105
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ICHKI TURIZMNING IQTISODIY SALOHIYATINI RAQAMLI
TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA OSHIRISHNI TAʼMINLASH
Allambergenova Iroda Baxramovna
Fargʻona Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti ''Iqtisodiyot va servis kafedrasiˮ
''Turizm va mehmondoʻstlikˮ yoʻnalishi 1-kurs magistranti
allambergenovairoda09@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu tadqiqotda raqamli transformatsiya sharoitida ichki
turizmning iqtisodiy salohiyatini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy
texnologiyalar yordamida xizmat sifatini yaxshilash, turistlar uchun qulaylik yaratish
va iqtisodiy samaradorlikka erishish yo‘llari o‘rganiladi. O‘zbekistonning madaniy
merosi va tabiiy resurslari ichki turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilib, ushbu
jarayonning milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’siri ko‘rsatiladi.
Kalit soʻzlar:
raqamli transformatsiya, raqamli platformalar, madaniy meros,
turistik xizmatlar, virtual ekskursiyalar, elektron xaritalar, onlayn xizmatlar,
innovatsion texnologiyalar, barqaror turizm, raqamli infratuzilma, davlat-xususiy
sheriklik, milliy turizm brendi, turistik kontent.
ENSURING THE ENHANCEMENT OF DOMESTIC TOURISM'S
ECONOMIC POTENTIAL IN THE CONTEXT OF DIGITAL
TRANSFORMATION
Abstract:
This study analyzes the issues of enhancing the economic potential of
domestic tourism in the context of digital transformation. It explores ways to improve
service quality, create convenience for tourists, and achieve economic efficiency
through modern technologies. The significance of Uzbekistan's cultural heritage and
natural resources in developing domestic tourism is highlighted, and the positive
impact of this process on the national economy is demonstrated.
Keywords:
digital transformation, digital platforms, cultural heritage, tourism
services, virtual tours, electronic maps, online services, innovative technologies,
sustainable tourism, digital infrastructure, public-private partnership, national tourism
brand, tourism content.
KIRISH
106
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Hozirgi kunda raqamli transformatsiya iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga jadal
ta’sir ko‘rsatib, barcha sohalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni talab
qilmoqda. Ayniqsa, turizm sohasi uchun bu jarayon katta ahamiyatga ega bo‘lib,
ichki turizmni rivojlantirish va uning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam
bermoqda. Turizm, iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida
nafaqat milliy daromadni oshirish, balki aholi bandligini ta’minlash, madaniy
merosni saqlash va hududlar infratuzilmasini yaxshilashda muhim o‘rin tutadi. Shu
sababli, ichki turizmning raqamli transformatsiyasi va uning iqtisodiy samaradorligini
oshirish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, mamlakatning turizm
salohiyatini to‘liq ishga solishga xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatda turizmni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga
qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, infratuzilmani yaxshilash,
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va turizmni raqamlashtirishga oid strategiyalar
ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ichki
turizmning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalarni ichki turizmda qo‘llash, onlayn xizmatlarni taklif etish
va raqamli platformalar orqali ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash, sayohatlarni
rejalashtirish va bron qilish jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtiradi. Bu esa
turistlarga qulaylik yaratish bilan birga, xizmatlar sifatini oshirib, iqtisodiy qiymatini
ko‘taradi. Turizmni raqamlashtirish nafaqat sohada samaradorlikni oshiradi, balki
mahalliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashga ham yordam beradi.
Shu bilan birga, raqamli transformatsiya jarayonida ichki turizmni
rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish zarur. Xususan, raqamli
infratuzilmaning yetarli rivojlanmaganligi, malakali kadrlarning kamligi va raqamli
xizmatlarga kirish imkoniyatining cheklanishi kabi muammolarni bartaraf etish
lozim. Ushbu masalalarni hal qilish uchun ichki turizmni rivojlantirishning
strategiyalari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish, ularning iqtisodiy samaradorligini
tahlil qilish va istiqboldagi imkoniyatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Asosiy qism
Raqamli transformatsiya turizm sohasining rivojlanishida yangi imkoniyatlarni
taqdim etmoqda. Ichki turizmni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish
orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, turistlarga qulay sharoitlar yaratish va
iqtisodiy samaradorlikni oshirishga erishish mumkin. Raqamli platformalar yaratish
orqali turistlar ma’lumot olish, sayohatni rejalashtirish va bron qilish jarayonlarini
osonlashtiradi. Hududlardagi turizm infratuzilmasini raqamlashtirish orqali turistlarga
xizmat ko‘rsatishning samaradorligini oshirish mumkin. Elektron xaritalar, virtual
107
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ekskursiyalar va raqamli yo‘riqnoma xizmatlari bu boradagi yangiliklarga misol
bo‘ladi.
Raqamli texnologiyalarni joriy etish, xizmatlar sifatini yaxshilash va xarajatlarni
optimallashtirishga yordam beradi, natijada ichki turizmning iqtisodiy salohiyati
oshadi. Misol uchun, turistlar uchun interaktiv xizmatlar, mobil ilovalar va elektron
to‘lov tizimlari orqali xizmatlardan yanada qulayroq foydalanish imkoniyati
yaratiladi. Ichki turizmning raqamli transformatsiyasi hududlarda yangi ish o‘rinlari
yaratish, kichik biznesni rivojlantirish va mahalliy iqtisodiyotga qo‘shimcha turtki
berishga xizmat qiladi. Bu jarayon, ayniqsa, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan, ammo
iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan hududlar uchun juda muhimdir. Raqamli
infratuzilmaning rivojlanishi, raqamli xizmatlarning ommalashuvi va ularning
rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish juda zarur. Bularning
barchasi mamlakat turizm sektorining raqobatbardoshligini oshiradi va iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.
Ichki turizmni raqamli transformatsiyalashda mahalliy va xalqaro tajribani
o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni o‘z sharoitimizga moslashtirish muhim ahamiyatga
ega. Raqamli echimlarni joriy etish jarayonida davlat, xususiy sektor va
jamoatchilikning birgalikdagi hamkorligi zarur. Davlat tomonidan infratuzilmani
rivojlantirishga qaratilgan siyosat va subsidiyalar, xususiy sektor tomonidan
innovatsion texnologiyalarning ishlab chiqilishi va jamoatchilikning ushbu
xizmatlardan foydalanishga tayyorligi o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldirishi lozim.
Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirishda marketing strategiyalarining roli
tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli platformalar orqali turistik obyektlar
va xizmatlarni targ‘ib qilish, ularning xalqaro bozorlar va auditoriyalar orasida tan
olinishi uchun mustahkam asos yaratadi. Bu jarayonda turistik kontent yaratish, uni
turli tillarda taqdim etish va zamonaviy reklama vositalaridan foydalanish katta
ahamiyatga ega. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda milliy turizm mahsulotlarini tanitish,
turli aksiyalar va chegirmalar orqali turistlarning qiziqishini oshirish, ularning
sayohatga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev boshchiligida 2022- yilning 22 fevral kuni
soha va hududlarda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish masalalari bo'yicha
videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli
platformaga o'tkazilgan bo'lib, ulardan o'tgan yili 12 million aholi foydalangan.
Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi ma'lumot va hujjatlarni aholidan talab
qilish bekor qilingan. Mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlar
eksportini kelgusida 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun
108
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
kamida 100 ming nafar malakali dasturchi, IT-arxitektor, operator va muhandislar
kerak. Aholi va tadbirkorlar uchun eng zarur bo'lgan yangi elektron xizmatlarni ishga
tushirish joiz.
13
1-jadval
14
Raqamli transformatsiya sohasida ba’zi yirik tashabbuskorlar
Mamlakat
Yil
Tashabbuslar
Natijalar
Estoniya
2019
Raqamli identifikatsiya
tizimi, electron hukumat
xizmatlari, electron
toʻlovlar tizimi
Dunyo boʻylab raqamli
davlat xizmatlarini
muvaffaqiyatli joriy etdi,
aholining 99% elektron
identifikatsiya orqali
davlat xizmatlaridan
foydalanadi
Singapur
2020
Smart Nation
tashabbusi, IoT, big
data, raqamli
platformalar va xususiy
sektorni raqamlashtirish
Raqamli infratuzilmasini
rivojlantirib, iqtisodiy
samaradorlikni oshirdi va
jahon miqyosida eng
ilgʻor smart city ga
aylandi
Janubiy
Koreya
2021
5G texnologiyalari,
onlayn xizmatlar va
raqamli turizmni
rivojlantirish
Turizm va xizmatlar
sohasida raqamli
transformatsiya asosida
koʻplab yangi ish
oʻrinlari yaratildi va
iqtisodiy oʻsish
ta’minlandi
Germaniya
2022
Industry 4.0,
avtomatlashtirish va
raqamli ishlab chiqarish
texnologiyalarini joriy
qilish
Raqamli ishlab chiqarish
sohasida yirik
oʻzgarishlarga erishdi, bu
esa sanoatning
raqobatbardoshligini
oshirdi.
Ushbu jadvalda ko'rsatilgan mamlakatlar va ularning raqamli transformatsiya
sohasida amalga oshirgan yirik tashabbuslari O'zbekiston uchun ham foydali bo'lishi
13
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi
Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida» gi PF 60-son Farmoni
14
Estonian e-Residency attracts record interest and revenue in 2024. (2024, sentabr). Estonia.ee.
109
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
mumkin. O'zbekistonda raqamli transformatsiyani rivojlantirishda bu tajribalarni
o'rganish va amaliyotga tadbiq qilish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda
katta rol o'ynashi mumkin.
Xorij tajribalaridan olingan darslar O'zbekistonda raqamli transformatsiyani
muvaffaqiyatli amalga oshirishda katta yordam beradi. O'zbekistonning boy madaniy
va tarixiy merosi, tabiiy go'zalliklari hamda rivojlanayotgan infratuzilmasi ushbu
raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yanada samarali va raqobatbardosh turizm
sektorini yaratish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu tashabbuslar, mamlakatning
iqtisodiy barqarorligini oshiradi va global turizm bozoridagi o'rnini mustahkamlaydi.
Ichki turizmni raqamli transformatsiyalashning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi
uchun ilg‘or texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirish va ularni
optimallashtirish zarur. Buning uchun, raqamli xaritalar va sayohatlarni rejalashtirish
hamda bron qilish platformalarini takomillashtirish orqali turistlarga qulaylik yaratish
mumkin. Shuningdek, mahalliy xizmat ko‘rsatuvchilarga onlayn to‘lov tizimlarini
joriy etish, turistlar uchun to‘lov jarayonlarini soddalashtirish va samaradorligini
oshirishga yordam beradi. Bunday raqamli infrastrukturani joriy etish, turistlarga
xizmatlarning ochiqligi, tezkorligi va sifatini ta’minlab, ular uchun yanada ishonchli
va qulay sayohat tajribasini yaratadi.
Raqamli transformatsiyaning asosiy maqsadi nafaqat ichki turizmni
rivojlantirish, balki uni xalqaro darajada raqobatbardosh qilishdir. Mahalliy
brendlarni xalqaro bozorga olib chiqish va turistik xizmatlarning sifatini oshirish
uchun marketing strategiyalarini kuchaytirish zarur. Masalan, “O‘zbekiston bo‘ylab
sayohat qil” kabi milliy kampaniyalarni tashkil etish, turizm obyektlari va
xizmatlarini raqamli ko‘rinishda xalqaro auditoriyaga taqdim etish, xorijiy sayyohlar
uchun maxsus onlayn platformalarni yaratish orqali mamlakatning turizm salohiyatini
yanada kengaytirish mumkin. Bu nafaqat turistlar uchun qulaylik yaratadi, balki
O‘zbekistonni dunyo bo‘ylab mashhur qiluvchi va sayyohlarni jalb qiluvchi
innovatsion turizm markaziga aylantiradi.
Shunday qilib, raqamli transformatsiya nafaqat ichki turizmni rivojlantirishga,
balki mamlakat turizm sohasining global raqobatbardoshligini ta’minlashga katta
hissa qo‘shadi. Bu jarayon, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotga qo‘shimcha daromad
keltirib, uzoq muddatli barqaror o‘sishni ta’minlashga yordam beradi.O‘zbekistonda
endi har oyning bir shanba-yakshanbasi “oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni”,
deb e’lon qilingan
15
. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu tashabbus ichki
15
110
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
turizmni rivojlantirish, oilaviy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash hamda xalqning
madaniy va tarixiy merosdan boxabar bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.
Mazkur qaror quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
1.
Ichki turizmni rivojlantirish: Oilalar va jamoalarni mamlakatning turli
hududlariga sayohat qilishga rag‘batlantirish orqali turizm xizmatlari bozorini
rivojlantirish
2.
Madaniy va tarixiy merosni targ‘ib qilish: Mamlakatning tarixiy
yodgorliklari, muzeylari, tabiiy go‘zalliklari va boshqa diqqatga sazovor joylariga
tashriflar sonini ko‘paytirish.
3.
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash: Oilaviy va jamoaviy sayohatlar
orqali sog‘lom dam olishni targ‘ib qilish va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash.
4.
Mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash: Hududiy infratuzilmani
rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlik va hunarmandchilikka talabni oshirish.
Mazkur tashabbus o‘zbek xalqining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda,
milliy qadriyatlarni asrashda va mamlakatning ichki turizm salohiyatini
kengaytirishda muhim qadam bo‘ladi. Oila va jamoa bilan dam olish kunlari nafaqat
dam olishni ta’minlaydi, balki milliy birlik va ijtimoiy birdamlikka xizmat qiladi.
Bundan tashqari, ichki turizmning raqamli transformatsiyasida davlat-xususiy
sheriklik (PPP) mexanizmlaridan foydalanish, xususiy sektorni moliyalashtirish
jarayonlariga jalb etish va ularga imtiyozlar berish orqali yangi innovatsion
loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Ushbu
yondashuv ichki turizm bozorida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va iqtisodiy
barqarorlikka erishish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Shu tariqa, ichki turizmni raqamli transformatsiya qilish orqali O‘zbekistonning
sayyohlik salohiyatini yuksaltirish, mamlakatni global turizm xaritasida yanada
yuqori o‘rinlarga ko‘tarish va milliy iqtisodiyotga sezilarli daromad keltirish uchun
keng imkoniyatlar ochiladi. Bu esa uzoq muddatli barqaror rivojlanish maqsadlariga
erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, raqamli transformatsiya sharoitida ichki turizmni jadal
rivojlantirish, nafaqat mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlash,
balki turizm sohasida raqobatbardoshlikni oshirishda ham katta ahamiyatga ega.
Raqamli texnologiyalarni joriy etish, turizm xizmatlarining sifatini yaxshilash,
turistlarga qulay sharoitlar yaratish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini
beradi. Bu jarayon ichki turizmning rivojlanishiga xizmat qilib, turistlar uchun
yangiliklar va innovatsiyalar orqali ularning sayohat tajribasini boyitadi. Xorijiy
tajribalardan olingan darslar va ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekiston sharoitiga
111
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
moslashtirish, ichki turizmni rivojlantirishda samarali bo‘lishi mumkin. Shu bilan
birga, raqamli infratuzilmaning yanada rivojlanishi, malakali kadrlarning
tayyorlanishi va raqamli xizmatlarga keng kirish imkoniyatlarining ta’minlanishi
zarur bo‘ladi.
Raqamli transformatsiya jarayonida, sohani modernizatsiya qilish va
samaradorligini oshirishda ilg‘or texnologiyalarning ahamiyati o‘sib bormoqda.
Misol uchun, mobil ilovalar, elektron to‘lov tizimlari, onlayn xizmatlar va raqamli
platformalar turistlar uchun qulaylik yaratib, turizm sohasining raqobatbardoshligini
oshiradi. Bu jarayon shuningdek, O‘zbekistonning turizm sektorini global bozorda
tanitish va xalqaro auditoriyaga chiqarish imkoniyatlarini yaratadi.
Raqamli transformatsiya ichki turizmni yangi bosqichga olib chiqishga yordam
beradi, bunda davlat, xususiy sektor va jamoatchilikning birgalikdagi hamkorligi
muhim rol o‘ynaydi. Raqamli infrastrukturani rivojlantirish va raqamli xizmatlarni
kengaytirish, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy iqtisodiyotga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishga yordam beradi. Bu jarayon nafaqat turizm sohasining
samaradorligini oshirish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, kichik biznesni
rivojlantirish va hududlar infratuzilmasini yaxshilashga ham katta hissa qo‘shadi.
Shu tarzda, raqamli transformatsiya nafaqat ichki turizmni rivojlantirishga, balki
milliy iqtisodiyotning umumiy barqaror o‘sishiga va turizm sohasida global
raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Umuman olganda, raqamli
transformatsiya O‘zbekistonni dunyo bo‘ylab mashhur va jozibador turizm manziliga
aylantirish imkonini yaratadi, mamlakatning turizm salohiyatini maksimal darajada
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev, Sh. M. (2022). "Hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini
jadallashtirish bo‘yicha qaror". Prezident Administratsiyasi, 22-fevraldagi yig‘ilish
materiallari.
2.
Mirziyoyev, Sh. M. (2022). "Hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini
jadallashtirish bo‘yicha qaror". Prezident Administratsiyasi.
3.
UNWTO (2020). Tourism in the Digital Age: A new approach to
4.
Susskind, D., & Susskind, R. (2020). The Future of the Professions: How
Technology Will Transform the Work of Human Experts. Oxford University Press.
112
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
5.
OECD (2021). The Digital Transformation of Tourism in OECD
Countries: Opportunities and Challenges. Organisation for Economic Co-operation
and Development. Retrieved from
6.
Raqamli Texnologiyalar Vazirligi (2023). "O‘zbekistonning raqamli
transformatsiya
dasturlari:
strategiyalar
va natijalar". Toshkent: Raqamli
Texnologiyalar Vazirligi nashri.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi Qo‘mitasi (2023). "Turizm
sohasidagi iqtisodiy o‘sish va raqamli xizmatlar bo‘yicha hisobot". Toshkent: DSQ
nashri.
8.
Yulchiyev, A. O. (2025). "Raqamli transformatsiya sharoitida ichki
turizmning iqtisodiy salohiyatini oshirishni taʼminlash". Farg‘ona Davlat Universiteti,
Iqtisodiyot fakulteti.
9.
Davlat Statistikasi Qo‘mitasi (2023). "Turizm sohasida iqtisodiy
ko‘rsatkichlar".
10.
United Nations World Tourism Organization (2023). "Digital
Transformation in Tourism: Insights and Strategies". Madrid: UNWTO Publications.
11.
Kotler, P., & Keller, K. (2019). Marketing Management (15th Edition).
Upper Saddle River: Pearson Education.
