12
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARIDA T-2 TOKSIKOZI
DIAGNOSTIKASI VA OLDINI OLISH
G‘.A.Mengliyev
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti Toshkent filiali dotsenti
O.Sh.G‘oyibov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti Toshkent filiali mustaqil izlanuvchisi
Annatatsiya:
Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarida T2 toksikozini
kechishi, belgilari va diagnostikasi va oldini olish xaqida fikrlar keltirilgan bo‘lib,
zaharni hayvonlarning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda mikotoksinlarga
qarshi ishlab vositalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Аннатация:
В статье рассмотрены симптомы, диагностика и
профилактика Т2-токсикоза у сельскохозяйственных животных. Приводятся
сведения о негативном влиянии яда на здоровье животных и
антимикотоксиновых средствах.
Summary:
The article discusses the symptoms, diagnosis and prevention of T2
toxicosis in farm animals. It provides information on the negative impact of the
poison on animal health and antimycotoxin agents.
Kalit so‘zlar:
Mikotoksikozlar, T2 toksini, mikotoksin, fumonisinlar,
zearalenon, oxratoksinlar va disoksinivalenon, trixotesenlar.
Ключевые слова
: Микотоксикозы, токсин Т2, микотоксин, фумонизины,
зеараленон, охратоксины и дизоксиниваленон, трихотецены.
Key words:
Mycotoxicoses, T2 toxin, mycotoxin, fumonisins, zearalenone,
ochratoxins and deoxynivalenone, trichothecenes.
Kirish.
Mikotoksikozlar
chorvachilikning
iqtisodiy
jihatdan
global
muammolaridan biri bo‘lib, bugungi kunda asosiy oziq-ovqat xafvsizligiga tahdiddir.
Tarixga murojaat qiladigan bo‘sak sobiq ittifoq davlatlarida mikotoksinlar o‘tgan
asrning 30-50-yillarida olimlar va amaliyotchilarning e‘tiborini tortdi. Ushbu davrda
tadqiqotchilar birinchi boʻlib F. sporotrichioides bilan zararlangan don tovuq va
oʻrdaklarda fusariotoksikoz, hamda mikromitset bilan zaharlangan don mahsulotlari
esa oʻn minglab odamlarning hayotiga zomin boʻlganligini aniqladi. [Ivanov va
boshqalar, 2008].
13
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Olimlar tomonidan o‘rganilayotgan mikotoksinlarning ko‘pchiligi uchta avlod:
Aspergillus, Penicillium va Fusarium mog‘or zamburug‘lari tomonidan hosil bo‘ladi.
Qoramollarda mikotoksikoz qo‘zg‘atuvchi mikotoksinlarning asosiy turlariga
aflatoksinlar,
T-2
toksinlari,
fumonisinlar,
zearalenon,
oxratoksinlar
va
disoksinivalenon kiradi.
Muayyan turdagi mikromitsetalar tomonidan sintez qilingan mikotoksinlarning
turlari va miqdori ko‘plab omillarga bog‘liq: mog‘or paydo bo‘ladigan substrat turi,
namlik, ozuqa moddalarining mavjudligi, harorat, zamburug‘ koloniyasining etukligi,
boshqa mikroorganizmlar bilan raqobat, stress omillari, substratlarga jismoniy
shikastlanish (hasharotlar, zararkunandalar) va boshqalar. [Diaz va boshq., 2006].
Qishloq
xo‘jalik ekinlari, ozuqalar va ozuqaviy qo‘shimchalarning
mikotoksinlar bilan ifloslanishi bu sanoatning muqarrar qismidir. Qoramollarning
deyarli barcha asosiy ozuqalari mikotoksinlar bilan-pichan, somon, silos, don,
konsentratlar zamburug’lar tomonidan zararlanadi. Avstraliyada olib borilgan
tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hayvon ozuqa namunalarining deyarli 50 foizi bir yoki
bir nechta mikotoksinlar uchun ijobiydir.
Naslli qoramollar mikotoksinlarga juda sezgir. Lekin aniq klinik belgilar bilan
o‘zini namoyon qilmasligi mumkin, ammo sut mahsuldorligining kamayishi,
bepushtlik va abortlarning (bola tashlash) ko‘payishi bilan harakterlanadi.
Bugungi kunga kelib, 500 dan ortiq mikotoksinlar ma’lum bo‘lib, ularning
aksariyati hayvonlarga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Eng keng tarqalgan va xossalari eng
ko‘p o‘rganilgan: aflatoksinlar, oxratoksin, fumonisin, trikotesenlar guruhidan ba’zi
mikotoksinlar va zearalenon.
Tabiatda 60 dan ortiq trixotetsinlarga mansub mikotoksinlar mavjud bo‘lib,
ularning asosiy qismi zaxarli hisoblanadi. Trixotesenlar iqlim sharoiti namgarchilik
yuqori bo‘lgan hududlarda yetishtirilgan va saqlanayotgan donli ozuqalar va ozuqa
qo‘shimchalarida ko‘proq uchraydi.
Asosiy qism.
T-2 toksin.
Trixotesenlar boshqa tur mikotoksinlarga nisbatan qishloq xo‘jalik
hayvonlari uchun katta xavf tug‘dirib, chorvachilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar
keltiradi. Bunday zaxarlanishlar ko‘pincha yashirin va surunkali xolatda kechadi.
Mikotoksinlar guruhida trixotesenlar to‘rtga bo‘linib (T-2 toksin, diasetoksissirpenol-
DAS, nivalenol va deoksinivalenol -DON), hayvonlarda asosiy kasallik chaqiruvchi
hisoblanadi.
Trixotesen mikotoksikoz chorva hayvonlarida epidermal nevroz, qusish, og‘iz
bo‘shlig‘i va oshqozonda yazvalar, ich ketish, vaqti-vaqti bilan qonning qouglyatsiya
14
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
xususiyatini oshib ketishi, shishlar, leykopeniya, taxikardiya, nerv sistemasi
barqarorligining buzulishi, immunitetning tushib ketishi kabi belgilar bilan kechadi.
Dastlab hayvonlarda dermatit keltirib chiqarishi bilan xarakterlanadi.
Shuning uchun ham terida belgilar namoyon qiluvchi toksinlarni o‘rganish
natijasida T-2 toksini tanlab olingan. Ushbu toksin Fusarium tricinetum (sinonimi
F.sporotrichioides), F.solani, F. Avenaceum, F,scirpi, F.poae zamburug‘lari
mahsuloti hisoblanadi. U issiqga chidamli bo‘lib 151-152
0
S haroratda eriydi.
(A.F.Kuznesov 2001).
Etiologiyasi.
Trixotesenlar bilan zaxarlanish manbai zamburug‘lar bilan
zararlangan kombikorm, donli ozuqa qoldiqlari, makkajo‘xori, bug‘doy, samon, silos,
senaj, kuz va erta bahorgi yaylovlardagi o‘simlik qoldiqlari va yangi unib chiqqan
o‘simliklar bo‘lishi mumkin.
Patogenezi
. T-2 toksinining eng kam miqdori ham junlari olingan sichqon va
quyonlar terisiga ta’sir ettirilganda terida kuchli mahalliy va nekrotik yallig‘lanish
o‘choqlari kuzatilgan. Shuning uchun ham bu toksin kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi
antibotik, fito va sitotoksik faollikga ega sanaladi. Jumladan bu toksin biologik yo‘l
bilan ham ta’sir etib to‘qimalarga salbiy ta’sir etishi hamda suyak ilikga ham zarar
yetkzishi mumkin. Katta miqdorda buzoqlar oshqozoniga tushganda dastlab qon
plazmasida uchramaydi, lekin 24 soat o‘tgach 40 ppd darajasigacha ko‘tarilishi
mumkin.
Zaxarlanish (laboratoriya sharoitida) o‘tkir, yarim o‘tkir va surunkali
ko‘rinishda kechishi mumkin, lekin jzuqa bilan hayvon organizmiga tushganda ham
toksik ta’siri saqlanib qoladi.
Klinik belgilari
hayvonlar och qolganda zamburug‘lar bilan zararlangan
ozuqalarni iste’mol qilganda, agarda ozuqada T2 toksini mavjud bo‘lsa dastlabki
4-6 soatda og‘iz bo‘shlig‘idan so‘lak oqishi namayon bo‘la boshlaydi. Keyinchalik
ishtaxasini yo‘qolishi, diareya, tez-tez suv talab qila boshlaydi. Zaharlangan
hayvonlarda 2-4 kunga borib og‘iz bo‘shlig‘i, lablarda va terida yaralar, haroratning
o‘zgarishi, yurak urushi va nafas olish tezlashishi va titroq paydo bo‘ladi.
Diagnoz.
Anamnez ma’lumotlari, klinik belgilar, patologoanatomik o‘zgarishlar
hamda yakuniy diagnoz gematologik va biokimyoviy tekshirishlar asosida qo‘yiladi.
Davolash.
T2 toksikozga gumon qilinganda darhol ratsion tarkibini o‘zgartirish
kerak bo‘ladi. Hayvonlarga simptomatik davolash qo‘llaniladi. Dastlab oshqozon 3
foizli karbonat soda eritmasi bilan yuvilishi, nafas va yurak ishini me’yorlashtiruvchi
dori vositalari qo‘llanilishi kerak. Ratsionga tez hazmlanuvchi ozuqalar, tez-tez toza
suv berish orqali zaharlanish olamatlari bartaraf etiladi.
15
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Oldini olish.
Ozuqalar va ozuqaviy qo‘shimachalarda zamburug‘lar
rivojlanishini oldini olish kerak. Ozuqa zahiralarini yig‘ish, tashish va saqlash
sharoitini kerakli ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda amalga oshirish lozim. Masalan:
xashak gamlashda ular saqlanadigan joy namligi 16 foizdan oshmasligi, senaj
xandaklarining namligi 45-55 foiz, silos namligi 65-75 foizdan oshmasligi kerak.
Ozuqa zahirasi namligi har 3-5 kunda bir marta nazorat qilib turilishi lozim. Donli
ekinlar zahirasi doimo tashqi muhitdan quritilib keyin maxsus jixozlangan
omborxonalarda saqlanishini ta’minlash shart. Donli ekinlardan tayyorlangan ozuqa
zahirasi: makkajo‘xori, javdar, bug‘doy namligi 14 foiz; tariq, jo‘xori namligi 13,5
foiz, turli donlardan tayyorlangan kombikorm namligi 14 foizdan oshmasligi kerak.
Mikotoksikozlar bilan hayvonlar zaharlanishini oldini olishda tizimli
veterinariya sanitariya nazoratini tashkil etish va mikotoksinlarga sog‘lomligini
tekshirilishi shart. Ozuqa mikotoksikoxlarini oldini olishda absorbentlardan
foydalaniladi. Mikotoksin adsorbentlari ozuqa qo‘shimchasi bo‘lib, uning biologik
xossalari ozuqa tarkibidagi zaharli birikmalarni bog‘lash, ularni zararsizlantirish va
hayvon tanasidan olib tashlash qobiliyatiga ega moddalar sanaladi. Bulardan minazel:
aflatoksin B1 - 99%, zearalenon – 94%, oxratoksin A – 96%, T-2 toksin – 83%,
fumonizin – 86% gacha samaradorligi aniqlangan. Notoks LS va boshqalar.
Xulosa.
Ozuqa xomashyosini tanlash, xom ashyo tarkibidagi suv miqdorini
kamaytirish va tegishli saqlash sharoitlarini ta’minlash orqali mikotoksikozning
oldini olish mumkin.
Antifungal ozuqa qo‘shimchalaridan foydalanish mumkin, ammo ular
allaqachon hosil bo‘lgan toksinlar bilan kurasha olmaydi.
Yemni paketlash qo‘ziqorinlarni kamaytirishi mumkin, ammo toksinlarga ta’sir
qilmaydi.
Ba’zi mineral qo‘shimchalar mikotoksinlarni bog‘lashi va ularning ta’sirini
kamaytirishi aniqlangan.
Adabiyotlar:
1. Leontieva D.V., Serbina A.G Mikotoksikologiya asoslari bilan tibbiy
mikologiya/ed. – 2010 yil.
2. Ivanov A.V., Fisinin V.I., Tremasov M.Ya., Papunidi K.X. Mikotoksikozlar
(biologik va veterinariya jihatlari). M.: “Kolos”, 2010.
3. Ivanov A.V., Fisinin V.I., Tremasov M.Ya., Papunidi K.X. Mikotoksinlar
(oziq-ovqat zanjirida). M.: FGBNU "Rosinformagrotex", 2012.
16
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
4. Kononenko G.P., Burkin A.A. Chorvachilik fermalarida pichan va silosning
mikotoksinlar bilan ifloslanishi to'g'risida // Qishloq xo'jaligi biologiyasi. 2014 yil. 6-
son.
5. Kryukov V.S. Ozuqaning mikotoksinlar bilan ifloslanish darajasini va
adsorbentlarning samaradorligini baholash // Mahsuldor hayvonlar biologiyasi
muammolari. 2014 yil. 3-son.
6. A.F.Kuznesov Veterinariya mikologiyasi 2001 yil.
6. G‘oyibov O.Sh., Axmadxo‘jayeva. N.F. Mikotoksikozlar va ulardan
ajraladigan toksinlarning hayvonlar organizmiga ta’siri. “International sonference on
learning and teaching 2022/3” 2022 yil mart 28-34 betlar.
7. Mengliyev. G‘.A., G‘oyibov O.Sh., Jaxparaliyev.S.X., Madaminov U.M.
A.Amirov Qoramollar ozuqasida mikotoksinlarni tarqalishi va oldini olish.
“Mikroorganizmlarni antibiotiklarga sezuvchanligini o‘zgarish sabablari va
oqibatlari” mavzusida xalaro ilmiy konferensiya to‘plami 2024 yil mart.
8. Mengliyev. G‘.A., G‘oyibov O.Sh., Jaxparaliyev.S.X., Madaminov U.M.
A.Amirov Qoramollar ozuqasida mikotoksinlarni tarqalishi va oldini olish usullari
“Veterinariya jarrohligi sohasining kecha va bugun, veterinariya jarrohligi
rivojlanishiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy
konferensiya to‘plami 2024 yil may.
