda maishiy bitimga quyidagicha

ta’rif

berishimiz mumkin:

Mayda maishiy bitim

fuqarolarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirishga

qaratilgan, summasi yuqori

bo‘lmagan

va tuzilishi bilan ijro etilagan bitim.

Kichik yoshdagi bolalar mustaqil tuzishi mumkin

bo‘lgan

bitimlar orasida tekin

manfaat

ko‘rishga

qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat

ro‘yxatidan

o‘tkazishni

talab qilmaydigan bitimlar ham keltirilgan. Bu hadya shartnomasi hisoblanadi.

O‘zbekiston

Respublikasi Fuqarolik kodeksi 502-moddasi 1-qismida hadya

shartnomasiga huquqiy jihatdan

ta’rif

berilgan

bo‘lib,

unga

ko‘ra,

hadya

shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga
ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga

o‘ziga

yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini
oladi, yoxud uni

o‘zi

yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi

yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.

23

Mazkur norma ham hadya asosida mulk

tekin topshirilishini,

ya’ni

hadya qiluvchining tasarrufida

bo‘lgan

ashyo hadya

oluvchiga mol-mulk qilib

o‘tkazib

berilishini nazarda tutadi. Qonunchilikda hadya

shartnomasi taraflari sifatida hadya qiluvchi va hadya oluvchiga talab belgilanmagan.
Biroq, sivilistlar hadya shartnomasi fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma

bo‘lgani

bois, hadya qiluvchi va hadya oluvchi muomala layoqatiga ega

bo‘lishi

lozim, deb hisoblaydi.

24

Aslida voyaga yetmagan hadya oluvchi

bo‘lganida

hech

qanday muamosiz hadyani qabul qilishi mumkin, biroq, sivilistlar yosh bola biron-
bir, hatto, arzimas

sovg‘a

olsa ham bunga

o‘zining

roziligini bildirish imkoniyatiga

ega

bo‘lishi

kerakligini

ta’kidlaydi.

Voyaga yetmagan hadya qiluvchi pozitsiyasida

22

Civil

Code

of

Japan

Act

No.

89

of

1896

Article

9.

https://www.japaneselawtranslation.go.jp/en/laws/view/3494/en#je_pt1ch2sc3at4

23

29.08.1996. O

zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 502-moddasi.

https://lex.uz/docs/-180552

24

Fuqarolik huquqi. Q.II/M. Abdusalomov, X. Azizov, B. Axmadjonov va boshq., O

zbekiston Respublikasi Adliya

vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent: Adolat, 2007. 110-bet


background image

39

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bo‘lganida

vaziyat ancha

o‘zgaradi.

Sababi u

o‘ziga

tegishli

bo‘lgan

mulkni boshqa

shaxsga tekinga beradi, bu holatda voyaga yetmagan shaxs

o‘z

harakatlarini

to‘liq

anglay olishi shart. Chunki bu bolaning mulkiy manfaatlariga zid

bo‘lishi

mumkin.

Yaponiya Fuqarolik kodeksi 13-moddasida vasiylikdagi shaxs hadya qilayotganida
vasiyning roziligini olishi kerakligi belgilanganligi hadya shartnomasiga jiddiy

e’tibor

qaratilib, hadya qiluvchi

bo‘lish

uchun

to‘liq

muomala layoqatiga yetish talab

etilishini bildiradi.

25

Shuningdek, Kanadaning Kvebek provinsiyasi Fuqarolik kodeksi

172-moddasida faqat emansipatsiya qilingan shaxs mol-mulkini

o‘z

imkoniyatiga

ko‘ra

hadya qilishi mumkinligini belgilaydi va bu norma ham

o‘z

navbatida, hadya

qiluvchi

to‘liq

muomala layoqatiga ega

bo‘lishi

kerakligini

ko‘rsatadi.

26

Bola

do‘stiga

ruchka yoki daftarini

sovg‘a

qilishi mumkin. Bu hech qanday

muammo

tug‘dirmaydi.

Sababi hadya bahosi bolaning yoshiga mos. Biroq, notarial

tasdiqlanishni va davlat

ro‘yxatidan

o‘tkazishni

talab etmaydigan katta miqdordagi

hadya shartnomalari ham mavjud. Masalan, 13 yoshli bola Apple kompaniyasiga
tegishli

bo‘lgan

so‘nggi

rusumdagi telefonni

o‘rtog‘iga

oddiy yozma shaklda

shartnoma tuzib, hadya qildi. Bu telefon taxminan 15 million

so‘m

turadi. Kimdir

uchun bu ahamiyatsiz miqdor

bo‘lsa,

kimningdir moliyaviy ahvoli uchun yetarlicha

katta summa hisoblanadi. Bu bitimning notarial tarzda tasdiqlanishi kerakligi
qonunchilikda belgilanmagan. Bu vaziyat ota-ona, vasiy va homiyni ularning roziligi
olinmagani uchun mazkur hadya shartnomasini haqiqiy emas deb topilish
imkoniyatidan mahrum etadi va

o‘z

navbatida, bolaning mulkiy manfaatlariga ziyon

yetkazadi.

Qozog‘iston

Respublikasi Fuqarolik kodeksi 22-23-moddalari tekinga

tuziladigan bitimni har ikkala toifadagi voyaga yetmaganlar uchun qonuniy vakillari
roziligisiz tuzishi mumkin

bo‘lgan

bitimlar safiga kiritmaydi. Buni Ukraina Fuqarolik

kodeksi 31-32-moddalarida ham kuzatish mumkin. Yuqorida keltirilgan fikrlar va
mazkur davlatlar qonunchilik tajribasidan kelib chiqib, voyaga yetmaganlar qonuniy
vakillarning ruxsatisiz hadya shartnomasi munosabatlariga kirganida hadyaning ular
yoshiga mos tarzda maksimal miqdori belgilanishi voyaga yetmaganlarning mulkiy
manfaatlarini himoya qilishga zamin yaratadi.

Voyaga yetmaganlarning ikkinchi guruhi

14 yoshdan 18 yoshgacha

bo‘lgan

bolalar. Fuqarolik qonunchiligiga

ko‘ra,

o‘n

to‘rt

yoshdan

o‘n

sakkiz yoshgacha

bo‘lgan

voyaga yetmaganlar

(o‘smirlar)

ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va

25

Civil Code of Japan

Act No. 89 of 1896

Article 13.

https://www.japaneselawtranslation.-

go.jp/en/laws/view/3494/en#je_pt1ch2sc3at4

26

ccq-1991 -

Civil Code of Québec, 172.

https://www.legisquebec.gouv.qc.ca/en/document/cs/ccq-1991


background image

40

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

homiylarining roziligisiz quyidagi harakatlarni, bitimlarni va huquqlarni mustaqil
ravishda amalga oshirishlari mumkin:

1)

o‘z

ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;

2) fan, adabiyot yoki san

at asarining, ixtironing yoxud

o‘z

intellektual

faoliyatining qonun bilan

qo‘riqlanadigan

boshqa natijasi muallifi huquqini amalga

oshirish;

3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar

qo‘yish

va ularni tasarruf

etish;

4) FKning 29-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan mayda maishiy bitimlarni

tuzish.

27

Ko‘rinib

turibdiki,

o‘n

to‘rt

yoshdan

o‘n

sakkiz yoshgacha

bo‘lgan

voyaga

yetmagan bolalarning muomala layoqati hajmi jihatidan olti yoshdan

o‘n

to‘rt

yoshgacha

bo‘lgan

kichik yoshdagi bolalarnikiga nisbatan ancha keng. Ular

o‘zlari

mustaqil ravishda yoki ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va homiylarining roziligi
bilan fuqarolik huquqlariga ega

bo‘lishlari,

o‘zlari

uchun majburiyat olishlari

mumkin. Bu yoshdagi

o‘smirlar

turli xil bitimlar tuzishlari, har xil faoliyatlar,

jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan ham

shug‘ullanishlari

mumkin. Bunday

bitimlarni tuzishda va boshqa harakatlarni amalga oshirishda ushbu yoshdagi
muomala layoqatiga yetmaganlar

o‘z

xohish-irodasini izhor etgan holda

o‘z

nomidan

ishtirok etadilar.

O‘n

to‘rt

yoshdan

o‘n

sakkiz yoshgacha

bo‘lgan

o‘smirlarning

qonuniy

vakillarining roziligidan

qat’iy

nazar

o‘z

ish haqi, stipendiyasi va boshqa

daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etishi, ularning mehnat munosabatlarida
ishtirok etishi bilan

bog‘liq.

Bunday yoshdagi

o‘smirlar

mehnat qonunchiligiga

muvofiq

ma’lum

sharoitda mehnat qilish huquqiga ega. Mehnat kodeksi 31-moddasi

o‘n

beshdan

o‘n

olti yoshgacha shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid

munosabatlar ularni mazkur yoshga

to‘lguniga

qadar ishga qabul qilishga ushbu

Kodeksga muvofiq

yo‘l

qo‘yiladigan

hollarda ota-onadan birining (ota-onaning

o‘rnini

bosuvchi shaxsning) dastlabki yozma roziligi mavjud

bo‘lganda

mehnat

shartnomasi asosida yuzaga kelishini belgilaydi.

28

Shunday ekan, ular mehnati uchun

to‘langan

ish haqini erkin tasarruf etish imkoniyatiga ega

bo‘lishlari

kerak.

Shuningdek, mazkur kodeks 118-moddasi 3-qismi

o‘n

beshga yoshga

to‘lmagan

shaxslar bilan ham madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye,

radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek

27

21.12.1995. O

zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 27-moddasi.

https://lex.uz/docs/-111189

28

28.10.2022. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 31

-moddasi

https://lex.uz/ru/docs/-6257288


background image

41

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

professional sportchilar bilan ota-onaning har ikkisining (ota-ona

o‘rnini

bosuvchi

shaxsning) roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan,

sog‘lig‘iga

va

ma’naviy

kamol topishiga ziyon yetkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro

etishda

(ko‘rgazmaga

qo‘yishda)

ishtirok etish uchun mehnat shartomasini tuzishga

yo‘l

qo‘yilishi

nazarda tutadi.

29

Garchi 14 yoshdan kichik

bo‘lgan

bolalar ham

mehnat shartnomasi asosidan ishlashi mumkin

bo‘lsa

-da, Fuqarolik kodeksi 29-

moddasiga asosan qonuniy vakillarining roziligisiz bu daromadini mustaqil tasarruf
eta olmaydi. Sababi 14 yoshdan 18 yoshgacha

bo‘lgan

voyaga yetmaganlar 14

yoshdan kichik

bo‘lgan

bolalarga nisbatan muomala layoqati hajmi kengroq, chunki

ular bu yoshdan

o‘z

harakatlarini, uning huquqiy oqibatlarini anglay boshlaydi. Shu

sababdan ham qonunchilik 14 yoshdan 18 yoshgacha

bo‘lgan

voyaga yetmaganlarga

o‘z

mehnat faoliyati natijasida topilgan daromadini mustaqil sarflash imkonini beradi.

Fuqarolik kodeksi 27-moddasiga asosan sudning yetarli asoslar mavjud

bo‘lganida

ota-onalar, farzandlikka oluvchilar yoki homiyning yoxud vasiylik va

homiylik organining iltimosnomasiga muvofiq

o‘n

to‘rt

yoshdan

o‘n

sakkiz

yoshgacha

bo‘lgan

voyaga yetmaganning

o‘z

ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa

daromadlarini mustaqil tasarruf etish huquqini cheklab

qo‘yishi

yoki bu huquqdan

mahrum qilishi mumkinligi mazkur voyaga yetmaganlarning

o‘z

mulkiy

manfaatlariga ziyon yetkazishini oldini oladi. Sababi ular hali

to‘liq

muomala

layoqatiga ega

bo‘lmagani

bois,

ba’zida

isrofgarchilik qilishi yoki boshqa harakatlar

bilan

o‘z

mol-mulkining kamayishiga sababchi

bo‘lishi

mumkin.

Yuqorida keltirilganidek, 14 yoshdan 18 yoshgacha

bo‘lgan

voyaga yetmaganlar

fan, adabiyot yoki san

at asari, ixtiro yoki

o‘z

intellektual faoliyatining qonun bilan

qo‘riqlanadigan

boshqa natijasi muallifi sifatidagi huquqlarini mustaqil ravishda

amalga oshiradilar. E. P. Gavrilov ta

kidlaganidek, mualliflik asarlariga nisbatan

hsaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq shuni anglatadiki, 14 yoshga

to‘lgach

voyaga

yetmagan shaxs

o‘z

ismini

ko‘rsatish

usulini (asl ismi, taxallusi yoki anonim tarzda)

o‘zi

tanlaydi, asarning daxlsizligi va uni e

lon qilish huquqiga oid masalalarni

mustaqil hal etadi,

o‘zining

mutlaq huquqini tasarruf etish

bo‘yicha

har qanday

shartnomalarni tuzadi, bunday shartnomalar asosida tegishli

mablag‘larni

oladi va

ularni

o‘z

xohishiga

ko‘ra

sarflaydi.

30

Shunday qilib, voyaga yetmagan shaxs intellektual faoliyat natijasini yaratishi

va

o‘zini

uning muallifi deb tan olishi har qanday yoshda mumkin, ammo bu

huquqlardan faqat 14 yoshga

to‘lgandan

so‘ng

mustaqil foydalana oladi.

29

28.10.2022. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 118

-moddasi

https://lex.uz/ru/docs/-6257288

30

Гаврилов Э.П. Интеллектуальные права несовершеннолетних // Хозяйство и право. –

2001.

№9. –

С

.57


background image

42

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

E’tiborlisi

shundaki, fuqarolik huquqi voyaga yetmagan bolaga 18 yoshga

to‘lmasdan

turib ham

to‘liq

muomala layoqatiga ega

bo‘lish

imkoniyatini bergan.

O‘zbekiston

Respublikasi Fuqarolik kodeksi voyaga yetmaganlarning

to‘liq

muomala

layoqatiga ega

bo‘lishi

uchun ikkita asosni belgilaydi. Bular 18 yoshga

to‘lmasdan

turmush qurish va emansipatsiya holatlari hisoblanadi.

Fuqarolik kodeksi 22-moddasiga

ko‘ra,

voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda

nikohdan

o‘tgan

fuqaro nikohdan

o‘tgan

vaqtdan

e’tiboran,

31

28-moddasiga asosan

o‘n

olti yoshga

to‘lgan

voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi

bo‘yicha

ishlayotgan

bo‘lsa

yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining

roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan

shug‘ullanayotgan

bo‘lsa,

u

to‘la

muomalaga layoqatli deb

e’lon

qilinadi.

32

Demak, voyaga yetmaganlar faqat ikki holatda: nikohdan

o‘tganda

va

emansipatsiya qilinganda

to‘liq

muomala layoqatiga ega

bo‘ladilar.

Ematsipatsiya

holati

qo‘llanilishining

ahamiyati shundaki, u voyaga yetmaganlarni qonuniy

tadbirkorlik faoliyatini mustaqil amalga oshirishda, yirik bitimlar tuzish yoki

o‘z

pul

mablag‘larini

boshqa

yo‘llar

bilan sarflash borasida qonuniy vakillardan mustaqil

ravishda amalga oshirish imkoni yaratadi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib,

O‘zbekiston

Respublikasi qonunchiligiga voyaga

yetmaganlarning muomala layoqati bilan

bog‘liq

bo‘lgan

quyidagi takliflarni

berishimiz mumkin:

1. Ukraina, Yaponiya va

Qozog‘iston

Respublikalari Fuqarolik qonunchiligi

tajribasidan kelib chiqib,

O‘zbekiston

Respublikasi Fuqarolik kodeksi 29-moddasi 2-

qismiga mayda maishiy bitim tushunchasiga

ta’rif

beruvchi quyidagi qism

qo‘shilishi

maqsadga muvofiqdir:

Mayda maishiy bitim

fuqarolarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirishga

qaratilgan, summasi yuqori

bo‘lmagan

va tuzilishi bilan ijro etiladigan bitim.

2. Ukraina, Yaponiya va

Qozog‘iston

Respublikalari, Kanadaning Kvebek

provinsiyasi Fuqarolik qonunchiligi tajribasi asosida

O‘zbekiston

Respublikasi

Fuqarolik kodeksi 29-moddasi 1-qismida keltirilgan voyaga yetmaganlar qonuniy
vakillari ruxsatisiz mustaqil tuzishi mumkin

bo‘lgan

bitimlar orasidan 2-band

“tekin

manfaat

ko‘rishga

qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat

ro‘yxatidan

o‘tkazishni

talab qilmaydigan

bitimlar”ni

chiqarib tashlash yoki ushbu bitimning

maksimal miqdorini belgilash kerak. Bu taklif voyaga yetmaganlarning

o‘zlari

31

21.12.1995. O

zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 22-moddasi.

https://lex.uz/docs/-111189

32

21.12.1995. O

zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 28-moddasi.

https://lex.uz/docs/-111189


background image

43

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tomonidan hali harakatlarining huquqiy oqibatlarini

to‘liq

anglab yetmagan holda

mulkiy manfaatlariga ziyon yetkazish xavfini oldini olishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati:

1. 21.12.1995.

O‘zbekiston

Respublikasining Fuqarolik kodeksi;

2. 28.10.2022.

O‘zbekiston

Respublikasining Mehnat kodeksi;

3. Civil Code of Japan

Act No. 89 of 1896);

4.

Цивільний

кодекс

України;

5.

Гражданский

кодекс

Республики

Казахстан;

6.

ccq-1991 - Civil Code of

Québec;

7.

Зокиров

И.Б.

Фуқаролик

ҳуқуқи

.

Дарслик.

I

кисм.

Тошкент:

ТДЮИ

нашриёти,

2009. 611

бет.

8.

Фуқаролик

ҳуқуқи

. 2-

қисм.

Тошкент.

Адолат,2007.

Б.

579

9.

Раҳмонқулов

Ҳ.Р.

Фуқаролик

ҳуқуқининг

субъектлари.

Тошкент:

O

zbekiston, 2008. 200

бет.

10. R.J. Ro

ziyev, V.R. Topildiyev, M.Sh. Choriyev. Fuqarolik va oila huquqi.

Darslik. - Toshkent.

O‘zbekiston

Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. 2022.

639 bet.

11.

Ашурова

Н.А.

Вояга

етмаганларнинг

фуқаролик

-

ҳуқуқий

муносабатлардаги

иштироки.

Юрид.

фан.

номз.

Дисс...

Тошкент

: 2008. -

Б

. 46

12.

Суханов

Е.А.

“Гражданское

право.

Том

I.

Общая

часть”.

учебник.

Москва:

Статут,

2023.

13.

Братусь

С.Н.

Субъекты

гражданского

права.

М.:

1950.

С.68

14.

Веберс

Я.Р.

Правосубъектность

граждан

в

советском

гражданском

и

семейном

праве.

Рига,

1976.

С.76

15.

Вагацума

С.

Гражданское

право

Японии.

-

М.:

1983. -

Б.

47.

16.

Мусабаева

Т.Ж.

(2020).

ГРАЖДАНСКАЯ

ДЕЕСПОСОБНОСТЬ

НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ.

Вестник

магистратуры,

(1-1 (100)), 77-79.


Библиографические ссылки

21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;

28.10.2022. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi;

Civil Code of Japan (Act No. 89 of 1896);

Цивільний кодекс України;

Гражданский кодекс Республики Казахстан;

ccq-1991 - Civil Code of Québec;

Зокиров И.Б. Фуқаролик ҳуқуқи. Дарслик. I кисм. – Тошкент: ТДЮИ нашриёти, 2009. 611 бет.

Фуқаролик ҳуқуқи. 2-қисм. Тошкент. Адолат,2007. – Б. 579

Раҳмонқулов Ҳ.Р. Фуқаролик ҳуқуқининг субъектлари. – Тошкент: O‘zbekiston, 2008. 200 бет.

R.J. Ro‘ziyev, V.R. Topildiyev, M.Sh. Choriyev. Fuqarolik va oila huquqi. Darslik. - Toshkent. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. 2022. – 639 bet.

Ашурова Н.А. Вояга етмаганларнинг фуқаролик-ҳуқуқий муносабатлардаги иштироки. Юрид. фан. номз. Дисс... Тошкент: 2008. - Б. 46

Суханов Е.А. “Гражданское право. Том I. Общая часть”. учебник. Москва: Статут, 2023.

Братусь С.Н. Субъекты гражданского права. – М.: 1950. – С.68

Веберс Я.Р. Правосубъектность граждан в советском гражданском и семейном праве. Рига, 1976. С.76

Вагацума С. Гражданское право Японии. - М.: 1983. - Б. 47.

Мусабаева Т.Ж. (2020). ГРАЖДАНСКАЯ ДЕЕСПОСОБНОСТЬ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ. Вестник магистратуры, (1-1 (100)), 77-79.