Авторы

  • Насруллох Отажонов
    Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom inistituti

Биография автора

  • Насруллох Отажонов , Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom inistituti
    4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84520

Ключевые слова:

Tabarruk Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Muborak narsalar Sahobalar Tahorat suvi Sochlar Kiyimlar Taomlar Sunnat Hadislar.

Аннотация

Ushbu maqola “tabarruk” tushunchasini, uning Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan qolgan narsalar bilan aloqasini, va sahobalarning bu narsalar bilan bo‘lgan munosabatlarini yoritadi. Tabarruk qilish, ya’ni Alloh taolodan baraka istash, Rasulullohning kiyimlari, sochlari, taomlari, tahorat suvlari, va boshqa muborak narsalari orqali amalga oshirilgan. Sahobalar, bu narsalar orqali Allohning barakasini kutgan va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hadislar orqali bizga bu amallarni qanday ado etish kerakligi haqidagi yo‘l-yo‘riqni ko‘rsatgan. Ushbu maqolada, Rasulullohning muborak amallari, ulardan olingan tabarrukning ahamiyati va bu amallarni zamonaviy hayotga tatbiq qilish masalalari tahlil etiladi.


background image

102

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

RASULULLOHDAN TABARRUK QILISH TURLARI

Otajonov Nasrulloh

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom inistituti 4-kurs talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqola “tabarruk” tushunchasini, uning Rasululloh

(sollallohu alayhi va sallam)dan qolgan narsalar bilan aloqasini, va sahobalarning bu
narsalar bilan bo‘lgan munosabatlarini yoritadi. Tabarruk qilish, ya’ni Alloh taolodan
baraka istash, Rasulullohning kiyimlari, sochlari, taomlari, tahorat suvlari, va boshqa
muborak narsalari orqali amalga oshirilgan. Sahobalar, bu narsalar orqali Allohning
barakasini kutgan va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hadislar orqali bizga bu amallarni
qanday ado etish kerakligi haqidagi yo‘l-yo‘riqni ko‘rsatgan. Ushbu maqolada,
Rasulullohning muborak amallari, ulardan olingan tabarrukning ahamiyati va bu
amallarni zamonaviy hayotga tatbiq qilish masalalari tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

Tabarruk, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam), Muborak

narsalar, Sahobalar, Tahorat suvi, Sochlar, Kiyimlar, Taomlar, Sunnat, Hadislar.


“Tabarruk” arabcha so‘z bo‘lib, lug‘atda “baraka istash” degan ma’noni

bildiradi. Istilohiy ma’noda esa “Alloh taolodan biror muborak narsa yoki zot sababli
yaxshilik, baraka va fazilat tilash” degan tushunchani anglatadi.

Ulamolar

ittifoqi bilan, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan qolgan narsalar – kiyimlari,
sochlari, foydalanilgan idishlari, taomlari va u zot bilan bog‘liq boshqa narsalar bilan
tabarruk qilish joizdir. Bu haqda sahih hadislar mavjud bo‘lib, sahobalar hayotida
yaqqol namoyon bo‘lgan.

1. Tahorat suvlari bilan tabarruk qilish. Sahobalar Rasulullohning tahorat suvini

olishga intilishgan. Kimki bu suvdan ulgurmasa, boshqalar qo‘lida qolgan namlikdan
foydalanishgan.

:

:

:

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (sollallohu

alayhi vasallam) idish so‘rab, tahorat qildilar va uni qoldirdilar. Keyin odamlar unga
talashib ketishdi va undan nasiba olishdi. Payg‘ambarimiz so‘radilar: “Nega bunday
qildingiz?” Ular dedilar: “Ey Allohning Rasuli, uning barakasidan umid qildik”»
(Imom Muslim rivoyati)

2. Sochlari bilan tabarruk qilish. Sahobalar Rasulullohning muborak sochlaridan

bir tolani olishga intilganlar va ularni saqlab, suvga solib ichganlar.


background image

103

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

:

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qildilar: «Rasulullohning sochlarini

sartarosh olayotganini ko‘rdim. Sahobalari u zotning atrofini o‘rab olishgandi. Biror
tola yerga tushmasdan, albatta, bir sahobiy qo‘liga tushardi» (Sahih Muslim)

3. Taomlari bilan tabarruk qilish. Sahobalar Rasulullohdan qolgan taom va

ichimliklarni muborak deb hisoblab, uni yeyish va ichishga oshiqishgan.

: «

: :

Sahl ibn Sa’d (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasulullohga ichimlik

keltirildi. Undan ichdilar. O‘ng taraflarida bir yosh yigit, chaplarida esa katta yoshli
sahobalar o‘tirishgandi. Rasululloh: “Bu ichimlikni chap tarafdagilarga uzatishimga
ruxsat berasanmi?” — deb so‘radilar. Yosh yigit: “Sizdan menga kelgan nasibani
boshqaga bermayman”, dedi».

4. Kiyimlari bilan tabarruk qilish. Sahobalar Rasulullohning kiyimlarini saqlab,

undan foydalanib, hatto u bilan shifo topishgan.

: «

Asmo binti Abu Bakr (roziyallohu anho) aytdilar: «Bu Rasulullohning

choponlaridan. U Oisha onalarimizda edi. Ular vafot etgach, men saqlab qo‘ydim.
Rasululloh uni kiyganlar. Biz uni yuvib, suvini bemorlarga berardik. U suv bilan
shifo so‘rashar edi».

5. Rasululloh tegingan narsalar bilan tabarruk qilish. Sahobalar Rasulullohning

qo‘llari bilan tegingan, bo’lgan joylarni, hatto u zot namoz o‘qigan joyni barakali deb
hisoblashgan.

: «

Utbon ibn Molik (roziyallohu anhu) Rasulullohga murojaat qilib: «Yo

Rasululloh, ko‘zim hiralashgan. Yomg‘ir yog‘sa, masjidga borish qiyin bo‘ladi.
Uyimga kelib namoz o‘qib bersangiz, o‘sha joyni namozgoh qilib olaman», dedilar.
Rasululloh u kishining uyiga borib, aytilgan joyda namoz o‘qidilar. Darhaqiqat,
sahobalar Payg‘ambar alayhissalomning: “Men sizlarga farzandingiz, ahli-ayolingiz,
mol-dunyoingiz va barcha odamlar ichidan eng suyukli kishi bo‘lmagunimcha komil
mo‘min bo‘lolmaysizlar”, degan mazmundagi hadislariga qat’iy amal qilganlar.
Ularning fidoyiligi, Rasulullohga bo‘lgan muhabbati va sadoqati biz uchun eng
go‘zal namuna bo‘lib qolgan. Biz ham ulardan o’rnak olib, Rasululloh sollallohu


background image

104

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

alayhi va sallamning sunnatlariga e’tiborli bo‘laylik. Amal qilayotgan sunnatlarda
davomli bo‘laylik, qilolmayotganlarimizni qilishga, unutilayotgan sunnatlarini esa
tiriltirishga harakat qilaylik. Shoyadki, ikki dunyoda ham Rasululloh huzurlarida
yuzimiz yorug‘, qadamimiz sobit bo‘lsa…


Foydalanilgan adabiyotlar

:

Sahihi Buxoriy, Sahihi Muslim.

Библиографические ссылки

Sahihi Buxoriy, Sahihi Muslim.