141
Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
QADIMGI DAVRLARDA AYOLLAR HUQUQI
Rustamova Mashxura
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti talabasi
А
nnotatsiya:
Ushbu ilmiy maqola qadimgi va o'rta asr ayollarining huquqlari
vujudga kelishi,
o’sha davrdagi salohiyatli ayol hukmdorlar
, davlatlarda ayollarga
berilgan huquqlarning farqliligi, ayollar yutuqlari,
davr o’tgani sayin ayollar
huquqlaro orasidagi tarixiy o’zgarishlar ko’rsatib o’tiladi.
Kalit so'zlar:
Bobil, Sparta, ossur xalqining ayollar huquqlari, sharq ayollar
huquqlari, turon zamin huquqlari
Kirish
Dunyoda shunday ayollar oʼtganki, ular poklikda, iymon
-
eʼtiqod, ixlos va
ibodatda, sharm-u hayoda, odob-
ahloq, mardlik, gʼayrat
-jasorat va shijoatda
ibratomuz nom qoldirganlar. Qadimgi va o'rta asr ayollari hamda Sharqning buyuk
ayollari ijtimoiy hayotning barcha erkaklar bilan bir qatorda davlatni boshqarib,
buyuk jasorat sohiblarining nomlari ham tarannum etib kelganini guvohi boʼlamiz.
Аyollar orasida shavkatli hukmdorlar, oqila maslahatgoʼylar yetishib chiqqan. Eng
qadimgi davrga nazar tashlaydigan bo'lsak, Qadimgi Bobil jamiyatida ayollar huquqi
masalasiga toʼxtalganda Hammurapi qonunlari toʼplamiga murojaat etish maqsadga
muvofiqdir. Chunki bu qonunlar toʼplami oʼsha davrdagi ayollar huquqini
oʼrganishda muhim manba hisoblanadi. Qadimgi Bobilda ayollarni moddiy tomondan
taʼminlashga eʼtibor berilgan. А
garda biror kimsa uzoq safarga yoki urushga
ketayotgan boʼlsa ayolini moddiy tomondan taʼminlab ketishi kerak boʼlgan. Mabodo
er xotinini mablagʼ bilan taʼminlamagan boʼlsa va u asir tushib qolsa, ayol
yetishmovchilikdan boshqa erkakning uyiga kirsa ham u gunohkor hisoblanmagan.
Biror ota qiziga sep bermagan va olamdan oʼtib ketgan boʼlsa qiz ota mulkidan bir
merosxoʼrning ulushiga teng qismni olgan va hayotining oxirigacha foydalangan,
lekin bu mulk uning akalariga tegishli boʼlgan.
Bu davrda Bobilda ayollarning
muhim burch va vazifalari boʼlgan. Аyol eri boʼlmaganda mol
-mulkni sotmasligi,
birovga bermasligi va uyni asrash lozim boʼlgan. А
yrim hollarda xotin er bilan birday
javobgar hisoblangan. Masalan, Hammurapi qonunlarining 152-moddasida shunday
deyiladi: "
Аgar er xotinining shu xonadonga kelganidan soʼng umumiy qarzlari
paydo boʼlsa ular tamkar oldida birgalikda javobgardirlar".Qadimgi Bobil
142
Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
qonunchiligi bilan Ossuriya va Xett qonunchiligini taqqoslaganimizda ossurlar va
xettlarda ayollar huquqiga bir muncha past nazar bilan qaralganligini koʼramiz.
Ossuriya sud qonunlariga koʼra er xotinini qattiq kaltaklasa, uning azoi badanini
tilka-
pora qilib tashlasa ham aybdor boʼlmagan. Ossuriyada agar er xotinining
javobini bersa, xohlasa biron narsa bergan, xohlamasa hech narsa bermay quruq
ketkazgan. Bobilda esa ayolga tegishli sep, albatta qaytarilib berilishi lozim boʼlgan.
Ossuriyaliklar oʼz qizlariga nisbatan ham cheksiz huquqqa ega boʼlganlar. Ular oʼz
qizlarini sotish huquqiga ega boʼlgan. Ossur qonunlarida “qizlarning bahosi"
koʼrsatib oʼtilgan. А
gar biror qizning nomusi toptalsa, qizning otasiga kumush
hisobida maʼlum haq toʼlash evaziga jazodan qutulishgan. Bobilda esa bunday
vaziyatda jinoyatchi qattiq jazolangan. Jumladan, Hammurapi qonunlarining 130-
moddasiga koʼra biror kimsa bir bokira ayolning nomusini toptasa va shu payt qoʼlga
tushsa, u qatl etilgan, ayolga esa hech qanday jazo berilmagan. Xett qonunchiligida
ham "xotinning bahosi" termini uchraydi. Xettlarda hatto ota oʼz oila aʼzolarini oʼzi
sud qilib, oʼzi jazolash hollari boʼlgan. Qadimgi Bobilda ham ota oila aʼzolaridan oʼz
manfaati yoʼlida foydalanish hollari boʼlgan. Biror kimsa qarzga botgan boʼlsa,
qarzdan qutulish maqsadida xotinini, oʼgʼlini yoki qizini qarz beruvchiga maʼlum
muddatgacha (3 yil) ishlab berish uchun yuborishi mumkin boʼlgan.
Sparta davlatining ijtimoiy hayotida ayollarning roli yuqori boʼlgan xotin
-
qizlarni tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilgan. Unda ayollar
hammaning hurmatini
qozongan. Spartaliklar faqat sogʼlom onadan soglom bola tugʼiladi, deb
hisoblaganlar. Sparta ayollari Yunonistonning boshqa shahar davlatlar nisbatan
hurmatli hisoblanishgan. Olgan tarbiyalariga koʼra ular erkaklarga yaqinroq
boʼlishgan. Sparta ayollari jasorat, vatanparvarlik fidoiylik, mardlik bobida
erkaklardan qolishmaganlar.
А
finaning ayollari va boshqa shaharlarning ayollariga
nisbatan Sparta ayollari erkin boʼlganlar. Ular oʼz mulkiga ega boʼlish, undan
foydalanishi mulkni oʼz qizi yoki oʼgʼliga qoldirishi mumkin boʼlgan. Masalan, shox
Leonid forslarga qarshi jangga (er.av. 480 y) ketish oldidan oʼz xotiniga boshqa
erkakka turmushga chiqish (yoki er topishga va undan yaxshi bolalar orttirishga
ruxsat bergan. Ijtimoiy-iqtisodiy mavqei baland spartalik ayollar davlat ishlarida ham
ishlar edilar. Sparta ayollari shijoatliligi bilan ham ajralib turishgan. Jangchilarning
onalari jang maydonida halok boʼlgan oʼgʼillarini koʼrib kelishgan. Аgar oʼgʼil
yuragidan oʼq yegan boʼlsa magʼrur holda izzat
-
ikrom bilan dafn qilishgan. Аgar
oʼgʼillari yelkasidan oʼq yegan boʼlsa sharmisor boʼlib yiglab kelishar, jasadlarni
begonalar koʼmishgan. Bu kabi Sparta ayollarining qatʼiyatliligi va oriyatliligidan
143
Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
dalolat beruvchi va hozir zamon ayollari ibrat olsa arzigulik bir qancha maʼlumotlar
saqlanib kolgan.
Tarixda nomi o’chmas iz qoldirgan
Turon xalqining ahamoniylar bosqiniga
qarshi kurashiga rahbarlik qilgan sarkarda ayol Toʼmarisdir. Qadimgi yunon
tarixchisi Gerodotning "Tarix” asarida yozilishicha, Аhamoniylar davlati asoschisi
Kir ІІ er.av. 530
-
yil Turonga bostirib kirganda Toʼmaris massagetlar qabilasi
malikasi boʼlgan. Massagetlar bu paytda Аmudaryo boʼylari va Qizilqum hududlarida
yashashgan. Toʼmaris massagetlar podshosining xotini boʼlgan, erining vafotidan
soʼng davlatni boshqargan. U oʼzining aql
-zakovati, erkaklarga xos mardligi bilan
Аhamoniylar podshosini magʼlub qilgan. Yana bir malika Nil sohillarida anvoyi
chechaklardan guldastalar kesib, ne-ne podsholar va sarkardalarni aql-xushidan
ozdirgan goʼzal Kleopatra haqida kim ham bilishni xohlamaydi deysiz. Shark
mamlakatlarida islom dini tarqalmasidan avvalgi davrlarda ham ayol kishi yakka
podsho boʼlishi mumkin emasdi. Аyol hukmdorning eri vafot etsa, farzandi davlatni
boshqarishi kerak edi.
Yana bir hukmdor darajasidagi ayol Аnushtagin asos solgan bu Xorazmshohlar
sulolasining soʼngi hukmdori Аlouddin Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon
xotundir. Sulton Muhammad hukmronligi davrida Turkon xotun saltanat ishlarida
yetakchi mavqeni egallagan, uning farmoyishlari soʼzsiz bajarilgan. U nafaqat sulton,
balki moliyaviy ishlar, davlat va saroy amaldorlari ustidan ham hukmronlik qilgan.
Tarixdan maʼlumki, Аmir Temur davridagichalik ayollar oʼz iqtidori isteʼdodini
namoyon etish uchun imkon berilmagan. Bu imkon uning adolatparvarligi, qolaversa,
aql-
zakovati hamda haqiqatgo’yligi tufayli vujudga keladi va voqelikka aylandi.
Аmir Temurning suyukli yori Bibixonim oʼzining yuksak aql
-idrok tadbirkorligi
bilan ajralib turardi. Bibixonim mamlakatning siyosiy ijtimoiy xayotidan xabardor
boʼlib, saltanat ishlarida dono maslaxatlari bilan qatnashib turgan. Temur
Bibixonimga oshkora boʼysunmasdi, birov uning oqilona maslahatlariga oʼzida
extiyoj sezib turadi.
Bulardan tashqari Sharqda koʼplab hukmdor ayollar, malikalar oʼtgan Jumladan,
Chigʼatoy ulusining xoni Qora Xulaguning umr yoʼldoshi Ergina xotun ancha
vaqtgacha davlatga rahbarlik qilib, oʼz nomidan tanga zarb ettirgan. Eronning
kayoniy shoxlaridan Isfandiyorning oʼgʼli Baxmaniyor oʼzining qizi Xumoyni
valiaxd qilib tayinlagan. Malika Xumoy 32 yil buyuk Eron davlatiga shohlik qiladi.
Hindiston zaminida ham koʼplab malikalar, hukmdor ayollar oʼtgan. Shulardan biri
Roziya XIII asrda yashab oʼtgan. Dexli sultoni Eltutmishning farzandlari ichida eng
salohiyatlisi edi. Shuning uchun Eltutmish koʼzi ochiqligida vazirlar va amirlarni
144
Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
toʼplab qizi Roziyani valiaxd etajagini bildirgan. Roziya sultonlik taxtiga oʼtirgach,
otasi Shamsuddin Eltutmish davridagi yaxshi anʼanalarni tikladi, mamlakatda adolatli
tartib oʼrnatdi, fuqarolarga gʼamxoʼrlik qildi. U "Olam va din sevgisi" va "Bilqisi
Jaxon" deb nom chiqardi Tarixning bu guvohligi qadimda ayollarga oʼz iqtidori va
isteʼdodini namoyon etish uchun imkon berilmagan boʼlsa
-da, ularning ayrimlari
jamiyat boshqaruvida u yoki bu holatda ishtirok etishganligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda tub ijtimoiy-
siyosiy oʼzgarishlar tufayli ayollarga keng imkoniyatlar
yaratilmoqda. Ular jamiyatning barcha sohalarida ishtirok etish, saylash va saylanish
huquqiga ega boʼldilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Krushkol Yu.S. Kadimgi dunyo tarixi. T.: Oʼqituvchi, 1975, 52 bet.
2. http//:www.cheat.com./essay.php?t=31209com/essay/php?t
3. Oʼzbekiston Milliy Entsiklopediyasi. 9
-
jild. T.: Oʼzbekiston Milliy
Entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 2005, 1 bet.
4 .Maxmudov M. Kleoparta. //Guliston. 2008, 3-son,
5. Narshaxiy. Buxoro tarixi. T.: Shark. 1993, 17-25 betlar.
6. Oʼzbekiston Milliy entsiklopediyasi . 8
-jild. 2004, 670 bet.
