Авторы

  • Шахло Назарова
  • Шахризода Мухторова

Биографии авторов

  • Шахло Назарова
    mustaqil tadqiqotchi
  • Шахризода Мухторова
    mustaqil tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84510

Ключевые слова:

asar yozuvchi obraz qissa badiiy detal II jahon urushi ovul eshelon mahalla oqsoqoli jafokash ona qochqin.

Аннотация

Mazkur maqolada sevimli qirg`iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Yuzma-yuz” asaridagi qalamga olingan voqeliklar va asardagi qahramonlar tahlil qilindi. Asarda ishtirok etgan badiiy qahramonlar va ularning ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblari ochib berildi. Har bir obrazning badiiy asar syujetida tutgan o`rni talqin qilindi. Asarning zamon va makon tanlamas achchiq haqiqatlari, jahon adabiyotidagi badiiy qimmati, yozuvchining beqiyos mahorati ko`rsatib berildi.


background image

50

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

CHINGIZ AYTMATOV QISSALARIDAGI QAHRAMONLAR

RUHIYATIDAGI ZIDDIYATLARNI O`RGATISH TAJRIBASIDAN

(“Yuzma-yuz” qissasi misolida)

Nazarova Shahlo

mustaqil tadqiqotchi

Shaxrizoda Muxtorova

mustaqil tadqiqotchi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada sevimli qirg`iz yozuvchisi Chingiz

Aytmatovning “Yuzma-yuz” asaridagi qalamga olingan voqeliklar va asardagi
qahramonlar tahlil qilindi. Asarda ishtirok etgan badiiy qahramonlar va ularning ichki
kechinmalari, ruhiy iztiroblari ochib berildi. Har bir obrazning badiiy asar syujetida
tutgan o`rni talqin qilindi. Asarning zamon va makon tanlamas achchiq haqiqatlari,
jahon adabiyotidagi badiiy qimmati, yozuvchining beqiyos mahorati ko`rsatib berildi.

Tayanch so`z va iboralar:

asar, yozuvchi, obraz, qissa, badiiy detal, II jahon

urushi, ovul, eshelon, mahalla oqsoqoli, jafokash ona, qochqin.

Аннотация:

В статье анализируются реалии и персонажи, изображенные в

произведении «Лицом к лицу» любимого кыргызского писателя Чингиза
Айтматова. Раскрыты персонажи произведения, их внутренние переживания и
душевные страдания. Интерпретировалась роль каждого образа в сюжете
художественного произведения. Были продемонстрированы горькая правда
произведения, независимо от времени и места, его художественная ценность в
мировой литературе, непревзойденное мастерство писателя.

Ключевые слова и фразы:

произведение, писатель, образ, рассказ,

художественная деталь, Вторая мировая война, деревня, поезд, старейшина
квартала, мать-мученица, беженка.

Annotattion.

This article analyzes the realities and characters in the work

"Yuzma-yuz" by the beloved Kyrgyz writer Chingiz Aitmatov. The fictional
characters participating in the work and their inner experiences and mental anguish
are revealed. The role of each character in the plot of the work is interpreted. The
bitter truths of the work, regardless of time and place, its artistic value in world
literature, and the incomparable skill of the writer are shown.

Key words and phrases:

work, writer, character, story, artistic detail, World

War II, village, echelon, neighborhood elder, suffering mother, refugee.


background image

51

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

F. Shelling ta’kidlaganidek, Ch.Aytmatov “zamon va olamni qalbiga singdirish

salohiyatiga ega bo‘lgan” insonlar sirasidan [1].Shuning uchun ham u ko‘pchilikdan
o‘zib, g‘oyalar ifodachisi sifatida tanildi va faqat o‘zibgina ketmasdan, balki o‘z
davrining yo‘qotishlari, yutuqlarini ham belgilab bera oldi. Chingiz Aytmatov - XX
asrning mashhur yozuvchilaridan biri sifatida [2] uning ijodi turli xalqlar adabiyoti
rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgani ma`lum. "Qissalar" to‘plamiga kirgan "Yuzma-yuz",
"Jamila" va "Sarviqomat dilbarim" qissalari [3] yozuvchining insoniy tuyg‘ular,
muhabbat, jamiyat va hayotiy kurash mavzularini yoritishdagi mahoratini namoyon
qiladi.

Jumladan,

"Yuzma-yuz" qissasi insoniylik, vijdon va hayotdagi sinovlar haqida

hikoya qiladi. Asarda II Jahon Urushining inson ruhiyatiga ta’siri, insonning ichki
kechinmalari va hayotiy qarorlarning murakkabligi yoritiladi.

Asardagi asosiy

mavzulardan biri “Urush va uning oqibatlari” [4]- insoniyat tarixida urush faqat
moddiy zarar keltiribgina qolmay, balki ruhiy tushkunlik va axloqiy muammolarni
ham keltirib chiqarishi tasvirlanadi. Millati, tili, dinidan qat`iy nazar bu urush ofati
yetgan insonlarning boshga tushgan qiyin damlardagi insoniylik va burch oldida nafs
yoki qalbga quloq tutishlari qirg`iz ovulidagi kichik bir oila misolida ochib beriladi.
Inson o‘z vijdoni bilan qanday qaror qabul qilishiga bog‘liq jamiyat oldida turli
sinovlardan o‘tishi kerak bo‘ladi.[6]

Asar qahramonlar

Chingiz Aytmatovning “Yuzma-yuz” asariga asos bo`lgan voqea ayni hayotdan

olingan ekan. Qattol urush ketayotganda ovuldan chiqqan birinchi qochoqning

. Hasantoy-To`tioyning

o`rtancha o`g`li.

Ismoil-Saidaning eri,

urushdan qochgan

qochqin.

Saida-turmushning huzur-

halovatini endi bila

boshlagan yosh kelin.

To`tioy- Saidaning

qo`shnisi; eri urushda

halok bo`lib 3ta farzandi

bilan qolgan.

Qurmon- pochtachi og`a.

Jumaboy-Mirzaqulning

ukasi.

Mirzaqul-ovul baxshisi;

chap qo`lidan ajrab,

yaqinda frontdan qaytgan;

hozirda ovul raisi.

Musa emchi-Archa ovulida

odamlarni giyohlar va sut

bilan davolovchi tabib.

Boydali- To`tioyning eri;

dalada suvchi edi;

Stalingrad yaqinida jangda

halok bo`lgan.

Beksaat kampir-Ismoilning

onasi.


background image

52

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ojizligi, yaqinlaridan tortib, og`ir ahvoldagi qishloqdoshlariga, hatto tirikchiliklari
arang o`tayotgan Chingizlar oilasiga kuchli ta`sir qilgan ediki, oradan deyarli o`n olti-
o`n yeti yil o`tsa ham bu mash`um kunlar xotirasidan chiqmagan ekan. Qanday
bo`lsa, shunday tasavvur qilish uchun qochoqning Ismoil degan nomini ham
o`zgartirmaydi.

Asar urush bo`layotgani barchaga birdek qanday ta`sir qilayotgan bo`lsa, yon

atrofning xuddi shunday musibatli kuz kunlaridagi tasviri bilan boshlanadi.

Bu qissada insoniylik, vijdon va hayotdagi sinovlar, urushning inson ruhiyatiga

ta`siri, ichki kechinmalari, hayotiy qarorlarni qabul qilish naqadar og`ir ekanligi
yoritib berilgan. Urush va uning oqibatlari insonlarga nafaqat moddiy zarar, balki
ruhiy tomondan ham zarba bera olgan desak mubolag`a bo`lmaydi. Shuningdek,
axloqiy muammolarni keltirib chiqarganiga ham Mirzaqul obrazi orqali guvoh
bo`lamiz.

Ismoil obraziga to`xtaladigan bo`lsak, Vatan xoini har qaysi davrda ham Vatan

xoiniligicha qolaveradi, albatta. Yosh o`spirinlar urushga yurak yutib, mardlarcha
ketayotgan bir paytda uning bu qilgan ishini oqlash mumkin emas-ku! Hammaning
ham oilasi, uyida ko`zlari to`rt bo`lib kutayotgan murg`ak go`daklari bor. U Vatan
xoini bo`lishi bilan bir qatorda vijdonsiz, nafsining quli bo`lgan kimsa obrazida
tasvirlangan. 3ta yosh bolali qiynalgan oilaning haqqiga xiyonat qilgani
kitobxonlarda unga bo`lgan nafratni yana bir karra kuchaytirgan bo`lsa ne ajab.

Insonning o`z-o`zi bilan kurashishi naqadar og`ir. Buni esa Saidaning bir

kechada sochiga oq tushib ketishidan anglab olish qiyin emas.

Beksaat kampir matonatli, mushtipar ona timsoli. U qarib, kuchdan qolgan.

Uydan chiqmasa-da, o`tirgan joyida ham Ismoilning farzandiga qo`lidan kelgancha
g`amxo`rlik qiladi.Agar shu kampir bolaga qaramaganida Saida qanday qilib dalada
ishlardi? Yeyish uchun bug`doy topib kelardi? O`zi betob bo`lishiga qaramay,
Saidaga ham bildirmadi. Saida bundan xabar topib bunda-da ko`proq qiynalishini,
aziyat chekishini xohlamadi.Chunki u vaqti soati yaqinlashayotganini sezib
turardi.Qiynalib-qiynalib vafot etishi bilan jafokash onaning qissasi o`z nihoyasiga
yetdi. Bu o`lim butun kelajakdan ham mahrum qilgandi. Ya`ni barcha o`y-xayollar -
safar tashvishlari ham, yo`l azobi ham, Chotqolga ketgan boshqa qavm-qarindoshlar
daragini surishtirish ham, ularga bu yoqqa kim bilan birga va qay tariqa yetib
kelganlarini hikoya qilib berish rejasi ham barham topdi.

Xulosa o`rnida aytish mumkinki, hammaga birdek o`z hukmini o`tkaza olgan

urush paytida umuminsonlarga xos insoniylik tuyg`usi bo`lmish vijdon bilan nafsning
yuzma-yuz to`qnashuvi, achchiq haqiqatlar Saida va Ismoil kabi yosh oila misolida


background image

53

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ochiq-oydin aks ettirilgan. Shu o`rinda yana bir jihatga ham e`tibor qaratish joizki,
har bir insonning o`z haqiqati bor. Masalan, Ismoilning hayot lazzatlaridan
bahramand bo`lmaganligi, Saidaning beva bo`lib qolmaslik o`y-xayollari,
Mirzaqulning majruh bo`lib urushdan qaytishi kabilar bu obrazlarning o`zini oqlovchi
haqiqatlaridir. Bu qissada Aytmatovning falsafiy mushohadalari, insoniylik va
axloqiy qadriyatlar chuqur yoritilgan. Asar tilining soddaligi bilan birga, undagi
ma’no qatlamlari o‘quvchini o‘yga toldiradi. Zamonlar o`tsa-da, Chingiz Aytmatov
asarlari butun jahon adabiyotida yanada ko‘proq ahamiyat kasb etib boradi, ulug‘
adibning nomi, asl kitobxonlar qalbida yorqin iz qoldiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Akmal Saidov. Chingiz Aytmatov – zamonaviy adabiyotning yirik

namoyandasi

https://parliament.gov.uz/articles/1928

2. Aytmatov, CH., Shoxonov, M (1998). Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori

(I- qism). –Toshkent: «Sharq» Nashriyot-Matbaa Konserni Bosh Tahririyati.

3. Aytmatov, Ch. Tanlangan asarlar. Qissalar. Toşkent: Sharq. 2016.
4. Fayzullayev O. Yozuvchining ilmiy fantaziyasi // “Jahon adabiyoti“

jurnali,2005-yil, iyun.

5. Rashidov A. Chingiz Aytmatov olami. - Toshkent: O‘qituvchi, 2011.

Библиографические ссылки

Akmal Saidov. Chingiz Aytmatov – zamonaviy adabiyotning yirik namoyandasi https://parliament.gov.uz/articles/1928

Aytmatov, CH., Shoxonov, M (1998). Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori (I- qism). –Toshkent: «Sharq» Nashriyot-Matbaa Konserni Bosh Tahririyati.

Aytmatov, Ch. Tanlangan asarlar. Qissalar. Toşkent: Sharq. 2016.

Fayzullayev O. Yozuvchining ilmiy fantaziyasi // “Jahon adabiyoti“ jurnali,2005-yil, iyun.

Rashidov A. Chingiz Aytmatov olami. - Toshkent: O‘qituvchi, 2011.