97
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MASHHUR “SAMARQAND NONI”: TARIX VA BUGUN
Shohrux Tursunov
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti kechki
bo’lim tarix fakulteti talabasi
Samarqand nonlari qadimdan ajoyib mazasi bilan dong taratgan. Hozirgacha
ham hech kim Samarqanddan “Samarqand noni”siz kelmaydi.
Samarqand non bozori yurtimizning turli nuqtalaridan oʻtib-qaytuvchilar birrov
toʻxtab oʻtadigan mashhur manzillardan. Non bozoriga yaqinlashganimizdayoq
tabarruk neʼmatning xushboʻy hididan dilimiz yorishib ketadi. Qip-qizil, usti yaltirab
turgan, biri-biridan chiroyli, sedana sepilgan nonlarning qay birini xarid qilishni
bilmay shoshib qolamiz. Bu gal ham shunday boʻldi. Opajon, bu nonlar haqiqiy
moʻjizaning oʻziku, — deyman sotuvchiga qarata. — 6 ming soʻmga bitta non
olsangiz, uch kishi toʻyadi, — deydi Samarqand tumani “Qoʻshtamgʻali” mahallasida
yashovchi non sotuvchi Dilbar Yoʻldosheva.
— Shu nonning zuvalasi 800 gramm, pishgandan soʻng 780 gramm chiqadi.
Ishonmasangiz, tarozida tortib koʻring. Nonning 2 tasini taroziga qoʻyamiz va Dilbar
opaning haqligiga iymon keltiramiz. Nonlar roppa-rosa 1 kilogramm 560 gramm
chiqadi. Samarqand noni nisbatan arzon sotilayotgani siri haqida soʻrayman.
— Non – aziz neʼmat, undan foyda koʻzlab, narxini oshirib sotish nonga xiyonat
boʻladi, — deydi D. Yoʻldosheva.
98
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
— Oʻzim oʻttiz yildan buyon shu yerda non sotaman. Onamning onalari ham
non pishirib, elga rizq ulashishgan. Momom rahmatli “Nonning narxini oshirish elga
xiyonatdir”, der edilar. Shu-shu, biz grammidan ham, narxidan ham urmaymiz.
Shundan boʻlsa kerak, roʻzgʻorimizdan baraka arimaydi. Dilbar Yoʻldoshevaning
aytishiga koʻra, bu yerda non sotuvchilarning hammasi shu qoidaga amal qilishadi.
Grammi ham, narxi ham barqaror. Nonning mashhurligi siri ham aslida shunda.
Aslida insof sari baraka, degani shu boʻlsa kerakda!
Aytishlaricha, haqiqiy Samarqand noni 3 yilgacha aynimas ekan. Uni ancha
vaqtdan keyin ham yuziga suv purkab, tandir yoki pechda isitib tanovvul qilish
mumkin. Samarqand nonini qadimda Buxoro amiri ham juda xush ko‘rgan ekan. Shu
sababli, amir ushbu nonni o‘z saroyida yopishlarini istabdi. Saroy a’yonlari
Samarqanddan eng yaxshi nonvoyni olib kelib, unga Samarqand nonini yopishni
buyuribdilar. Nonvoy ular aytganidek qilibdi. Ammo uning barcha urinishlariga
qaramay, nonning na mazasi, na yumshoqligi Samarqandda yopgan nonlaridek
chiqmabdi. Shunda nonvoy: “Hamma gap Samarqand suvida, yoki unida, balki
Samarqand tuprog‘idan yasalgan tandirda bo‘lsa kerak”, — debdi. U aytganidek
qilib, Samarqand suvini ham, uni va tandirini ham keltirishibdi. Lekin bu gal ham
tandirdan chiqqan non ko‘ngildagidek bo‘lmabdi. Shunda nonvoy: “Nonlarimning
Samarqanddagidek chiqishi uchun Samarqand havosi ham zarur bo‘lsa kerak” —
99
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
debdi. Samarqand havosini olib kelishning iloji yo‘qligini tushungan amir nonvoyni
ortiq qiynamabdi. Amir sevgan Samarqand nonini esa yana Samarqanddan keltirishni
davom ettirishib-di…
Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi. Adliya
vazirligi mazkur hujjatni viloyat hokimi v.b. Adiz Boboyevga topshirdi. 4-fevral kuni
ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand
viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga topshirdi.
Samarqand shahri nafaqat muqaddas qadamjolari, me’moriy obidalari,
balki o‘ziga xos va milliy taomlari bilan ham tanilgan. “Samarqand nonlari va xamirli
taomlari” nomli kitobda dasturxon ko‘rki bo‘lgan Samarqand nonlari hamda milliy
xamirli taomlarini tayyorlashning noyob texnologiyalari batafsil bayon etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
"Zarafshon" gazetasi 2023-yil 24-son A.Po’latovning " Samarqand nonlari
haqida siz nimalarni bilasiz?" maqolasi.
2.
Zarnews.uz sayti.
3.
Lex.uz sayti.
