93
Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SHE’RIY TARJIMADA SHAKL VA MAZMUN BIRLIGINI SAQLASH
MASALASIGA DOIR AYRIM KUZATISHLAR
(I.V. GYOTE “FAUST” ASARINING RUSCHA VA O‘ZBEKCHA
TARJIMALARI MISOLIDA)
Yakubova Matluba Tajiboevna
Mamun Universiteti Filologiya fanlari doktori v.b dotsenti
Roman-german filologiyasi kafedrasi
o‘
qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada I.V.
Goethe’ning
«Faust»
asaridagi
she’riy
parchaning
ruscha va
o‘zbekcha
tarjimalari shakl va mazmun birligi nuqtayi nazaridan tahlil
qilingan. Tadqiqot davomida tarjimalarda asl matnga nisbatan ortiqcha misralar
qo‘shilgani,
natijada badiiy uslub va mazmunning buzilgani
ko‘rsatilgan.
Shuningdek, N. Xolodkovskiy tarjimasi asliyatga nisbatan sodiqligi bilan ajralib
turishi
ta’kidlanadi.
Kalit s
o‘
zlar:
Goethe, Faust, tarjima, shakl va mazmun birligi, poetik tarjima,
Pasternak, Xolodkovskiy, Vohidov, badiiy uslub, originalga sodiqlik.
Ma’lumki,
adabiyotshunoslik nazariyasida maxsus kategoriyalar sifatida
o‘rganiladigan
shakl va mazmun birligi masalasi tarjima nazariyasining ham muhim
mavzularidan biridir. Chunki adabiy asarning badiiy (poetik) koloritini muqobil
tarzda tarjimada qayta yaratish masalasi
ko‘p
jihatdan aynan shakl va mazmun
birligining bir tildan ikkinchi tilga qaysi darajada va qaysi
yo‘sinda
“o‘tkazilgani”ga
bog‘liq
bo‘lib
qoladi. Bu esa,
o‘z
navbatida, badiiy
o‘girma
sifat
ko‘rsatkichlarini
belgilaydigan asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.
Tabiiyki, tillarning (asl matn tili va tarjima tili)
o‘ziga
xos tabiati, semantik-
strukturaviy xususiyatlari badiiy tarjima jarayonida mutarjim oldida qator
murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Bu murakkabliklarni bartaraf etish proza tarjimasi
uchun bir muncha osonroq kechishi mumkin, ammo
she’riy
tarjimada esa bu masala
doim ham silliq kechmaydi. Chunki nasr qoidalariga nisbatan nazmning qoidalari bir
muncha talabchan va
“qat’iy”dir.
Bu hol tarjimonning matnga ortiqcha aralashuviga
yo‘l
qo‘ymaydi.
Masalaning mohiyati shundaki, muqobil tarjima yaratish tamoyillari
aynan shuni talab qiladi.
Zero, tarjima amaliyotida uchrab turadigan shakl va mazmun birligiga rioya
etilmagan holda yaratilgan disproportsional tarjimalar aynan shu talabdan chetga
chiqilganda namoyon
bo‘ladi.
Bunday paytda esa mutarjimning
“tashabbusi”
bilan
94
Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
“semiz”
yoki aksincha
“kifti
qisq”
kitoblar paydo
bo‘ladi.
Bunday holatda tarjima
orqali asar muallifini qanday ahvolga solib
qo‘yishni
I.V. Gyote
“Faust”
asarining
turli tarjimalari misolida
ko‘rib
chiqish mumkin.
Misol sifatida
“Faust”
asarining
“Alvasti
oshxonasi”
sahnasidagi Mefistofelning
quyidagi satrlarini olamiz:
Asl nemischa matn (I.V. Gyote):
Entzwei! Entzwei!
Da liegt der Brei!
Da liegt das Glas!
Es ist nur Spass,
Der Takt, du Aas,
Zu deiner Melodei.
Ma’no
tarjimasi:
Sindir! Sindir!
Mana bu
bo‘tqa!
Unaqa shisha!
Bu hali hazil,
Sen ovsarning kuyiga
Monandgina bir
nag‘ma.
Ruscha tarjimalar:
B. Pasternak tarjimasi:
И
мы
содом
Произведем,
И
поделом!
Имей
в
виду!
Все
в
прах,
все
вдрызг!
У,
василиск!
Подымет
визг!
Я
не
твою
Посуду
бью
-
N.
Хolodkovskiy
tarjimasi (ancha yaqin):
Раз
бью,
два
бью
Котел
свалю
Стряпню
порою!
Спой,
морда,
так
Стучи
я
в
такт
95
Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Под
песнь
твою.
O‘zbekcha
tarjima (E. Vohidov):
Biz turmaymiz jim
Jim qilib
ta’zim.
Bilmabsan biz kim.
Shoshmay tur hali,
Singay devor, tom,
Ushalgay tamom
Sen qilgan taom.
To‘kilgay
bari
Hali bu senga
Hazilim halos
Sening kuyinga
Jo‘r
bo‘lganim
mos.
Ko‘rinib
turibdiki, faqat N. Khollodkovskiyning tarjimasi asl matnning shakl va
mazmun birligini saqlab, muqobil tarzda ifoda eta olgan. B. Pasternak va E. Vohidov
tarjimalarida esa matn hajmi mutlaqo
o‘zgargan:
Gyote matni 6 misra, Pasternakda
esa 11 misra, Vohidovda esa 12 misragacha
cho‘zilgan.
Shuningdek, Gyote matnidagi
“du
Aas”
undalmasi
(“ovsarning”)
har ikki
tarjimada ham qoldirib yuborilgan, natijada obrazlilik va irooniya kuchsizlangan.
Qofiyalanish jihatidan ham farq katta:
- Gyote matni: a-a-b-b-b-a
- Pasternakda: a-a-a-b-v-s-s-s
- Vohidovda: a-a-a-b-v-v-v-b-g-s-g-s
-
Х
olodkovskiy da esa yana yaqin: a-a-a-b-b-a
Tahlillardan
ma’lum
bo‘lishicha,
butun tragediya davomida B. Pasternak asarga
taxminan 600 misra
qo‘shgan
bo‘lsa,
E. Vohidov
o‘zbekcha
tarjimasiga asliyatga
aloqasi
bo‘lmagan
1600 ta
qo‘shimcha
satr kiritgan. Bu holatda Pasternak tarjimasi
Vohidov uchun asosiy namuna
bo‘lib
xizmat qilgan.
Biroq shundan xulosa chiqishi mumkinki, rus tilida N. Khollodkovskiyning
shakl va mazmun jihatdan asliga yaqin tarjimasi ham mavjud
bo‘lgan
va uni Vohidov
namuna qilib olishi mumkin edi.
Xulosa qilib aytganda:
she’riy
tarjimada shakl va mazmun birligini saqlash
nafaqat matnning asliyatga yaqinligini, balki uning badiiy qiymatini, obrazlilik,
96
Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ritmika va uslubini ham asrab qoladi. Bu masalada muqobil va
mas’uliyatli
yondashuv talab etiladi.
Adabiyotlar r
o‘
yxati:
1. J.W.Goete. Faust. Berlin. 1966.
2. G
o‘
te.Faust (Perevod B. Pasternak). Moskva 1960.
3. G
o‘
te.Faust (Perevod N.Xolodkovskiy). Moskva (Det. Lit-pa)1969
4. G
o‘
te.Faust (e.Vaxidov tarjimasi) I- qism. Tashkent. 1972.
