Авторы

  • Бегзод Примкулов
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
  • Розибой Хуррамов
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84511

Ключевые слова:

takroriy yeryong’oq tuproq gumus diversifikatsiya hosil o‘simlik organik texnologiya mahsuldorlik dukkak.

Аннотация

G‘alla o‘rim-yig‘imidan keyin takroriy ekin sifatida yetishtirilgan yeryong’oq ekinining turli ekish usullariga nisbatan erta muddatda hamda an’anaviy ekish usulida tuproqqa ekilganda hosildorlikning o‘zgarishiga ta’siri ko‘rsatib o‘tilgan.


background image

54

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

G‘ALLADAN BO‘SHAGAN MAYDONLARGA TURLI EKISHNING

DUKKAKLI YERYONG‘OQ HOSILI ELЕMЕNTLARI O‘ZGARISHIGA

TA’SIRI

Primkulov Begzod Sheraliyevich

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Xurramov Ro‘ziboy Jo’ra o‘g‘li

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

xurramovruziboy319@gmail.com

Annotatsiya:

G‘alla o‘rim-yig‘imidan keyin takroriy ekin sifatida yetishtirilgan

yeryong’oq ekinining turli ekish usullariga nisbatan erta muddatda hamda an’anaviy
ekish usulida tuproqqa ekilganda hosildorlikning o‘zgarishiga ta’siri ko‘rsatib
o‘tilgan.

Kalit so‘zlar;

takroriy, yeryong’oq, tuproq, gumus, diversifikatsiya, hosil,

o‘simlik, organik, texnologiya, mahsuldorlik, dukkak.

ВЛИЯНИЕ РАЗЛИЧНЫХ СПОСОБОВ ПОСЕВА НА ЭЛЕМЕНТЫ

УРОЖАЙНОСТИ БОБОВОГО АРАХИСА, ВЫРАЩЕННОГО НА ПОЛЯХ

ПОСЛЕ УБОРКИ ПШЕНИЦЫ


Аннотация:

Рассмотрено влияние различных способов посева на

урожайность арахиса, выращенного в качестве повторной культуры после
уборки зерновых, как при раннем сроке посева, так и при традиционном
способе посева в почву.

Ключевые слова:

повторная культура, арахис, почва, гумус,

диверсификация, урожай, растение, органический, технология, продуктивность,
боб.

EFFECT OF DIFFERENT SOWING METHODS ON YIELD COMPONENTS

OF LEGUMINOUS PEANUT GROWN ON FIELDS VACATED AFTER

WHEAT HARVEST


Abstract:

The impact of different sowing methods on the yield of peanuts

cultivated as a secondary crop after the grain harvest has been analyzed in both early
planting periods and traditional sowing methods into the soil.


background image

55

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Keywords:

secondary crop, peanut, soil, humus, diversification, yield, plant,

organic, technology, productivity, pod.


Ko‘pgina davlatlarda suvli maydonlarda boshoqli don ekinlari ekiladigan

maydonlar tuproqlarining unumdorligini saqlash va oshirish maqsadida ko‘plab
davlatlarda boshoqli don ekinlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni va
takroriy ekinlar diversifikatsiyasi qo‘llash orqali ijobiy natijalar olinmoqda.
Respublikamizning sug‘oriladigan maydonlaridan bir yil davomida 2-3 marta hosil
olish imkoniyatini hisobga olib, takroriy ekin sifatida o‘zining tarkibida yuqori sifatli
oqsil saqlaydigan va mavjud oqsil tanqisligi muammosini ijobiy hal etadigan
dukkakli (yeryong‘oq, mosh, soya, loviya) ekinlari turi va navlarini to‘g‘ri tanlash
ekib yetishtirish tuproq unumdorligini yaxshilash uchun o‘ta muhimdir.

Respublikamiz janubida boshoqli don ekinlari hosilidan bo‘shagan maydonlarda

bioiqlim resurslaridan to‘la foydalanish, takroriy ekinlar diversifikatsiyasi va
yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihaning
asosiy maqsadlaridan biri Respublikaning janubiy mintaqalari sharoitida boshoqli
don ekinlaridan keyin takroriy ekinlar divertifikatsiyasini ishlab chiqish asosida,
ularning tuproq unumdorligini oshirishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Bunda
dukkakli don va donli ekinlar urug‘lari to‘g‘ridan to‘g‘ri va yerga ishlov berish
natijasida ekib o‘rganiladi. Shunday ekan respublikaning janubiy mintaqalarida
boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekinlar devirsifikatsiyasini
ishlab chiqish talab etiladi. Shu bilan birga takroriy ekinlarni yetishtirishning
resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin
sifatida o‘zining tarkibida yuqori sifatli oqsil saqlaydigan va mavjud oqsil tanqisligi
muammosini ijobiy hal etadigan dukkakli ( mosh, soya, yeryog‘oq) ekinlari turi va
navlarini to‘g‘ri tanlash ekib yetishtirish tuproq unumdorligini yaxshilashda
samaradorligi yuqori hisoblanadi.

Takroriy yeryong‘oqni ekin sifatida ekish o‘simlik ildizida yashaydigan tuganak

bakteriyalar faoliyati natijasida atmosfera azotni o‘zlashtirilishi natijasida tuproqda
biologik azotni to‘planishi, organik moddalar miqdorini ko‘payishi, tuproqning suv-
fizik xossalarini yaxshilanishi, unumdorligini oshishi, ikkilamchi sho‘rlanishni oldini
olinishi, yeryog‘oqdan keyin ekilgan o‘simlik hosildorligini 20-30 foizga oshishi
ilmiy manbalarda ko‘rsatib o‘tilgan [1].

Surxondaryo viloyati sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan yeryong‘oq ekini

2, t/ga ildiz va ang‘iz qoldiqlari qoldirishini, 50,3-47,6 mln/g. bakteriyalar, 48,7-50,3


background image

56

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mln/g azotofikatorlar, 68,9-63,7 mln/g nitrofikatorlar, 59,6 -54,1 mln/g zamburug‘lar,
35,6-33,2 mln/g aktinomiustlar qoldiqlarini ko‘rsatganligini ma’lum qilishgan [2].

Yeryong’oqning vegetatsiya davri kunida tuproq tarkibida 50–100 kg/ga

biologik azot va organik moddalar to‘plab, yerning tabiiy unumdorligini oshirishi
bilan birga oqsil va vitaminlarga boy bo‘lgan shifobaxsh don beradigan ekinlardan
biri hisoblanadi [3]. Yuqoridagi muamolardan kelib chiqqan holda, Mamalakatimizni
janubiy hududlarida boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda tuproq
unumdorligini saqlash va oshirishda xizmat qiluvchi, iqtisodiy samarador, yuqori
rentabelli takroriy ekinlar devirsifikatsiyasini ishlab chiqishdan iborat. Tuproq
unumdorligini oshiruvchi, ekinlarning rivojlanish davrlarini to‘liq o‘tashini
ta’minlovchi suv, yoqilg‘i-moylash va boshqa resurslarni iqtisod qilishni
ta’minlovchi takomillashgan takroriy ekinlarni yetishtirish texnologiyalarini ishlab
chiqish lozim. O‘tkazilgan tajriba maydoni Surxondaryo viloyati tuproqlari
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar hisoblanadi. Tadqiqotlarda, o‘simliklarning
o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi. Turli variantlar
bo‘yicha tuproqning kimyoviy va fizik – kimyoviy xossalari, tajribada o‘rganilgan
takroriy ekin moshning hosildorligi o‘rganildi (1-rasm). Tajribada tuproqqa ishlov
bermasdan haydamasdan ekish usulida mosh ekinida 7,3 s/ga, chizellab (20-25 sm)
ekilgan usulda esa 10,2 s/ga tashkil etganligi kuzatildi. Shudgorlab va chizellab ekish
usullarga nisbatan taqqoslanganda hosildorlik ko‘rsatkichi boshqa usullarga nisbatan
yeryong‘oqda 13,4 s/ga farq bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

1-rasm. Har xil ekish variantlarda ekilgan moshning hosildorlik ko‘rsatkichlari


Xulosa.

O‘tkazilgan taqiqotilardan xulosa qilib aytganda, ekish muddatlarining

kechikib borishi tuproqqa ishlov berilmasdan ekilgan boshqa variantlarda yeryong‘oq


background image

57

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ekini hosildorligi keskin pasayib borgan bo‘lsa, kuzgi bug‘doydan bo‘shagan
maydonlarda takroriy yeryong‘oq ekinini erta muddatda (20 iyungacha) oyida
tuproqni 20-25 sm chuqurlikda shudgorlab ekilganda hosildorlik ko‘rsatkichida 13,4
s/ga yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Aniqlangan natijalardan kelib chiqib shuni aytish
mumkinki ekindan bo’shagan dalalarda tuproqqa ishlov berishni ananaviy usuldan
zamonaviy resurstejamkor texnologiyalardan foydalanish samarador ekanligi ko’rish
mumkin.


Adabiyotlar:

1. Buriyev I, Tillabekov B Tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘za navlarini sug‘orish

tartibi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. – Toshkent, 2011, №12. – B-16.

2. Xoliqov B. Takroriy ekinlar va tuproq unumdorligi. O‘zbekiston qishloq
xo‘jaligi. № 6. 2004 y. 20 b.
3. Meyliyev Akmal Xushvaqtovich, Bolqiyev Zoxid Toshtemirovich. Janubiy
mintaqalar sharoitida qattiq bug‘doyning don sifati yuqori bo‘lgan tizmalarini

tanlash // Life Sciences and Agriculture. 2020. №1.

4. Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich. Yumshoq bug‘doyning mahalliy

mahsuldor tizmalari seleksiyasi // Life Sciences and Agriculture. 2020. №1.

5. Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich, Boysunov Nurzod Bekmurodovich.

Raqobatli navsinash ko‘chatzorida yumshoq bug‘doyning biometrik ko‘rsatkichlarini
o‘rganish// Life Sciences and Agriculture. 2020. №1.

6. Abduazimov Akbar Muxtorovich, Vafoyeva Mavluda Bobomurodovna.

O‘suvni boshqaruvchi vosita (biostimulyator) larning kuzgi bug‘doy dastlabki
biometrik ko‘rsatkichlariga ta’siri // Life Sciences and Agriculture. 2020. №1.

7. Uzaqov G‘ulomjon Oqbo‘tayevich. Kuzgi bug‘doyni resurstejamkor

texnologiya asosida yetishtirilishining don hosildorligiga ta’siri // Life Sciences and
Agriculture. 2020. №1.

8. Xazratkulova Shaxnoza Usmonovna, Tog‘ayeva Xolida Rajabovna. Kuzgi

yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining issiqlikka bardoshliligini baholash // Life
Sciences and Agriculture. 2020. №1

Библиографические ссылки

Buriyev I, Tillabekov B Tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘za navlarini sug‘orish tartibi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. – Toshkent, 2011, №12. – B-16.

Xoliqov B. Takroriy ekinlar va tuproq unumdorligi. O‘zbekiston qishloq

xo‘jaligi. № 6. 2004 y. 20 b.

Meyliyev Akmal Xushvaqtovich, Bolqiyev Zoxid Toshtemirovich. Janubiy

mintaqalar sharoitida qattiq bug‘doyning don sifati yuqori bo‘lgan tizmalarini tanlash // Life Sciences and Agriculture. 2020. №1.

Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich. Yumshoq bug‘doyning mahalliy mahsuldor tizmalari seleksiyasi // Life Sciences and Agriculture. 2020. №1.

Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich, Boysunov Nurzod Bekmurodovich. Raqobatli navsinash ko‘chatzorida yumshoq bug‘doyning biometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish// Life Sciences and Agriculture. 2020. №1.

Abduazimov Akbar Muxtorovich, Vafoyeva Mavluda Bobomurodovna. O‘suvni boshqaruvchi vosita (biostimulyator) larning kuzgi bug‘doy dastlabki biometrik ko‘rsatkichlariga ta’siri // Life Sciences and Agriculture. 2020. №1.

Uzaqov G‘ulomjon Oqbo‘tayevich. Kuzgi bug‘doyni resurstejamkor texnologiya asosida yetishtirilishining don hosildorligiga ta’siri // Life Sciences and Agriculture. 2020. №1.

Xazratkulova Shaxnoza Usmonovna, Tog‘ayeva Xolida Rajabovna. Kuzgi yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining issiqlikka bardoshliligini baholash // Life Sciences and Agriculture. 2020. №1