Авторы

  • Гульхаё Тозабоева
    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Биография автора

  • Гульхаё Тозабоева , Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
    talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84513

Ключевые слова:

Metodika texnologiya tabiat o‘qitish ta’lim tarbiya didaktika.

Аннотация

Maqolada boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘ziga xos imkoniyatlari xaqidagi fikrlar bayon etilgan.


background image

64

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BOSHLANG‘ICH SINF TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA ILG‘OR

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Tozaboyeva Gulhayo

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi

Anntotatsiya:

Maqolada boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida ilg‘or

pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘ziga xos imkoniyatlari xaqidagi fikrlar
bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Metodika, texnologiya, tabiat, o‘qitish, ta’lim, tarbiya, didaktika.

Аннотация:

в статье рассматриваются конкретные возможности

использования передовых педагогических технологий на уроках естествознания
в начальной школе.

Ключевые слова:

методика, технология, природа, преподавание,

образование, воспитательная работа, дидактика.

Annotation:

the article outlines the specific possibilities of using advanced

pedagogical technologies in elementary school natural science classes.

Keywords:

methodology, technology, nature, teaching, education, upbringing,

didactics.


Boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash

uchun eng avvalo dars turi, maqsadi, mavzusiga to‘xtalishimiz tabiiy. Shunday ekan,
eng avvalo, darsning texnologik xaritasini tuzib olishimiz darkor, chunki darsning
texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning
xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda
tuziladi. Uni qay ko‘rinishda tuzish o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan maqsadi,
ijodkorligiga bog‘liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars
jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi, aniq belgilangan maqsad, vazifa va
kafolatlangan natija aks etishi lozim. Texnologik xaritaning tuzilishi o‘qituvchini
darsning kengaytirilgan ishlanmasini tuzishdan, yozishdan xalos etadi, chunki bunday
xaritada dars jarayonining barcha qirralari o‘z aksini topadi. O‘qituvchi o‘qitayotgan
fanining har bir mavzusi, har bir dars mashg‘uloti bo‘yicha tuzgan texnologik
xaritasi, unga fanni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishga, yaxlit o‘quv
jarayonining boshlanishi va maqsadidan tortib, erishiladigan natijasini ko‘ra
olishgacha yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritaning o‘quvchilar imkoniyati va


background image

65

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ehtiyojidan kelib chiqib tuzilishi, uni shaxs sifatida ta’limning markaziga olib
chiqishga va bu bilan o‘qitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.

O‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish

o‘qituvchidan juda ko‘p samarali mehnatni talab etadi. Ilg‘or tajribaga ega
o‘qituvchilar mahorati quyidagi pedagogik texnologiyada o‘z ifodasini topdi.

Birinchidan

, dars mazmunidan kelib chiqish, maqsadning aniqligi. Maqsadga

ko‘ra darslarni xilma-xil shakllarda tashkil etish: 1. Ijodiy dars. 2. Ertalik darsi. 3.
Bahs. 4. Suhbat. 5. Sayohat. 6. Uchrashuvli darslar.

Ikkinchidan,

o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga odatlantirish maqsadida kino,

televidenie, ma’naviy o‘yinlar, mushoiralarning qo‘llanilishi.

Uchinchidan

, o‘quvchilarning bilimi, tarbiyalanganlik darajasini aniqlash

maqsadida tezkor testlar va reyting kabi pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos
shakllaridan foydalanish. Ayniqsa, o‘qituvchining o‘z faoliyatiga yangicha
yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Tabiatshunoslik darslarida ushbu didaktik texnologiya va mashqlardan tashqari

«Bumerang», «Zinama-zina», «6x6x6», «Charxpalak», «Mozaika», «Issiq
kartoshka», «So‘z top», «3/4», «Dumaloq stol», «3/3», «FSMU», “Raqamli
joylashuv”, «Beshinchisi ortiqcha», «uch haqiqat bir yolg‘on», «Sinkveyn», «Yangi
fikriy hujum», «Akvarium», «Insert», “Bilmasvoyni kim yengadi?”, «Rasmlarni
to‘g‘ri joylashtir», «Video topishmoq», «Qora quti», «Qarorlar shajarasi»,
«Zakovat», «Kim ko‘p biladi», «Davra suhbati», «Ven diagrammasi», «To‘xtab
o‘qish», «Zanjir» kabi bir necha texnologiyalardan foydalanish mumkin.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, quyida pedagogik texnologiyalar

asosida tabiatshunoslik fanidan 1 soatlik darsning oldindan loyihalashtirilgan
texnologik xaritasi va dars ishlanmasidan namuna keltiramiz:


Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

: O‘lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar

(4-sinf)

Darsning turi:

Yangi bilim beruvchi.

Mavzuga doir tayanch tushunchalar

: Uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar.

Soatlar soni

: 1 soat (45 minut)

Mavzuning qisqacha ta’rifi

: Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar haqida

ma’lumotlarga ega bo‘lish

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

:

Metod

: Suhbat, tushuntirish, ko‘rgazmalilik, bahs-munozara, test, didaktik


background image

66

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o‘yinlar (“Bilmasvoyni kim yengadi?”, «Kim tez bajaradi», «To‘rtinchisi ortiqcha»,

“Raqamli joylashuv”), “Klaster”, «Bilimdon» (BBB) usullari.

Shakl

: jamoa, guruh bilan ishlash.

Darsning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi:

matematika, o‘qish, musiqa, jismoniy

tarbiY.

Darsda o‘quvchi bilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar:

1)

uy va yovvoyi hayvonlar, ularning oziqlanishi va yashash sharoiti, ularni

parvarishlash va farqlay olish;

2)

inson va tabiat orasidagi munosabatni, tabiatni

asrashning muhimligini tavsiflay olish;

3)

tabiatni muntazam kuzatish va

natijalarni “Kundalik kuzatish daftari”ga qayd etib borish.

Darsning jihozlari:

Darslik, mavzuga oid rasmlar, qush va hayvonlarning

tarqatma shablonlari, tarqatma test, rebus.

Texnik vositalar:

Televizor, DVD, proektor, ekran, disklar.

Nazorat:

O‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash

: O‘quvchilar reytingi dars oxirida elon qilinadi.

Darsning maqsadi:

Talimiy

: O‘quvchilarga uy va yovvoyi hayvonlarni parvarishlash usullari bilan

tanishtirish; yangi atama va tushunchalarni o‘rgatish; uy va yovvoyi hayvonlarni

farqlay olish.

Tarbiyaviy

: Uy va yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish, hayvonot olamiga

mehr-muhabbatni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi

: O‘quvchilarning dunyoqarashini, faolligini, mustaqil

fikrlashini va og‘zaki nutqini rivojlantirish.

Darsning vazifalari:

O‘quvchilarga darsga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularga

mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va kengaytirish;

Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh

holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara orqali tarqatma

materiallardagi matnlarning qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish,

ularning bilimlarini baholash.

Kutilayotgan natija

O‘qituvchi:

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan

o‘zlashtirilishiga erishadi. O‘quvchilar faolligini oshiradi. Ularda darsga qiziqish

uyg‘otadi. Mashg‘ulot jarayonida barcha o‘quvchilar baholanadi. O‘z oldiga

qo‘ygan maqsadlarini amalga oshiradi. O‘quvchilarni yozma axborotni mustaqil

o‘rganish, uni xotirada saqlash, boshqalar bilan fikr almashish, savol berish va


background image

67

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

savolga mushohada qilib javob qaytarishga o‘rgatadi.

O‘quvchi:

Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo‘lib ishlashga

o‘rganadi. Nutqi rivojlanadi va esda saqlash qobiliyati kuchayadi. O‘z-o‘zini

nazorat qilishni o‘rganadi.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

O‘quvchilar davomati aniqlanadi.

Sinfning darsga tayyorgarligi

tekshiriladi. Dars davomida rioya

qilinadigan qoidalar belgilanadi.

Darsning shiori ishlab chiqiladi.

Suhbat

3

daqiqa

2-bosqich

O‘tilgan

mavzuni

mustahkamlash

, uyga vazifani

tekshirish

1. O‘quvchilar egallagan bilimlar test

usuli orqali tekshiriladi.

2. “Bilmasvoyni kim yengadi?” usuli

orqali bilimlar mustahkamlanadi.

3. «Kim tez bajaradi» mashqi

o‘tkaziladi.

Test

Munozara

Muammoli

izlanish

3

daqiqa

4

daqiqa

3

daqiqa

3-bosqich

Yangi

mavzuning

bayoni

1. O‘qituvchining kirish suhbati va

savollari.

2. Javoblarni klaster shaklda tuzish.

3. Darslik bilan ishlash.

Suhbat

Savol-javob

BBB usuli

6

daqiqa

4

daqiqa

10daqiq

a

4-bosqich

mustahkamlash

1.Yakuniy suhbat.

2. «To‘rtinchisi ortiqcha» didaktik o‘yini

3. “Raqamli joylashuv” mashqi

Suhbat

Muammoli

izlanish

2

daqiqa

3

daqiqa

2

daqiqa

5-bosqich
Baholash.

Darsni

yakunlash

O‘quvchilarning darsda ishtiroki

hisobga olinib, reytinggi elon qilinadi

va dars yakunlanadi. Nomi-natsiyalar

bilan mukofotlanadi.

3

daqiqa


background image

68

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

6-bosqich

Savollarga javob topib kelish

Tushuntirish

2

daqiqa


Darsning borishi:
1. Darsni tashkil etish va o‘quvchilarni darsga hozirlash

(3 daqiqa)

:

1)

salomlashish;

2) davomatni aniqlash;
3) navbatchi axborotini tinglash;
4) diqqat mashqi (bosh harakati bilan eshik-deraza, shift, pol so‘zlari uch marta

takrorlanadi, so‘ngida DOSKA deb o‘quvchilar diqqati jamlanadi)

Darsning shiori:

Ona tabiatni asraymiz.

Baholash.

O‘quvchilarni quyidagicha baholaymiz: 5 ball shaklida);

Dars davomida “Do‘stona kelishuv” qoidalariga rioya qilmagan o‘quvchi

jarima

kartochkasi oladi. Darsni yaxshi va a’lo o‘zlashtirgan o‘quvchilarga dars

so‘ngida rag‘batlantirish maqsadida

“Bugungi darsning eng faol o‘quvchisi”,

“Bugungi darsning eng tirishqoq o‘quvchisi”, “Bugungi darsning eng
intiluvchan o‘quvchisi”

nominatsiyalari tashkil qilinadi.

2. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash, uyga vazifani tekshirish

(10daqiqa)

1)

Bolalar o‘tgan darsimizni eslab olsak, keling buning uchun musiqa

sadolari ostida men bilan birgalikda ushbu harakatlarni bajaramiz (o‘qituvchi
uchayotgan qushning qanotlari kabi qo‘llarini harakatlantiradi).

2)

O‘tilgan mavzu “Bahorda o‘lkamizga qushlarning qaytib kelishi”

bo‘yicha o‘quvchilar egallagan bilimlari

test usuli

orqali tekshiriladi.

1. Qushlar nima bilan oziqlanadi? a) o‘t b) hasharot d) ovqat
2. Bahorda birinchi bo‘lib qaysi qush uchib keladi?
a) chumchuq b) burgut d) qaldirg‘och
3. Qaysi qushning ovozi yoqimli? a) qarg‘a b) kaptar d) bulbul
4. Qaysi qush tinchlik ramzini bildiradi? a) kaptar b) laylak d) turna
Ushbu test o‘zaro almashtirish orqali tekshiriladi.

3. Yangi mavzuning bayoni

(20 daqiqa). O‘quvchilarga yangi mavzuni

tushuntirish bilan birga quyidagi savollar beriladi:

1)

Tabiatda qushlardan boshqa yana qanday jonzotlarni uchratgansiz?

O‘quvchilar javobidan so‘ng doskaga ”O‘lkamizdagi hayvonlar” yozuvi ilinadi.

2)

Qanday hayvonlarni bilasiz?


background image

69

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

3)

Hayvonlar qanday ikkita katta guruhga bo‘linadi? O‘quvchilar javobidan

so‘ng doskaga “Uy va yovvoyi hayvonlar” yozuvi ilinadi, bu orqali “Klaster” usuli,
ya’ni tarmoqlanish hosil bo‘ladi.

4)

Nima uchun hayvonlarni ikki guruhga bo‘ldik?

Yashash tarzi

Hayvonlar

Uy hayvonlari

Yovvoyi hayvonlar

O‘txo‘r

Qo‘y, sigir, echki, ot

Kiyik, jayron, bug‘u

Go‘shtxo‘r

It, mushuk

Bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars


Yovvoyi hayvonlarning uy hayvonlardan farqi, yashash sharoitlari, foydali

tomonlari, beozor hayvonlarga ozor bermaslik haqida tushuntiriladi.

Darslik bilan ishlash:

Darslikdagi “O‘lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar”

mavzusi o‘quvchilarga ovoz chiqarmasdan 2-3 bora o‘qitiladi. So‘ngra ulardan: –
“Ushbu mavzudan qanday ma’lumot oldingiz?”, “Yana nimalarni bilmoqchisiz” –
deb so‘raladi. Bu jarayonda «Bilimdon» (BBB) usuli qo‘llaniladi.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash

(7 daqiqa)

«To‘rtinchisi ortiqcha» o‘yini

orqali o‘quvchilar bilimi mustahkamlanadi (ushbu

mashq slaydlar orqali bajariladi). Masalan:

O‘quvchilar javoblari tinglanadi va izohlab baholanadi.
Navbatdagi mashq “Raqamli joylashuv” deb nomlanadi.
Uy va yovvoyi hayvonlarni raqamlarda ifodalang.

1 Qo‘y

2 Tulki

3 Sigir

4 Echki

5 Quyon

6 Ot

7 Mushuk

8 Ayiq

9 Bo‘ri

10 Ilon

11 Eshak

12 It


Javoblar:

Uy hayvonlari: 1,3,4,5,6,7,11,12. Yovvoyi hayvonlar: 2,8,9,10.

5. Baholash. Darsga yakun yasash:

(3 daqiqa)

O‘quvchilar faol ishtiroklari,

ifodali o‘qib, so‘zlab berganlari, o‘yinlarni to‘g‘ri bajarganlariga qarab baholanadi.

Nominatsiyalar bilan mukofotlanadi.

6. Uyga vazifa:

81-bet. (2 daqiqa)

Yuqoridagilarga muvofiq xulosa sifatida pedagogik texnologiyani boshlang‘ich

sinf tabiatshunoslik darslarida qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib
o‘tishimiz mumkin:

1. O‘quvchi o‘qitilmaydi, u mustaqil o‘qishga o‘rgatiladi.


background image

70

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2. O‘quvchiga bilimlar tayyor holda berilmaydi, balki manbalardan o‘qituvchi

ko‘magida mustaqil ravishda olishga o‘rgatiladi.

3. Barcha o‘quvchilarning o‘z qobiliyatlari darajasida albatta o‘zlashtirishlari

kafolatlanadi.

4. Barcha o‘qituvchilar pedagogik texnologiya mexanizmini o‘rganib olsalar,

deyarli bir xil natija olishga erishadilar.

Mana shunday vaziyatni yuzaga keltirish, uni samarali amalga oshirish orqali

biz asosiy maqsadimizga erishamiz. Bu maqsadimiz:

– o‘quvchilarning faolligini oshirish va uni hamkorlikka chaqirish;
– o‘quv rejada ko‘zda tutilgan dasturlar, qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari bilan

ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish;

– ta’lim mazmunini, matnlarni mustaqil mutolaa qilish bilim, ko‘nikma va

malakalarini shakllantirish;

– o‘quvchilarni o‘z fikrini bildira olish, himoya qilish, isbotlay olishga

odatlantirish va boshqalardan iborat.

Xulosa shuki, o‘quv jarayoni samaradorligini, kafolatini ta’minlashning yagona

yo‘li ta’lim oluvchining shaxsiy faolligiga erishishdir. Buning uchun ta’lim-tarbiya
jarayonida, xususan, boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida pedagogik
texnologiyalarni samarali qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Dissertatsiyaning
navbatdagi bobida anashu maqsadni amalga oshirish bo‘yicha tajriba-sinov
ishlarining natijalari tahlili bayon etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

J.G‘.Yo‘ldoshev, F.Yo‘ldosheva, G.Yo‘ldosheva, “Interfaol ta’lim sifat

kafolati”. T.:O‘XMOMI, 2008

2.

Tolipov O‘.Q. Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy

asoslari. T:. Fan, 2006, 150 bet

Библиографические ссылки

J.G‘.Yo‘ldoshev, F.Yo‘ldosheva, G.Yo‘ldosheva, “Interfaol ta’lim sifat kafolati”. T.:O‘XMOMI, 2008

Tolipov O‘.Q. Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. T:. Fan, 2006, 150 bet