Авторы

  • Откир Якубов
    Termiz davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84508

Ключевые слова:

oila tug‘ilish bola tarbiya ko‘p bolalilik etnografiya katta oila jamoaviy yashash jamoaviy mehnat urf-odat

Аннотация

: O‘zbek xalqining bola tug‘ish, tarbiyalash va ko‘p bolali oilaga etnik munosabati, milliy qadriyatlarida oila va bola masalasi, o‘zbek xalqi tarixan jamoa asosida yashashi, ko‘p bolali oilalar mehnat resurslari, avlodlar o‘rtasidagi uzviylik va moliyaviy barqarorlik nuqtai nazaridan ham ahamiyatli sanalishi jihatlar talqin etiladi.


background image

36

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O‘ZBEK XALQINING BOLA TUG‘ISH, TARBIYALASH VA KO‘P BOLALI

OILAGA ETNIK MUNOSABATI

Yakubov O‘tkir Shermamatovich

Termiz davlat pedagogika instituti

ushya69@mail.ru


Annotatsiya:

O‘zbek xalqining bola tug‘ish, tarbiyalash va ko‘p bolali oilaga

etnik munosabati, milliy qadriyatlarida oila va bola masalasi, o‘zbek xalqi tarixan
jamoa asosida yashashi, ko‘p bolali oilalar mehnat resurslari, avlodlar o‘rtasidagi
uzviylik va moliyaviy barqarorlik nuqtai nazaridan ham ahamiyatli sanalishi jihatlar
talqin etiladi.

Kalit so‘zlar:

oila,

tug‘ilish, bola, tarbiya, ko‘p bolalilik, etnografiya, katta oila,

jamoaviy yashash, jamoaviy mehnat, urf-odat

ЭТНИЧЕСКОЕ ОТНОШЕНИЕ НАРОДА УЗБЕКИСТАНА К ДЕТЯМ,

ВОСПИТАНИЮ И МНОГОДЕТНЫМ СЕМЯМ

Якубов Уткир Шермаматович

Термезский государственный педагогический институт


Аннотaция:

Рассматриваются этническое отношение узбекского народа к

деторождению, воспитанию детей и многодетности, проблема семи и детей в
нaциональных ценностях, исторически сложившийся уклад жизни узбекского
народа в коллективе, значение многодетности с точки зрения трудовых
ресурсов, межпоколенческой сплоченности и финансовой стабильности.

Ключевые слова:

семя, рождение, ребенок, воспитание, болшая семя,

этнография, многодетность, общинное проживание, общинный труд, обычаи

ETHNIC ATTITUDE OF THE PEOPLE OF UZBEKISTAN TO CHILDREN,

EDUCATION AND LARGE FAMILIES

Yakubov Utkir Shermamatovich

Termez State Pedagogical Institute


background image

37

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Abstract.

The article examines the ethnic attitude of the Uzbek people to

childbirth, child rearing and having many children, the problem of family and
children in national values, the historically established way of life of the Uzbek
people in a collective, the importance of having many children from the point of view
of labor resources, intergenerational cohesion and financial stability.

Key words:

family, birth, child, upbringing, large family, ethnography, having

many children, communal living, communal work, customs


Kirish.

O‘zbek xalqi milliy qadriyatlarida oila va bola masalasi alohida o‘rin

tutadi. Bolaning tug‘ilishi, uning tarbiyasi va oilaning kengayishi xalqning ma’naviy
dunyoqarashi, diniy e’tiqodi va tarixiy an’analari bilan chambarchas bog‘liq.
Ayniqsa, ko‘p bolali oila modeli – nafaqat qadimgi urf-odatlar, balki ijtimoiy
barqarorlik va kelajak avlodni asrashga qaratilgan qadriyat sifatida qaraladi. Mazkur
maqolada o‘zbek xalqining bola tug‘ish va tarbiyalashga bo‘lgan etnik munosabati,
shuningdek, ko‘p bolali oilaning madaniy va ijtimoiy ahamiyati tahlil etiladi. Har bir
xalqning ijtimoiy madaniyatida jamoaviylikning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud.
O‘zbek xalqi tarixan jamoa asosida yashash, o‘zaro hamjihatlik va hamkorlikka
asoslangan turmush tarzini shakllantirgan. Bu holat nafaqat kundalik hayotda, balki
milliy o‘zlik, an’ana va urf-odatlarda ham o‘z aksini topgan. Ushbu maqolada o‘zbek
xalqining jamoaviy yashashga bo‘lgan etnik qarashlari turli jihatlardan tahlil etiladi.
Har bir xalqning ijtimoiy madaniyatida jamoaviylikning o‘ziga xos ko‘rinishlari
mavjud.

Tadqiqot metodlari.

Ushbu maqolani tayyorlashda bibliografik, tarixiy va

qiyosiy tahlil hamda omillarni aniqlash usullaridan foydalanildi.

Muhokama va natijalar.

O‘zbek xalq an’anaviy dunyoqarashida bola –

hayotning barakasi, rizq-nasibaning manbai sifatida qaraladi. “Bolali uy – bozor,
bolasiz uy – mozor” kabi maqollar orqali bolaning qadri ulug‘lanadi[1]. Bu qarash
xalqning ko‘p bolali oilaga ijobiy munosabatida ham namoyon bo‘ladi. O‘zbek
jamiyatida bola tarbiyasi faqat ota-ona zimmasida bo‘lmay, balki bu jarayonga butun
oila, hatto mahalla jamoasi ham jalb etiladi. Kattalarning nasihati, ustozlarning yo‘l-
yo‘rig‘i, qo‘shnining maslahati orqali bola jamoaviy muhitda tarbiyalanadi. Bu –
milliy tarbiya tizimining muhim xususiyatlaridan biridir. Tarixiy manbalar va
etnografik kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p bolali oila o‘zbek xalqi hayotida
jamiyatning asosiy tayanchi sifatida e’tirof etiladi[2]. Ko‘p bolali oilalar mehnat
resurslari, avlodlar o‘rtasidagi uzviylik va moliyaviy barqarorlik nuqtai nazaridan


background image

38

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ham ahamiyatli sanaladi. Xalq orasida “bir farzand – yolg‘iz, ikki farzand – tor, uchta
va undan ko‘p – kenglik” kabi ifoda shakllangan.

Islom ta’limotida bola – Allohning ne’matidir. Balog‘atga yetkazish, unga halol

rizq topish, yaxshi tarbiya berish ota-onaning eng ulug‘ burchi sifatida belgilangan.
«Farzandlarga yaxshilik qilinglar, chunki ularsiz sizning kelajagingiz yo‘q», - degan
mazmundagi

hadislar

xalqning

diniy

dunyoqarashlarida

bolaning o‘rnini

mustahkamlagan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotida bolalar hayotning quvonchi,
kelajakning kafolati sifatida tasvirlanadi. Allalar, ertak va matallarda bola obrazi
doimo mehribonlik, umid va baraka bilan bog‘lanadi. Bu – xalqning bolaga bo‘lgan
mehrining madaniy ifodasi hisoblanadi. O‘zbek xalqining madaniy an’analarida
jamoaviylik asosiy o‘rin tutadi. Xususan, to‘y, xatna, motam marosimlari kabi
ijtimoiy tadbirlar jamoa ishtirokida, umumiy manfaat va mas’uliyat asosida
o‘tkaziladi. Mahalla instituti – bu jamoaviylikning an’anaviy tizimi bo‘lib, u
fuqarolar o‘rtasidagi hamjihatlikni ta’minlaydi.

O‘zbek xalqining jamoaviy yashashga bo‘lgan etnik qarashlari ko‘p asrlik

tarixga ega bo‘lib, milliy an’analar, urf-odatlar, mehnat munosabatlari, diniy
qarashlar va og‘zaki ijod orqali uzluksiz ravishda avloddan avlodga o‘tib
kelmoqda[3]. Bu qarashlar xalqning jamiyatdagi o‘rnini, birdamligini va
barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Jamoaviy yashash madaniyati –
o‘zbek xalqining etnik o‘zligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir.
O‘zbeklarda katta oila, ya’ni bir necha avlodning bir hovlida yashashi keng tarqalgan.
Bu jamoaviy yashashning eng birinchi ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Oila a’zolari
o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat, keksalarga hurmat va yoshlarga tarbiya berish – milliy
qadriyatlar bilan uyg‘un holda namoyon bo‘ladi[4]. Qishloq joylarda hanuzgacha
saqlanib qolgan hashar an’anasi o‘zbek xalqining jamoaviy mehnatga bo‘lgan
yondashuvini ko‘rsatadi. Bu orqali aholi o‘rtasida o‘zaro yordam, ishonch va
birdamlik kuchayadi. Hashar – na faqat iqtisodiy foyda, balki ijtimoiy birlikni
ta’minlovchi omil hisoblanadi. Islom dinidagi «ummat» konsepsiyasi jamoa
birdamligini targ‘ib etadi. Ramazon oyidagi iftorlar, zakot va sadaqa kabi diniy
amallar jamoaviylik va o‘zaro yordam asosida amalga oshiriladi. Bunday qarashlar
o‘zbek xalqi ma’naviyatining asosiy tarkibiy qismiga aylangan.

O‘zbeklarda qarindoshlik va qudachilik munosabatlari juda mustahkam

hisoblanadi[5]. Bu aloqalar nafaqat ikki oilaning, balki butun mahallaning jamoaviy
munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Jamoa manfaatlari shaxsiy manfaatlardan ustun
qo‘yiladi.


background image

39

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1917 yildagi Oktyabr to‘ntarilishi Rossiya imperiyasi tarkibida bo‘lgan barcha

millatlar qatori o‘zbek xalqining ham turmush tarzi, oilaviy munosabatlari va ijtimoiy
tuzilishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. To‘ntarilish natijasida barpo etilgan Sovet
hokimiyati “eski dunyo”ning an’anaviy shakllarini inkor etib, yangi turmush tarzini
joriy qilishga harakat qildi. Bu jarayon o‘zbek oilalarida ham muayyan o‘zgarishlarni
keltirib chiqardi. Oktyabr to‘ntarilishidan keyin Sovet hokimiyati o‘zbek jamiyatidagi
an’anaviy oilaviy munosabatlarni “feodal-patriarxal” – deb baholadi. Ayollarning
huquqlarini kengaytirish shiori ostida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Bunda maqsad
ayollarni an’anaviy oilaviy doiradan chiqarib, ijtimoiy hayotga faol jalb etish edi.

1920-yillardan boshlab o‘zbek jamiyatida “paranjidan xalos qilish” harakati

boshlandi. Bu jarayon, bir tomondan, ayollarning maktabga, ishga chiqishini
rag‘batlantirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mahalliy aholi va an’anaviy oila tizimi
o‘rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Ayollarning hijobni yechishi ko‘p hollarda
oilaviy va mahalliy nizolarga sabab bo‘ldi, ba’zan jismoniy jazolarga ham olib
kelgan. Sovet ta’lim siyosatiga muvofiq, bolalar maktabga jamlangan holda
tarbiyalana boshladi. Bu o‘z navbatida oiladagi an’anaviy tarbiya vazifalarining
davlat muassasalariga o‘tishiga sabab bo‘ldi. Pioner va komsomol tashkilotlari orqali
bolalarga yangi mafkuraviy qarashlar singdirildi, ota-onaning ta’siri cheklandi.

Ko‘p avlodli katta oilalarning o‘rnini asta-sekin kichik, nuklear oilalar egallab

bordi. Bu jarayon industriyalashuv, shaxarlashuv va mehnat muhojirligi orqali
tezlashdi. Er-xotinning ishga chiqishi natijasida oilaviy mehnat taqsimoti o‘zgardi,
bolalarga e’tibor kamaydi. Kollektivlashtirish va davlatlashtirish siyosatlari natijasida
oilalar o‘zining yer-suvi, mol-mulkidan ayrildi. Bu o‘z navbatida moddiy
farovonlikka salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Agrar o‘zgarishlar oila a’zolarining mehnat
resurslari sifatida qaralishiga sabab bo‘ldi.

XX asrning 30-yillariga kelib, Sovet hokimiyati qishloq xo‘jaligini tubdan qayta

qurish maqsadida kollektivlashtirish siyosatini joriy etdi. Bu siyosat dehqon yerlarini,
mol-mulkini davlat tasarrufiga olib, ularni kolxoz va sovxozlarga birlashtirishni
nazarda tutardi. Har qancha "iqtisodiy samaradorlik" shiori bilan asoslangan bo‘lsa-
da, bu siyosat xalq hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, o‘zbek jamiyatida
u an’anaviy hayot tarzi, mulkchilik munosabatlari va diniy-axloqiy qadriyatlar bilan
to‘qnash keldi. O‘zbek qishloqlarida yer dehqonning asosiy hayot manbai edi. Ota-
bobolardan qolgan yerlarga egalik qilish nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy va urf-odat
nuqtai nazaridan ham muhim edi. Kollektivlashtirish siyosatining eng katta zarbasi
ana shu xususiy mulkchilikni inkor etish va uni davlatlashtirish orqali amalga oshdi.
Bu dehqonlarda norozilikni keltirib chiqardi.


background image

40

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

An’anaviy mehnat shakli — oilaviy va urug‘lararo mehnat aloqalariga

asoslangan edi. Kolxoz tizimi bu shaklni buzib, dehqonni kollektiv mehnat rejimiga
majbur qildi. Shu bilan birga, mehnatning samaradorligi pasaydi, inson mehnatga
shaxsiy manfaatsiz jalb qilindi. Bu esa aholida ishga nisbatan befarqlik va passivlik
tug‘dirdi. Kollektivlashtirish jarayonida masjidlar yopildi, mullalar ta’qib qilindi,
diniy urf-odatlar cheklandi. Bunday siyosat o‘zbek jamiyatidagi islomiy qadriyatlar
va diniy hayotni jiddiy inkor etib, xalq orasida ruhiy qarshilikka sabab bo‘ldi. Aniq
misol sifatida Ramazon oyida yig‘im-terim majburiyati yoki Qurbon hayitida jamoat
tadbirlarining taqiqlanishini keltirish mumkin.

Kollektivlashtirishning amaliy oqibati sifatida ko‘plab dehqonlar yersiz va

molsiz qoldi. «Qulak» sifatida tamg‘alanganlar (boyroq dehqonlar) hibsga olindi,
so‘roq qilindi yoki Sibirga surg‘un qilindi. Yetarli tarzda tashkil etilmagan kolxozlar
oziq-ovqat yetishmovchiligi va ba’zi hududlarda ocharchilikka olib keldi. Buxoro va
Qashqadaryo kabi hududlarda aholi orasida isyonlar ham kuzatildi. O‘zbek
dehqonlari turli shakllarda qarshilik ko‘rsatdilar: yerga ekin ekishdan bosh tortish,
qasddan hosilni yo‘q qilish, hayvonlarni so‘yib tashlash, qochish, isyonlar. Bu
qarshiliklar ba’zan uyushgan holda, ba’zan passiv ko‘rinishda bo‘ldi. Sovet
hokimiyati esa bunday harakatlarga qattiq jazo choralari bilan javob qaytardi.
Kollektivlashtirish

siyosati

Sovet

hokimiyatining

iqtisodiy

modernizatsiya

dasturining bir qismi bo‘lsa-da, o‘zbek jamiyatida u an’anaviy hayot tarzi, diniy
e’tiqod va milliy qadriyatlar bilan keskin ziddiyatga keldi. Bu ziddiyat nafaqat
iqtisodiy inqiroz va ijtimoiy o‘zgarishlarga, balki ma’naviy bosim va milliy
identichlikning yo‘qolish xavfiga ham olib keldi. Shu bois, kollektivlashtirish siyosati
faqat iqtisodiy tadbir emas, balki madaniy va milliy o‘zgarishlarning ham asosiy
manbai bo‘lgan.

O‘zbeklarning oila, bola tug‘ish, tarbiyalash va katta oilada yashashga intilishini

boshqa xalqlar bilan qiyosiy tahlil qilinganda shularni kuzatish mumkinki, slavyan
xalqlarida (masalan, ruslar) bolalar soni ozroq, individualistik yondashuv kuchliroq,
bolalar tarbiyasida shaxsiy erkinlik va individual taraqqiyotga e’tibor katta, ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlar tufayli ko‘p bolalilik kamyob hodisa hisoblanadi[6,7]. Shu
o‘rinda, g‘arb mamlakatlari (Germaniya, Fransiya, AQSh)da bolalarni tarbiyalashda
davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlashning mavjudligi bolalar soni kamligi, lekin
har bir bola uchun sarflanadigan vaqt va resurslarning yuqoriligi, ko‘p bolali oilaga
ijobiy munosabat kamroq shakllanganligi[7,8], jumladan, qo‘shni Markaziy
Osiyoning boshqa xalqlari (qozoqlar, qirg‘izlar)da ham o‘zbeklar kabi ko‘p bolalilik
an’analari mavjudligi, qarindosh-urug‘chilik munosabatlari mustahkamligi[9,10,11],


background image

41

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bola tug‘ish va tarbiya masalalarida urf-odatlar va dinga asoslangan yondashuvlar
o‘xshashligiga ko‘ra o‘zbeklarga ancha yaqin.

Xulosa.

O‘zbek xalqining bola tug‘ish va tarbiyalashga bo‘lgan etnik

munosabati uning ko‘p asrlik madaniy, diniy va ijtimoiy tajribasiga tayanadi. Bolani
baraka sifatida qabul qilish, uni jamoaviy muhitda tarbiyalash va ko‘p bolali oila
modeliga ijobiy munosabat xalqning milliy o‘zligini belgilaydigan asosiy
qadriyatlardandir. Bu qarashlar zamonaviy jamiyatda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan, aksincha, milliy identichlikni saqlab qolishda muhim omil bo‘lib
qolmoqda.

O‘zbek xalqining jamoaviy yashashga bo‘lgan etnik qarashlari ko‘p asrlik

tarixga ega bo‘lib, milliy an’analar, urf-odatlar, mehnat munosabatlari, diniy
qarashlar va og‘zaki ijod orqali uzluksiz ravishda avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.
Bu qarashlar xalqning jamiyatdagi o‘rnini, birdamligini va barqarorligini
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Jamoaviy yashash madaniyati – o‘zbek xalqining
etnik o‘zligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir.

1917 yildan so‘nggi davrda o‘zbek oilasi an’anaviy, diniy va ijtimoiy jihatdan

jiddiy sinovlarga duch keldi. Sovet modernizatsiyasi natijasida ayol va bola huquqlari
joriy etilgan bo‘lsa-da, bu jarayon mahalliy qadriyatlar bilan to‘qnashdi va ko‘p
hollarda zo‘ravonlik, majburiy o‘zgarishlar bilan kechdi. Shunga qaramay, o‘zbek
oilasi o‘z an’anaviy asoslarini to‘liq yo‘qotmagan holda yangi sharoitga moslashishni
uddaladi. Bu esa xalqning hayotiy quvvati va madaniy barqarorligidan dalolat beradi.

O‘zbek xalqining ko‘p bolali oilaga va bola tarbiyasiga munosabati – uning

madaniy va diniy merosining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu munosabat boshqa
xalqlar bilan qiyoslanganda, ayniqsa G‘arb xalqlari bilan, jamiyatning tuzilishi, diniy
qarashlar va iqtisodiy sharoitlarga ko‘ra farq qiladi. Ammo umumiy xulosa shuki –
har bir etnos bolaga va oilaga o‘z madaniyati doirasida alohida qadriyat sifatida
yondashadi.

Адабиётлар рўйхати:

1.

Саидов А. Ўзбек халқининг урф-одат ва анъаналари. – Тошкент:

“Фан”, 1993.

2.

Хидоятов Қ.Х. Ўзбекистон тарихи (ўрта ва яқин даврлар). –

Тошкент: “Ўқитувчи”, 2000.

3.

Қаюмов М., Махмудов С. Ўзбек халқ педагогикаси асослари. –

Тошкент: “Ўқитувчи”, 1994.


background image

42

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

4.

Аъламов Б. Миллий оила анъаналари. – Тошкент: “Ўзбекистон”,

2008.

5.

Сафаров А. Қишлоқ оиласининг ижтимоий тузилиши ва тарбия

вазифалари. // Ижтимоий фанлар журнали, 1998, №4.

6.

Асанова Д.К. Многодетные семи в традиционной культуре узбеков.

// Этнографическое обозрение, 1989, №2.

7.

Масанов Н.Э. Обычное право и этнография семи у народов Средней

Азии. – Алма-Ата: Наука, 1991.

8.

Абдурахманова Н. Семейно-брачные отношения у узбеков в ХХ

веке. – Ташкент: Фан, 1980.

9.

Гафуров Б. Нaциональные особенности воспитания детей в

Узбекистане. // Советская педагогика, 1982, №3.

10.

Pauline Jones Luong (Ed.) – The Transformation of Central Asia: States

and Societies from Soviet Rule to Independence. – Cornell University Press, 2004.

11.

Martha Brill Olcott – Central Asia's Second Chance. – Carnegie

Endowment, 2005.

Библиографические ссылки

Саидов А. Ўзбек халқининг урф-одат ва анъаналари. – Тошкент: “Фан”, 1993.

Хидоятов Қ.Х. Ўзбекистон тарихи (ўрта ва яқин даврлар). – Тошкент: “Ўқитувчи”, 2000.

Қаюмов М., Махмудов С. Ўзбек халқ педагогикаси асослари. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1994.

Аъламов Б. Миллий оила анъаналари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2008.

Сафаров А. Қишлоқ оиласининг ижтимоий тузилиши ва тарбия вазифалари. // Ижтимоий фанлар журнали, 1998, №4.

Асанова Д.К. Многодетные семи в традиционной культуре узбеков. // Этнографическое обозрение, 1989, №2.

Масанов Н.Э. Обычное право и этнография семи у народов Средней Азии. – Алма-Ата: Наука, 1991.

Абдурахманова Н. Семейно-брачные отношения у узбеков в ХХ веке. – Ташкент: Фан, 1980.

Гафуров Б. Нaциональные особенности воспитания детей в Узбекистане. // Советская педагогика, 1982, №3.

Pauline Jones Luong (Ed.) – The Transformation of Central Asia: States and Societies from Soviet Rule to Independence. – Cornell University Press, 2004.

Martha Brill Olcott – Central Asia's Second Chance. – Carnegie Endowment, 2005.