Авторы

  • Дилнавоз Xакимжонова
  • Шахноза Гульямова
    Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti

Биографии авторов

  • Дилнавоз Xакимжонова
    Toshkent amaliy fanlar universiteti, O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistranti
  • Шахноза Гульямова , Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti
    Filologiya fanlari doktori (DSc)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.127633

Аннотация

Hozirgi zamon tilshunosligida jamiyatning madaniy va ijtimoiy ehtiyojlarini aks ettiruvchi til hodisalarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, evfemizmlar tilshunoslikda alohida o‘rin tutadi. Ular muloqot madaniyatini shakllantirish, nozik yoki noqulay mavzularni yumshoq shaklda ifodalash, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy-tarixiy va madaniy jarayonlarni aks ettirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.


background image

132

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

EVFEMIZMLARNING MOHIYATI VA LINGVISTIK TAVSIFI

Hakimjonova Dilnavoz Otabek qizi

Toshkent amaliy fanlar universiteti,

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistranti

dilnavozabduhakimova23@gmail.com

Gulyamova Shaxnoza Qahramonovna

Filologiya fanlari doktori (DSc), Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti

Annotatsiya:

Hozirgi zamon tilshunosligida jamiyatning madaniy va ijtimoiy

ehtiyojlarini aks ettiruvchi til hodisalarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, evfemizmlar tilshunoslikda alohida o‘rin tutadi.

Ular muloqot madaniyatini shakllantirish, nozik yoki noqulay mavzularni yumshoq
shaklda ifodalash, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy-tarixiy va madaniy jarayonlarni

aks ettirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Kalit so‘zlar:

Evfemizm, ijtimoiy ong, tilshunoslik, metodik yordam, lingvistik

tafakkur, muloqot madaniyati, nozik til hodisalari.

ABSTRACT:

In modern linguistics, the study of linguistic phenomena that

reflect the cultural and social needs of society is one of the pressing issues. From this
point of view, euphemisms occupy a special place in linguistics. They are manifested
as a means of forming a culture of communication, expressing sensitive or
uncomfortable topics in a gentle form, as well as reflecting socio-historical and
cultural processes in society.

Keywords

: Euphemism, social consciousness, linguistics, methodological

assistance, linguistic thinking, culture of communication, subtle language
phenomena.


KIRISH

Bugungi kunda ta’lim jarayonida til boyligini oshirish, madaniy ifoda

vositalarini ongli ravishda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish dolzarb vazifaga

aylangan. Shunday vositalardan biri

evfemizmlarni o‘rgatish orqali o‘quvchilarda

so‘z boyligini kengaytirish, ularning estetik dunyoqarashi, muloqot madaniyati va

nutq ehtiyotkorligini shakllantirish mumkin.

Shu nuqtayi nazardan, evfemizmlar bo‘yicha mashq va topshiriqlar tizimini

ishlab chiqish, uni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish ham nazariy, ham amaliy


background image

133

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ahamiyat kasb etadi. Bunday mashqlar yordamida o‘quvchilarda faqat til bilimlari

emas, balki axloqiy, madaniy qarashlar ham rivojlanadi.

Evfemizm (yunoncha euphemismos

“yaxshi so‘zlash”) degan atama muloqot

jarayonida to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri, noqulay yoki salbiy ma’nodagi so‘zlar o‘rniga

yumshatilgan, madaniylashtirilgan, orali shakllardagi ifodani bildiradi. Ular

ko‘pincha quyidagi sohalarda qo‘llaniladi:

-

O‘lim, kasallik, nogironlik, urush kabi og‘riqli mavzular;

- Jinsiy hayot, tananing shaxsiy qismlari kabi ijtimoiy jihatdan nojoiz

sanaladigan mavzular;

-

Qarish, ishdan bo‘shash, moddiy qiyinchilik kabi salbiy holatlar.

O‘zbek tilida evfemizmlar qadimdan mavjud bo‘lib, xalq maqollari, hikmatli

so‘zlar va adabiy matnlarda keng uchraydi.

Evfemizmlarni o‘rgatish jarayoni faqat nazariy izohlar bilan cheklanmasligi

lozim. Ularni real kontekstda qo‘llash, farqlarni anglash, sinonim va antonim bilan

solishtirish orqali mustahkamlash kerak. Mashq va topshiriqlar bu borada eng
samarali vositadir.

Mashq va topshiriqlar quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi:

- Evfemizmlarni aniqlash va tanib olish;
-

Ularning o‘rniga ishlatiladigan ekspressiv so‘zlar bilan farqini anglash;

-

Og‘zaki va yozma nutqda ularni to‘g‘ri qo‘llay olish;

-

O‘zbek xalqining nutq madaniyati va axloqiy me’yorlarini his qilish.

Evfemizmlar tilimizda nafaqat estetik go‘zallik yaratadi, balki muloqot

madaniyatining eng muhim ko‘rsatkichidir. Ularni o‘rgatish uchun an’anaviy
yondashuv yetarli bo‘lmay, interaktiv, kontekstli va amaliy mashq

-topshiriqlar

tizimini yaratish zarur. Bu tizim orqali nafaqat lingvistik bilimlar, balki axloqiy
estetik qarashlar ham shakllanadi.

Ta’lim jarayonida evfemizmlarni o‘rgatishga yo‘naltirilgan mashq va

topshiriqlar orqali o‘quvchilar nutq madaniyatini o‘zlashtirib, ijtimoiy

-axloqiy

me’yorlarga mos muomala uslubini egallaydi. Bu esa ularni har tomonlama

barkamol, madaniyatli shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

Evfemizmlarning mohiyati va lingvistik tavsifi

Tilshunoslikda evfemizmlar inson nutqining madaniy, axloqiy va psixologik

jihatlariga ta’sir etuvchi muhim leksik birliklardan biri sifatida e’tirof etiladi. Har bir
jamiyatda insonlar hayotidagi noqulay, og‘riqli, xijolatli yoki ijtimoiy jihatdan nojoiz

deb hisoblangan holatlar evfemizmlar orqali yumshatilgan, estetik ifoda topgan

shaklda bayon etiladi. Masalan, “vafot etdi” o‘rniga “hayotdan ko‘z yumdi”, “qarib


background image

134

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qolgan” o‘rniga “yoshi ulg‘aygan” kabi yumshoq va madaniy ifodalar nafaqat

muloqotni bezaydi, balki til egalarining axloqiy olamidan ham darak beradi.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida til boyligini oshirish, madaniy ifoda

vositalarini ongli ravishda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish dolzarb vazifaga

aylangan. Shunday vositalardan biri

evfemizmlarni o‘rgatish orqali o‘quvchilarda

so‘z boyligini kengaytirish, ularning estetik dunyoqarashi, muloqot madaniyati va

nutq ehtiyotkorligini shakllantirish mumkin.

Evfemik mа’no yuklаngаn ifodаlаr аntik dаvrdаn boshlаb olimlаrdа qiziqish

uyg‘otgаn. O.M.Freydenbаrg tаhriri ostidа chop etilgаn “Античные теории
языкознания и стиля” nomli аsаrdа “evfemizm” tushunchаsi Demokrit, Plаton,
Аristotel tomonidаn hаm tilgа olingаnligi hаqidа mа’lumot berilаdi. Demаk, bu til
birligi hаqidа qаdimgi dаvrlаrdа hаm bilishgаn, ulаrdаn foydаlаnishgаn vа hozirgа
qаdаr istifodа etishаdi. “Dаstlаb, evfemizmlаr XII—XV аsrlаrdа ingliz tilidа pаydo
bo‘lgаn. XIV аsrlаrdа frаntsuz mаdаniyati urf bo‘lа boshlаydi, bu esа tildа hаm o‘z
аksini topаdi” degаn qаrаsh hаm bor. Evfemizm hodisаsi ХХ аsr boshlаridа
umumtilshunoslikdа J.Vаndriyes, L.А.Bulахovskiy kаbi tilshunoslаr tomonidаn sohа
bilаn bog‘liq аdаbiyotlаrdа qаyd etilgаn bo‘lib, ulаrning fikrmulohаzаlаri evfemizm
mohiyati tаvsifining shаkllаnishidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Ushbu hodisаni
аlohidа millаt, аlohidа jins vаkillаri (mаsаlаn, oltoy аyollаri nutqi) misolidа tаdqiq
etgаn olimlаr sirаsigа А.N.Sаmoylovich, N.А.Bаskаkovlаrni kiritish mumkin. Ulаr
evfemizmni ko‘pqirrаli etnik hodisа sifаtidа yoritishgа hаrаkаt qilаdilаr.[1]

Tabu va evfema hodisasi til va tafakkurning paydo bo‘lishi bilan uzviy

shakllangan, taraqqiy etgan, insonning muomala ehtiyoji, notiqlik talabi asosida

tilning o‘zi kabi evolyutsion bosqichlarni bosgan, endilikda o‘z o‘rganish obyektiga
ega bo‘lgan supernutqiy qatlamdir. Bugungi tabu va evfemika tadqiqi shuni
ko‘rsatadiki, kishilar o‘rtasidagi aloqa vositalari voqelikni bayon etish, uni ifodalash
usuli, darajasiga ko‘ra bir

-

biri bilan uzviy bog‘langan uch qatlam: til (xabar, aloqa),

nutq (munosabat, muloqot), supernutq (evfemik, ekspressiv-emotsional muomala)dan
tashkil topadi. Nutq-tilning, evfemik qatlam esa nutqning evolyutsiyasidir. Evfemik
nutq tafakkurning, inson aql-

zakovatining oliy formasi, “qaymog‘i” voqelikning

pardozlangan, “parda ichiga olingan”, beozorlashtirilgan, yumshatilgan obrazli

ifodasidir.[2]

А.Hojiyevning 2002

-

yildа qаytа nаshr qilingаn “Lingvistik terminlаr izohli

lug‘аti”dа evfemizmgа quyidаgichа izoh berilаdi: “Evfemizm (grek. euphemismos;

eu

yaхshi, phemi —

gаpirаmаn) nаrsа

-

hodisаning аnchа yumshoq formаsidаgi

ifodаsi; qo‘pol, beаdаb so‘z, iborа vа tаbu o‘rnidа qo‘pol bo‘lmаgаn, botmаydigаn


background image

135

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

so‘z, iborаni qo‘llаsh. Mаsalan,

ikkiqаt

so‘zi o‘rnidа

homilаdor, og‘ir oyoqli

so‘zlаrini qo‘llаsh.”

Leksikograf О.S. Ahmanova tahriri ostida nashr qilingan lingvistik

-qomusiy

lug‘atda evfemizmga “so‘zlovchiga beadab, qo‘pol, nazokatsiz ko‘ringan, o‘z
sinonimi o‘rnida qo‘llanila oluvchi hissiy bo‘yoqsiz so‘z va ibora”

[3] degan izoh

keltirilgan. D.N.Shmelev ham shu fikrga hamohang tarzda “evfemizm − so‘zlovchiga
ma’lum sharoitda noma’qul ko‘ringan, nihoyatda o‘tkir, aytilishi odobdan
sanalmagan, ayni bir ma’noni ifodalashga xizmat qiladigan, nomunosib so‘zdan
saqlanish maqsadida yumshatilgan ifoda”

[4]

deya ta’riflaydi. D.E.Rozental

evfemizm ta’rifini “qo‘pol ifodaga ega bo‘lgan predmet, voqea

-hodisaning nomini

yoqimli, yumshoq ifodalagan mo‘tadil ma’no”

[5]

izohi bilan to‘ldiradi. Bundan

tashqari, I.R.Galperin uni “yoqimsiz so‘z yoki ibora o‘rnida ishlatilgan nisbatan
maqbulroq ifoda”

[6]

deb, A. Katsev “ma’naviy

-

ma’rifiy motiv asosida yuzaga

chiqadigan qo‘rqinchli, uyatli, yoqimsiz nomlarning ko‘chma ma’noli yumshoq ifoda
bilan almashinishi”

[7]

deya, Y. Tyurina esa “biror sabab bilan ijtimoiy qo‘pol

antetsedent o‘rnida qo‘llanuvchi, yumshoq, qo‘llanilishi ruxsat etilgan, meliorativ

-

kinoyali, ba’zan nisbatan qulayroq, so‘zlovchiga taqiqlangan va adabsiz tuyulgan,
ma’naviy me’yor nuqtayi nazaridan noloyiq sanalgan yoki shunchaki qo‘pol ifoda
o‘rnida qo‘llanuvchi so‘z yoki ibora”

[8]

sifatida ta’riflaydilar.

A.A. Reformatskiy tabu va evfemizm hodisasini kengroq planda tushungan va:
1) harbiy diplomatiya talabi bilan mamlakat, shahar, korxona, harbiy hism va

ayrim atoqli shaxs nomlarini biror shartli belgi bilan almashirilishini n(en), nn (en-
en), x, y, g(iks, igrek, zet);

2) odob nuqtai nazaridan, xavfli kasallik nomlarini oshkor aytmaslik uchun

lotincha terminlar, qisqartma belgilar bilan atalishini (rakni

conser

, tuberkulozni

tbc

,

operatsiyani

jarrohlik kasali

deyish va b.);

3) o‘g‘rilar nutqidagi yashirin qo‘llanadigan so‘z va iboralarni ham (o‘ldirmoqni

tikib qo‘ymoq

, o‘g‘irlamoqni

sotib olmoq

deyish kabi) evfemizm hisoblaydi. [9]

Ammo “Rus tili ensiklopediyasi”da yuqoridagi ta’riflarga nisbatan kengroq

tavsif keltiriladi: evfemizm

(grekcha euphemia

noma’qul so‘zlardan saqlanish,

yumshatilgan ifoda) so‘zlovchiga qo‘pol, beadab, uyat, beandisha tuyulgan,
ifodalamoqchi bo‘lgan fikriga sinonim sanalgan neytral so‘z yoki ifoda. Masalan,

qari

o‘rnida

yoshi ulug‘

;

yolg‘on gapirmoq

o‘rnida

haqiqatdan chetlashmoq;

kechikmoq

o‘rnida

ushlanib qolmoq

;

semirmoq

o‘rnida

to‘lishmoq.

Evfemizm yuqori

darajadagi harakatchanlik bilan xarakterlanadi. U tabulashtirilgan so‘zni


background image

136

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

almashtirishga ham xizmat qiladi. Chunonchi:

o‘lim

o‘rnida

ketmoq

;

o‘simta

o‘rnida

shish

kabi.

Tabu va evfema qo‘llash vositalari ham til va jamiyat taraqqiyoti bilan birga

taraqqiy qiladi, eskiradi, iste’moldan chiqadi, o‘rnida yangi evfemik vositalar
shakllanadi. Boshqacha aytganda, ko‘pgina evfemik vositalar davr o‘tishi bilan
eskirib o‘zi bog‘langan tabu tushunchaning beozor ifodasi bo‘lolmay qoladi. Natijada
birinchi evfemik vosita o‘rnida yangi

-

yanada eshitilishi qulay bo‘lgan evfema paydo

bo‘ladi. Bitta tabu tushunchaning qayta

-qayta evfemalashtirilishi birdan ortiq (beshta,

o‘nta, yigirmata va h.k.) evfemaning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Masalan,

ilon

aslida

chaquvchi, zaxar soluvchi (tojikcha gazanda)

tushunchasining evfemasi:

jil+on, jiluvchi, sudraluvchi

, keyin

arqon, arg‘amchi

,

olachilvir, qamchi

kabi

evfemalar bilan almashtirilgan.

Chayon

o‘rnida qo‘llangan

gajdum, kajdum

evfemasi

nutq talabiga javob bermagach, tabulashtirilib, o‘rnida

eshak, nomi yo‘q, benom

evfemalari qo‘llangan.

Medved

(ayiq) aslida evfemik atama (myodayed -

asalxo‘r)

bo‘lgan, keyinchalik tabulashtirilib, o‘rmonchi (lesnik), o‘rmon hokimi, o‘rmon
xo‘jayini (xozyayn lesa), Misha, Potapich kabi evfemik vositalar bilan atalgan.

[10]

Evfemizmlar xalqlardagi urf-odat, madaniy saviyaning darajasi, estetik did va

etnik me’yorlarning rivojlanishi bilan bog‘liq sanaladi.

Til taraqqiy etar ekan, undagi

evfemistik qatlam ham rivojlanib boradi. Yangicha axloq-odob, yangicha

dunyoqarash me’yorlari asosida uning yangi

-yangi shakllari yuzaga keladi. Nutqda

ozmi, ko‘pmi turg‘unlikka ega bo‘lgan “o‘rinbosar” ifoda –

evfemizm okkazional,

individual, kontekstual birlik bo‘lib, ma’lum so‘z yoki iborani biror

-bir maqsad bilan

almashtirish, asl mohiyatni ifodalovchi so‘zni yumshatish va

“qog‘ozga o‘rash”

vazifasini bajaradi.

Evfemizmlar dastlab tabuni niqoblash maqsadida paydo bo‘lib, keyinchalik

lug‘aviy birlikka aylanadi. Ayrimlari nutqda yoqimsiz, salbiy voqelikni yopish uchun

okkazional ifoda sifatida yuzaga chiqadi. Bu okkazional ifodalar sinonimiyaga

asoslanmaydi. Ularning maqsadi haqiqiy mohiyatni “yashirish”dan iborat.

Evfemizatsiya jarayoni leksikografiya va sotsiolingvistikaning predmetidir. [11]

Boshqa adabiyotlarda evfemizmlarning ma’lum qismi tabu bilan bog‘liq bo‘lishi

qayd etiladi. Ularning ko‘pchilik qismi axloqiy, madaniy jihatdan aytilishi noqulay
deb topilgan so‘zlar o‘rnida qo‘llanadi. Masalan,

qizamiq

o‘rnida

oymoma

(Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida),

chechak

o‘rnida

gul

;

sil

(tuberkulyoz)

o‘rnida

uzunog‘riq

;

pes

o‘rnida

oq

;

kal

o‘rnida

siyqabosh

;

xotin

o‘rnida

umr

yo‘ldoshi

,

rafiqa

,

qalliq

,

oila; xotin olmoq

o‘rnida

uylanmoq

;

qizimni erga beraman

o‘rnida

qizimni uzataman

,

qizimni turmushga chiqaraman

;

ishton

o‘rnida

lozim

kabi .


background image

137

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Demak, yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib aytish mumkinki, evfemizm − so‘zlovchi
uchun qo‘llash noqulay, noo‘rin, qo‘pol tuyulgan so‘z va iboralarning sinonimi
sifatida paydo bo‘lgan so‘z yoki ibora.

Ular salbiy voqelikni atashdan qochish, voqelikning salbiy ta’sirini yumshatish

uchun xizmat qiladi. Kishilar izzat-nafsiga tegadigan, malol keladigan, hurmatsizlik

ifodalaydigan, axloqiy me’yorlarga zid keladigan holat yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri aytish
mumkin bo‘lmagan maxfiy voqelikning salbiy ta’sirini kamaytirish, uni yashirish,

berkitish, noxush xabarni beozor tarzda yetkazish, yumshoqroq ifodalash uchun

ishlatiladi. Nutqiy faoliyatda til egalarining o‘lmoq so‘zi o‘rnida olamdan o‘tmoq,
ko‘z yummoq, vafot etmoq iboralarini qo‘llashi yoxud tug‘moq so‘zi o‘rnida ko‘zi
yorimoq, yengil bo‘lmoq kabi iboralardan foydalanishi ayni fikr dalilidir. Ilm

-fan

to‘la rivojlanmagan davrlarda ba’zi xalqlar jin va arvohlarga yaqin bo‘lgan shaxs
yoki predmet nomi tilga olinmasa, ulardan saqlanish mumkin, deb o‘ylashgan.
Qadimda, shuningdek, hozir ham qabila bo‘lib yashayotgan xalqlarda qabila boshlig‘i
o‘lgandan keyin uning narsalariga tegish, nomini tilga olish man etilgan. Agar

ularning narsalariga teginilsa yoki bu narsalarning nomi tilga olinsa, arvoh yoki jin

urib ketadi, biror zarar yetkazadi, degan tasavvurda bo‘lishgan. Xuddi shuningdek,
ayrim yirtqich, zaharli hayvonlarning nomlarini aytish ham man etilgan. Go‘yo

bunday hayvonlar nomi tilga olinsa, ular yetib kelishi va odamga zarar yetkazishi
mumkin, deb hisoblangan. Tabu qoldiqlarini hozir ham uchratish mumkin. Masalan,
musulmon ayollar orasida erni ismi bilan chaqirish holati unga nisbatan hurmatsizlik

sanaladi. Oqibatda, man etilgan so‘zlar o‘rniga mazkur tushunchani ifodalovchi
boshqa birliklarni ishlatish zaruriyati paydo bo‘lgan. Shu kabi man etilgan so‘zlar
o‘rnida ularning mazmunini aks ettirishda qulay bo‘lgan birliklardan foydalanish ham

evfemiya hodisasidir. Chunonchi,

qizamiq

o‘rnida

gul

so‘zini ishlatish,

chayon

so‘zi

o‘rnida

eshak, oti yo‘q

birliklarining qo‘llanilishi evfemik ifodaga mansub. Jamiyat

taraqqiyotining keyingi davrlarida dag‘al, qo‘pol, noqulay so‘zlar o‘rnida yoqimliroq,
silliqroq so‘zlarni ishlatish ham evfemizm ko‘rinishlaridan sanaladi. Masalan,

o‘ldi

so‘zi o‘rniga

vafot etdi

,

qazo qildi

, dunyodan

o‘tdi, dunyodan ketdi, jonini egasiga

topshirdi

,

ko‘z yumdi; bo‘g‘oz

(

xotin)

o‘rniga

ikkiqat, og‘iroyoq, yuki bor, yukli

(xotin), homilador

kabi so‘z yoki birikmalar ishlatiladi.

Evfemizmlarning qo‘llanilishi.

Evfemizmlarning qo‘llanish doirasini qat’iy

belgilash murakkab masala sanaladi. Chunki ular faqatgina kasbiy muloqot doirasida
emas, balki kundalik hayotning turli jabhalarida ham faol tarzda ishlatiladi. Ilmiy
adabiyotlarda bu borada turlicha qarashlar mavjud. Jumladan, A.P. Moskvin
evfemizmlarni faqatgina uslubiy betaraf til birliklari sifatida talqin qilsa, A.A.


background image

138

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Reformatskiy, A.M. Katsev, L.P. Krisin, G. Mankovskaya, T.L. Pavlenko kabi
olimlar evfemizmlarning tilning barcha funksional uslublarida

so‘zlashuv, badiiy,

ilmiy, publitsistik va rasmiy uslublarda

qo‘llanilishini e’tirof etadilar. Ilmiy

jamoatchilik tomonidan aynan ikkinchi yondashuv kengroq qo‘llab

-quvvatlanmoqda.

Y.P. Senichkina ham A.A. Reformatskiy va L.P. Krisin qarashlariga tayanib,

evfemizmlarning tilning barcha uslubiy qatlamlariga mansub bo‘lishini va kundalik
hayotda faol tarzda qo‘llanishini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, K.M. Mamedova
hamda T.Yu. Xaustova evfemizmlarning kommunikativ funksiyasiga e’tibor qaratib,
ularning asosiy vazifasi muloqot jarayonida mumkin bo‘lgan to‘qnashuv,

kelishmovchilik yoki salbiy hissiyotlarning oldini olish, suhbatdoshda kommunikativ

noqulaylik tug‘dirmaslikdan iborat ekanini qayd etadilar.

Demak, evfemizmlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qo‘llanila oladi.

Nutqiy muloqotda buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar mavjud. Masalan,

invalidlar

imkoniyati cheklanganlar

,

invalidlar olimpiadasi

esa

paralimpiada o‘yinlari

singari

birliklar bilan evfemalashtiriladi. Kundalik muloqotda ishlatiladigan evfemizmlarning

katta qismi kasallik nomi va o‘lim holati bilan bog‘liq. O‘lim va ko‘mish marosimi
bilan bog‘liq tushunchalar ham evfemizm vositasida verballashadi

: bizning oramizda

yo‘q, bandalikni bajo keltirdi, yerga qo‘ydik, og‘ir kulfat.

L.A.Bulaxovskiy

evfemizmning “qo‘rqinchli predmet va hodisalarning nomini yashirish va
almashtirish” maqsadida qo‘llanilishini qayd etgan.

Masalan,

o‘lim

bilan bog‘liq

tushunchalar nutqimizda juda ko‘p evfemik birliklariga ega:

olamdan o‘tmoq, ko‘z

yummoq, vafot etmoq, narigi olamga rixlat qilmoq, narigi dunyoga yo‘l olmoq,

abadiy uyquga ketmoq, tinch uyquga ketmoq, abadiy olamga safar qilmoq, dunyoni

tark etmoq, olloh yoniga safar qilmoq, so‘nggi yo‘lga ketmoq, bu dunyoni tark etmoq,

omonatini topshirmoq, jonini egasiga topshirmoq, qazo qilmoq, dunyodan ketmoq,

so‘nggi nafasini olmoq, ruhini taslim etmoq, umr daftarini yopmoq, ruhi orom
topmoq, boshqa olam sari safar qilmoq, joni uzilmoq, o‘tib qolmoq, qaytish qilmoq

kabi. L.P.Krisin evfemizm qo‘llashning yana bir ko‘rinishi, ya’ni nufuzli sanalmagan
kasb, tashkilot nomini atash uchun qo‘llaniladigan funksional turi haqida to‘xtaladi.

Bunday evfemizmlar sirasiga

axlat tashiydigan mashina

o‘rnida qo‘llaniladigan

maxsus avtotrans xizmati

birikmasini kiritish mumkin.

Zamonaviy tilshunoslikda

evfemiya

o‘zaro chambarchas bog‘liq uchta –

ijtimoiy, psixologik va maxsus lingvistik aspektga ega ekanligi to‘g‘risida
ma’lumotlar bor.

Ijtimoiy aspekt evfemiya asosida yotadigan ijtimoiy, xususan, ma’naviy, diniy

-

ma’rifiy va siyosiy motivlarlardan iborat. Ayni omillar ta’sirida predmet, voqea

-


background image

139

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

hodisalarning asl nomlanishi salbiy baho kasb etadi, taqiqlanadi, maqbul ifodalar
bilan almashtiriladi.

Psixologik aspekt ostida evfemistik o‘rindosh talab qiluvchi tushunchani fikr

-

mulohazani yumshatuvchi effekt bilan ifodalash tushuniladi. Predmet, voqea-

hodisaning asl nomi qo‘rquv, uyat, noqulaylik, nafrat kabi salbiy hissiyotlar
tug‘diradi. Yangi, ko‘chma ma’noli nom shu hisni me’yorlashtiradi.

Evfemiya hodisasining lingvistik aspekti evfemizm qo‘llashning belgi, ishora va

shart-sharoitlarini aniqlaydi. Evfemizmlardan foydalanish holatini aniqlash, avvalo,
uning nutqdagi belgilari, ishoralari va yuzaga keladigan shart-sharoitlarni tahlil qilish

imkonini beradi. So‘zlovchi, ya’ni axborot yetkazuvchi shaxs evfemik ifodani
tanlayotganda, u aynan qaysi vaziyatda qanday birlikni qo‘llash zarurligini aniqlab
oladi. Bu esa axborotni tinglovchida noqulaylik, uyat yoki xijolat hissi uyg‘otmasdan,

ehtiyotkorlik bilan yetkazish imkonini beradi. Shu bois, muloqot jarayonida ortiqcha

iymanish yoki hayo tuyg‘ularini qo‘zg‘amaslikka xizmat qiladigan sharoitlar va

ularga mos ifoda vositalari tanlanadi.

XULOSA

Evfemizmlar tilning nozik, ijtimoiy va madaniy jihatdan sezgir tomonlarini

ifodalovchi muhim

lingvistik birliklar hisoblanadi. Ular insonlar o‘rtasidagi

muloqotda ijtimoiy odob, madaniy qadriyatlar, axloqiy me’yorlarga rioya etishda
muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada evfemizmga oid turli ilmiy qarashlar

tahlil qilinar ekan, bu hodisa nafaqat lingvistik, balki ijtimoiy-madaniy fenomen

sifatida ham o‘rganilishi zarurligi ta’kidlandi. Tadqiqot natijalari evfemizmlarni
yanada chuqurroq o‘rganish, ularni kontekst asosida tahlil qilish

Adabiyotlar ro‘yxati

:

1.

Qodirova X. O‘zbek tilidа

evfemizm v

а

disfemizm. Uslubiy qo‘llanma –

Toshkent: Bookmany print, 2022.

6 b.

2.

Омонтурдиев А.Ж. Профессионал нутқ эвфемикаси. –

Тошкент: Фан,

2006.

Б.3.

3.

Лингвистический

энциклопедический

словарь /под ред. О.С.Ахмановой

.

2-

е изд., стер. –

М.: УРСС: Едиториал УРСС, 2004. –

571 с.

4.

Шмелёв Д.Н. Эвфемизмы

//

Русский язык:энциклопедия

/под ред.

Ф.П.Филина.

–М.:

Советская энциклопедия, 1979.–

903

с

.

5.

Розенталь Д.Э.

Эвфемизм // Словарь

-

справочник лингвистических

терминов.–М., 1976.–С.

120.


background image

140

Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

6. Гальперин И.Р. Очерки по стилистике английского языка. –

М.: Высшая

школа, 1981. –

С.79.

7.

Кацев А

.

М

.

Языковое табу

и

эвфемия

: учеб. пособие к спецкурсу.–

Л.:ЛГПИ им. А.И.Герцена,

1988

.

–80с.

8.

Тюрина Е

.

Е

. Семантический статус эвфемизмов и их место в системе

номинативных средств языка.–

Н.Новгород, 1998.

-

127 с.

-

С.83.

9. Реформатский А.А. Введение в язиковедение.

-

М.: Просвешение, 1967.

С.544.

10.

Раҳматуллаев Ш., Юнусов Р.Жой лексемаси семаларининг лексик

контексти, Тош ДУнинг «Илмий асарлар»и.

-

Т.: 1975. 53

-

6.; Самойлович А.Н.

Женские слова у алтайских турков // Язык и литература.

-

Л., 1929.

-

Т.Ш. С.124

-

125

11.

Русский язык. Энциклопедия. Издание 2

-

е, переработанное и

дополненное. Гл. Ред. Ю.Н

.

Караулов. –

Москва: Большая российская

энциклопедия, 1997. –

С.636.

Библиографические ссылки

Qodirova X. O‘zbek tilidа evfemizm vа disfemizm. Uslubiy qo‘llanma – Toshkent: Bookmany print, 2022. – 6 b.

Омонтурдиев А.Ж. Профессионал нутқ эвфемикаси. – Тошкент: Фан, 2006. – Б.3.

Лингвистический энциклопедический словарь /под ред. О.С.Ахмановой. –2-е изд., стер. – М.: УРСС: Едиториал УРСС, 2004. – 571 с.

Шмелёв Д.Н. Эвфемизмы // Русский язык:энциклопедия /под ред. Ф.П.Филина. –М.: Советская энциклопедия, 1979.– 903 с.

Розенталь Д.Э. Эвфемизм // Словарь-справочник лингвистических терминов.–М., 1976.–С.120.

Гальперин И.Р. Очерки по стилистике английского языка. – М.: Высшая школа, 1981. – С.79.

Кацев А. М. Языковое табу и эвфемия: учеб. пособие к спецкурсу.–Л.:ЛГПИ им. А.И.Герцена, 1988.–80с.

Тюрина Е. Е. Семантический статус эвфемизмов и их место в системе номинативных средств языка.– Н.Новгород, 1998. - 127 с.- С.83.

Реформатский А.А. Введение в язиковедение.- М.: Просвешение, 1967. С.544.

Раҳматуллаев Ш., Юнусов Р.Жой лексемаси семаларининг лексик контексти, Тош ДУнинг «Илмий асарлар»и. -Т.: 1975. 53-6.; Самойлович А.Н. Женские слова у алтайских турков // Язык и литература. -Л., 1929. -Т.Ш. С.124-125

Русский язык. Энциклопедия. Издание 2-е, переработанное и дополненное. Гл. Ред. Ю.Н.Караулов. – Москва: Большая российская энциклопедия, 1997. – С.636.